Osiyo va Afrika mamlakatlari: an’anaviy jamiyatlarda taraqqiyot muammolari
XVI–XVIII ASRLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI
14-MAVZU. OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI: AN’ANAVIY JAMIYATLARDA TARAQQIYOT MUAMMOLARI
Agar G‘arbda hayotning asosi urush bo‘lsa, Sharqda – tinchlik (xotirjamlik); G‘arb xalqlarining asosi – alohida shaxs, Sharq xalqlarining asosi – oila; G‘arbda harakatlantiruvchi kuch – bu huquq va moddiy manfaat, Sharqda – bu hissiyot va namoyishkorona beg‘arazlik.
L. Delyusin
Siz bilib olasiz: – an’anaviy jamiyatni; – rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini; – Afrika mamlakatlari taraqqiyot muammolarini.
Esga oling:
Esga oling: Qadimgi davr va
An’anaviy jamiyat. Yevropa tarix fanida sharqona taraqqiyot shaklini “an’anaviy sivilizatsiya”, “an’anaviy jamiyat” deb atashadi. Bunga ko‘pchilik avloddan avlodga o‘tib kelayotgan kamtarona hayot tarzi, diniy sabr-toqat, yer egaligining o‘ziga xos shakli, kishilar hayotining davlat tomonidan tartibga solinishi kabilarni asosiy belgilar sifatida kiritishadi.
Yangi davr Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida kapitalistik munosabatlar qaror topishi davri bo‘ldi. Osiyo va Afrika mamlakatlarida esa an’anaviy jamiyatlar o‘z rivojlanishini davom ettirdi.
Esga oling:
Osiyoning bir qator sivilizatsiyalarida davlat boshqaruvi, yer egaligi va jamiyatni tashkil qilishning hukmronlik–bo‘ysunish munosabatlariga asoslangan o‘ziga xos tizimi vujudga keldi. Bu an’anaviy jamiyatlarda din kuchli ta’sirga ega edi.
Bu davrda G‘arbiy Yevropa va Osiyo sivilizatsiyalari o‘rtasidagi asosiy farq Osiyoda yerga davlat mulkchiligining saqlanib qolayotgani bo‘ldi. Barcha yerlarning bosh mulkdori davlat bo‘lib, hukmdor shaxsida mujassamlashgan edi.
Rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari. Osiyo mamlakatlarida Yangi davr ularning mustamlakalarga aylantirilishi bilan bog‘liq. O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlari tabiatning nisbatan saxiy in’omi tufayli o‘zlarining geografik va tarixiy ustunliklarini
Asosiy muammo – quldorlik
Ishlab chiqaruvchi kuchlar va xo‘jalik sohalari bo‘yicha jamiyatlarning bosqichlari namoyish qila oldi. Rivojlangan ijtimoiy mehnat taqsimotiga, madaniy taraqqiyotning o‘ta yuqori darajasiga, jamiyat ma’naviy rivojining anchagina yuqori bosqichini aks ettiruvchi diniy va axloqiy tizimni shakllantirishga erishdi. Sharqning G‘arbdan ustunligi, ayniqsa, asrlar davomida to‘plangan ma’naviy imkoniyatlar, tajriba va bilimlarga tayangan intellektual kuchlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu davrda texnik, texnologik, tashkiliy va madaniy innovatsiyalar keng tarqalgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi 300–500 va hatto 1000 yil o‘tgandan so‘ng Yevropada paydo bo‘ldi, qisman Sharqdan o‘zlashtirildi.
Asosiy muammo – quldorlik
Agrar yoki an’anaviy jamiyat (asosi – qishloq xo‘jaligi, urf-odat va an’analar)
Industrial yoki mashina jamiyati (asosi – sanoat)
Postindustrial yoki axborot jamiyati (asosi – axborot va xizmat ko‘rsatish sohasi)
XVI asr birinchi yarmidan XVIII asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda hali Sharqning Xitoy, Usmoniylar, Safaviylar (Eron) kabi kuchli imperiyalari mavjud bo‘lib, jahon siyosatida kuchli ta’sirga ega edi. Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi juda yuqori bo‘lib, G‘arb mamlakatlari bilan savdo 10–20 foizdan oshmasdi. G‘arb mamlakatlari, asosan, o‘z manufakturalari uchun xomashyo sotib olar edi. Aholining o‘sish dinamikasi ham jadal bo‘lib, iqtisodiy imkoniyatlarning yuqoriligidan dalolat beradi.
Asosiy muammo – quldorlik
Biroq, Yangi davr boshlariga kelib, Sharq mamlakatlari taraqqiyotda Yevropaga nisbatan sezilarli orqada qola boshladi. Buning bir qator asosiy sabablarini ko‘rsatish mumkin:
Osiyo mintaqalari
1 – Janubi-g‘arbiy Osiyo 2 – Janubiy Osiyo 3 – Janubi-sharqiy Osiyo 4 – Sharqiy Osiyo
Bu qiziq: Hukmdorning fe’li shamolga monand, xalqning tabiati esa maysaga o‘xshaydi. Shamol qaysi tomonga essa, maysalar ham shu tomonga egiladi.
Oila – kichik davlat, davlat esa – katta oila.
Konfutsiy
- Sharq davlatlarida harbiy xarajatlar miqdori G‘arb davlatlarinikidan ancha yuqori edi;
- XVI–XVII asrlardan boshlab Sharq mamlakatlarida transport vositalari (kemalar, portlar, yo‘llar, kanallar qurilishi) va kommunikatsiya tizimining (kitob chop qilish, savodxonlik darajasi) rivojlanish sur’atlari G‘arb mamlakatlariga nisbatan pasaydi;
- O‘rta asrlarning oxirlaridan boshlab Sharq mamlakatlari yakkalanish yoki “yopiq eshiklar” prinsipiga asoslanib, faol tashqi siyosat olib bormadi;
- yevropalik mustamlakachilar kirib kelishi arafasida Sharqning ko‘plab mamlakatlarida tarixan yaratilgan moddiy, ijtimoiy va ma’naviy boyliklarni rivojlantirish o‘rniga tabiiy resurslardan uzoq vaqt ekstensiv foydalanish natijasida kelib chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz kuzatilayotgan edi;
- yevropaliklar tomonidan yangi dengiz savdo yo‘llarining ochilishi Sharq savdogarlari o‘zlashtirgan eski savdo yo‘llarining inqiroziga olib keldi.
Konfutsiy
Agar insoniyat tarixi uchta bosqichga: an’anaviy jamiyat; industrial jamiyat; postindustrial yoki axborot jamiyatidan iborat ekanligini inobatga olsak, unda Sharq mamlakatlari yangi tarixining asosiy mazmunini an’anaviy jamiyatdan industrial jamiyatga o‘tish tashkil qiladi. Bu davrda konfutsiylik, hind-buddaviylik, islom sivilizatsiyalari bilan yevropa-xristianlik sivilizatsiyasi o‘rtasida, ikkita dunyo tizimi – an’anaviy Sharq jamiyatlari tizimi va jadal rivojlanayotgan, kuchayib borayotgan G‘arb kapitalistik dunyo tizimi o‘rtasida muloqot va o‘zaro ta’sir kuchaydi.
Aynan shu davrda yuz bergan Yevropa sivilizatsiyasining ekspansiyasi va mustamlakachilik Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga anchagina ziddiyatli ta’sir ko‘rsatdi. Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi “muloqot” odamlar orasidagi juda katta yo‘qotishlarga olib keldi. Ko‘pchilik hollarda mustamlakachilik keng miqyosdagi talonchilikdan iborat bo‘lib qoldi.
Konfutsiy
Ammo XVII asrning o‘rtalarigacha G‘arbning Sharqdan ustunligi faqat tashqi ko‘rinish bo‘lib, bu davrda Sharq harbiy ishda, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishda Yevropadan ancha oldinda edi. Ammo Sharq bir xil emasdi. Sharqda bir nechta turli sivilizatsiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi XVI asrda dunyoning eng aholisi ko‘p va boy qismi bo‘lib qolayotgan edi. Kishilarning kamtarona hayot tarzi, diniy sabr-toqat, yer egaligining o‘ziga xos shakli, hayotning davlat tomonidan tartibga solinishi kabilar bu sivilizatsiyaning asosiy belgilari hisoblanadi.
Yaponiya sivilizatsiyasi
Yaponiya sivilizatsiyasi mutlaqo boshqacha xarakterga ega. U Xitoydan ko‘p yangiliklarni: yozuv tizimini, moddiy madaniyatning ancha qismini qabul qildi. Shuning uchun Yaponiya sivilizatsiyasini Xitoy sivilizatsiyasining bitta tarmog‘i ham deyishadi. Ammo Xitoydan farqli ravishda, yapon jamiyatida shaxs va uning o‘z hayot yo‘lini erkin tanlash huquqi rad etilmaydi. Yaponiya aholisi tarkibida Yevropa dvoryanlariga monand oliyhimmat ritsarlar (samuraylar) va knyazlar mavjud bo‘lgan Sharqdagi yagona mamlakat edi. Rivojlanishning yuqori darajasi bu sivilizatsiyaning noyob xislatlaridan dalolat beradi. Faqat xitoycha tartiblarni joriy qilgan Tokugava rejimining o‘rnatilishi yapon jamiyatining rivojlanishini to‘xtatib, uni vaqtincha faol xalqaro aloqalardan uzib qo‘ydi.
Yaponiya sivilizatsiyasi
Hind sivilizatsiyasi Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlariga tarqaldi. Bu sivilizatsiyaning o‘ziga xos tomoni shundaki, hind jamiyatida kishilarning ijtimoiy holati uning tug‘ilish omili, ya’ni ota-onasining jamiyatdagi o‘rni bilan belgilanadi. Bu yerda odamlar kasta (tabaqa)larga bo‘lingan bo‘lib, insonning jamiyatdagi o‘rni uning qaysi kastaga mansubligi bilan bog‘liq.
Hind sivilizatsiyasi
Islom sivilizatsiyasi
Xarita bilan ishlashga doir topshiriq: Xaritadan foydalanib xitoy-konfutsiylik, yapon, hind, islom sivilizatsiyalarining joylashuv o‘rnini toping.
Islom sivilizatsiyasining o‘ziga xos jihatlari shundaki, uning asosini tashkil qiluvchi islom dini musulmonlarning faqat dunyoqarashinigina emas, balki hayot tarzini ham belgilab beradi. Islom dini barcha musulmonlarning tengligiga asoslangani uchun ko‘plab xalqlar o‘rtasida keng tarqaldi. Paydo bo‘lganidan to Yangi davr boshlarigacha islom dunyosi Yevropaga nisbatan ilg‘or sivilizatsiya o‘chog‘i edi.
Sharqda O‘rta asrchilik tizimining inqirozi, avvalo, yerga davlat mulkchiligining buzilishida, markaziy hokimiyat va soliq tizimining susayganligida namoyon bo‘ldi. Sharq mamlakatlarida ko‘p asrlar davomida rivojlanib kelgan an’anaviy jamiyat bir qator muhim jihatlarga ega edi. Bunday jihatlarga jamiyatda davlat rolining yuqoriligini, urug‘-qabilachilik va quldorlik munosabatlari qoldiqlarining saqlanib qolishi, jamiyat iqtisodiy hayotida shaharlar rolining pastligi kabilarni kiritish mumkin.
Islom sivilizatsiyasi
XVII–XVIII asrlarda Yevropa va Osiyo xalqlarining o‘zaro munosabatlarida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Ilgari ularda harbiy texnika, hunarmandchilik va savdoning rivojlanganlik darajasi bir-biriga yaqin edi. Biroq keyingi davr yevropaliklar uchun juda qulay keldi. Osiyo xalqlari esa turli imperiyalar zulmidan ozod bo‘lganida, har safar an’analarni tiklash, bosqingacha bo‘lgan ijtimoiy va siyosiy hayot tartiblarini qaytadan o‘rnatishga harakat qildilar. Bu tartiblar mahalliy zodagonlarga ham, keng xalq ommasiga ham bosqinchilar o‘rnatgan tartiblardan yaxshiroq, adolatliroq tuyulardi. Eski hayotga qaytish mantig‘iga Xitoyda ham, Hindistonda ham, ko‘pchilik islom mamlakatlarida ham qat’iy amal qilinar edi.
Islom sivilizatsiyasi
Afrika mamlakatlari. Afrika — ulkan qit’a, unda odamzod boshqa hududlardan ancha oldin paydo bo‘lgan. Bu yerda, Nil daryosi vodiysida eng qadimgi jahon sivilizatsiyalaridan biri shakllangan.
Afrika hududi inson yashashi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitga qarab bir necha mintaqalarga bo‘linadi. Shimolda, O‘rtayer va Qizil dengizlar qirg‘oqlarida yerlar unumdor bo‘lib, odamlar qadim zamonlardan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Bu Afrika qit’asining aholi eng zich joylashgan qismi. Yevropa va
Yaqin Sharq bilan qo‘shniligi Shimoliy Afrikani savdo va aholi ko‘chib kelishi uchun qulay joyga aylantirgan. Undan janubda Afrikadagi eng katta cho‘l — Sahroyi Kabir boshlanadi.
Islom sivilizatsiyasi
Markaziy va Janubiy Afrikaning mahalliy aholisi XVIII asr boshlariga kelib ham qabilachilik holatida yashar edi. Qabila urug‘larga bo‘lingan bo‘lib, jamiyatda bosh rolni qabila boshlig‘i, harbiy sarkarda va shaman o‘ynardi.
Afrika xalqlarida yagona din mavjud bo‘lmagan. Ammo O‘rta asrlardayoq Afrikaning shimoli va markazida jahon dinlari — xristianlik va islom ancha keng tarqalgan.
XV asrda Afrikada urushlar tez-tez yuz berganligi tufayli Sudan orqali arab dunyosi va Yevropaga ko‘plab qora tanli qullarni keltirib sotish boshlandi. Qul savdosi arablar va yevropaliklar uchun juda foydali ishga, afrikaliklar uchun esa katta fojiaga aylandi, Afrika sivilizatsiyasining o‘ziga xos rivojlanish yo‘nalishini buzib yubordi.
Islom sivilizatsiyasi
Yangi davrda ham shakllangan, hamma ko‘nikib qolgan, an’anaviy tartiblarni ideallashtirish Sharq sivilizatsiyasining muhim jihati bo‘lib qoldi. Aynan shu jihat bir tomondan, ko‘plab tashqi bosqinlar sharoitida sivilizatsiyaning asoslarini saqlab qolish imkonini bergan bo‘lsa, boshqa tomondan, uning rivojlanish sur’atlarini sekinlashtirdi, fan va texnika sohasidagi yangiliklarni tatbiq etishga, ijtimoiy hayot va ishlab chiqarishni tashkillashtirishning yangi usullarini joriy qilishga g‘ov bo‘ldi.
Ijodiy ish topshirig‘i: T-texnologiyasi asosida xitoy-konfutsiylik, yapon, hind, islom sivilizatsiyalarining umumiy va farqli jihatlarini daftaringizga yozing.
Islom sivilizatsiyasi
Savol va topshiriqlar 1. Qo‘shimcha ma’lumotlarga tayangan holda “an’anaviy jamiyat”, “industrial jamiyat”, “postindustrial” yoki “axborot jamiyati” tushunchalariga izoh bering.
3. Internet yordamida Konfutsiy kim ekanligini bilib oling. Uning hikmatli gaplarini o‘qing.
Muhim sanalar
- XVI asr — XVI asr birinchi yarmidan XVIII asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda hali Sharqning Xitoy, Usmoniylar, Safaviylar (Eron) kabi kuchli imperiyalari mavjud bo‘lib, jahon siyosatida kuchli ta’sirga ega edi.
- XVIII asrning — XVI asr birinchi yarmidan XVIII asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda hali Sharqning Xitoy, Usmoniylar, Safaviylar (Eron) kabi kuchli imperiyalari mavjud bo‘lib, jahon siyosatida kuchli ta’sirga ega edi.
- XVII asrning — Ammo XVII asrning o‘rtalarigacha G‘arbning Sharqdan ustunligi faqat tashqi ko‘rinish bo‘lib, bu davrda Sharq harbiy ishda, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishda Yevropadan ancha oldinda edi.
- XVI asrda — Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi XVI asrda dunyoning eng aholisi ko‘p va boy qismi bo‘lib qolayotgan edi.
- XVII–XVIII asrlarda — XVII–XVIII asrlarda Yevropa va Osiyo xalqlarining o‘zaro munosabatlarida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi.
- XVIII asr — Markaziy va Janubiy Afrikaning mahalliy aholisi XVIII asr boshlariga kelib ham qabilachilik holatida yashar edi.
- XV asrda — XV asrda Afrikada urushlar tez-tez yuz berganligi tufayli Sudan orqali arab dunyosi va Yevropaga ko‘plab qora tanli qullarni keltirib sotish boshlandi.
Bilimingizni sinang
L. Delyusin fikricha, G‘arbda hayotning asosi urush bo‘lsa, Sharqda nima?
- ilm-fan (bilimdonlik)
- tinchlik (xotirjamlik)
- sevgi (mehr-oqibat)
- mehnat (tirishqoqlik)
To‘g‘ri javob: tinchlik (xotirjamlik). Delyusinga ko‘ra, Sharqda hayotning asosi tinchlik va xotirjamlikdir.
L. Delyusin fikricha, G‘arb xalqlarining asosi alohida shaxs bo‘lsa, Sharq xalqlarining asosi nima?
- davlat
- din
- sinf
- oila
To‘g‘ri javob: oila. Sharq xalqlarining asosi oila deb ko‘rsatilgan.
Yevropa tarix fanida sharqona taraqqiyot shakli nima deb ataladi?
- an’anaviy jamiyat
- industrial jamiyat
- feodal respublika
- postindustrial jamiyat
To‘g‘ri javob: an’anaviy jamiyat. Sharqona taraqqiyot shakli an’anaviy sivilizatsiya yoki an’anaviy jamiyat deyiladi.
Yangi davr Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida qanday munosabatlar qaror topishi bilan xarakterlandi?
- quldorlik munosabatlari
- urug‘-qabilachilik munosabatlari
- kapitalistik munosabatlar
- an’anaviy davlat mulkchiligi
To‘g‘ri javob: kapitalistik munosabatlar. Yangi davr G‘arbda kapitalistik munosabatlar qaror topgan davr bo‘ldi.
G‘arbiy Yevropa va Osiyo sivilizatsiyalari o‘rtasidagi asosiy farq nimada bo‘lgan?
- Yevropada yer davlat mulki bo‘lib, Osiyoda xususiylashganida
- Osiyoda dinning bo‘lmagani va davlat dunyoviy bo‘lganida
- Osiyoda yerga davlat mulkchiligining saqlanib qolishida
- Osiyoda savdo va hunarmandchilik yaxshi rivojlanmaganida
To‘g‘ri javob: Osiyoda yerga davlat mulkchiligining saqlanib qolishida. Asosiy farq Osiyoda yerga davlat mulkchiligi saqlanib qolganidir.
Yangi davr boshlarida G‘arbiy Yevropa va Osiyo sivilizatsiyalari o‘rtasidagi asosiy farq nimada edi?
- Osiyoda yerga xususiy mulkchilik to‘liq qaror topgan, Yevropada esa davlat mulki saqlanib qolgan
- Osiyoda kapitalistik munosabatlar qaror topgan, Yevropada esa an’anaviy jamiyat saqlangan
- Osiyoda yerga davlat mulkchiligi saqlanib qolgan, barcha yerlarning bosh mulkdori davlat bo‘lgan
- Osiyoda din davlat ishlariga aralashmagan, Yevropada esa u kuchli ta’sirga ega bo‘lgan
To‘g‘ri javob: Osiyoda yerga davlat mulkchiligi saqlanib qolgan, barcha yerlarning bosh mulkdori davlat bo‘lgan. Osiyoda yerga davlat mulkchiligi saqlangan, hukmdor shaxsida mujassamlashgan bosh mulkdor davlat edi.
Sharqdagi texnik, texnologik va madaniy innovatsiyalarning ko‘pchiligi 300–500 va hatto necha yil o‘tgandan so‘ng Yevropada paydo bo‘lgan?
- 2000 yil
- 1000 yil
- 800 yil
- 1500 yil
To‘g‘ri javob: 1000 yil. Sharq innovatsiyalarining ko‘pchiligi 300–500 va hatto 1000 yil o‘tgach Yevropada paydo bo‘lgan.
Sharqda yaratilgan innovatsiyalarning ko‘pchiligi Yevropada qancha vaqt o‘tgach paydo bo‘lgan?
- 30–50 yil va hatto 100 yil
- 300–500 va hatto 1000 yil
- 3000–5000 va hatto 7000 yil
- 1–3 yil va hatto 10 yil
To‘g‘ri javob: 300–500 va hatto 1000 yil. Innovatsiyalar Yevropada 300–500 va hatto 1000 yildan keyin paydo bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash