XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 20-mavzu

Afrika: mustamlakachilikning boshlanishi

XVI–XVIII ASRLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI

20-MAVZU. AFRIKA: MUSTAMLAKACHILIKNING BOSHLANISHI

Siz bilib olasiz: – Afrikadagi arab mamlakatlari: Misr, Jazoir, Liviya, Tunis, Sudan, Marokashni; – Tropik va Janubiy Afrikani.

Xarita bilan ishlashga doir

Savollar: topshiriq: Afrikadagi qaysi mamlakatlar arab dunyosiga mansub? Ularni xaritadan toping.

Afrikadagi arab mamlakatlari. Afrika qit’asi, odatda, uchga — Shimoliy, Tropik va Janubiyga bo‘lib o‘rganiladi. Shimoliy Afrikada, asosan, arab xalqlari istiqomat qiladi. Sahroyi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlar Tropik Afrika deb ataladi. Kunene va Zambezi daryolaridan pastda joylashgan hudud Janubiy Afrika deyiladi. Tropik va Janubiy Afrika hududlarida, asosan, qora tanli xalqlar yashaydi.

Shimoliy Afrikaning o‘ziga xos jihati shundaki, u Janubiy Yevropa, Tropik Afrika va Janubi-g‘arbiy Osiyoni bog‘lab turuvchi savdo chorrahasida joylashgan. Bu yerda dengiz va quruqlikdagi savdo yo‘llari tutashgan bo‘lib, ular mintaqaning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan va ayni paytda bosqinchilarni ham o‘ziga jalb qilgan.

Xarita bilan ishlashga doir

XVI asrdan Shimoliy Afrikadagi ko‘pchilik arab mamlakatlari turklar tomonidan zabt etilib, Usmoniylar imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi.

Misr. Mamluklar hukmronligi ostida bo‘lgan Misr ham birinchilardan bo‘lib o‘z mustaqilligini yo‘qotdi. 1517-yilning boshida Qohirani egallagan sulton Salim I armiyasi Misr poytaxtini taladi va vayron qildi.

Turklar istilosi mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga katta o‘zgarish kiritmadi. Faqat mamluklarning siyosiy hokimiyati ag‘darilib, barcha feodallar o‘z mulklari va imtiyozlarini saqlab qoldilar.

XVII asrdan boshlab Misrning iqtisodiy taraqqiyotida bir qator yangiliklar ko‘zga tashlanadi. Sanoatning ba’zi, ayniqsa, eksportga ishlaydigan tarmoqlarida manufaktura ishlab chiqarishiga o‘tila boshladi. Ayrim shaharlarda to‘qimachilik sanoatida manufakturalar tashkil qilindi. Ishlab chiqarish texnikasi hali o‘ta oddiy bo‘lsa-da, manufakturalardagi ichki mehnat taqsimoti mahsulotlarning ko‘payishiga olib keldi. Natijada ichki va tashqi savdo tez rivojlandi.

Afrika qit’asining mintaqalarga bo‘linishi

Shimoliy Afrika

G‘arbiy Afrika

Sharqiy Afrika

Markaziy Afrika

Janubiy Afrika

Bu qiziq:

Ehromlar oldidagi jang boshlanishidan oldin Napoleon: “Askarlar! Qirq asrlik tarix bugun sizlarga mana shu ehromlar balandligidan qarab turibdi!” – deb, shu mashhur so‘zlari bilan fransuzlarni o‘zining qo‘shinidan uch baravar ko‘p bo‘lgan mamluklarga qarshi kurashga ilhomlantiradi.

Ammo XVIII asrga kelib, mamluk zodagonlarining o‘zaro urushlari Misrning iqtisodiy ahvoliga yomon ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, dehqonlarning ahvoli og‘irlashdi. Turk hukmronligi va mamluklarga qarshi mamlakatda boshlangan xalq harakatiga Qohiradagi Al-Azhar masjidining taniqli shayxlari boshchilik qildilar. Ularning chaqirig‘iga binoan, 1795-yilning yozida Qohiraning hunarmandlari va savdogarlari o‘z do‘konlarini yopdilar. Mamluk hukmdorlari shayxlar bilan muzokara boshlashga, zo‘ravonlik va qonunsizliklarga chek qo‘yilishiga va’da berishga majbur bo‘ldilar.

Bu qiziq:

Al-Azhar masjidi 1798-yili boshlangan Napoleon Bonapart boshchiligidagi fransuz bosqinchilariga qarshi xalq harakatining ham markaziga aylandi. Misrda fransuz armiyasining kelajagi yo‘qligini tushungan Napoleon bu yerni tark etishga majbur bo‘ldi.

Jazoir. XVI asr boshlarida Jazoirning qirg‘oq bo‘yi hududlarini ispanlar bosib oldi. Ulardan ozod bo‘lishga harakat qilgan Jazoir aholisi jihod (muqaddas urush) bayrog‘ini ko‘targan musulmon korsarlar (dengiz qaroqchilari)ni qo‘lladilar.

Korsarlar yetakchisi Aruj vafotidan so‘ng uning ukasi Xayriddin Barbarossa (Sariq soqol) ularga boshchilik qildi. Xayriddin ispanlarga qarshi kurashda yordam so‘rab usmoniylarga murojaat qildi. Turklarning yordamiga tayangan Xayriddin birin-ketin Jazoir shaharlarini ispanlardan ozod qildi. Hukmronlik yillarida Ispaniya qirg‘oqlariga yettita ekspeditsiya uyushtirib, majburan xristian diniga o‘tkazilgan 70 ming andalusiyalik musulmonlar (morisklar)ni u yerdan Jazoir va Tunisga olib keldi.

Mamluklar davrida Misr

Yodda tuting: XVI–XVII asrlarda shimoldan – usmoniy turklar, janub va g‘arbdan dushman qabilalar va portugallar hujumlarini qaytarib, mustaqilligini saqlab qolgan yagona davlat

Efiopiya bo‘ldi. Efiopiya hukmdori “negus” deb atalardi.

Xayriddin va uning vorislari davrida shakllangan Jazoirning harbiy-siyosiy tizimi XIX asr boshlarigacha o‘zgarmasdan qoldi.

Liviya. XVI asrdan Liviyaga yevropaliklarning harbiy ekspansiyasi boshlandi. 1510-yili Tripoli ispan armiyasi tomonidan zabt etildi. Arablarning mahalliy berber qabilasi doimiy qarshilik ko‘rsatsa-da, Tripolini xristianlardan ozod qilishga qurbi yetmasdi. Shu sababli ular yordam so‘rab usmoniylar sultoni Salim I ga murojaat qildilar. Musulmonlarni ozod qilish shiori ostida harakat qilgan turklar butun Liviyani imperiyaga qo‘shib oldilar.

Mamluklar davrida Misr

XVII asr birinchi choragida Jazoir va Tunisdagi singari Tripolida ham yanicharlar tomonidan saylanadigan deylar hokimiyati o‘rnatildi. Shu tariqa usmoniylar o‘rnatgan tartiblar bekor qilinib, ijtimoiy va siyosiy hayotda mahalliy an’analarning tiklanishi boshlandi.

XVIII asr boshlarida Liviyada Ahmad Karamanli boshchiligida qulo‘g‘lilar (otasi turk, onasi arab bo‘lganlar shunday atalgan) hokimiyati o‘rnatildi. Qulo‘g‘lilar mamlakatda ma’muriy boshqaruv va soliq tizimini mustahkamladi. Mustaqil tashqi siyosat olib borib, usmoniylar ruxsatisiz bir qator Yevropa davlatlari bilan tinchlik shartnomalarini imzoladi.

Mamluklar davrida Misr

Tunis. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Tunis chuqur inqiroz davriga kirdi. Mamlakat O‘rtayer dengizining o‘sha paytdagi kuchli davlatlari — Ispaniya va Usmoniylar imperiyasining siyosiy manfaatlari to‘qnashgan joyga aylandi. Natijada 1574-yili Tunis turk qo‘shinlari tomonidan zabt etilib, usmoniylar siyosiy tartibi o‘rnatildi.

XVIII asrda tunisliklarning mustaqillik uchun kurashi qizg‘in tus oldi. Asr boshlarida sipohiylarning yangi sardori Husayn ibn Ali Tunisda yangi monarxiyaga va husayniylar sulolasiga asos soldi. Bu sulola vakillari Tunisni 1957-yilgacha boshqardilar.

Sudan. Sudanning cho‘l va savannalarida istiqomat qiladigan badaviy arablar islom dini, arab madaniyati va arab tilining tarqalishiga katta hissa qo‘shdilar. Sudanning ming yillar davomida shakllangan madaniy qiyofasi bir necha asr ichida keskin o‘zgardi. Biroq badaviylar yangi siyosiy tuzumning asosini tashkil qila olmadilar. Bu rolni ikkita hosildor dehqonchilik viloyatlari — Fung va Darfur uddaladi. Fungning poytaxti Sennar shahri edi. Shu sababli 1504-yili tashkil topgan davlat “Sennar sultonligi” deb ataldi.

Mamluklar davrida Misr

XVII asr oxiri — XVIII asr boshlarida Sennar bilan qo‘shni Efiopiya o‘rtasida urush boshlandi. Natijada Sennarda sulton hokimiyati to‘liq inqirozga yuz tutib, hokimiyat Xamaj vazirlari sulolasiga o‘tdi.

Bu davrda Sudanning eng kuchli va boy davlati Darfur sultonligi edi. Darfur savdo aylanmasi bo‘yicha Sennardan ko‘p marta oldinga o‘tib ketdi. Eng katta foyda keltiradigan asosiy tovar qullar bo‘lib qoldi.

Marokash. XVI asr boshida Marokash janubida shariflar (o‘zlarini Muhammad payg‘ambar avlodlari deb hisoblovchilar) yuksala boshlaydi. Shariflar imperiyasi qat’iy markazlashmagan, aniqrog‘i, shaharlar federatsiyasidan iborat edi. XVI asrda Marokashning yuksalishiga eng katta hissa qo‘shgan sulton Ahmad al-Mansur bo‘ldi. U savdoni rivojlantirdi, qo‘shni davlatlar bilan diplomatik va savdo aloqalarini o‘rnatdi.

Mamluklar davrida Misr

XVII asr o‘rtalaridan boshlab shariflar avlodining boshqa bir sulolasi Filaliylar hokimiyatga kelib, mamlakat qudratining yuksalishiga katta hissa qo‘shdilar.

Mulay Ismoil davrida Marokash

Ayniqsa, davlatni 55 yil boshqargan Mulay Ismoil o‘z faoliyatini ikkita maqsadga yo‘naltirdi: turklar va yevropaliklar tahdididan mamlakat mustaqilligini saqlab qolish; mamlakatning iqtisodiy gullab-yashnashini ta’minlash.

Ismoildan keyin hokimiyatda o‘ttiz yil barqarorlik bo‘lmadi. Faqat uning nabirasi Sidi Muhammad ibn Abdulloh (1757 –1790) mamlakatda tinchlik va tartib o‘rnata oldi. U mamlakatni har tomonlama mustahkamladi.

Tropik va Janubiy Afrika. Yevropaliklarning mustamlakachilik bosqinlari va qul savdosi Tropik va Janubiy Afrika xalqlari rivojlanishida ma’lum turg‘unlikni vujudga keltirdi. Oldingi davrlardan saqlanib kelayotgan turli xalqlar va hududlar taraqqiyotidagi notekislik ham bu holatga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Mulay Ismoil davrida Marokash

Qadimgi va O‘rta asrlardagi davlatlar va davlat birikmalari Tropik va Janubiy Afrikaning hamma hududini egallamagan edi. Katta hududdagi, asosan, o‘rmonlarda, hozirgi Nigeriya va Kamerun davlatlari, Ubangi daryosi havzasi va Kongo daryosining o‘rta oqimi, Sharqiy Ekvatorial Afrikaning qator viloyatlari, butun Janubiy Afrika aholisi ibtidoiy sharoitda yashashni davom ettirayotgan edi. Kalaxari cho‘llarida yashaydigan ayrim bushmen qabilalari, hatto yuqori paleolitga mos keladigan taraqqiyot bosqichida edilar. Bir paytlar kuchli va nisbatan taraqqiy etgan davlatlarning tarkibiga kirgan yerlar (asosan, G‘arbiy Sudan) yana siyosiy tarqoqlik holatiga qaytdi.

Mulay Ismoil davrida Marokash

XVIII–XIX asr boshlarida yangi davlat va siyosiy birikmalarning vujudga kelishi qiyin va murakkab kechdi. Shunga qaramasdan, Tropik Afrikada va qisman Janubiy Afrikada bir qator davlat va davlat birikmalari mavjud edi.

Yevropaliklar Afrikaga, asosan, XV asrdan boshlab kirib keldi. XVI asr oxirigacha Afrikaning g‘arbiy qirg‘oqlarida o‘rnashib olgan yagona davlat Portugaliya edi. Qul savdosi bilan shug‘ullangan birinchi yevropaliklar ham portugaliyaliklar bo‘ldi. Ular sohil bo‘ylarini to‘rtta zonaga ajratib, bu zonalarni ulardan olinadigan asosiy tovarning nomi bilan atadilar. Hozirgi Shimoliy Liberiyaning qirg‘oqlari “Qalampir-

Qullarning kemalarda olib ketilishi

Yodda tuting: Atlantika okeani orqali amalga oshirilgan qul savdosi jarayonida

60–70 million afrikalik halok bo‘ldi.

Bu qiziq: 1787-yilda bir guruh inglizlar Afrikaning g‘arbiy sohilidagi Serra- Leone hududidan yer sotib olib, tajriba sifatida u yerda qora tanlilar davlatini tuzadi va sobiq qullarni ko‘chirib keltirishadi. Ammo XIX asrda bu tajriba muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanadi.

li qirg‘oq”, “Fil suyagi qirg‘og‘i”, “Oltin qirg‘oq”, Volta va Niger daryolari oralig‘i “Qul qirg‘og‘i” deb atalgan.

Bu davrda Amerikaning mustamlaka hududlarida plantatsiyali xo‘jalik keng rivojlanib, qullar mehnatiga ehtiyoj ham ortib bordi. Afrikadagi qullar bozorini egallash uchun Yevropa davlatlari o‘rtasida kuchli kurash boshlandi. Bu kurashda Portugaliya ancha kuchliroq Yevropa davlatlari bilan to‘qnash keldi. Ammo eng katta jabr tort-ganlar afrikaliklar bo‘ldi. XVII asrdan Afrika yerlarida qullarni ovlash uchun hech qanday qonunlar bilan cheklanmagan chinakam qaroqchilik urushlari boshlandi. 1530-yildan 1600-yilgacha bo‘lgan 70 yil ichida faqat portugaliyaliklarning o‘zlari tomonidangina Amerikaga 1 mln ga yaqin qul olib ketildi.

Qullarning kemalarda olib ketilishi

Portugaliyaning o‘rnini Gollandiya egalladi va XVII asr birinchi yarmida Amerikadagi ispan mustamlakalariga afrikalik qullarni ular yetkazib berdi.

XVII asr ikkinchi yarmidan mustamlaka bozorlarini egallash uchun kurashga Angliya va Fransiya, shuningdek, Shvetsiya, Daniya kabi boshqa Yevropa davlatlari ham qo‘shildi. Qul savdosida monopoliya o‘rnatish uchun kurash XVII asr ikkinchi yarmi va butun XVIII asr davomida yirik Yevropa davlatlari o‘rtasidagi keskin raqobatning asosiy maqsadini tashkil qildi. Bu kurash maydoni Afrika qit’asi, ayniqsa, G‘arbiy va Markaziy Afrika bo‘ldi.

Qul savdosi Afrika xalqlarining rivojlanishiga juda katta, to‘ldirib bo‘lmaydigan zarar yetkazdi. Qullarni okean orqali Amerikaga yetkazib borish sharoitining o‘ta og‘irligi millionlab kishilarning o‘limiga olib keldi.

Qullarning kemalarda olib ketilishi

Qulchilik Afrikada yevropaliklar kelishidan oldin ham mavjud bo‘lsa-da, unda patriarxal, xonaki ko‘rinishda edi. Yevropaliklar kelishi bilan odam savdosi misli ko‘rilmagan darajada kengayib, dahshatli tus oldi. Qul savdosi eng rivojlangan XVII–XVIII asrlarda G‘arbiy Yevropaning deyarli hamma davlatlari ochiq yoki yashirin ravishda bunday foydali “hunar” bilan shug‘ullanishgan. Qul savdosi, Afrika xalqlarining millionlab odamlarni yo‘qotishi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga va Afrika xalqlarining siyosiy taraqqiyotiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Qul savdosining ommaviy tus olishi o‘zaro urushlarning keskin kuchayishiga olib keldi. Bu urushlar va ular oqibatida qullar sonining ko‘payishidan, asosan, yevropalik mustamlakachilar manfaatdor edilar. Endi qabila boshliqlari odam ovlab qo‘shni qabilalarga to‘satdan yurishlar uyushtirar yoki o‘z qabiladoshlarini sotar edi.

Qullarning kemalarda olib ketilishi

Tropik Afrikadagi barcha davlatlarning asosiy xususiyati ko‘plab urug‘-qabila institutlarining saqlanib qolishidir. Hamma joyda feodal renta bilan jamoa yer egaligi va yerga ishlov berishning jamoa usuli birga mavjud edi. Urug‘chilik qoldiqlari ijtimoiy hayotni tashkil qilishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Urug‘chilik o‘z-o‘zini boshqarish organlari, ko‘pincha, davlat apparatining funksiyasini bajarardi. XVIII asr oxiridan qabilalarning davlatlarga birlashish jarayoni kuchaydi.

XVI–XVIII asrlarda Afrika xalqlari taraqqiyotning nisbatan past bosqichida bo‘lib, ilg‘or Yevropa davlatlari tomonidan bosib olindi va mustamlakalarga aylantirildi. Uzoq davom etgan mustamlakachilik davrida bu xalqlar taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi: tabiiy boyliklarning yevropaliklar tomonidan jadal o‘zlashtirilishi natijasida sanoat paydo bo‘ldi; pul-tovar xo‘jaligi kengayib, bozor munosabatlari tarkib topdi; kishilarning kundalik hayoti va dunyoqarashida yangi tamoyillar shakllandi, Yevropa madaniyati bilan milliy madaniyatlarning uyg‘unlashuvi bo‘lgan madaniyat rivojlandi.

Qullarning kemalarda olib ketilishi

Shu bilan birga, ushbu asrlar Afrika xalqlarining o‘z ozodligi uchun to‘xtovsiz kurash davri ham bo‘ldi. Bu kurash davomida milliy ong shakllandi, kishilarda tenglik, ozodlik, mustaqillik kabi tushunchalar rivojlanib, ular Afrika xalqlari kurashining mazmuniga aylandi.

Internet bilan ishlashga doir

topshiriq: Qul savdosi, asosan, Markaziy

Afrikaning g‘arbiy qismida rivojlangan.

Internet ma’lumotlariga asoslanib Afrikaning boshqa hududlarida qul savdosi bu qadar avj olmaganligining sabablarini tushuntirib bering.

Atamalar mazmuni:

Afrikaning g‘arbiy qirg‘oqlari bo‘ylab portugallar faktoriya – qul savdosi bilan shug‘ullanish uchun mustahkamlangan manzilgohlar yaratdi.

Renta – bu mehnat daromadi va kapital qo‘yilmalardan olingan daromaddan tashqari har qanday daromad.

Feodal renta – yer rentasi shakllaridan biri bo‘lib, feodal foydasiga ishlab berish, oziq-ovqat (natural) va naqd pul shaklida mavjud bo‘lgan.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Misrning usmoniylar tomonidan zabt etilishi bu yerdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda qanday o‘zgarishlarga olib keldi?
Savollar: 2. Misr xalqining bosqinchilarga qarshi kurashi qanday kechgan? 3. Qaysi Yevropa mamlakatlari qulchilik bilan shug‘ullana boshlagan? 4. Tropik Afrikadagi barcha davlatlarning asosiy xususiyati nimada?

Ijodiy ish topshirig‘i: Turk hukmronligi va mamluklarga qarshi 1795-yil yozida boshlangan xalq harakatida

Savollar: Qohiraning hunarmandlari va savdogarlari o‘z do‘konlarini yopdilar. Ular nima uchun bunday qilganlar?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Sahroyi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlar qanday ataladi?
  1. Shimoliy Afrika
  2. Tropik Afrika
  3. Janubiy Afrika
  4. Markaziy Sudan

To‘g‘ri javob: Tropik Afrika. Sahroyi Kabirdan janubdagi mamlakatlar Tropik Afrika deb ataladi.

Qaysi daryolardan pastda joylashgan hudud Janubiy Afrika deyiladi?
  1. Kunene va Zambezi
  2. Nil va Kongo
  3. Niger va Volta
  4. Limpopo va Orange

To‘g‘ri javob: Kunene va Zambezi. Kunene va Zambezi daryolaridan pastdagi hudud Janubiy Afrika deyiladi.

Shimoliy Afrika nima uchun bosqinchilarni o‘ziga jalb qilgan?
  1. U eng zich aholi yashaydigan, yirik shaharlarga boy markaziy hudud bo‘lgani uchun
  2. U oltin va olmos konlariga boy, iqlimi qulay yagona hudud bo‘lgani uchun
  3. U qadimiy Rim imperiyasining markazi bo‘lib, ziyoratchilarni jalb qilgani uchun
  4. U dengiz va quruqlikdagi savdo yo‘llari tutashgan chorrahada joylashgan

To‘g‘ri javob: U dengiz va quruqlikdagi savdo yo‘llari tutashgan chorrahada joylashgan. Savdo yo‘llari tutashgan chorrahada joylashgani mintaqa rivojiga va bosqinchilarni jalb qilishiga sabab bo‘lgan.

Shimoliy Afrikadagi ko‘pchilik arab mamlakatlari turklar tomonidan zabt etilib, Usmoniylar imperiyasi tarkibiga qo‘shib olinishi qaysi asrdan boshlandi?
  1. XVI asrdan
  2. XVII asrdan
  3. XVIII asrdan
  4. XV asrdan

To‘g‘ri javob: XVI asrdan. XVI asrdan Shimoliy Afrikadagi ko‘pchilik arab mamlakatlari turklar tomonidan zabt etilib, Usmoniylar imperiyasiga qo‘shildi.

Mamluklar hukmronligi ostida bo‘lib, turklar istilosida birinchilardan bo‘lib mustaqilligini yo‘qotgan Shimoliy Afrika mamlakati qaysi?
  1. Marokash
  2. Misr
  3. Tunis
  4. Jazoir

To‘g‘ri javob: Misr. Mamluklar hukmronligi ostidagi Misr Usmoniylar istilosida birinchilardan bo‘lib o‘z mustaqilligini yo‘qotdi.

Sulton Salim I armiyasi Qohirani egallab, Misr poytaxtini talagan va vayron qilgan voqea qaysi yilning boshida sodir bo‘lgan?
  1. 1517-yil
  2. 1498-yil
  3. 1526-yil
  4. 1534-yil

To‘g‘ri javob: 1517-yil. Sulton Salim I armiyasi 1517-yilning boshida Qohirani egallab, Misr poytaxtini taladi va vayron qildi.

Misrning iqtisodiy taraqqiyotida manufaktura ishlab chiqarishiga o‘tish kabi bir qator yangiliklar qaysi asrdan boshlab ko‘zga tashlandi?
  1. XV asrdan
  2. XVI asrdan
  3. XVII asrdan
  4. XVIII asrdan

To‘g‘ri javob: XVII asrdan. XVII asrdan boshlab Misr iqtisodiyotida yangiliklar, jumladan manufaktura ishlab chiqarishiga o‘tish ko‘zga tashlandi.

Sulton Salim I armiyasi Qohirani qaysi yilda egallagan?
  1. 1498-yilda
  2. 1534-yilda
  3. 1517-yilda
  4. 1574-yilda

To‘g‘ri javob: 1517-yilda. 1517-yilning boshida Salim I armiyasi Qohirani egallagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiEron rivojlanish va qaramlik arafasidaKeyingi →Buyuk Britaniyaning yuksalishi