Hindiston Boburiylar imperiyasi davrida
XVI–XVIII ASRLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI
16-MAVZU. HINDISTON BOBURIYLAR IMPERIYASI DAVRIDA
Siz bilib olasiz: – Hindistondagi siyosiy parokandalikni; – Boburiylar imperiyasining tashkil topishini; – Akbarshoh va uning islohotlarini; – xalq harakatlari va imperiyaning parchalanishini; – yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishini; – ijtimoiy fikr, fan, adabiyot va san’atni.
Esga oling:
Z. M. Bobur
Hindistonda siyosiy parokandalik. XVI asr boshlarida Hindiston siyosiy parokandalik, feodal urushlar holatida edi. Faqat vayronalik keltiruvchi bu urushlarning tugatilishidan aholining deyarli barcha qatlami manfaatdor edi.
Shunday sharoitda XVI asr 20-yillaridan Dehlida hokimiyatni egallab turgan sulton Ibrohimning harakatlari ajralib chiqqan vasallarni o‘z hukmi ostida birlashtirish uchun yetarli bo‘lmadi. Natijada sulton Ibrohimning siyosatidan norozi bo‘lgan saroy a’yonlari orasida o‘sha paytda Kobulda hukmdor bo‘lib turgan Zahiriddin Muhammad Boburni taxtga taklif qilish g‘oyasi paydo bo‘ldi.
Mahoratli sarkarda, tajribali davlat arbobi va ajoyib shoir Mirzo Bobur bu qulay sharoitdan ustalik bilan foydalandi.
Z. M. Bobur
Boburiylar imperiyasining tashkil topishi. 1526-yili Mirzo Boburning janglarda toblangan 20 ming qo‘shini Afg‘onistonning tog‘li yo‘llari orqali Hindistonga yurish qildi. Hind rojalari birlasha olmadilar va Mirzo Bobur qo‘shiniga qarshilik qilishga ojizlik qildilar. Mirzo Bobur qisqa vaqt ichida Shimoliy Hindistonning katta qismini o‘ziga bo‘ysundirdi. 1526-yil 21-aprelda Panipat jangida sulton Ibrohim qo‘shinlarini tor-mor qildi va Dehlini egalladi. Mirzo Boburni taxtga taklif qilgan saroy a’yonlari undan faqat sulton Ibrohimga qarshi foydalanmoqchi edilar, xolos. Mirzo Bobur Dehli taxtida uzoq o‘tirmaydi, olgan o‘ljalari ko‘rsatgan yordami uchun yetarli, taxtni o‘zimizga qoldirib, qaytib ketadi, deb hisoblashgandi. Ammo keyinchalik Mirzo Boburning Dehli taxtida uzoq qolishini tushungan hind zodagonlari unga qarshi birlashdilar. 1527-yil 13-martda bo‘lgan jangda Mirzo Bobur ular ustidan ham g‘alaba qozondi.
Z. M. Bobur
Mirzo Bobur yana bir qator hind yerlarini bosib oldi va o‘zini bu yerlarning hukmdori deb e’lon qildi. U asos solgan davlatni G‘arb tarixchilari “Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi” (yangi sulolaning asoschisi bo‘lgan Boburning kelib chiqishini Chingizxonga bog‘lab, sulolani Yevropada “Buyuk Mongollar imperiyasi” deyishgan) deb atashadi. U G‘arbda Kobuldan Sharqda Bengaliya chegaralarigacha bo‘lgan hududni qamrab oldi.
Mirzo Bobur qobiliyatli va uzoqni ko‘ruvchi siyosatchi, lashkarboshi va davlat arbobi, shoir va tarixchi olim edi. U hammadan ko‘proq hind xalqi zarar ko‘rayotgan feodal urushlarni tugatdi, savdo-sotiq, qurilish, fan va adabiyotga homiylik qildi. Bu buyuk vatandoshimiz Turkiston, Hindiston va Afg‘oniston xalqlari tarixiga, ularning san’ati, urf-odatlariga va diniga katta qiziqish va hurmatini namoyon qildi. Shu xislatlar tufayli u o‘zi zabt etgan hududda qudratli davlat barpo etdi va madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
Z. M. Bobur
Mirzo Bobur 1530-yili vafot etdi. U yer-mulkini farzandlariga bo‘lib, Dehli taxtida sevimli farzandi Humoyunshohni qoldirdi va boshqa farzandlariga unga
Taxmasp
Ibo‘ysunishni vasiyat qildi. Biroq aka-ukalar Bengaliya va Bixar feodallari bilan birga Humoyunshohga qarshi birlashdilar. Bir necha janglarda mag‘lub bo‘lgan qobiliyatsiz Humoyunshoh Sind orqali Eronga qochib ketdi. Natijada hokimiyat 15 yilga (1540 –1555) Sur urug‘idan bo‘lgan afg‘on feodallari qo‘lida qoldi. Humoyunshoh Dehli taxtiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi, ammo tez orada, 1556-yili vafot etdi. Taxtga Humoyunshohning 13 yoshli o‘g‘li Akbarshoh (1542 –1605) keldi.
Akbarshoh va uning islohotlari. Mirzo Boburning vorislari ichida eng mashhuri Akbarshoh edi. U haqiqiy imperiyaning asoschisi, Hindiston tarixida buyuk islohotchi sifatida nom qoldirgan. Boburiylar imperiyasi uning hukmronligi davrida eng yuksak taraqqiyotga erishdi. U mamlakat hududini bir necha marta kengaytirdi.
Taxmasp
Akbarshoh mustahkam, markazlashgan davlatni va kuchli markaziy hokimiyatni barpo qilish uchun bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Hududiy-ma’muriy islohotlar natijasida imperiya noiblar tomonidan boshqariladigan hududlarga ajratildi. Butun imperiya uchun bir xil uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari tizimi taqvim joriy qilindi.
Islohotlar ichida Akbarshohga eng katta shuhrat keltirgani diniy islohot bo‘ldi. Bu islohotning maqsadi diniy mansubligidan qat’i nazar, hukmron guruhlarni jipslashtirishdan iborat edi. Akbarshoh diniy murosasozlik siyosatini olib bordi. U mamlakatni boshqarishga musulmonlar bilan birga hindlarni ham jalb qildi, hindlarni har qanday ta’qib qilishlarini to‘xtatdi, musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan soliq – jizyani bekor qildi. U o‘z mamlakati doirasida to‘liq diniy erkinlikni e’lon qilib, musulmon bo‘lmaganlarning har qanday kamsitilishini bekor qildi.
Akbarshoh
Kobul
Boburiylar davlati
Mo‘lton Sibi
BOBURIYLARIMPERIYASI
Lahari Bandar
Xugli Satgaon
Godvani knyazligi
Igichpur Asirgara
Puri Chanda
Chaul Dabxol sultonligi Bidar
Golkonda
Bobur va Humoyun davrlarida (1526–1556)
1561-yilda Akbarshohning (1556-1605) harbiy yurishlari
Vidjanagar
Tanjur Kalikut
Sherxon Sur davlati (1540–1555).
Kandi Kotte
Akbarshohning islohotlari
Hududiy-ma’muriy Diniy Harbiy Soliq
Madaniyat, san’at, yozuv
O‘lchov birliklari va taqvim
Boburiylar davlati imperiyaga aylandi
Ijodiy ish topshirig‘i:
XVII asrda Angliya va Hindistonning iqtisodiy rivojlanishidagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarini taqqoslang.
Akbarshohning islohotlari musulmon feodallar va diniy mutaassiblarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular podshohni dinsizlikda aybladilar, xalqni unga qarshi ko‘tarishga harakat qildilar. Norozilar tomonida Akbarshohning o‘g‘li, taxt vorisi Jahongirshoh ham bor edi. U taxtga kelishi bilan (1605 –1627) otasining ko‘plab islohotlarini yo‘qqa chiqardi.
Jahongirshohning o‘g‘li Shohjahon hukmronlik qilgan yillari (1628 –1657) imperiya o‘z qudratining eng cho‘qqisiga yetdi.
Shahar, hunarmandchilik va savdo. Hindistonning Boburiylar hukmronligi ostida birlashishi shaharlarning, savdo va hunarmandchilikning ham rivojlanishiga olib keldi. Shaharlar iqtisodiy, ma’muriy-siyosiy va madaniy markazlar rolini o‘ynay boshladi. XVII asrda hind shaharlarida aholining 15 –20 foizi yashardi. Ayrim shaharlar, masalan, Dehli, Laxor, Agra, Ahmadobod kabilar aholisi juda ko‘p sonli bo‘lib, yarim milliondan oshardi. Shaharlarda hunarmandchilikning ko‘plab turlari, ayniqsa, to‘qimachilik keng rivojlangandi. Bu sohada yangi mehnat qurollari, masalan, yirik naqshli matolarni to‘qish dastgohi, lentali dastgoh va yangi texnik usullar paydo bo‘ldi. Hind matolari Yevropa bozorlariga chiqarildi. Ayniqsa, Bengaliyaning o‘ta nozik va chiroyli paxta matolari juda mashhur edi.
Ijodiy ish topshirig‘i:
Shohjahon
Shahar savdogarlarini o‘ta yuqori kasbiy mahorat va ishchanlik axloqi ajratib turardi. Savdogarlar va bankirlar orasida kredit xatlari keng tarqalgan bo‘lib, savdogar bu xat vositasida Samarqand va Jiddada, Pega va Maskatda, hatto Astraxanda ham osongina pul olishi mumkin bo‘lgan. Boy savdogarlar podshoh saroyiga ham kredit berib, shu yo‘sinda siyosatga ham ta’sir o‘tkazishgan.
Xalq harakatlari va imperiyaning parchalanishi. Akbarshohning soliq islohotlari, umuman, taraqqiyparvar ahamiyatiga qaramasdan, dehqonlarning ahvolini yanada og‘irlashtirdi, sudxo‘rlikka keng yo‘l ochdi. Qarzdor bo‘lib qolgan dehqonlar yerlarini tashlab qochib keta boshladilar. Unumdor yerlar changalzorlarga aylandi. Yo‘llarda qaroqchilar ko‘payib, savdo kasodga uchray boshladi. Davlat xazinasiga ham tushumlar kamayib ketdi. Bunday holatda imperiyadan ajralib chiqish, ayirmachilik kayfiyati kuchaydi. Natijada Boburiylar imperiyasi inqirozga yuz tuta boshladi. Bu holat, ayniqsa, Shohjahonning o‘g‘li Shoh Avrangzeb hukmronligi yillarida (1658 –1707) avjiga chiqdi. Avrangzeb mutaassib dindor bo‘lganligi sababli parchalanayotgan imperiyani saqlashning yo‘li sifatida islom qoidalarini qat’iy joriy qilishga kirishdi. Musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan soliq — jizyani qaytadan tikladi, hindlar uchun qolgan barcha soliqlarni ikki hissaga oshirdi, ularga o‘z bayramlarini nishonlashni taqiqladi, hind ibodatxonalarini buzib tashlashni buyurdi. Natijada imperiyaning turli chekkalarida boburiylarga qarshi harakatlar boshlanib ketdi.
Shohjahon
XVIII asr boshlariga kelib, imperiyaning real inqirozi boshlandi. Armiya avvalgi qudratini yo‘qotdi, mahalliy hukmdorlarning esa mustaqilligi oshdi. Imperator endi na ma’muriy, na harbiy huquqqa ega bo‘lmagan, o‘ziga xos davlatlar uyushmasining ramziy hukmdoriga aylanib qoldi.
Shunday bir holatda, 1739-yili Eron shohi Nodirshoh qo‘shinlari Hindistonga bostirib kirib, Dehlini taladi, poytaxt aholisining ko‘pchiligini qirg‘in qildi. Undan keyin Shimoliy Hindistonni afg‘onlar bosdi. Dehli imperatorlarining hokimiyati tobora zaiflashib borardi. Mamlakat amalda unga ko‘z olaytirayotgan yevropaliklar uchun qulay bo‘lgan feodal tarqoqlikka qaytdi.
Yodda tuting:
“Ost Indiya” kompaniyasi (1600–1858) – “Ost
Indiya” (Hindiston va Janubi-sharqiy
Osiyo) va Xitoy bilan savdo qiluvchi xususiy kompaniya, Angliya hukumatining bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilish apparati.
Hindistondan Yevropada sotish uchun gazlama, ip, indigo, afyun, selitra olib ketar edi.
Yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishi. Yevropalik mustamlakachilarning Hindistonga kirib kelishi XVI asrdayoq boshlangan edi. Hindistonga dengiz yo‘lini ochgan portugallar Malabar qirg‘oqlaridagi bir necha bazani egallab oldilar. Lekin ular mamlakat ichkarisiga kirish uchun yetarli kuchga ega emasdilar.
Yodda tuting:
Angliyaning “Ost Indiya” kompaniyasi 1600-yili Hindistonda o‘z korxonalarini ochish huquqini qo‘lga kiritdi. Kompaniya Hindistonning turli nuqtalarida savdo shoxobchalari tashkil qila boshladi. Ular savdo va siyosiy faoliyatining markazlari Dehli, Kalkutta va Madras shaharlari bo‘lib qoldi.
“Ost Indiya”ning savdo kompaniyasidan mustamlaka hokimiyatiga aylanib borishi oqibatida XVIII asr o‘rtalaridan boshlab egallangan hududlarda harbiy va ma’muriy hokimiyatni o‘rnatish hamda diplomatik kelishuvlar kompaniya faoliyatining asosiy turlari bo‘lib qoldi. 1757-yili inglizlar Bengaliyani bosib oldilar va bu “Ost Indiya” kompaniyasining qo‘shinlari tomonidan butun mamlakatni asta-sekin egallashning, hind xalqining ikki yuz yillik arosatining boshlanishi edi. Inglizlarning muvaffaqiyatlariga ularning sanoatdagi ilg‘orligi bilan birga ulkan sipohiy qo‘shinlariga egaligi ham sabab bo‘ldi. Aytish mumkinki, Hindiston, asosan, hindlarning o‘z qo‘llari bilan zabt etildi.
Yodda tuting:
Ijtimoiy fikr, fan, adabiyot va san’at. Bu davr fani so‘nggi O‘rta asrlar va Yangi davr boshlariga xos bo‘lgan inqilobiy jarayonlarni boshdan kechiradi. Fanning yutuqlari orasida matematikaning rivojini alohida ta’kidlash lozim. Ulug‘ matematik Nilakanta va boshqa hind matematiklari o‘z asarlari bilan Gregori, Leybnis va boshqa yevropalik olimlardan ancha oldinlab ketdilar. Shuningdek, astronomiya, kimyo, fizika fanlari ham katta muvaffaqiyatlar bilan rivojlandi.
Tabiiy fanlar ichida tibbiyot alohida yuqori o‘rin egallaydi. Hind tabobati turli kasalliklarni aniqlash va davolash bo‘yicha o‘z zamonasining ilg‘or usullarini kashf etgan. Xirurgiya, ayniqsa, plastik xirurgiya, Yevropa faniga nisbatan ancha ilg‘or edi. Bu davrda hind farmakologiyasi ham yaxshi rivojlandi.
Yodda tuting:
Akbarshoh podsholik qilgan davr misli ko‘rilmagan madaniy yuksalish davri bo‘ldi. Shoir va tarixchi Abul Fazlning Hindiston tarixiga bag‘ishlangan asarlari, Abul Fayziyning “Nal va Daman” poemasi Hindiston adabiyotining yuksak namunalaridan hisoblanadi. Bu davr adabiyotining eng yuksak cho‘qqisi Sharq xalqlarining genial shoiri, faylasufi, mutafakkiri Mirzo Abdulqodir Bedil (1644 –1721) ijodida namoyon bo‘ldi.
Bu qiziq:
Toj Mahal — Agra shahrida oq marmardan qurilgan. Balandligi — 74 metr, 17 gektar hududda joylashgan. Qurilishida 20 yil davomida 20 ming odam ishlagan. Marmarning shunday xususiyati bor — kunduzi oq rangda, tongda pushti, oydin kechada esa kumushrang ko‘rinadi.
Boburiylar davri arxitekturasi mahobati, bezaklarning boyligi, musulmon me’morchiligi va hind saroy arxitekturasi an’analarining uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Bu davrda bunyod etilgan me’moriy obidalarning eng mashhuri, jahon me’morchilik san’atining noyob durdonalaridan biri Toj Mahal saroyidir. Uni Shohjahon sevimli xotini Mumtoz Mahalga bag‘ishlab qurdirgan.
Bu qiziq:
Shunday qilib, qachonlardir yuksak taraqqiyotga erishgan Hindiston XVII asr oxiridan boshlab qariyb 300 yilga inglizlarning mustamlakasiga aylandi. Mamlakatdagi iqtisodiy tushkunlik va siyosiy parokandalik, Boburiylar imperiyasi o‘rnida paydo bo‘lgan davlatlarning o‘zaro urushlari inglizlarning Hindistonni bosib olishi uchun imkoniyat yaratdi. Eng achinarlisi, inglizlar Hindistonni hindlarning o‘zlari yordamida bosib oldi va uzoq yillar qaramlikda ushlab turdi.
Atamalar mazmuni:
Sipohiylar (fors. — “askar”) — inglizlar tomonidan mahalliy aholi orasidan yollangan askarlar.
3. Boburiylar imperiyasi zaiflashuvi boshlanishiga sabab bo‘lgan omillarni sanab bering.
5. Tolerantlik (bag‘rikenglik) va vijdon erkinligi tushunchalariga ta’rif bering.
Ijodiy ish topshirig‘i: “Boburnoma” asarining asosiy mazmuni nimadan iborat ekanligini aniqlang va sinfda so‘zlab bering.
Atamalar mazmuni:
Internet bilan ishlashga doir topshiriq: Internet yordamida “Bobur”, “Akbarshoh”, “Toj Mahal” yoki
“Boburiylar imperiyasi” mavzularidan bittasini tanlab, o‘zingiz yoki guruhda ishlab, taqdimot tayyorlang.
Muhim sanalar
- 1526-yili — Boburiylar imperiyasining tashkil topishi. 1526-yili Mirzo Boburning janglarda toblangan 20 ming qo‘shini Afg‘onistonning tog‘li yo‘llari orqali Hindistonga yurish qildi.
- 1526-yil — 1526-yil 21-aprelda Panipat jangida sulton Ibrohim qo‘shinlarini tor-mor qildi va Dehlini egalladi.
- 1527-yil — 1527-yil 13-martda bo‘lgan jangda Mirzo Bobur ular ustidan ham g‘alaba qozondi.
- 1530-yili — Mirzo Bobur 1530-yili vafot etdi.
- 1556-yili — Humoyunshoh Dehli taxtiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi, ammo tez orada, 1556-yili vafot etdi.
- 1561-yilda — 1561-yilda Akbarshohning (1556-1605) harbiy yurishlari
- 1600-yili — Angliyaning “Ost Indiya” kompaniyasi 1600-yili Hindistonda o‘z korxonalarini ochish huquqini qo‘lga kiritdi.
- 1739-yili — Shunday bir holatda, 1739-yili Eron shohi Nodirshoh qo‘shinlari Hindistonga bostirib kirib, Dehlini taladi, poytaxt aholisining ko‘pchiligini qirg‘in qildi.
- 1757-yili — 1757-yili inglizlar Bengaliyani bosib oldilar va bu “Ost Indiya” kompaniyasining qo‘shinlari tomonidan butun mamlakatni asta-sekin egallashning, hind xalqining ikki yuz yillik arosatining boshlanishi edi.
- XVI asr — Hindistonda siyosiy parokandalik. XVI asr boshlarida Hindiston siyosiy parokandalik, feodal urushlar holatida edi.
Bilimingizni sinang
Hindiston siyosiy parokandalik va feodal urushlar holatida bo‘lgan davr qaysi asr boshlariga to‘g‘ri keladi?
- XVIII asr boshlari
- XIV asr boshlari
- XVII asr boshlari
- XVI asr boshlari
To‘g‘ri javob: XVI asr boshlari. XVI asr boshlarida Hindiston siyosiy parokandalik va feodal urushlar holatida edi.
Dehlida hokimiyatni egallab turgan sulton Ibrohim hukmronligi qaysi asrning 20-yillaridan boshlangan?
- XVII asr
- XVI asr
- XV asr
- XIV asr
To‘g‘ri javob: XVI asr. Sulton Ibrohim XVI asr 20-yillaridan Dehlida hokimiyatni egallagan, ammo vasallarni birlashtira olmadi.
Sulton Ibrohim siyosatidan norozi saroy a’yonlari Dehli taxtiga kimni taklif qilish g‘oyasini ilgari surdi?
- Humoyunni
- Mirzo Ulug‘bekni
- Akbarshohni
- Zahiriddin Muhammad Boburni
To‘g‘ri javob: Zahiriddin Muhammad Boburni. Norozi saroy a’yonlari o‘sha paytda Kobulda hukmdor bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Boburni taxtga taklif qilish g‘oyasini ilgari surdi.
Hindistonga yurishdan oldin Mirzo Bobur qaysi shaharda hukmdor bo‘lib turgan edi?
- Samarqandda
- Hirotda
- Kobulda
- Buxoroda
To‘g‘ri javob: Kobulda. Saroy a’yonlari Kobulda hukmdor bo‘lib turgan Boburni taxtga taklif qilishgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur Dehli taxtiga qanday sharoitda taklif qilingan?
- Hind rojalari birlashib, Boburni Hindistonni afg‘onlardan ozod qilishga chaqirgan va unga qo‘shin va’da qilgan
- Sulton Ibrohim o‘zi taxtdan voz kechib, uni vorisi sifatida ko‘rsatgan va xazinani topshirgan
- Sulton Ibrohim siyosatidan norozi saroy a’yonlari uni Kobuldan taxtga taklif qilish g‘oyasiga kelgan
- Eron shohi Taxmasp Boburni Dehlidagi isyonchilarga qarshi yordamga chaqirgan va qo‘shin yuborgan
To‘g‘ri javob: Sulton Ibrohim siyosatidan norozi saroy a’yonlari uni Kobuldan taxtga taklif qilish g‘oyasiga kelgan. Sulton Ibrohim ajralib chiqqan vasallarni birlashtira olmagan, shu bois norozi saroy a’yonlari Kobuldagi Boburni taxtga taklif qilish g‘oyasiga kelgan.
Mirzo Bobur Panipat jangida sulton Ibrohim qo‘shinlarini tor-mor qilib, Dehlini qaysi yili egalladi?
- 1498-yil
- 1516-yil
- 1536-yil
- 1526-yil
To‘g‘ri javob: 1526-yil. Mirzo Bobur 1526-yil 21-aprelda Panipat jangida sulton Ibrohim qo‘shinlarini tor-mor qilib, Dehlini egalladi.
Mirzo Bobur 1526-yilning qaysi sanasida Panipat jangida sulton Ibrohim qo‘shinlarini tor-mor qildi?
- 13-martda
- 21-martda
- 21-aprelda
- 13-aprelda
To‘g‘ri javob: 21-aprelda. Panipat jangi 1526-yil 21-aprelda bo‘lib, Bobur sulton Ibrohim qo‘shinlarini tor-mor qildi.
Mirzo Bobur Dehli taxtida qolishini tushungan hind zodagonlari birlashgan jangda ularni qaysi yili mag‘lub etdi?
- 1530-yil
- 1526-yil
- 1528-yil
- 1527-yil
To‘g‘ri javob: 1527-yil. Hind zodagonlari Boburga qarshi birlashganida, 1527-yil 13-martda bo‘lgan jangda Bobur g‘alaba qozondi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash