Xitoy: yuksalish va inqiroz orasida
XVI–XVIII ASRLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI
15-MAVZU. XITOY: YUKSALISH VA INQIROZ ORASIDA
Siz bilib olasiz: – siyosiy hayotni; – chin sulolasi hukmronligini; – yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishini; – iqtisodiy hayotni; – XVI–XVIII asrlardagi Xitoy madaniyatini.
Bu qiziq: Manchjurlar xitoyliklarga ikkinchi darajali odamlar sifatida qaragan. Xitoyliklar va manchjurlar o‘rtasida nikoh taqiqlangan. Bo‘ysunish belgisi sifatida xitoylik erkaklar sochlarini uzun qilib o‘rishlari kerak edi. Manchjurlar xitoyliklardan alohida qurilgan maxsus rayonlarda yashashgan.
Siyosiy hayot. XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida Xitoyda minlar sulolasi (1368– 1644) siyosatidan norozilik kuchaydi. Mamlakatda islohotlar tarafdori bo‘lgan kuchlar shakllandi. Ularning g‘oyalarida davlat apparatini isloh qilish, mamlakatni boshqarishda bevosita imperatorning rolini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘zgarishlar samaradorligini va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining sifatini oshirish uchun davlat manufakturalari va ustaxonalarini xususiylashtirish, dehqonlarning yerlarini tortib olishni to‘xtatish, soliqqa tortish tizimini tartibga solish kabilar muhim o‘rin tutardi.
15-MAVZU. XITOY: YUKSALISH VA INQIROZ ORASIDA
XVII asr boshlarida islohotchilar Pekinda hokimiyatni egallashga erishdi va amalda o‘z dasturidagi talablarni hayotga tatbiq etishga urindilar. Ammo saroy asilzodalarining qarshiligi tufayli islohotchilar hokimiyatdan chetlatilib, ko‘pchiligi qatag‘on qilindi. Davlat xazinasini o‘marish, dehqonlar yerlarini tortib olish, soliqlar va shaxsiy majburiyatlarni oshirish davom etaverdi. Xitoyning xalqaro ahvoli ham tobora yomonlashib bordi. Biroq minlar hokimiyati uchun, hukmron tuzumga qarshi tobora yirik miqyosdagi urushga aylanib borayotgan dehqonlar qo‘zg‘olonlari, ayniqsa, xavfli edi.
Chin sulolasi hukmronligi. XVI asr oxirida Amur daryosidan janubda Manchjur qabilalarining ittifoqi paydo bo‘ldi. Manchjurlar o‘z davlatini tuzib, qo‘shni Mo‘g‘ulistonni bo‘ysundirdi. 1636-yili manchjurlar sardori Abaxay o‘zini xon, yangi davlatni esa “Chin‘ (“Sin”) (ya’ni “sof”, “toza”) deb atadi.
15-MAVZU. XITOY: YUKSALISH VA INQIROZ ORASIDA
Chinlar Xitoyni egallash uchun uzoq kurash olib bordi. Shu davrda, 1639–1644-yillari Xitoyda dehqonlar qo‘zg‘olonining avj olishi va bir guruh qo‘zg‘olonchilarning Pekinni egallashi ham chinlarga yordam berdi. 1644-yili Pekinga kirib kelgan chinlar hukmdori Shunchji Xitoy imperatori deb e’lon qilindi. Chinlar Xitoydagi dehqonlar qo‘zg‘olonini bostirdi. Mahalliy vatanparvarlarning Nankin shahrida chinlarga qarshi yagona front tuzish uchun urinishi ham muvaffaqiyat qozonmadi. Keyingi bir necha yil davomida chinlarga qarshi bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlar ham qo‘shinlar tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi.
Chinlarning butun Xitoy hududini egallashi oson kechmadi. Har bir shahar qattiq janglar bilan olindi. Uzoq davom etgan urushlardan so‘ng Tayvan ham egallab olindi va Xitoy hududi to‘liq bo‘ysundirildi. Manchjurlarning chin sulolasi Xitoyda 1911-yilgacha hukmronlik qildi. Chinlar XVII–XVIII asrlarda o‘zlarining bosqinchilik siyosatini davom ettirdi. Koreya, G‘arbiy va Shimoliy Mo‘g‘uliston, Vyetnam, Koshg‘ar bo‘ysundirildi, Birma ham chinlarga vassallikni tan oldi.
15-MAVZU. XITOY: YUKSALISH VA INQIROZ ORASIDA
Iqtisodiy hayot. XVI asr boshlariga kelib, Xitoyda agrar soha rivojlanishning ancha yuqori darajasiga erishgan bo‘lib, u mamlakat iqtisodida muhim o‘rin tutardi. Ish qurollari oddiy bo‘lsa-da, dehqonlar aholining asosiy oziq-ovqati bo‘lgan sholidan yuqori hosil olardi. Ular yangi texnologiyalar, masalan, sholi ekishning uyali usuli, sifatli urug‘ tayyorlash va shu kabilardan foydalanardi. Xitoy dehqonlari sholidan tashqari, paxta yetishtirishda ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar.
Xitoyda yerga egalik qilishning ikkita asosiy turi — davlat va xususiy yer egaligi mavjud edi. Ammo xususiy yerlar XVI asr davomida kamayib bordi. Dehqonlarning yerlari asta-sekin katta yer egalari, sudxo‘rlar va amaldorlarning qo‘liga o‘tdi. Yerlarning katta qismi bevosita imperatorning mulkiga aylandi.
15-MAVZU. XITOY: YUKSALISH VA INQIROZ ORASIDA
Dehqonlar yerlarni ijaraga olib, ekin ekardi. Ijara haqi hosilning 50 foizini tashkil etardi va bu dehqonlarni holdan toydirib, ularning noroziligiga sabab bo‘lardi. Bu davrda soliqlar ham doimiy oshib bordi. Ular natural holda sholi bilan olinar edi va faqat XVI asrdan soliqlar kumush tanga bilan to‘lana boshlandi. Bu qiyinchiliklar bir qator dehqonlar qo‘zg‘olonlariga olib kelib, ular butun imperiya hududini qamrab oldi.
Shaharlarda aholi soni qishloqqa nisbatan ancha kam edi. Shaharliklar, asosan, hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanardi. Gazlama ishlab chiqarishda o‘z davri uchun ancha mukammal bo‘lgan dastgohlar, shu jumladan, suv bilan aylantiriluvchi qurilmalar ham qo‘llanilardi. Binolar qurilishida ko‘tarish kranlariga o‘xshash qurilmalardan foydalanilardi. O‘sha paytlardan saqlanib qolgan binolar bugungi kunda ham o‘zining mukammalligi va mahobati bilan kishini hayratga soladi. Yirik va mustahkam kemalar qura oladigan xitoylik kemasozlar ham texnik muvaffaqiyatlarga erishgan edi.
15-MAVZU. XITOY: YUKSALISH VA INQIROZ ORASIDA
Manchjurlar istilosi Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘lidagi favqulodda to‘siqqa aylandi, mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga katta zarar yetkazdi, ularni ortga uloqtirib tashladi. Chinlar sulolasi hokimiyatining o‘rnatilishi xitoylar bilan birga Osiyoning boshqa bir qator xalqlariga ham katta zarar yetkazdi, zotan, mintaqada chinlarning bosqinchilik yurishlari ancha uzoq davom etdi.
Chinlar hukmronligi, shuningdek, Xitoyda paydo bo‘lgan kapitalistik munosabatlar rivojlanishni va eng asosiysi, texnik taraqqiyot sur’atlarini susaytirib yubordi.
Xitoy XVIII asrning oxirigacha iqtisodiy jihatdan dunyoning eng qudratli davlatlaridan biri bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, texnik qoloqlik uning G‘arb davlatlari ekspansiyasiga qarshi turishida xalaqit berdi.
15-MAVZU. XITOY: YUKSALISH VA INQIROZ ORASIDA
Ingliz elchilari xitoyliklarga sovg‘a-salom topshirishmoqda.
J. Gilrey karikaturasi
Xarita bilan ishlashga doir topshiriq: Xaritadan manchjurlar yashagan va XVII– XVIII asrlarda bosib olingan hududni toping.
Bu qiziq: Xitoyda provinsiya
(viloyat)larni oliy tabaqaga mansub zodagonlar– mandarinlar boshqarar edi. Mandarin so‘zi portugalcha
“mandar” – “boshqarmoq”,
“idora etmoq” ma’nosini bildiradi va ularning jamiyatda tutgan o‘rnini hayvonlar, o‘simliklarning rasmlari bilan bezalgan kiyimiga qarab bilsa bo‘lardi. Oddiy odamlarga uylarini bezash, mo‘ynali kiyim kiyish va zargarlik buyumlarini taqish, qimmatbaho idishdan foydalanish taqiqlangan edi.
Yodda tuting: XVIII asr oxirlarida
Xitoyda 300 mln aholi yashagan.
J. Gilrey karikaturasi
Bu esa Yevropa aholisidan ancha ko‘p bo‘lgan.
Abaxay
Yodda tuting: Yevropaliklarning
Xitoy hududida o‘rnashishi, missionerlar tomonidan xristian dinining joriy etilishi, Bengaliyadan afyun olib kelib kumush evaziga sotilishidan xavotirga tushgan
Xitoy hukumati
XVIII asrning o‘rtalarida mamlakat janubidagi Guanchjoudan tashqari barcha shaharlarida yevropaliklar bilan savdo qilishni taqiqlaydi va izolatsiya siyosatini yuritadi.
Yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi. Xitoy afsonaviy boy mamlakat sifatida yevropaliklarda doimiy qiziqish uyg‘otib kelgan. Yevropaliklar Xitoyning texnik yutuqlarini o‘zlashtirib olishga intilgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng kuchaygan bu jarayon XVII asrda ham davom etdi. Ispaniya Filippinni egallab olganidan keyin atrofdagi orollarda savdo bilan shug‘ullanuvchi minglab Xitoy fuqarolarini yo‘q qilib yubordi. Xuddi shunday yovuzlik keyin ham takrorlandi. XVII asrda Xitoy qirg‘oqlarida golland kemalari paydo bo‘ldi. Ular Tayvan orollarining bir qismini egallab oldi. Shuningdek, Angliya ham bu hududlarga qiziqish bildira boshladi. Inglizlar Guanchjou hududiga o‘rnashib, bu yerda savdo olib borish uchun Xitoy hukumatidan ruxsat oldi. Yevropaliklar Xitoydan ipak va chinni olib ketib, bu yerga tamaki va o‘qotar qurollar olib kelardi.
Abaxay
XVIII asrning 70-yillarida Rossiya Xitoy bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishga urindi. Ammo Uzoq Sharqda va Markaziy Osiyoda ta’sir uchun ikkala davlat o‘rtasida raqobat bunga yo‘l qo‘ymadi. Keyin ikki tomon o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
XVI–XVIII asrlarda Xitoy madaniyati. Minlar davrida Xitoy madaniyati gullab-yashnadi. O‘zidan oldingi davrlarning eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib ol-gan jamiyat taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarila oldi. Xitoy madaniyati o‘z mazmuniga ko‘ra an’anaviy bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, u yangi yutuqlar bilan boyidi, madaniy hayotda yangi g‘oyalar paydo bo‘ldi.
Abaxay
Hunarmandchilikdagi yutuqlar tufayli tabiiy va amaliy fanlarga qiziqish ortdi, bu sohalarda yirik asarlar paydo bo‘ldi. Taniqli shifokor Li Shi Chjen dorilarni tayyorlash va saqlashdagi talablar (farmakopeya) bo‘yicha yirik asar yaratib, unda 1900 ga yaqin o‘simlik, hayvonot va minerallarga oid dorilar haqida yozgan. 1637-yili Su Insinning o‘ziga xos texnik ensiklopediyasi paydo bo‘ldi. “Osmon yaratgan va mehnat bilan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari haqida” deb nomlangan bu kitobda xitoy hunarmandchiligi rivojlanishining uzoq yo‘li yoritilgan. Taxminan shu davrda yevropalik missionerlar bilan tanishgan va lotin tilini o‘rgangan Syuy Guansi ismli amaldor “Qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi”ni yaratib, unda Xitoy va qisman Yevropadagi dehqonchilikning holatini ta’riflaydi.
Abaxay
Falsafa, gumanitar fanlarda an’anaviy dogmatizm, konservatizm va hayotdan uzilganlik tizimi juda kuchli bo‘lsa-da, amaliy fanlardagi yangiliklar asta-sekin bu sohalarga ham kirib bordi.
Bu davrda qadimiy din va dunyoqarashga asoslangan madaniyatni Yangi davr talablariga moslashtirish boshlandi. Minlar davrining eng yorqin olimlaridan biri Van Yanmin xitoyliklar dunyoqarashining asosi bo‘lgan konfutsiylikdan voz kechmagan holda bu ta’limotni o‘zgargan tarixiy vaziyatga mos ravishda, yangicha sharhlay boshladi.
O‘zingizni sinang:
Abaxay..., 1644..., 1911..., Chinlar XVII– XVIII asrlarda –...
XVII asrda Xitoy qirg‘oqlarida –... Van Yanmin – bu...
Kunsyuy –...
“G‘arbga sayohat” asari
Adabiyotda ham katta yutuqlarga erishildi. Qadimgi xalq afsonalari asosida “G‘arbga sayohat” romani yaratilib, unda xitoylik ruhoniyning mo‘jiza izlab Hindistonga qilgan safari tasvirlanadi. Bu roman kitobxonlarning ko‘plab avlodlarida katta taassurot qoldirdi.
XVI–XVII asrlarda teatr san’atining eng mashhur turi – umummilliy teatrga aylangan kunsyuy bo‘ldi. Kunsyuy asosida shakllangan Pekin operasi butun dunyoga tanildi.
Tasviriy san’atda o‘tmish an’analari davom ettirildi. Minlar davrida Tasviriy san’at akademiyasi qayta tiklandi. Badiiy asarlarga tasviriy bezak berish san’ati rivojlandi, peyzaj san’ati ham gullab-yashnadi. Xitoylik ustalar, faqat o‘z yurtlaridagina emas, balki G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ham juda qadrlanadigan chinni, gazlama, loklangan miniaturalar yaratishda katta yutuqlarga erishdilar.
“G‘arbga sayohat” asari
Shunday qilib, chin sulolasi davrida Xitoy o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi. XVIII asr oxiriga kelib, G‘arb davlatlari Xitoyga suqilib kirish va uni mustamlakaga aylantirish rejasini amalga oshira boshlagan bo‘lsalar-da, Xitoy Osiyoning eng katta va qudratli davlati bo‘lib qolayotgan edi. Ammo iqtisodiy va siyosiy qoloqlik oqibatida keyingi davrda Xitoy G‘arb davlatlarining yarim mustamlakasiga aylandi.
Savol va topshiriqlar
4. Yevropaliklarning Xitoyga qiziqishi sabablarini tushuntirib bering. 5. Xitoy madaniyati rivojlanishi darajasiga baho bering.
Ijodiy ish topshirig‘i: 1. O‘ylab ko‘ring va guruhlarga bo‘linib bahs uyushtiring: yevropaliklarning
Xitoyga kirib kelishi ijobiy hodisami yoki salbiymi? Yevropaliklar istilosi qanday oqibatlarga olib keldi? 2. Konfutsiy hikmatlaridan birida shunday deyilgan: “Shoh – shohligini, fuqaro – fuqaroligini, ota – otaligini, o‘g‘il esa farzandligini qilishi kerak”. Ushbu so‘zlarning ma’nosiga izoh bering va bu bilan xitoyliklar nimaga da’vat etilganligini tushuntiring.
Muhim sanalar
- 1636-yili — 1636-yili manchjurlar sardori Abaxay o‘zini xon, yangi davlatni esa “Chin‘ (“Sin”) (ya’ni “sof”, “toza”) deb atadi.
- 1637-yili — 1637-yili Su Insinning o‘ziga xos texnik ensiklopediyasi paydo bo‘ldi.
- 1639–1644-yillari — Shu davrda, 1639–1644-yillari Xitoyda dehqonlar qo‘zg‘olonining avj olishi va bir guruh qo‘zg‘olonchilarning Pekinni egallashi ham chinlarga yordam berdi.
- 1644-yili — 1644-yili Pekinga kirib kelgan chinlar hukmdori Shunchji Xitoy imperatori deb e’lon qilindi.
- 1911-yilgacha — Manchjurlarning chin sulolasi Xitoyda 1911-yilgacha hukmronlik qildi.
- XVI–XVIII asrlardagi — Siz bilib olasiz: – siyosiy hayotni; – chin sulolasi hukmronligini; – yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishini; – iqtisodiy hayotni; – XVI–XVIII asrlardagi Xitoy madaniyatini.
- XVI asr — Siyosiy hayot. XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida Xitoyda minlar sulolasi (1368– 1644) siyosatidan norozilik kuchaydi.
- XVII asr — Siyosiy hayot. XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida Xitoyda minlar sulolasi (1368– 1644) siyosatidan norozilik kuchaydi.
- XVII asr — XVII asr boshlarida islohotchilar Pekinda hokimiyatni egallashga erishdi va amalda o‘z dasturidagi talablarni hayotga tatbiq etishga urindilar.
- XVI asr — Chin sulolasi hukmronligi. XVI asr oxirida Amur daryosidan janubda Manchjur qabilalarining ittifoqi paydo bo‘ldi.
Bilimingizni sinang
Xitoyda minlar sulolasi (1368–1644) siyosatidan norozilik XVI asr oxiri va qaysi asr boshlarida kuchaygan?
- XV asr
- XVIII asr
- XIX asr
- XVII asr
To‘g‘ri javob: XVII asr. XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida minlar siyosatidan norozilik kuchayib, islohotlar tarafdori kuchlar shakllandi.
Manchjurlarning xitoyliklarga munosabati haqidagi quyidagi hukmlardan qaysi biri NOTO‘G‘RI?
- Manchjurlar xitoyliklarga ikkinchi darajali odamlar sifatida qarab, ularni cheklagan
- Xitoyliklar va manchjurlar o‘rtasida nikoh taqiqlangan va ular alohida yashagan
- Bo‘ysunish belgisi sifatida xitoylik erkaklar sochini kalta qilishi shart bo‘lgan
- Manchjurlar xitoyliklardan alohida qurilgan maxsus rayonlarda, alohida yashagan
To‘g‘ri javob: Bo‘ysunish belgisi sifatida xitoylik erkaklar sochini kalta qilishi shart bo‘lgan. Aslida xitoylik erkaklar bo‘ysunish belgisi sifatida sochlarini uzun qilib o‘rishi kerak bo‘lgan, shuning uchun “kalta qilish” hukmi xato.
Xitoyda islohotchilar Pekinda hokimiyatni egallab, o‘z dasturlarini amalga oshirishga urinishgan davr qaysi?
- XVI asr boshlari
- XVIII asr boshlari
- XV asr boshlari
- XVII asr boshlari
To‘g‘ri javob: XVII asr boshlari. XVII asr boshlarida islohotchilar Pekinda hokimiyatni egalladi, ammo saroy asilzodalarining qarshiligi tufayli chetlatildi.
Amur daryosidan janubda manchjur qabilalarining ittifoqi qaysi asr oxirida paydo bo‘lgan?
- XIV asr
- XVII asr
- XVI asr
- XV asr
To‘g‘ri javob: XVI asr. Manchjur qabilalari ittifoqi XVI asr oxirida Amur daryosidan janubda paydo bo‘lib, keyinchalik o‘z davlatini tuzdi.
Manchjurlar sardori o‘zini xon, yangi davlatni esa “Chin” deb e’lon qilgan yil qaysi?
- 1636-yil
- 1616-yil
- 1644-yil
- 1626-yil
To‘g‘ri javob: 1636-yil. 1636-yili manchjurlar sardori Abaxay o‘zini xon, davlatni esa Chin deb atadi.
1636-yili o‘zini xon deb e’lon qilib, yangi davlatni “Chin” deb atagan manchjurlar sardori kim edi?
- Abaxay
- Nurxachi
- Shunchji
- Kansi
To‘g‘ri javob: Abaxay. Manchjurlar sardori Abaxay 1636-yili o‘zini xon, yangi davlatni esa Chin deb atagan.
Manchjurlar sardori Abaxay o‘zini xon, yangi davlatni esa “Chin” deb qaysi yili e’lon qildi?
- 1636-yili
- 1644-yili
- 1639-yili
- 1911-yili
To‘g‘ri javob: 1636-yili. 1636-yili Abaxay o‘zini xon, davlatni esa “Chin” deb atagan.
“Chin” (“Sin”) so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
- “Buyuk”, “qudratli”
- “Sof”, “toza”
- “Sharq”, “quyosh”
- “Osmon”, “ilohiy”
To‘g‘ri javob: “Sof”, “toza”. Matnga ko‘ra “Chin” ya’ni “sof”, “toza” ma’nosini beradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash