XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 19-mavzu

Eron rivojlanish va qaramlik arafasida

XVI–XVIII ASRLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI

19-MAVZU. ERON RIVOJLANISH VA QARAMLIK ARAFASIDA

Siz bilib olasiz: – safaviylar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishini; – Shoh Abbos I hukmronligi davrini; – afg‘onlar istilosini; – Nodirshohning hokimiyat tepasiga kelishini; – qojarlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishini; – Eronni mustamlakaga aylantirishning boshlanishini.

Savollar: Esga oling: Suyurg‘ol yer egaligi qachon, qaysi davrda joriy etilgan va kimlarga berilgan?

Ismoil Safaviy

Safaviylar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. XV asr oxirida Eron markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan bir qancha mustaqil hududlarga bo‘linib ketgan edi. Buning oqibatida o‘zaro ichki urushlar tobora avj oldi. Bu esa mamlakat taraqqiyotiga katta salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Oqibatda mamlakat zaiflashdi. Eronning zaiflashuvi Turkiya bosqini xavfini kuchaytirdi.

Natijada Eronni yagona davlatga birlashtirish hayotiy zaruratga aylanib qoldi. Bu tarixiy vazifa sarkarda, Eronda katta siyosiy nufuzga ega bo‘lgan Ardabil shahri ho-kimi Ismoil Safaviy tomonidan amalga oshirildi.

Ismoil I Safaviy olib borgan urushlari natijasida katta-katta hududlarni egalladi. 1502-yilda esa Tabriz shahrini ishg‘ol etgach, o‘zini shahanshoh deb e’lon qildi (1502– 1524). Shu tariqa tarixga “Safaviylar davlati” nomi bilan kirgan davlat vujudga keldi. Tabriz shahri poytaxt etib belgilandi.

Ismoil Safaviy

Ismoil I Safaviy markazlashgan davlat tuzibgina qolmay, uni o‘z davrining qudratli davlatlaridan biriga ham aylantira oldi. Uning davrida islom dinining shia mazhabi Eronning davlat diniga aylandi.

Ismoil I Safaviy markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida yer egaligining suyurg‘ol shaklini deyarli butunlay bekor qildi. Uning o‘rniga tiyul shakli, ya’ni bir umrga, lekin meros bo‘lib qolmaslik sharti bilan tarqatishni joriy etdi. Biroq bu tadbir yirik yer-mulk egalarining markazga bo‘ysunmaslikka intilishlarini to‘xtata olmadi.

Shoh Abbos I hukmronligi davri. Abbos I davrida (1587–1629) eng yirik yer-mulk egalarining mustaqilligi tugatilib, Safaviylar davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi. Abbos I Usmoniylar imperiyasi bilan jangda g‘olib chiqib, hozirgi Iroq, Afg‘oniston,

Safaviylar davlati. XVI asr

Pokistonning bir qismi, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyaning bir qismini, shuningdek, Kaspiy dengizi bo‘yidagi G‘ilon va Mozandaron hududlarini qo‘shib oldi. Shu tariqa Eron egallagan hududlar Dajla daryosidan Hind daryosigacha bo‘lgan masofaga kengaydi.

Abbos I mamlakat poytaxtini Tabriz shahridan Isfahonga ko‘chirdi. Mamlakat soliq tizimida tartib o‘rnatdi va soliqlar miqdori kamaytirildi. Savdo-sotiq va hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berdi. Yangi-yangi karvonsaroylar va savdo yo‘llari qurildi. Savdo karvonlari qaroqchilarga qarshi shafqatsiz kurashdi. Tashqi siyosatda keng ko‘lamli savdo-sotiq yo‘lga qo‘yildi. Bu esa Eronning ichki va tashqi savdosi o‘sishiga olib keldi. Yangi-yangi sug‘orish inshootlari ham bunyod etildi. Bundan tashqari, Abbos I muntazam qo‘shin ham barpo etdi.

Safaviylar davlati. XVI asr

Iqtisodiy tanazzulning boshlanishi. XVI asr oxiri — XVII asr boshlariga kelib, Eronning iqtisodiy ahvoli ancha yaxshilandi, Safaviylar davlati ham mustahkamlandi. Davlatga qarashli yerlar – mulki devoniy (amlok) ancha kengaydi.

XVIII asrdan e’tiboran Safaviylar davlatida iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bunga tiyul yer egaligining ko‘payib borganligi davlatga qarashli yer miqdori va davlat xazinasiga tushadigan daromadning kamayishiga olib kelganligi sabab bo‘ldi. Buning oldini olish uchun keyingi hukmdorlar dehqonlar to‘laydigan soliq va jon solig‘i (jizya) miqdorini oshirdilar. Natijada dehqon xo‘jaliklari xonavayron bo‘ldi, hunarmand va savdogarning ahvoli yomonlashdi.

Safaviylar davlati. XVI asr

Oqibatda dehqonlar uchun yerni ijaraga olib tirikchilik qilishdan manfaat qolmadi. Dehqonlarning tirikchilik ilinjida boshqa joylarga ketishdan o‘zga ilojlari yo‘q edi. Biroq sulton Husayn bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun 1710-yilda dehqonlarning yerni tashlab ketishlarini taqiqlovchi farmon chiqardi.

Dehqon xo‘jaligining xonavayron bo‘lishi ichki savdoning keskin kamayishiga olib keldi.

Afg‘onlar istilosi. Iqtisodiy inqiroz, o‘z navbatida, aholining turli tabaqalari orasida noroziliklarni keltirib chiqardi. Ayni paytda yirik yer-mulk egalarining markaziy hokimiyatga bo‘ysunmasligi va bosib olingan o‘lka xalqlarining ozodlik uchun kurashi avj oldi. Chunonchi, 1722-yilda afg‘onlar o‘z yetakchilari Mir Mahmud boshchiligida zaiflashib qolgan Eronga hujum qildi. Eron shohi Sulton Husayn hokimiyatni Mir Mahmudga topshirishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa Eron tarixida afg‘onlarga qaramlik davri boshlandi.

Safaviylar davlati. XVI asr

Yodda tuting: Nodirshoh imperiyasi tarkibiga Eron va

Ozarbayjondan tashqari Armaniston, Gruziya,

Dog‘istonning bir qismi, Afg‘oniston,

Xiva va Buxoro xonliklari va Hindistonning shimoliy qismi kirgan.

O‘zingizni sinang:

Ismoil Safaviy davridagi poytaxt –...

Abbos I davrida –... Qojarlar sulolasi davrida –...

Savollar: Esga oling: Nima sababdan chet el kompaniyalari tovar olib chiqishdan ko‘ra ko‘proq uni Eronga olib kirishni ma’qul ko‘rishardi?

Esga oling:

Savollar: Yevropa davlatlarining Eronga qiziqishi nima bilan bog‘liq?

Nodirshohning hokimiyat tepasiga kelishi. Bu davrda safaviylar sulolasi hukmronligi nomiga bo‘lsa-da, hamon davom etardi. So‘nggi hukmdor Taxmasp II amalda hech qanday hokimiyatga ega emas edi. Buning ustiga, unda xalqni turk va afg‘on bosqinchilariga qarshi kurashga chorlay oladigan qobiliyat ham bo‘lmagan.

Shunday sharoitda Eronda shijoatkor, katta lashkarboshilik qobiliyatiga ega Nodir Qulibek kurash maydoniga chiqdi. U 1726–1730-yillari hokimiyatda turgan afg‘onlarga qarshi harakatga boshchilik qilgan, turkmanlarning afshar qabilasidan bo‘lgan.

Esga oling:

U Safaviylar davlatining tarkibiga kiruvchi barcha hududlarda o‘z hokimiya-tini o‘rnatib, 1736-yilda barcha qabilalar asilzodalarining qurultoyida o‘zini “Eron shohi Nodirshoh” deb e’lon qilishga erishdi. Shu tariqa safaviylar sulolasi hukmronligi butunlay barham topdi va o‘rniga afshariylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Nodirshoh avvalgi shia mazhabi o‘rniga sunniy mazhabini davlat dini sifatida o‘rnatdi.

Nodirshoh katta bosqinchilik urushlari natijasida ulkan imperiya tuzdi. Biroq u 1747-yilda o‘zaro ichki nizolar natijasida o‘ldirildi. Qojarlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. Nodirshoh halokatidan keyin imperiya bir necha qismlarga bo‘linib ketdi. Eronda turli qabilalar o‘rtasida toj-u taxt uchun kurash avj oldi. Bu kurashda asosiy rolni zend va qojar qabilalari o‘ynadi. Ular o‘rtasidagi toj-u taxt kurashi 1758-yilda zend qabilasi g‘alabasi bilan tugadi. Bu qabila boshliqlari 1796-yilgacha hukmronlik qildilar. 1796-yilda esa hokimiyatni qojarlar egallab oldi.

Esga oling:

Shu tariqa Eronda yangi sulola — qojarlar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Mamlakat poytaxti Tehron shahriga ko‘chirildi. Qojarlar rahnamosi Og‘a Muhammad 1796-yili o‘zini shahanshoh deb e’lon qildi. Biroq keyingi yili Og‘a Muhammadxon saroy fitnasi natijasida o‘ldirildi, taxtga uning jiyani Fotih Ali shoh keldi. Qojar xonlari sulolasi to 1925-yilgacha Eronda hukmronlik qildi.

Eronni mustamlakaga aylantirishning boshlanishi. Fors ko‘rfazini egallab olish uchun dastlabki harakatni XVI asrda portugallar boshlab berishdi. 1507-yili ular Hormuz orolini va undagi yirik savdo portini egallab olishdi. Bu yerda garnizon joylashtirilib, savdo faktoriyasi tashkil etildi.

Esga oling:

XVII asr boshlarida Eronga inglizlarning “Ost Indiya” kompaniyasi o‘z vakillarini jo‘natdi. Shoh Abbos I Eron portlarida ingliz savdo kemalarini qabul qilish to‘g‘risida buyruq berdi. Bir yildan so‘ng Sheroz va Isfahonda ingliz faktoriyalarini ochishga ham ruxsat berdi.

XVII asr o‘rtalariga kelib, gollandlarning “Ost Indiya” kompaniyasi inglizlar bilan raqobatda muvaffaqiyatga erishib, ularni ortda qoldirdi. Chet el kompaniyalari tovar olib chiqishdan ko‘ra ko‘proq uni Eronga olib kirishni ma’qul ko‘rishardi. Eron iqtisodiyoti uchun xavfli bo‘lgan holatlardan biri, kumush tangalar, shuningdek, oltin va kumush buyumlarning ko‘plab olib chiqib ketilayotganligi edi.

Esga oling:

XVII asrda Eronga G‘arbiy Yevropa tovarlarining ko‘plab keltirilishi mahalliy hunarmandchilik sanoati bilan kuchli raqobatni keltirib chiqardi. Safaviylar tomonidan savdo sohasida chet elliklarga berilayotgan imtiyozlar nafaqat tashqi savdoni kengaytirish uchun, balki siyosiy manfaatlarni ham ko‘zlab qilinayotgan edi. Biroq bu imtiyozlardan Yevropa savdo kompaniyalarining agentlari shu qadar jadal foydalandiki, natijada Eron Yevropa davlatlari uchun daromad manbaiga aylanib qoldi.

Natijada XVII asr ikkinchi yarmidan Eron iqtisodiy va siyosiy tushkunlikni boshidan kechirdi, xalqning ahvoli og‘irlashdi. XVII asr oxiri — XVIII asr boshlarida turli viloyatlar dehqonlarining qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi.

Esga oling:

Qo‘zg‘olonlar va tinimsiz o‘zaro urushlar natijasida mamlakat ham iqtisodiy, ham siyosiy inqirozga yuz tutdi. Bu esa mamlakatga chet el, birinchi navbatda, Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi uchun keng yo‘l ochdi. Kuchsizlanib qolgan Eron Yevropa davlatlari, birinchi o‘rinda, Angliya va Fransiya hamda Rossiya mustamlakachilik intilishlarining obyektiga aylandi. Natijada Eron yuqoridagi davlatlar bilan bir nechta teng bo‘lmagan shartnomalarni imzolab, ularning iqtisodiy va siyosiy ekspansiyasiga keng yo‘l ochib berdi.

Adabiyot, san’at va me’morchilik. XVI–XVII asrlarda ham Eronning qadimiy madaniy an’analari davom ettirildi. Ayniqsa, shaharsozlik, amaliy san’at va she’riyatda an’analar davomiyligi saqlanib qolindi. Bu davrda shoirlar Xatoiy (Shoh Ismoil), Sodiqbek Afshar, Soib Tabriziy kurd mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi Ahmad Hasaniy, kurd shoiri Mirza Shafiq va boshqalar unumli ijod qildi.

Esga oling:

Tasviriy san’at va me’morchilik o‘zining yuqori darajasiga ko‘tarildi. Ajoyib saroylar, madrasa va masjidlar qurildi. Bular qatorida Isfahonda bunyod etilgan Shoh masjidi, Shayx Lutfulla masjidi, Ali Kapa va Chexel Sotun saroy ansambllari o‘zining nafisligi va mahobati bilan ajralib turadi.

Bu davr Eron miniaturasi jahon mumtoz badiiy san’atining eng yuksak namunalaridan hisoblanadi. Isfahon bu san’at turining markaziga aylanadi. Miniatura san’atining rivojlanishiga Hirotdagi Behzod maktabi katta ta’sir ko‘rsatdi.

XVIII asrda ham madaniy an’analar davom ettirildi. Ammo mamlakatdagi iqtisodiy tushkunlik va siyosiy parokandalik adabiyot va san’atda ham o‘z aksini topdi. Bundan tashqari, yevropaliklarning kirib kela boshlashi ham azaliy an’analarga ta’sir etmasdan qolmadi. Bozor talabidan kelib chiqib, gilam va boshqa amaliy san’at buyumlarini ishlab chiqarishga e’tibor kuchaydi. Bu esa Eron madaniyatining keyingi asrlardagi taraqqiyot yo‘nalishini belgilab berdi.

Esga oling:

Xullas, tinimsiz o‘zaro urushlar, qo‘zg‘olonlar natijasida XVIII asrga kelib, Eron ham iqtisodiy, ham siyosiy inqirozga yuz tutdi. Bu esa mamlakatga Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi uchun imkoniyat yaratdi. Kuchsizlanib qolgan Eron Yevropa davlatlari, birinchi o‘rinda, Angliya va Fransiya hamda chor Rossiyasining mustamlakachilik obyektiga aylandi. Natijada Eron yuqoridagi davlatlar bilan bir nechta teng bo‘lmagan shartnomalarni imzolab, ularning iqtisodiy va siyosiy ekspansiyasiga keng yo‘l ochib berdi.

Savollar: Savol va topshiriqlar 1. Nima sababdan Ismoil I Safaviy yer egaligining suyurg‘ol shaklini bekor qilib, uning o‘rniga tiul shaklini joriy etdi?

Esga oling:

2. Abbos I davrida Safaviylar davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga qanday erishganligini tushuntiring.

Savollar: 3. Eronda qojarlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi qay tarzda yuz berdi?

4. Rafael Santi kim bo‘lganligini bilib oling.

Yodda tuting:

Kamoliddin Behzod (1455— 1535) – mashhur xattot, naqqosh va miniatura san’ati ustasi, Hirot rassomlik maktabining yirik ustalaridan biri. G‘arbda u “Sharq Rafaeli” sifatida tan olingan.

Ijodiy ish topshirig‘i:

Savollar: XVIII asrdan boshlab Eronda dehqon xo‘jaliklari xonavayron bo‘lib, hunarmand va savdogarlarning ahvoli yomonlashdi. Mamlakatdagi holatni yaxshilash uchun hukmdor o‘rnida siz qanday yo‘l tutar edingiz?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qaysi asr oxirida Eron markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan bir qancha mustaqil hududlarga bo‘linib ketgan edi?
  1. XVII asr
  2. XIII asr
  3. XIX asr
  4. XV asr

To‘g‘ri javob: XV asr. XV asr oxirida Eron mustaqil hududlarga bo‘linib, o‘zaro ichki urushlar avj oldi.

Eronni yagona davlatga birlashtirgan Ardabil shahri hokimi, sarkarda kim edi?
  1. Taxmasp II
  2. Shoh Abbos I
  3. Nodirshoh
  4. Ismoil Safaviy

To‘g‘ri javob: Ismoil Safaviy. Eronni birlashtirish vazifasini Ardabil hokimi Ismoil Safaviy amalga oshirdi.

Ismoil Safaviy Tabriz shahrini ishg‘ol etib, o‘zini shahanshoh deb e’lon qilgan yil qaysi?
  1. 1524-yil
  2. 1510-yil
  3. 1496-yil
  4. 1502-yil

To‘g‘ri javob: 1502-yil. Ismoil Safaviy 1502-yilda Tabrizni ishg‘ol etgach, o‘zini shahanshoh deb e’lon qildi.

Ismoil Safaviy tomonidan 1502-yilda Tabriz poytaxt qilib tuzilgan davlat tarixga qanday nom bilan kirgan?
  1. Zandlar davlati
  2. Safaviylar davlati
  3. Qojarlar davlati
  4. Afshariylar davlati

To‘g‘ri javob: Safaviylar davlati. Ismoil tuzgan davlat tarixga “Safaviylar davlati” nomi bilan kirdi, poytaxti Tabriz edi.

XV asr oxirida Eron qanday ahvolda edi?
  1. Mo‘g‘ul xonlari boshqaradigan yagona va kuchli markazlashgan davlat edi
  2. Usmoniylar imperiyasiga bo‘ysunib, undan harbiy yordam olib turardi
  3. Markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan hududlarga bo‘linib ketgan edi
  4. Hindiston davlati qaramog‘ida bo‘lib, har yili katta o‘lpon to‘lab turardi

To‘g‘ri javob: Markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan hududlarga bo‘linib ketgan edi. Eron markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan mustaqil hududlarga bo‘linib ketgan, ichki urushlar avj olgan.

Eronni yagona davlatga birlashtirgan sarkarda Ismoil Safaviy qaysi shahar hokimi bo‘lgan?
  1. Tabriz
  2. Isfahon
  3. Ardabil
  4. Tehron

To‘g‘ri javob: Ardabil. Ismoil Safaviy Eronda katta siyosiy nufuzga ega bo‘lgan Ardabil shahri hokimi edi.

Ismoil Safaviy Tabriz shahrini ishg‘ol etib, o‘zini shahanshoh deb qaysi yili e’lon qildi?
  1. 1502-yilda
  2. 1507-yilda
  3. 1587-yilda
  4. 1722-yilda

To‘g‘ri javob: 1502-yilda. Ismoil I 1502-yilda Tabrizni ishg‘ol etib, o‘zini shahanshoh deb e’lon qilgan.

XV asr oxirida Eronda yagona davlatga birlashish hayotiy zaruratga aylanishiga olib kelgan voqealar zanjiri qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
  1. Mustaqil hududlarga bo‘linish – ichki urushlar – zaiflashuv – Turkiya bosqini xavfining kuchayishi
  2. Savdo yo‘llarining kengayishi – karvonsaroylar qurilishi – soliqlarning kamayishi – Turkiya bilan ittifoq
  3. Afg‘onlar istilosi – Mir Mahmudning hokimiyatga kelishi – shia mazhabining joriy etilishi
  4. Yevropa kompaniyalarining kirib kelishi – kumush chiqib ketishi – iqtisodiy inqiroz

To‘g‘ri javob: Mustaqil hududlarga bo‘linish – ichki urushlar – zaiflashuv – Turkiya bosqini xavfining kuchayishi. Eron markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan hududlarga bo‘linib, ichki urushlar uni zaiflashtirdi va bu Turkiya bosqini xavfini kuchaytirdi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiUsmoniylar imperiyasi: yuksalish, inqiroz va islohotKeyingi →Afrika: mustamlakachilikning boshlanishi