Lotin Amerikasi mustamlakachilik zulmi ostida
XVI–XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI
12-mavzu. Lotin Amerikasi mustamlakachilik zulmi ostida
Siz bilib olasiz: – mustamlaka tizimining o‘rnatilishini; – mustamlakachilik boshqaruv tizimini; – xo‘jalik hayoti va savdoni; – hindularning ahvolini; – ozodlik harakatlarini.
Mustamlaka tizimining o‘rnatilishi. Lotin Amerikasi xalqlarini yevropaliklar tomonidan bo‘ysundirish Kolumb Amerikani ochgandan so‘ng (1492) darhol boshlanib ketdi. Amerikaning zabt etilishi odatdagi bosib olishdan farq qiladi. Urushning ma’nosi turli xalqlar va davlatlarning qurolli kuchlari o‘rtasidagi kurash bo‘lsa, Amerikada bunday urush bo‘lgan emas va bo‘lishi mumkin ham emasdi. Albatta, mahalliy hindu qabilalari bilan yevropaliklar o‘rtasida ayrim to‘qnashuvlar bo‘lgan. Ammo hindular ispanlarning o‘tochar qurollari — miltiq va pushkalariga qarshi nima bilan jang qilishi mumkin edi? Faqat o‘q-yoy va nayzalar bilanmi? Buning ustiga, ba’zan otliq dushman bostirib kelayotganda umrida ot ko‘rmagan hindular qurollarini tashlab, o‘zlarining diniy ibodatini bajarishga kirishib ketardi.
12-mavzu. Lotin Amerikasi mustamlakachilik zulmi ostida
Taniqli konkistador Kortes 1519-yili hozirgi Meksika hududiga tushib, o‘zining 600 nafar askari bilan atsteklar poytaxtini juda tez egallab oldi. Keyinroq boshqa bir konkistador Pisarro 168 kishilik otradi bilan inklarning ko‘pming kishilik armiyasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa ispanlar va portugallar tomonidan Lotin Amerikasi zabt etildi. Juda katta hududda qattiq mustamlakachilik tartibi va shunga mos tabaqa tizimi o‘rnatildi.
Boshqaruv tizimi. Keng mustamlakalarni egallab olgan ispaniyaliklar u yerlarda ham xuddi o‘z vatanlaridagidek boshqarish tizimini joriy qildilar.
Esga oling: O‘rta asrlarda
12-mavzu. Lotin Amerikasi mustamlakachilik zulmi ostida
O‘zingizni sinang:
Lotin Amerikasining egallanishi
Bu payt Ispaniyada absolyut monarxiya hukm surardi. Xuddi shu tarzda har bir mustamlakada ham vitse-qirol yoki general-kapitan butun hokimiyatga ega edi. Ularga viloyatlarning gubernatorlari bo‘ysunardi. Shahar va qishloq okruglarini korrexidorlar va alkoldlar boshqarardi. Hindu qishloqlarining tepasida esa kasiklar bo‘lib, ular hokimiyati nasliy edi. Vitse-qirollar va general-kapitanlar keng huquqlarga ega bo‘lib, ular gubernatorlar va boshqa amaldorlarni tayinlar, xazina va qurolli kuchlarni boshqarar, turli xil farmonlar chiqarar edi. Bundan tashqari, ispan mustamlakalarining vitse-qiroli Ispaniya qiroli nomidan ruhoniylarning tayinlanishini ham tasdiqlar edi.
Lotin Amerikasining egallanishi
Ispan Amerikasi shaharlarida ham mahalliy hokimiyat organlari mavjud bo‘lib, ular, asosan, sud ishlari va obodonlashtirish bilan shug‘ullanardi.
Xo‘jalik hayoti. Mustamlakalarning butun iqtisodiy rivojlanishi Ispaniya va Portugaliya manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. Metropoliyalar uchun Yangi Dunyo mamlakatlari oltin, kumush va plantatsiyalarda yetishtiriladigan mahsulotlar manbai edi, xolos.
Mustamlaka hukumatlari mahalliy sanoatning shakllanishi uchun sharoit yaratmasdi, manufakturalar qurilishiga to‘sqinlik qilardi.
Mustamlakalarning metropoliyalar bilan raqobatlashuvining oldini olish uchun mahalliy hokimiyat bu yerlarda uzum, olxo‘ri yetishtirishni, ipak qurti boqishni taqiqlagandi. Tokpoyalar va olxo‘ri daraxtlari kesib tashlanar edi. Mustamlakalarda faqat Ispaniya va Portugaliyada yetishtirilmaydigan meva daraxtlarini o‘stirishga ruxsat berilardi. Bu kabi cheklashlar mustamlakalarda xo‘jalikning taraqqiy etishi uchun katta to‘siq bo‘ldi.
Lotin Amerikasining xo‘jalik hayoti
Savdo. Mustamlakalardagi aholining asosiy qismi juda kambag‘al bo‘lganligi sababli ichki bozor ham tor va taraqqiyotdan ancha ortda edi. Qirol, cherkov, latifundiyalarning egalari foydasiga olinadigan son-sanoqsiz to‘lovlar aholida eng zarur mahsulotlarni sotib olish uchun ham mablag‘ qoldirmasdi. Buning ustiga, mustamlakalarda spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, tuz, qog‘oz va shu kabi bozorgir mahsulotlarning savdosiga davlat monopoliyasi o‘rnatilgan edi.
Mustamlakalar boshqa davlatlar bilan mustaqil savdo aloqalarini o‘rnatish huquqiga ega emasdi. Faqat XVIII asrning oxirgi choragiga kelib, ispan va portugal mustamlakalari Shimoliy Amerikadagi inqilobiy voqealar ta’siri ostida bir-biri bilan o‘zaro savdo qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Shu davrda ustama solig‘i ham kamaytirildi.
Lotin Amerikasining xo‘jalik hayoti
Mustamlakalardagi hindularning ahvoli. Amerika egallangandan keyin mustamlakalardagi mahalliy aholi — hindular haq-huquqsiz qullarga aylantirildi. Hindular uchun yangicha hayot tarziga ko‘nikish juda og‘ir kechdi. Konlar va plantatsiyalardagi shafqatsizlarcha, og‘ir mehnatdan, ochlik va kasalliklardan minglab hindular halok bo‘ldi.
Yevropaliklar Yangi Dunyoga o‘zlarining ilg‘or g‘oyalari bilan birga turli kasalliklar — vabo, o‘lat va tifni ham olib keldi. Kasalliklar butun hududlardagi aholini
Bu qiziq: Hisob-kitoblarga ko‘ra, oq tanli “qul ovlovchilar” ushlab kelgan har
10 afrikalikdan faqat ikkitasi qul bozorida sotilishi vaqtigacha tirik qolar edi. Qolganlari Afrikada qullarni to‘plash lagerlarida yoki kemalarda Atlantika bo‘ylab suzish paytida kaltaklanish, ochlik yoki kasallikdan vafot etishgan. Agar 400 yil davomida Amerikaga 15 mln ga yaqin qul olib kelinganini hisobga olsak, bu davrda Afrikada 70 mln dan ortiq odam ushlangani ma’lum bo‘ladi!
Lotin Amerikasiga ko‘chib kelgan yevropaliklar
Bu qiziq: Atuey (1512-yili vafot etgan) – Kubaning birinchi milliy qahramoni va Amerikaning birinchi isyonchisi hisoblanadi. Qatl qilinishidan oldin rohib Atueyni o‘limdan keyin jannatga tushishi uchun xristianlikni qabul qilishga undaydi. Atuey xristianlar ham jannatga tushadimi degan savoliga rohib: “Hammasi emas, faqat eng yaxshi va munosiblari”, – deb javob beradi. Shunda Atuey: “Yana bunday zolim odamlar orasiga tushmaslik uchun men jannatga borishni xohlamayman. Buning o‘rniga men do‘zaxga tushishni afzal ko‘raman”, – deydi.
qirib tashlardi. Mahalliy aholida bu noma’lum kasalliklarga qarshi na tabiiy, na sun’iy ko‘nikma yo‘q edi. Shu sababli Markaziy Meksikada XVI asrda mahalliy aholining soni 10 marta kamayib ketdi. Braziliyada XVI asr oxiriga kelib, mahalliy hindular deyarli to‘liq qirilib ketgandi. Tirik qolganlari yevropaliklar bora olmaydigan yerlarga yashirindi.
Lotin Amerikasiga ko‘chib kelgan yevropaliklar
Hindularning tezlik bilan kamayib ketayotganligi ishchi kuchining yetishmasligini keltirib chiqarishi xavfidan qo‘rqqan ispan va portugal hukumatlari mahalliy aholiga shafqatsizlik bilan qilinayotgan munosabatlarni cheklash borasida ba’zi bir choralarni ko‘rishdi.
Hindularga nisbatan zulmni cheklash to‘g‘risida Ispaniya qirolining farmonlarini mustamlakachilar norozilik bilan qabul qildi.
XVII asr oxiriga kelib, mustamlakalarda o‘rnatilgan tartib yana yuz ellik yil saqlanib turdi. Hindulardan jon solig‘i olinar edi. Uni yig‘ishda amaldorlar tez-tez g‘irromlikka yo‘l qo‘yardi. Hindular hokimiyatning ruxsatisiz yashash joylarini o‘zgartira olmasdi. Har bir jamoa kon va plantatsiyalarda ishlash, mol boqish, bino, ko‘prik, yo‘llar qurish uchun o‘z orasidan 15 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ma’lum sondagi erkaklarni ajratishi lozim edi. Ular tekin yoki juda kam ish haqi evaziga cheklanmagan vaqt davomida ishlar edi.
Mahalliy hindu qabilalari
Shunday qilib, XVIII asr oxiriga kelib, hindularning aksariyati feodal qaramlikda edi. Ularning asosiy qismini qul qilingan dehqonlar, shuningdek, kon, manufaktura, hunarmandchilik ustaxonalarining ishchilari, hammollar, uy xizmatkorlari tashkil qilardi. Shu bilan bir qatorda, borish qiyin bo‘lgan joylarda bosqinchilar hokimiyatini tan olmagan va ularga qattiq qarshilik ko‘rsatayotgan qabilalar ham bor edi. Ba’zi bir viloyatlarda erkin dehqonlar jamoalari ham saqlanib qolgan edi.
XVII–XVIII asrlarda mahalliy aholining kamayib ketganligi, ishchi kuchiga talabning ortib borayotganligi sababli Afrikadan qora tanli qullarni olib kelish boshlandi. Bu davrda Lotin Amerikasiga millionlab afrikalik qullar to‘xtovsiz olib kelingan bo‘lsa ham, og‘ir mehnat, begona iqlim va kasalliklar sababli ular orasida o‘lim yuqori darajada bo‘lib, afrikaliklar soni ko‘pchilik mustamlakalarda amalda ko‘paymadi.
Mahalliy hindu qabilalari
Qora tanli qullarning mehnatidan, birinchi navbatda, shakarqamish va paxta plantatsiyalarida foydalanilar edi. Kubada shakarqamishni yig‘ib olish mavsumida qullar sutkasiga 18 –20 soatlab ishlar va faqat ikki martagina ovqatlanar edi. Plantatsiyalarning egalari va nazoratchilar qullarni jazolashning shafqatsiz usullarini qo‘llashardi. Ko‘plab qullar kaltaklanish oqibatida halok bo‘lardi.
Tabiiyki, bunday og‘ir sharoitda qullarning qochib ketish hollari tez-tez uchrab turardi. XVI asr birinchi yarmidayoq ispan mustamlakalarida qochoq qullarni topish, ushlash bilan shug‘ullanuvchi fondlar tashkil qilingan edi. Hatto yangi kasb – qochoq qullarning “ovchisi” ham paydo bo‘ldi. Qo‘lga tushgan qullarni uch kun ichida egasiga qaytarishar yoki qamoqqa tashlardilar.
Mahalliy hindu qabilalari
Dastlab mustamlakalarga kuchli erkaklarni olib kelishgan bo‘lsa, XVIII asrdan boshlab ayollarni ham olib kela boshlashdi.
Mustamlakalarda aralash nikoh natijasida paydo bo‘lgan aholining ko‘plab guruhlari mavjud edi. Ular, asosan, metislar, mulatlar va sambolar bo‘lib, ular fuqarolik huquqlaridan mahrum, zobit va amaldor lavozimlarini egallay olmas, mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarda ishtirok etmas edi.
Amerikadagi yangi irqiy guruhlar
Yevropalik + Hindu = Metis
Yevropalik + Afrikalik = Mulat
Hindu + Afrikalik = Sambo
Kreol — Lotin Amerikasiga birinchi ko‘chib kelgan ispan va portugallarning avlodlari.
Bu toifaning vakillari hunarmandchilik, mayda savdogarlik va boshqa erkin kasblar bilan shug‘ullanishar, boy latifundistlar qo‘lida boshqaruvchi, xizmatkorlar boshlig‘i va nazoratchi bo‘lib ishlashardi, kichik yer egalarining ko‘pchiligini tashkil qilardi. Mustamlaka davrining oxiriga kelib, ular pastki diniy lavozimdagilar safini to‘ldirdilar, manufaktura ishchilariga va askarlarga aylandilar.
Ozodlik harakatlari
XVIII asrga kelib, butun Lotin Amerikasi Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya, Angliya va Fransiyaning mustamlakalariga aylantirildi. Bunga qarama-qarshi tarzda Lotin Amerikasining aholisi orasida ozod bo‘lish, mustaqil davlat tuzishga intilish kuchayib borayotgan edi.
Ozodlik harakatlari. Mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olonlar XVI asrdayoq boshlangan edi. Birinchilardan bo‘lib Kuba hindulari bosh ko‘tardi (1511–1512). Ularga Atuey ismli shaxs boshchilik qildi. Bu dastlabki qo‘zg‘olon nisbatan uzoq davom etgan bo‘lsa-da, oqibatda tor-mor qilindi. Atueyni ispanlar tutib olishib gulxanda yoqishdi. Keyinchalik ham bunday qo‘zg‘olonlar doimiy ravishda bo‘lib turdi.
Ozodlik harakatlari
Xuddi shu tarzda XVI asrda qora tanli qullar isyoni boshlandi. Shu asrning 30-yillarida Peru hindulari borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlardan birida Yangi Ink davlatini tuzdilar. Yuz yil keyin qochoq qora tanli qullar Braziliya hududida Palmares (Palma Respublikasi)ni e’lon qildi. Respublika 1630-yildan 1697-yilgacha mavjud bo‘ldi. Bu “ozod davlat”ning 20 ming aholisi bor edi. Aholi, asosan, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik bilan shug‘ullanardi, ular, hatto metallga qayta ishlov berishni ham o‘zlashtirib olishgan edi. Palma Respublikasini Oqsoqollar Kengashi boshqarardi.
Yangi Ink davlatini yaratilishi
Qora tanlilarning ozod davlatini yo‘qotishga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng XVII asr 80-yillarida unga qarshi respublikani qurshab turgan butun portugal armiyasi tashlandi. Respublikaning so‘nggi jangchilari baland qirdan o‘zlarini jarlikka tashlab ozod holda halok bo‘ldilar.
Fransiyadagi inqilob sadosi Gaiti orolidagi fransuz mustamlakasida (uning fransuzcha nomi — San-Domingo) qudratli aks sado bo‘lib jarangladi. Bu yerda 4 –5 ming plantator qo‘lida 500 ming qul ishlardi. Fransiyaning Ta’sis majlisi oq tanli bo‘lmagan barcha erkin kishilarning yevropaliklar bilan teng huquqliligini e’lon qildi, biroq qullarning ahvoli o‘zgartirilmadi. Faqat bunga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilgandan keyin 1791-yilgi dekret bilan Fransiyaning o‘z hududiga qadam qo‘ygan qullarga ozodlik berildi.
Yangi Ink davlatini yaratilishi
Butun XVII–XVIII asrlar — hindular va qora tanlilarning mustamlakachilarga qarshi ozodlik uchun kurash davri bo‘ldi.
Yevropalik bosqinchilar o‘rnatgan tartib Amerika mustamlakalarining rivojini to‘xtatib turdi, hindu va qora tanlilarning insoniy qadr-qimmatini xo‘rladi. Shimoliy Amerikadagi ingliz mustamlakalarining mustaqillik uchun kurashi va Buyuk Fransuz inqilobining ta’siri ostida Lotin Amerikasidagi mustamlakalarda mustaqillikka intilish kuchaydi. Palma Respublikasining e’lon qilinishi, San- Domingodagi qora tanli qullar inqilobi mustamlakachilik rejimiga qarshi ulug‘ kurash boshlanayotganligidan nishona edi.
Atamalar izohi:
Konkistador (isp. bosqinchi) — XV asr oxiri — XVI asrlarda, Yangi Dunyo — Amerikani mustamlaka qilish davrida ispan yoki portugal bosqinchilari.
Konkista — Amerikani zabt etish. Latifundiya (lot. keng yer-mulk) — Lotin Amerikasida yevropaliklarga tegishli yirik yerga egalik shakli.
Plantatsiya (lot. o‘simlik ekish) — yirik dehqonchilik xo‘jaligi. Bunday xo‘jaliklarda, asosan, tropik, subtropik ekinlar — paxta, choy, shakarqamish, kofe va boshqalar yetishtiriladi.
Savol va topshiriqlar
Badiiy-tarixiy asar bilan ishlashga doir
topshiriq: Qul savdosi, plantatsiyadagi qullarning ishlashi, xo‘jalik hayoti va shunga o‘xshash mavzularda badiiy yoki tarixiy asar, internet sahifalaridagi ma’lumotlardan foydalanib hikoya tuzing.
Muhim sanalar
- 1512-yili — Bu qiziq: Atuey (1512-yili vafot etgan) – Kubaning birinchi milliy qahramoni va Amerikaning birinchi isyonchisi hisoblanadi.
- 1519-yili — Taniqli konkistador Kortes 1519-yili hozirgi Meksika hududiga tushib, o‘zining 600 nafar askari bilan atsteklar poytaxtini juda tez egallab oldi.
- 1630-yilda — Respublika 1630-yildan 1697-yilgacha mavjud bo‘ldi.
- 1697-yilgacha — Respublika 1630-yildan 1697-yilgacha mavjud bo‘ldi.
- 1791-yilgi — Faqat bunga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilgandan keyin 1791-yilgi dekret bilan Fransiyaning o‘z hududiga qadam qo‘ygan qullarga ozodlik berildi.
- XVIII asrning — Faqat XVIII asrning oxirgi choragiga kelib, ispan va portugal mustamlakalari Shimoliy Amerikadagi inqilobiy voqealar ta’siri ostida bir-biri bilan o‘zaro savdo qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
- XVI asrda — Shu sababli Markaziy Meksikada XVI asrda mahalliy aholining soni 10 marta kamayib ketdi.
- XVI asr — Braziliyada XVI asr oxiriga kelib, mahalliy hindular deyarli to‘liq qirilib ketgandi.
- XVII asr — XVII asr oxiriga kelib, mustamlakalarda o‘rnatilgan tartib yana yuz ellik yil saqlanib turdi.
- XVIII asr — Shunday qilib, XVIII asr oxiriga kelib, hindularning aksariyati feodal qaramlikda edi.
Bilimingizni sinang
Lotin Amerikasi xalqlarini yevropaliklar tomonidan bo‘ysundirish Kolumb Amerikani ochgandan so‘ng darhol boshlandi. Kolumb Amerikani qaysi yili ochgan?
- 1492-yili
- 1453-yili
- 1519-yili
- 1588-yili
To‘g‘ri javob: 1492-yili. Kolumb Amerikani 1492-yili ochgan va shundan so‘ng bo‘ysundirish boshlangan.
Konkistador Kortes hozirgi Meksika hududiga qaysi yili tushgan?
- 1532-yili
- 1519-yili
- 1504-yili
- 1492-yili
To‘g‘ri javob: 1519-yili. Kortes 1519-yili hozirgi Meksika hududiga kelgan.
Qaysi konkistador 600 nafar askari bilan atsteklar poytaxtini tez egallab olgan?
- Kortes
- Magellan
- Kolumb
- Pisarro
To‘g‘ri javob: Kortes. Atsteklar poytaxtini 600 askari bilan Kortes egallagan.
Inklarning ko‘pming kishilik armiyasini mag‘lubiyatga uchratgan konkistador kim?
- Kolumb
- Kortes
- Pisarro
- Balboa
To‘g‘ri javob: Pisarro. Inklar armiyasini kichik otryad bilan Pisarro mag‘lub etgan.
Konkistador Pisarro inklarning ko‘pming kishilik armiyasini mag‘lub etganda uning otryadi necha kishidan iborat edi?
- 250 kishilik
- 300 kishilik
- 100 kishilik
- 168 kishilik
To‘g‘ri javob: 168 kishilik. Pisarroning otryadi 168 kishilik bo‘lgan.
Konkistador Kortes atsteklar poytaxtini necha nafar askar bilan egallab olgan?
- 168 nafar
- 600 nafar
- 6 000 nafar
- 60 nafar
To‘g‘ri javob: 600 nafar. Kortes 600 nafar askari bilan atsteklar poytaxtini egallagan.
Pisarro inklarning ko‘pming kishilik armiyasini qanday otryad bilan mag‘lub etgan?
- 600 kishilik
- 1 000 kishilik
- 168 kishilik
- 16 kishilik
To‘g‘ri javob: 168 kishilik. Pisarro 168 kishilik otryadi bilan inklar armiyasini mag‘lub etgan.
Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Kortes 600 nafar askari bilan atsteklar poytaxtini tez egallab olgan. II. Pisarro 168 kishilik otryad bilan inklarning ko‘pming kishilik armiyasini mag‘lub etgan. III. Palma Respublikasi aholisi asosan savdo bilan shug‘ullangan.
- faqat I
- I va II
- II va III
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va II. I va II hukm matndagi faktlarga mos; Palma Respublikasi aholisi esa asosan qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan, shuning uchun III noto‘g‘ri.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash