Yaponiya va Koreyada ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
XVI–XVIII ASRLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI
17-MAVZU. YAPONIYA VA KOREYADA IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR
Siz bilib olasiz: – Yaponiya siyosiy tizimini; – Yosimune islohotlarini; – Yaponiyaning Koreya yerlariga kirib kelishini; – Koreyaga manchjurlarning bostirib kirishini; – madaniyat va san’atni.
Yodda tuting:
1542-yilda Yaponiya qirg‘oqlariga portugallar, keyin ispanlar, birmuncha vaqt o‘tgach – gollandlar va inglizlar kelishadi. Aynan portugallar yapon orollariga feodal o‘zaro to‘qnashuvlar avjida o‘qotar qurollar (arkebuzalar va mushketlar)
olib kelganlar. Portugallar va ispanlar bilan birgalikda Yaponiyada katolik – iyezuit missionerlari paydo bo‘ladi.
Yaponiya Uzoq Sharqda, Tinch okeani orollarida joylashgan bo‘lib, uni “Kunchiqar mamlakat” deb atashadi.
O‘rta asrlar davomida Xitoy Yaponiya taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir ayniqsa, min sulolasi hukmronligi davrida Xitoy madaniyati, rassomchiligi, adabiyoti, me’morchiligi, falsafasi va harbiy san’ati sohalarida sezilarli bo‘ldi.
Yodda tuting:
Siyosiy tizim. XVI–XVIII asrlarda Yaponiya aholisi Si — samuraylar, No — dehqonlar, Ko — hunarmandlar, Syo — savdogarlar toifalariga bo‘lingan bo‘lib, viloyatlarni feodallar — daymyolar nazorat qilar, ularning qo‘lida samuraylar xizmat qilardi. Mamlakat tepasida rasman mikado — imperator tursa-da, siyosiy hokimiyat amalda harbiy hukmdor si-no-ko-syo – syogun qo‘lida edi. Bu davrdagi eng muhim siyosiy voqea butun Yaponiyaning markazlashgan yagona davlatga birlashishi bo‘ldi.
Mamlakatni birlashtirishda uch mashhur tarixiy shaxs: Oda Nobunaga, Toyotomi Xideyosi va Tokugava Ieyasuning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Ular hukmronlik qilgan davrda jangovar armiya tuzilib, mamlakatni fuqarolar urushi girdobidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lindi. Ulardan Tokugava Ieyasu 1603-yili syogun unvonini qabul qildi va Edo (zamonaviy Tokio) shahrini poytaxt qilib, Tokugava syogunligiga asos soldi. Tokugavalar Yaponiyani birlashtirish ishini yakunlab, uni 1867-yilgacha boshqardi. Mamlakatda tokugava sulolasining mutlaq hokimiyati o‘rnatildi. Biroq bu sulola nomiga bo‘lsa-da, imperator hokimiyati daxlsizligini saqlab qoldi. Chunki yapon xalqi uchun imperator xudoning avlodi, “tirik xudo” bo‘lib, taxtda o‘tirar, hokimiyatni esa syogun boshqarar edi.
Yodda tuting:
O‘zini o‘zi ajratib qo‘yish. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin Yaponiyada yevropaliklar paydo bo‘lib, xristian dini ham tarqala boshladi. Yevropalik missionerlar uni yaponlar orasida zo‘r berib targ‘ib qilishdi. Ammo ko‘pchilik missionerlar din niqobi ostida yapon xalqini arosatga solishni, Yaponiyaning mustaqilligiga chek qo‘yib, uni bosib olishni maqsad qilib qo‘ygan edilar.
XVI–XVIII asrlarda Yaponiya aholisi
Yaponiyada qo‘shhokimiyatchilik – syogunat, harbiy-feodal boshqaruv tizimi
Mikado – “tirik xudo” – podsholik qilgan, diniy marosimlar va an’analar o‘tkazilishini nazorat qilgan, lekin davlatni boshqarmagan. Poytaxti –
Yodda tuting:
Kioto shahri.
Syogunlar amalda davlatni boshqarishgan. Poytaxti –
Edo shahri, syogunlar qarorgohi
Yaponiyaning yirik shaharlari: Edo, Kioto, Osaka, Nagoya, Nagasaki, Xakata
Yaponiyada XVI asr oxirida qabul qilingan qonunga binoan, barcha xristian missionerlari mamlakatdan quvib yuborildi. 1614-yili syogun xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqardi. Qonun xristian dinini mamlakat dushmani deb e’lon qildi. Budda dinini hurmat qilmaydigan barcha shaxslarning Yaponiyadan chiqib ketishi talab etildi. Shu tariqa Yevropa mustamlakachilari Yaponiyadan quvib yuborildi. Bu hol Yaponiyaning Yevropa bilan munosabatlariga ta’sir etmay qolmadi. Natijada Yaponiya tashqi dunyodan o‘zini o‘zi ajratib qo‘ydi. Syogun o‘zini o‘zi ajratib qo‘yish siyosati orqali Yaponiyaning mustamlakaga aylanib qolish xavfining oldini olish maqsadini ham ko‘zlagan edi.
Tokugava Ieyasu
O‘zini o‘zi ajratib qo‘yish siyosati (XVII asrda joriy etilib, 200 yildan ortiq vaqt davom etgan)
Har qanday o‘zga dinlar taqiqlandi.
Xitoy va Yevropadan kitobolib kirishga taqiq qo‘yildi.
Yaponlarning mamlakatdan tashqariga chiqi shi taqiqlandi.
Ispanlar va portugallar mamlakatdan chi qarib yuborildi.
Syogun Ienari
Yosimune islohotlari. Yosimune tokugava sulolasidan chiqqan sakkizinchi syogun bo‘lib, 1716–1745-yillar hukmronlik qildi. U sulolaning eng mashhur davlat arbobi sifatida tanildi. Yosimune islohotchi syogun sifatida tarixga kirdi. U amalga oshirgan ma’muriy islohot bo‘yicha 80 foiz boshqaruvchi ma’murlar almashtirildi, samuraylar va daymyolar bo‘shatilib, o‘rniga oddiy fuqarolar tayinlandi. Moliya bo‘yicha mas’ul kishi tayinlanib, u butun davlat xarajatlari va tushumlari ustidan nazorat o‘rnatdi. Davlat mablag‘larini iqtisod qilishga alohida e’tibor qaratildi. Xarajatlarga qarshi kurash e’lon qilinib, maishatbozlik va hashamdorlik taqiqlandi. Korrupsiyaga qarshi kurash boshlanib, poraxo‘rlik uchun o‘lim jazosi belgilandi.
Tokugava Ieyasu
Yosimune qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish hisobiga dehqonchilik bilan shug‘ullanishni rag‘batlantirish siyosatini yuritdi. Sug‘orish inshootlari tizimini takomillashtirdi. Yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlovchi qonun chiqardi. U sholi ekini maydonlarini kengaytirishni buyurdi. Eng yaxshi sholi dalalari uchun mukofot e’lon qildi. Bu siyosat yaponlarni uzoq vaqt oziq-ovqat muammosidan xalos etdi.
Mamlakat va jamiyat hayotini tartibga solishda Yosimune joriy etgan “100 moddali farmon” deb ataluvchi qonunlar to‘plami katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘n birinchi syogun Ienari (1787–1837) ham islohotlar siyosatini davom ettirdi. U ham islohotlarni davom ettirib, ocharchilikka qarshi kurashish uchun sholi zaxirasini yaratishni buyurdi. Ienari isrofgarchilik, poraxo‘rlik, firibgarlik kabi illatlarga qarshi kurash e’lon qildi. Qat’iy tejamkorlik siyosati tufayli budjet xarajatlarini kamaytirdi. Uning faoliyati savdogarlar, sudxo‘rlar va dvoryanlarning noroziligiga sabab bo‘ldi.
XVI–XVIII ASRLARDA KOREYA
Li Sun Sin
Yaponiya tajovuzi. XVI asrda Koreyada markazlashgan davlatning asta-sekin zaiflashib borishi qo‘shnilarning tajovuzlariga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, janubda Yaponiya tomonidan xavf kuchaydi.
1592-yili Yaponiya qo‘shini Koreya hududiga bostirib kirib, koreys qo‘shinlari qarshiligini yengdi va Seul, Pxenyan shaharlarini egalladi. Mamlakatning katta qismi yapon qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Ular tinch aholiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘ldilar.
Mamlakatda yapon bosqinchilariga qarshi xalq urushi boshlandi. Bosib olingan hududlarda “Haq ish uchun” xalq partizan guruhlari tuzildi. Xalq qo‘shinlarining harakatlariga Li Sun Sin qo‘mondonligi ostidagi koreys flotining g‘alabalari dalda bo‘ldi. Li Sun Sin floti yapon flotini tor-mor qildi.
Li Sun Sin
Ellik minglik Xitoy qo‘shinining yordamga kelganligi koreyslarning yaponlarga qarshi kurashini yengillashtirdi. 1593-yili Xitoy va Koreyaning birlashgan qo‘shinlari Pxenyan va Seulni ozod qildi.
Yaponlar bosqini mamlakatda ulkan ma’naviy va moddiy yo‘qotishlarga olib keldi. Haydaladigan yer maydonlari keskin qisqarib ketdi. Amaldorlar orasida poraxo‘rlik va jinoyatchilik, xalq orasida esa ocharchilik va vabo avjiga chiqdi. Mamlakat endi o‘zini tiklayotgan bir paytda unga manchjurlarning hujumi boshlandi.
Koreyaga manchjurlarning bostirib kirishi. Xitoyda o‘z hukmronligini o‘rnatishga intilayotgan manchjurlar 1627-yili Koreyaga bostirib kirdilar. Ular koreys qo‘shinining qarshiligini yengib, ko‘plab shaharlarni egallab oldilar va taladilar. Koreys hukumati bosqinchilar bilan muzokaralar olib bordi. Ikki tomon o‘rtasida imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Koreya Xitoyning yordamidan va u bilan ittifoqchilik munosabatlaridan voz kechishi kerak edi.
Li Sun Sin
Manchjur qo‘shinlari Koreyaga yangi hujum boshladi. Manchjurlar Seulni egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Noiloj qolgan Koreya taslim bo‘ldi. 1637-yilgi yangi shartnomaga ko‘ra, Koreya qiroli o‘zini manchjurlarning vassali deb tan oldi. Koreys hukumati minlar sulolasi bilan har qanday munosabatlarni to‘xtatish va manchjurlarga Xitoyga qarshi urushda yordam berish, har yili o‘lpon to‘lab turish majburiyatini
XVI–XVIII asrlarda Koreya oldi. Manchjurlarga to‘lanadigan ulkan o‘lpon xonavayron aholiga og‘ir yuk bo‘ldi va Koreyaning ahvolini yanada og‘irlashtirdi.
Ijtimoiy taraqqiyot. Og‘ir iqtisodiy va siyosiy inqiroz Koreya hukmdorlarini mamlakatda islohotlar o‘tkazishga majbur qildi. Aholining ilg‘or qatlami ham hukumatni shunga undayotgan edi. Feodal munosabatlarning to‘siq bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatda mahalliy bozorlar shakllandi, yarmarka va yirik savdo markazlari paydo bo‘ldi, Xitoy va Yaponiya bilan savdo aloqalari kengaydi.
Li Sun Sin
Qirol Yeongjo (1725–1776) davrida mamlakatni rivojlantirish maqsadida islohot o‘tkazildi. To‘g‘onlar, suv omborlari qurildi, ocharchilik holati uchun maxsus don omborlari tashkil etildi. Shuningdek, guruchdan spirtli ichimliklar tayyorlash man etildi va ba’zi bir davlat soliqlari bekor qilindi yoki kamaytirildi. So‘roq qilish paytida qiynoqning eng og‘ir turlari (oyoqlarni sindirish) taqiqlandi. Qirol Yeongjo davrida dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligini bekor qilish va qul ayolning nevarasi ozod inson bo‘lishi haqida deklaratsiya e’lon qilindi. Zaiflashayotgan feodal tuzumni mustahkamlashga bo‘lgan bu urinishlar 1785-yilda tuzilgan “Qonunlarning buyuk to‘plami” deb nomlangan hujjatda o‘z ifodasini topdi. Biroq katta yer egalari va amaldorlar hukmronligini mustahkamlash maqsadida qilingan bu kabi qisman yon berishlar, mamlakatdagi butun feodal tuzumining chuqur inqirozini to‘xtata olmadi. Mamlakat mustamlakachi davlatlarining mustamlakachilik obyektiga aylanib bordi.
Li Sun Sin
Madaniyat va san’at. Yaponlar hayotida san’at alohida rol o‘ynaydi. Olamning uyg‘unligini his etishga intilish, atrofda go‘zallikni ko‘ra olish qobiliyati yaponlar xarakterining o‘ziga xos jihatlaridir.
XVI–XVIII asrlarda o‘rtada joylashgan qal’a atrofida yapon bog‘ini yaratish san’ati rivojlandi. Ko‘p qavatli, tomining uchi qayrilgan binolar parvoz qilayotgan katta qushni eslatardi.
XVII asrda an’anaviy yapon teatri — kabuki (qo‘shiq, raqs, mahorat) paydo bo‘ldi. Bu teatr aktyorlari faqat erkaklar bo‘lib, ularning yuzlari murakkab usulda grim qilinardi.
Yangi davrda yapon she’riyati ham yuksaklikka erishdi. Poeziyaning eng keng tarqalgan xokku janri qofiyalashmagan besh qator lirik she’rlar bo‘lib, ular “Tomchi
Li Sun Sin
Yodda tuting: XVIII asrning oxiriga kelib, deyarli barcha samuraylar, shuningdek, dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlarning katta qismi savodli edi. Yaponiyada olti yoshdan oshgan, o‘z ismini yoza oladigan va oddiy matnni o‘qiy oladigan har bir kishi savodli hisoblanardi.
Shunday qilib,
Tokugava hukmronligi davrida Yaponiya aholisining barcha qatlamlari orasida savodxonlik va ta’lim keng tarqalgan edi.
Yapon – Koreya urushi
Yodda tuting: Sintoizm, sinto (yap.
“xudolar yo‘li”) – qadimgi yapon dini bo‘lib, ezgu va yovuz ruhlarga e’tiqodni o‘z ichiga oladi. Asosiy xudo –
Quyosh ma’budasi
Amaterasu bo‘lib, rivoyatga ko‘ra, Mikado uning avlodi hisoblanadi.
Ijodiy ish topshirig‘i: Yaponiyaning orollarda joylashganligi uning: a) siyosiy;
b) iqtisodiy;
d) madaniy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi haqida ma’lumot toping va sinfda muhokama qiling.
Internet bilan ishlashga doir topshiriq: “So‘nggi samuray” yoki mashhur yapon kinorejissori Akiro Kurosava filmlaridan birini tanlab, tomosha qiling.
suvda ummonni ko‘rish kerak” degan badiiy tamoyil asosida yozilgan. Bu janrning eng mashhur namoyandasi — Masuo Basyo.
Yapon – Koreya urushi
1742-yili syogun Yosimune Yaponiyaga yevropaliklarning tabiiy va amaliy fanlar bo‘yicha kitoblarini kiritishga ruxsat berdi. Poytaxt Edo (hozirgi Tokio) shahriga Yaponiya madaniyati va tarixi bilan qiziquvchi yevropaliklarni taklif qildi. Saroyda yaponlar va yevropaliklar o‘rtasida madaniyat almashinuvi markazini tashkil qildi. Yaponlar ingliz tilini tezda o‘zlashtirib olib, matematika, astronomiya va tibbiyot bo‘yicha o‘z bilimlarini rivojlantirdi.
Yangi davrda Koreyada ham bizdagi baxshichilik san’atiga o‘xshash qo‘shiq- -chilik keng tarqaldi. Bu bilan xalq og‘zaki ijodi adabiyot maqomini oldi va yozma adabiyot sifatida ham davom ettirildi.
Yapon – Koreya urushi
Tasviriy san’atda ham xalq ijodiyoti, koreys xalqi hayotidan lavhalarni aks ettirish an’analari kuchaydi. Xitoyning peyzaj usuli kirib keldi. Bu “tog‘ va suvni tasvirlash” janri bo‘lib, unda ijod qilgan rassomlar orasida Chon Son, Li Myonuk, Kim Xondo chizgan rasmlar juda mashhur edi.
Shunday qilib, XVI–XVIII asrlar davomida Yaponiya birlashib, yagona markazlashgan davlatga aylandi, umumyapon milliy bozori shakllandi. Ichki islohotlar hamda oqilona tashqi siyosat tufayli ko‘pchilik Osiyo davlatlaridan farqli o‘laroq, o‘z mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Koreyada esa amalga oshirilgan islohotlar mavjud tizimning inqirozini to‘xtata olmadi. Mamlakat Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Yevropa davlatlarining mustamlakachilik obyektiga aylanib bordi.
Yapon – Koreya urushi
Atamalar mazmuni: Mikado (yap. izzat-hurmatli darvoza) – Yaponiya imperatorining qadimgi unvoni.
Syogun (yap. qo‘mondon, lashkarboshi) – O‘rta asrlarda Yaponiyadagi harbiy hukmdor. 1192–1867-yillarda Yaponiya hukmdorlari unvoni bo‘lib, ular hukmronligi davrida imperator sulolasi haqiqiy hokimiyatdan mahrum bo‘lgan. Uchta syogun sulolasi mavjud bo‘lgan: minamoto, ashikaga, tokugava.
Samuray (yap. xizmat qilish) — feodal Yaponiyadagi mayda zodagonlar va knyazlar (daymyo)larning harbiy-feodal tabaqasi.
Missioner (fr. — diniy tashkilot), cherkov tomonidan o‘z dinini targ‘ib qilish va boshqa dindagilarni o‘z e’tiqodiga o‘tkazish uchun yuborilgan shaxs.
Yapon – Koreya urushi
Savol va topshiriqlar 1. Syogun o‘zini o‘zi ajratib qo‘yish siyosatini qo‘llashining sababini tushuntiring va uning oqibatlari haqida so‘zlab bering.
18-MAVZU. USMONIYLAR IMPERIYASI: YUKSALISH, INQIROZ VA ISLOHOT
Siz bilib olasiz: – imperiyaning yuksalishi va bosqinchilik siyosatini; – imperiyaning ichki ahvolini; – Yevropa davlatlariga qaramlikning boshlanishini; – fan, madaniyat va san’atni.
Imperiyaning yuksalishi va bosqinchilik siyosati. XVI asr boshlarida butun imperiya viloyatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga bo‘lingan edi. Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi. Imperiyaning asosiy tayanchi uning qo‘shini edi.
Imperiya bosib olgan hududlardagi yerlar ham davlat mulki deb e’lon qilindi. Sulton bu yerlarni o‘z sipohiy (otliq askar)lariga harbiy majburiyat evaziga taqsimlab bergan. Ularning miqdori har xil edi. Sipohiylar shu tariqa o‘z xo‘jaliklariga ega bo‘lganlar. Ular o‘z yerlarini dehqonlarga ijaraga berganlar. Ayni paytda harbiy harakatlarda qatnashish, sipohiylar zimmasiga zarurat tug‘ilganida sulton farmon ber-gani zahotiyoq uning ijrosini ta’minlash esa sanjoqbey zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, ular o‘zlari bilan birga yerdan oladigan daromadi miqdoriga mos ravishda qurolli askarlar ham olib kelishi shart bo‘lgan. Sipohiy xo‘jaligining daromadini ijarachi dehqon to‘laydigan soliq tashkil etardi. Bundan tashqari, imperiyaning doimiy piyoda qo‘shini — yanicharlar (yangi qo‘shin), shuningdek, kuchli harbiy dengiz floti ham bor edi. Bu omillar XVI asrda ham Usmoniylar imperiyasiga keng ko‘lamda bosqinchilik urushlari olib borish imkonini berdi.
18-MAVZU. USMONIYLAR IMPERIYASI: YUKSALISH, INQIROZ VA ISLOHOT
Imperiyaning bosqinchilik siyosati. XVI asr boshida Turkiyaning sharqiy chegarasi — Erondagi Safaviylar davlati kuchaydi. Islom dinining shialik oqimini davlat diniga aylantirgan Safaviylar davlatining kuchayishi, nafaqat usmoniylarning Sharqdagi bosqinchilik yurishlarini cheklab qo‘ydi, balki uning ichki xotirjamligiga ham putur yetkazdi.
1514-yili Manu shahri yaqinidagi Chaldiron tekisligida bo‘lib o‘tgan jangda usmoniylar qo‘shini safaviylarga qattiq zarba berib, ularning poytaxti Tabrizni egalladi, lekin Eronda mustahkamlanib ololmasdan Onado‘liga chekindi. 1515-yili imzolangan sulhga ko‘ra, Armanistonning bir qancha tumanlari Turkiya tasarrufiga o‘tdi.
18-MAVZU. USMONIYLAR IMPERIYASI: YUKSALISH, INQIROZ VA ISLOHOT
Germaniya Polsha qirolligi
Yodda tuting: Sultonning barcha fuqarolari uning qullari hisoblangan, shuning uchun quyi tabaqadan bo‘lgan odamlar ham eng yuqori davlat lavozimlariga ko‘tarilishlari mumkin bo‘lgan.
Muhim sanalar
- 1192–1867-yillarda — 1192–1867-yillarda Yaponiya hukmdorlari unvoni bo‘lib, ular hukmronligi davrida imperator sulolasi haqiqiy hokimiyatdan mahrum bo‘lgan.
- 1514-yili — 1514-yili Manu shahri yaqinidagi Chaldiron tekisligida bo‘lib o‘tgan jangda usmoniylar qo‘shini safaviylarga qattiq zarba berib, ularning poytaxti Tabrizni egalladi, lekin Eronda mustahkamlanib ololmasdan Onado‘liga…
- 1515-yili — 1515-yili imzolangan sulhga ko‘ra, Armanistonning bir qancha tumanlari Turkiya tasarrufiga o‘tdi.
- 1542-yilda — 1542-yilda Yaponiya qirg‘oqlariga portugallar, keyin ispanlar, birmuncha vaqt o‘tgach – gollandlar va inglizlar kelishadi.
- 1592-yili — 1592-yili Yaponiya qo‘shini Koreya hududiga bostirib kirib, koreys qo‘shinlari qarshiligini yengdi va Seul, Pxenyan shaharlarini egalladi.
- 1593-yili — 1593-yili Xitoy va Koreyaning birlashgan qo‘shinlari Pxenyan va Seulni ozod qildi.
- 1603-yili — Ulardan Tokugava Ieyasu 1603-yili syogun unvonini qabul qildi va Edo (zamonaviy Tokio) shahrini poytaxt qilib, Tokugava syogunligiga asos soldi.
- 1614-yili — 1614-yili syogun xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqardi.
- 1627-yili — Koreyaga manchjurlarning bostirib kirishi. Xitoyda o‘z hukmronligini o‘rnatishga intilayotgan manchjurlar 1627-yili Koreyaga bostirib kirdilar.
- 1637-yilgi — 1637-yilgi yangi shartnomaga ko‘ra, Koreya qiroli o‘zini manchjurlarning vassali deb tan oldi.
Bilimingizni sinang
Portugallar Yaponiya qirg‘oqlariga qaysi yilda kelgan?
- 1575-yilda
- 1522-yilda
- 1542-yilda
- 1558-yilda
To‘g‘ri javob: 1542-yilda. 1542-yilda Yaponiya qirg‘oqlariga portugallar, keyin ispanlar, gollandlar va inglizlar kelishgan.
Uzoq Sharqda, Tinch okeani orollarida joylashgan Yaponiya qanday nom bilan ataladi?
- Samoviy imperiya
- Kunbotar mamlakat
- Kunchiqar mamlakat
- Ming orollar mamlakati
To‘g‘ri javob: Kunchiqar mamlakat. Yaponiyani Uzoq Sharqdagi joylashuviga ko‘ra Kunchiqar mamlakat deb atashadi.
Yaponiyani qanday nom bilan atashadi?
- Kunchiqar mamlakat
- Ming ko‘l o‘lkasi
- Tinch okean daryosi
- Samuraylar yurti
To‘g‘ri javob: Kunchiqar mamlakat. Yaponiyani “Kunchiqar mamlakat” deb atashadi.
Yaponiyaga feodal to‘qnashuvlar avjida o‘qotar qurollar (arkebuza va mushketlar)ni kim olib kelgan?
- Ispanlar
- Portugallar
- Gollandlar
- Inglizlar
To‘g‘ri javob: Portugallar. O‘qotar qurollarni aynan portugallar olib kelgan.
Xitoyning Yaponiya taraqqiyotiga ta’siri ayniqsa qaysi sulola hukmronligi davrida sezilarli bo‘lgan?
- Tan sulolasi
- Xan sulolasi
- Min sulolasi
- Sun sulolasi
To‘g‘ri javob: Min sulolasi. Ta’sir ayniqsa min sulolasi davrida sezilarli bo‘lgan.
Yaponiyada rasman mikado imperator turgan bo‘lsa-da, siyosiy hokimiyat amalda kimning qo‘lida edi?
- daymyo
- syogun
- mikado
- samuray
To‘g‘ri javob: syogun. Siyosiy hokimiyat amalda harbiy hukmdor — syogun qo‘lida edi.
Tokugava Ieyasu qaysi yili syogun unvonini qabul qilib, Tokugava syogunligiga asos soldi?
- 1585-yili
- 1603-yili
- 1615-yili
- 1638-yili
To‘g‘ri javob: 1603-yili. Tokugava Ieyasu 1603-yili syogun unvonini qabul qildi va Edo shahrini poytaxt qildi.
Edo (zamonaviy Tokio) shahrini poytaxt qilib, Tokugava syogunligiga asos solgan shaxs kim?
- Oda Nobunaga
- Toyotomi Xideyosi
- Tokugava Ieyasu
- Yosimune
To‘g‘ri javob: Tokugava Ieyasu. Tokugava Ieyasu syogun unvonini qabul qilib, Edoni poytaxt qildi va Tokugava syogunligiga asos soldi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash