Ma’rifat asri: ilm-fan va madaniyat rivoji
XVI–XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI
13-MAVZU. MA’RIFAT ASRI: ILM-FAN VA MADANIYAT RIVOJI
Siz bilib olasiz: – ijtimoiy-siyosiy g‘oyalarni; – ilm-fanning rivojlanishini; – Ma’rifat asri badiiy adabiyotini; – tasviriy san’at va musiqani.
O‘zingizni sinang:
Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar. Agar XV–XVII asrlar “Uyg‘onish davri” deb atalgan bo‘lsa, XVIII asr Yevropa tarixiga “Ma’rifat asri” nomi bilan kirdi. Ma’rifat asri g‘oyalari Yevropaning ko‘plab mamlakatlari: Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya va Shimoliy Amerikaga tarqaldi.
Eng progressiv kayfiyatdagi, ma’lumotli yozuvchilar, rassomlar, faylasuflar insonni ezayotgan, uning qobiliyatini cheklayotgan va qadr-qimmatini oyoqosti qilayotgan hamma holatlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Ular cherkov ta’limoti va umuman, dinning o‘zini tanqid qildilar, absolyutizmga va barcha feodal tartiblarga qarshi chiqdilar, feodal turmush tarzining umrini o‘tab bo‘lgan barcha illatlariga qarshi kurash boshladilar.
O‘zingizni sinang:
XVIII asr ma’rifatparvarlarini insonning tuganmas kuch va imkoniyatlariga buyuk ishonch, ommani keng miqyosda ma’rifatli qilish zaruratini tushunish hissi ajratib turardi. Shu sababli ma’rifatparvarlik o‘z davrining buyuk g‘oyaviy harakati edi. Bu harakat ishtirokchilari tarixda “ma’rifatparvarlar” nomini oldilar. Ulardan eng mashhurlari fransuz allomalari Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro va ingliz ma’rifatparvari Adam Smit edi.
Ilm-fanning rivojlanishi
Inson ongining yaratuvchanlik qudratiga cheksiz ishongan ma’rifatparvarlar, feodal tartiblar bilan kurashning inqilobiy usullariga salbiy munosabatda bo‘ldilar. Ular ma’rifatning rivojlanishi o‘z-o‘zidan mavjud tartiblarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblar edilar. Eski nazariyalar va g‘oyalarga qarama-qarshi tarzda ma’rifatparvarlar progressiv va o‘z davri uchun inqilobiy bo‘lgan yangi g‘oyalarni ilgari surdilar.
Ilm-fanning rivojlanishi. Ma’rifat asridagi Yevropa madaniyati matematika va tabiiy fanlarning rivojlanganligi bilan ham ajralib turadi. Aytish mumkinki, ma’rifatlilik fanni faqat olimlarning emas, balki butun jamiyatning mulkiga aylantiradi. Bunda olimlarning turli xil suhbatlari va o‘sha davrda keng tarqalgan gazetalar bilan bir qatorda Fransiyada qariyb o‘ttiz yil (1751–1780) nashr qilingan 35 tomlik “Ensiklopediya yoki Fan, san’at va hunar izohli lug‘ati” ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga 4000 kishi obuna bo‘lgan.
Ma’rifat asri rivojlanishi
Yodda tuting: Ma’rifat davri odamlar ongida
“tabiiy huquq” tushunchasini shakllantirdi. Ma’rifatparvarlar barcha odamlar tabiatan berilgan yashash, erkinlik va tenglik kabi huquqlarga ega deb hisoblashgan.
Ilmiy bilishning universalligiga, ya’ni insonning faqat tabiat qonunlarini emas, jamiyat rivojlanishi qonunlarini ham anglay olishiga ishonch Ma’rifat asrining eng muhim jihati bo‘ldi. Natijada sanoat inqilobi boshlandi va texnik kashfiyotlar ko‘paydi, kapitalistik jamiyat jadal rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Industrial jamiyatning asosi bo‘lgan mafkura shakllandi. Cherkov odamlar ongi ustidan nazoratni yo‘qotdi, endi diniy dunyoqarash ustuvor bo‘lmay qoldi.
Ma’rifat asri rivojlanishi
XVIII asrda ilmiy dunyoqarashning rivojlanishi matematika va tabiiy bilimlarning eksperimental asoslari kengayishi bilan bog‘liq edi. Matematika va fizika fanlarida yangi yo‘nalishlar shakllandi, kimyo esa mustaqil fan sifatida paydo bo‘ldi. Texnik fanlar rivojlanib, mashinalar, mexanizmlar va inshootlarni o‘rganadigan amaliy mexanika shakllandi.
Olim Fanga qo‘shgan hissasi
Isaak Nyuton, Angliya, 1643–1727
Differensial va integral hisoblash, yorug‘likning tabiatini tushuntirish, butun olam tortishish qonunini kashf etgan.
Gotfrid Vilgelm Leybnis, Germaniya, 1646–1716
0 va 1 raqamlari bilan ikkilik sanoq sistemasini tasvirlab berdi, u mexanikaga “tirik kuch” (kinetik energiya tushunchasining prototipi) tushunchasini kiritdi va energiyaning saqlanish qonunini shakllantirdi.
Leonard Eyler, Shveysariya, Rossiya, Prussiya, 1707–1783
Sonlar nazariyasi, variatsion hisoblash, kompleks funksiyalar nazariyasi, sirt differensial geometriyasini yaratdi.
Ilm-fanning rivojlanishi
Texnik bilimlarning ayrim yo‘nalishlari ilmiy tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan eksperimental asboblarni yaratish bilan bog‘liq edi. Shunday asboblarning paydo bo‘lishi ilmiy nazariyalar va kashifiyotlarni rag‘batlantirdi. Masalan, 1657-yili X. Gyuygens tomonidan mayatnikli soatning kashf qilinishi avtomatik hisoblash asboblarini yaratish uchun asos bo‘ldi.
Shu tariqa, bu davrda fan asta-sekin ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi. Ishlab chiqarishda ilmiy bilimlarning qo‘llanilishi texnik, keyin esa ilmiy-texnik inqilobga olib keladi, bu esa insonning tabiatga va ishlab chiqarish tizimiga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartiradi.
Ma’rifat davrining asosiy belgilari
Ilm-fanga bo‘lgan ishonch
Inson ongining qudratiga ishonch
Ta’limning hal qiluvchi roli
Mavjud tizimni tanqid qilish
Barchaning qonun oldida tengligi g‘oyasi
Cherkovni tanqid qilish
Internet bilan ishlashga doir
topshiriq: “Virtual Museums” saytidan foydalanib Ma’rifat davri rassomlarining asarlari bilan tanishing.
Ma’rifat asri badiiy adabiyoti. Bolalikdan ko‘pchilikning sevimli qahramoni bo‘lgan Robinzon Kruzo Ma’rifat asrida “dunyoga keldi”. Ingliz yozuvchisi Daniel Defo o‘z qahramonini ishbilarmon, mehnatsevar, o‘z kuchiga ishonuvchi qilib yaratdi. Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik va o‘jarlik bilan uy qurdi, ro‘zg‘or buyumlari va mebel yasadi, hayvonlarni o‘rgatdi. “Robinzon Kruzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari” romani mehnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik va jasorat madhiyasi bo‘lib qoldi.
Qishloq ruhoniysi, keyinroq esa Irlandiyadagi Dublin ibodatxonasi rahbari Jonatan Svift ma’rifatchilarning oliyjanob g‘oyalari odamlarni o‘zgartirmaganligini, burjua jamiyati ham feodal jamiyat singari mukammallikdan ancha yiroq ekanligini o‘zining “Gulliverning sayohati” romanida ochib berdi.
Internet bilan ishlashga doir
Sviftning qahramoni Gulliver bilan Defoning qahramoni Robinzon — zamondoshlar, Ma’rifat asri odamlari, lekin Gulliverning qarashlari chuqurroq. Balki, shuning uchun ham uning olis mamlakatlarga qilgan sayohatlari quvonchsiz yakun topadi. Ammo Sviftning maqsadi inson tabiatini beparvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda ko‘maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogohlantirish edi. “Inson siz o‘ylagandan ko‘ra qudratliroq”, deb yozgan Sviftning aql yolqini va qobiliyat kuchi Ma’rifat asrini so‘nmas nur bilan yoritib turadi. Uning og‘ir holatda ham insoniylikni saqlab qolishga bo‘lgan da’vati bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Internet bilan ishlashga doir
Buyuk nemis shoiri Iogann Volfgang Gyote esa o‘z asrini, ong va yorug‘lik asrini ifodalaydigan qahramon izlab doktor Faust haqidagi qadimiy nemis afsonasini qayta yozdi. Yaratilishiga 60 yil sarflangan falsafiy drama insonning o‘z g‘oyalari uchun kurashi buyuk kurash ekanligini ta’kidlash bilan Ma’rifat asrining mohiyatini ochib beradi. Keksayib qolgan Faust mangu haqiqatni anglab yetadi:
Uzoq hayot yo‘lin o‘tdim-u bosib, Olam haqiqatin ayladim yakun: Faqat shu munosib hayot va erkka, Kim har kun ular-chun kurashga kirsa!
Fransua Bushe F. Bushe qalamiga mansub asar
Tasviriy san’at. XVIII asrning birinchi yarmida Yevropa tasviriy san’atida hali ham saroy ahlining nozikta’b san’ati gullab-yashnardi. Bu davrda “qirolning birinchi tasvirchisi”, afsonaviy sahnalarning ajoyib ustasi Fransua Bushe edi. Uning real hayotdan cheksiz yiroqda bo‘lgan suratlari aristokratlar saroylariga ajoyib bezak bo‘la olardi.
Boshqa bir rassom Antuan Vattoning sur’atlari esa ancha chuqurroq edi. U chizgan suratlar eng nozik his-tuyg‘ularni, qahramonlarning ko‘z ilg‘amas kayfiyatlarini ifodalaydi. Vatto chizgan “Qiyin taklif”, “Beparvo” kabi asarlar juda mashhur edi.
Musiqa. Nemis kompozitori Iogann Sebastyan Bax hayot davrida mashhur emasdi. Uning asarlari odamlarga o‘ta jiddiy tuyulardi, cherkov esa xudodan qo‘rqish ohanglarining yetarli emasligi uchun uning musiqalarini yoqtirmas edi. Hatto Baxning o‘g‘illari ham otasining ijodini umidsiz, eskirib qolgan deb hisoblashardi. Ularga meros bo‘lib qolgan Bax qo‘lyozmalarining ancha qismini yo‘qotib yuborishgan.
Fransua Bushe F. Bushe qalamiga mansub asar
Baxning xor, solistlar va orkestr uchun yozilgan ulkan asari — “Matto bayon etgan buyuk musibat” Iso Masihning shogirdi Matto hikoya qilib bergan Isoning uqubatlarini, his-hayajonini ifodalaydi. Injil afsonasini Bax odamlarni qutqarish uchun o‘zini qurbon qilgan qahramon haqidagi xalq dramasi sifatida bayon qiladi.
Ma’rifat asri musiqa san’atiga ulkan hissa qo‘shgan yana bir shaxs Volfgang Amadey Motsart edi. U Avstriyaning qadimiy go‘zal shaharchasi Zalsburgda dunyoga keldi.
Zamondoshlari Motsartni o‘z davrining haqiqiy mo‘jizasi deyishgan. Uning hayoti qisqa, qashshoqlik, xo‘rlik va yolg‘izlikka to‘la bo‘lsa ham, unda quvonch va buyuk muhabbat, baxt va ijodga intilish ustun edi.
Fransua Bushe F. Bushe qalamiga mansub asar
U 3 yoshidan boshlab musiqani o‘rgana boshladi, 4 yoshida o‘zining birinchi konsertini yozdi, 12 yoshida yozgan operasining premyerasi Milan teatrida qo‘yildi, 14 yoshida Motsart Italiyadagi eng obro‘li musiqa akademiyasining akademigi bo‘ldi. Motsart hayotining so‘nggi o‘n yilini Venada o‘tkazdi. Kompozitorning “Figaroning uylanishi” operasi uni juda mashhur qildi. Operaning kuylari hamma yerda: ko‘chalarda, maydonlarda, oshxonalarda jaranglaydi, uni, hatto ko‘cha musiqachilari ham ijro etardilar.
Kompozitorning so‘nggi asari — “Rekviyem” (requem — tinchlik, orom) cherkovlarda marhumlarning xotirasiga bag‘ishlab ijro etilardi. Bu hayot va o‘lim haqidagi, insonning bu dunyodagi qismati haqidagi asar. Uning birinchi ijrosigacha yashash Motsartga nasib etmadi.
Betxoven
O‘zini buyuk kompozitor Motsartning vorisi deb hisoblagan kishi Lyudvig van Betxoven edi. U 22 yoshidan boshlab Venada yashadi. Dahshatli kasallik oqibatida qiynalgan va butunlay eshitmay qolgan Betxoven taslim bo‘lmadi. U kasallikka qarshi kurashgan yillari ta’sirining qudrati va go‘zalligi bilan kishilarni hayratga soladigan asarlar yaratdi.
“Fantaziya yo‘lida sonata” (“Oydin”) — kompozitorning baxtsiz muhabbati haqidagi asar. “Qahramonona” simfoniyasi esa XVIII asr oxirida Fransiyada yuz bergan inqilobiy voqealar ruhi bilan yo‘g‘rilgan. Simfoniya dastlab Bonapartga bag‘ishlangan edi. U o‘zini imperator deb e’lon qilganidan so‘ng kompozitor asarini uning nomi bilan bog‘lamadi va “Qahramonona” degan yangi nom berdi. Simfoniya markazida — bo‘ysunmas isyonkor obrazi, taqdirning hech qanday zarbalari sindira olmaydigan jasur, qo‘rqmas insonning qiyofasi namoyon bo‘ladi.
Betxoven
Betxoven umrining so‘nggi kunlarigacha ongni, yorqin kuchlar tantanasi va g‘alabasini sharaflashga bag‘ishlangan asarlar yaratish orzusi bilan yashadi.
XVIII asr tarixga Ma’rifat asri sifatida kirdi. Ma’rifatparvarlik g‘oyalari kishilarning ongini egallab, Yevropa sivilizatsiyasining qiyofasini o‘zgartirib yuborgan kuchga aylandi.
Ma’rifatparvarlik g‘oyalari Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun urush yillari, Buyuk fransuz inqilobi davrida ommaviy xarakter kasb etdi. Ma’rifat davrining ko‘plab g‘oyalari XIX, ayniqsa, XX asrda demokratik mamlakatlar siyosiy amaliyotining, huquqiy normalarining asosiga aylanib, jamiyatning keng qatlamlari orasida tan olindi.
Betxoven
Savol va topshiriqlar 1. Ma’rifat deganda nimani tushunasiz? 2. Ma’rifat davri va Uyg‘onish davri o‘rtasidagi farqni tushuntirib bering? 3. Ma’rifatparvarlik g‘oyalari dastlab Angliyada paydo bo‘lgan, ammo Fransiyada rivoj topganligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Badiiy-tarixiy asar bilan ishlashga doir topshiriq: D. Defoning “Robinzon Kruzo” asarini o‘qing (yoki filmini ko‘ring) va qisqa mazmunini sinfda gapirib bering.
Ijodiy ish topshirig‘i: Motsartning “Rekviyem” va Betxovenning “Fantaziya yo‘lida sonata” (“Oydin”) hamda “Qahramonona” asarlaridan parchalarni sinfda tinglang.
Muhim sanalar
- 1657-yili — Masalan, 1657-yili X. Gyuygens tomonidan mayatnikli soatning kashf qilinishi avtomatik hisoblash asboblarini yaratish uchun asos bo‘ldi.
- XV–XVII asrlar — Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar. Agar XV–XVII asrlar “Uyg‘onish davri” deb atalgan bo‘lsa, XVIII asr Yevropa tarixiga “Ma’rifat asri” nomi bilan kirdi.
- XVIII asr — Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar. Agar XV–XVII asrlar “Uyg‘onish davri” deb atalgan bo‘lsa, XVIII asr Yevropa tarixiga “Ma’rifat asri” nomi bilan kirdi.
- XVIII asr — XVIII asr ma’rifatparvarlarini insonning tuganmas kuch va imkoniyatlariga buyuk ishonch, ommani keng miqyosda ma’rifatli qilish zaruratini tushunish hissi ajratib turardi.
- XVIII asrda — XVIII asrda ilmiy dunyoqarashning rivojlanishi matematika va tabiiy bilimlarning eksperimental asoslari kengayishi bilan bog‘liq edi.
- XVIII asrning — Tasviriy san’at. XVIII asrning birinchi yarmida Yevropa tasviriy san’atida hali ham saroy ahlining nozikta’b san’ati gullab-yashnardi.
- XVIII asr — “Qahramonona” simfoniyasi esa XVIII asr oxirida Fransiyada yuz bergan inqilobiy voqealar ruhi bilan yo‘g‘rilgan.
- XVIII asr — XVIII asr tarixga Ma’rifat asri sifatida kirdi.
- XX asrda — Ma’rifat davrining ko‘plab g‘oyalari XIX, ayniqsa, XX asrda demokratik mamlakatlar siyosiy amaliyotining, huquqiy normalarining asosiga aylanib, jamiyatning keng qatlamlari orasida tan olindi.
Bilimingizni sinang
Yevropa tarixida qaysi asrlar “Uyg‘onish davri” deb atalgan?
- XIII–XV asrlar
- XVI–XVIII asrlar
- XIV–XVI asrlar
- XV–XVII asrlar
To‘g‘ri javob: XV–XVII asrlar. XV–XVII asrlar “Uyg‘onish davri”, XVIII asr esa “Ma’rifat asri” deb atalgan.
Qaysi asr Yevropa tarixiga “Ma’rifat asri” nomi bilan kirdi?
- XIX asr
- XVI asr
- XVII asr
- XVIII asr
To‘g‘ri javob: XVIII asr. XVIII asr Yevropa tarixiga “Ma’rifat asri” nomi bilan kirgan.
XV–XVII asrlar “Uyg‘onish davri” deb atalgan bo‘lsa, XVIII asr Yevropa tarixiga qanday nom bilan kirdi?
- Islohot asri
- Buyuk kashfiyotlar asri
- Ma’rifat asri
- Sanoat asri
To‘g‘ri javob: Ma’rifat asri. XVIII asr Yevropa tarixiga “Ma’rifat asri” nomi bilan kirgan.
Ma’rifat asrida inson kuchiga ishongan va omma ma’rifatini targ‘ib qilgan harakat ishtirokchilari tarixda qanday nom oldi?
- Ma’rifatparvarlar
- Fiziokratlar
- Gumanistlar
- Islohotchilar
To‘g‘ri javob: Ma’rifatparvarlar. Ma’rifatparvarlik harakati ishtirokchilari tarixda ma’rifatparvarlar nomini olgan.
Quyidagilardan qaysilari Ma’rifat asrining eng mashhur fransuz allomalari bo‘lgan?
- Jon Lokk, Tomas Gobbs, Isaak Nyuton, Adam Smit
- Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro
- Jan Batist Moler, Per Korney, Jan Rasin, Fransua Rable
- Rene Dekart, Blez Paskal, Nikolay Kopernik, Galileo Galiley
To‘g‘ri javob: Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro. Eng mashhur fransuz ma’rifatparvarlari Volter, Monteskyo, Russo va Didro edi.
Fransuz allomalari bilan bir qatorda eng mashhur ma’rifatparvarlardan biri bo‘lgan ingliz ma’rifatparvari kim?
- Isaak Nyuton
- Adam Smit
- Tomas Gobbs
- Fransis Bekon
To‘g‘ri javob: Adam Smit. Eng mashhur ma’rifatparvarlar orasida ingliz ma’rifatparvari Adam Smit ham bo‘lgan.
Quyidagi ma’rifatparvarlardan qaysi biri ingliz allomasi edi?
- Adam Smit
- Volter
- Sharl Monteskyo
- Deni Didro
To‘g‘ri javob: Adam Smit. Matnda Adam Smit ingliz ma’rifatparvari, qolganlari esa fransuz allomalari sifatida ko‘rsatilgan.
Fransiyada 1751–1780-yillarda nashr qilingan 35 tomlik “Ensiklopediya”ga necha kishi obuna bo‘lgan?
- 2000 kishi
- 4000 kishi
- 12 000 kishi
- 8000 kishi
To‘g‘ri javob: 4000 kishi. Fransiyada qariyb o‘ttiz yil nashr qilingan “Ensiklopediya”ga 4000 kishi obuna bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash