XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 21-mavzu

Buyuk Britaniyaning yuksalishi

1800–1870-YILLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI

21-MAVZU. BUYUK BRITANIYANING YUKSALISHI

Siz bilib olasiz: – XIX asrning boshlarida Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini; – sanoatning yuksalishini; – mustamlakachilik siyosatini; – parlament islohotini.

XIX asrning boshlarida Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Bu Angliyada kapitalizm jadal taraqqiy etgan davr bo‘ldi. XVIII asr oxirida boshlangan sanoat inqilobi Angliyaning qiyofasini mutlaqo o‘zgartirib yubordi. XIX asrning o‘rtalariga kelib, Angliya fabrikali ulkan shaharlar, qudratli sanoat, murakkab mashinalar va zamonaviy texnikaga ega bo‘lgan ilg‘or sanoat mamlakatiga aylandi.

Iqtisodiy o‘sish mamlakatda siyosiy vaziyatning ham yumshashiga, ba’zi islohotlarning amalga oshirilishiga olib keldi. Xususan, g‘alla va sanoat xomashyosiga boj to‘lovlari pasaytirildi, chetga tovar olib chiqish qoidalari yengillashdi. Jinoyat qonunchiligi ham qayta ko‘rib chiqilib, ba’zi jinoyatlar uchun jazo yengillashtirildi.

21-MAVZU. BUYUK BRITANIYANING YUKSALISHI

Shu davrdagi muhim islohotlardan biri ishchilarning turli xil ittifoqlarga birlashishlarini qat’iyan taqiqlovchi 1799-yilgi qonunning bekor qilinishi bo‘ldi. Yangi qonun kasaba uyushmalari — tred-yunionlar faoliyatiga ruxsat berdi. Bu ishchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida katta qadam bo‘ldi.

Sanoat to‘ntirishi aholi tarkibida ham katta o‘zgarishlarga olib keldi, yangi sinf — proletariat paydo bo‘ldi. Butun mamlakat miqyosida tashkil qilingan proletariatning birinchi mustaqil harakati — chartizm vujudga keldi va ishchilar huquqlarini himoya qilishda katta rol o‘ynadi.

21-MAVZU. BUYUK BRITANIYANING YUKSALISHI

Sanoatning yuksalishi. XVIII asr oxirlarida boshlangan sanoat inqilobi Angliyaning jadal iqtisodiy rivojlanish davrini boshlab berdi. XIX asrning birinchi yarmida yengil sanoat taraqqiyoti ulkan yutuqlarga erishdi. Masalan, 1820-yili 120 mln funt paxta qayta ishlangan bo‘lsa, 1848-yili bu ko‘rsatkich 588 mln funtga yetdi. To‘qimachilik sanoati rivojlanishi bilan mamlakatga chetdan jun olib kirish qariyb besh marta ko‘paydi.

Mashinalarning unumdorligi ortib bordi. Bitta mashinali urchuq yigiradigan ip miqdori ikki barobar ko‘paydi. Ayniqsa, to‘qimachilik sohasi jiddiy takomillashtirildi. Natijada to‘qimachilik dastgohining ish unumdorligi deyarli qirq marta ortdi.

21-MAVZU. BUYUK BRITANIYANING YUKSALISHI

Yodda tuting: Dunyodagi birinchi temiryo‘l 1825-yilda

Angliyada Jorj Stefenson tomonidan qurilgan va uning uzunligi 40 kilometr

(26 milya) bo‘lgan.

Angliyada sanoat inqilobi

Bu qiziq: 1820-yillarda ingliz matbuotida temiryo‘llar haqida quyidagilarni yozishgan: “Temiryo‘llar sigirlarning o‘tlashiga to‘sqinlik qiladi, tovuqlar tuxum qo‘yishni to‘xtatadi, tutundan zaharlangan havo uchayotgan qushlarni o‘ldiradi... yo‘l bo‘yidagi uylar yonib ketadi... lokomotiv portlashi sodir bo‘lsa, barcha yo‘lovchilar parcha-parcha bo‘ladi”. Germaniyada vrachlar yo‘lovchilarni poyezdda tez harakatlanishi tufayli miya xastaligiga chalinish xavfi haqida ogohlantirgan edi.

J. Stefensonning “Blyuxer” nomli birinchi

Chartizm vujudga kelishining sabablari

Iqtisodiy inqiroz Ishchilarning siyosiy huquqlarga ega emasligi

Hukumatning ishchilarga qarshi siyosati

Sanoatning boshqa sohalari, jumladan, og‘ir sanoatda muvaffaqiyatlarga erishildi. Armiya uchun artilleriya qurollariga davlat buyurtmalari metallurgiya sohasining rivoji uchun katta turtki bo‘ldi. Mexanik kuchdan keng foydalanish tobora ommalashib bordi. XIX asr tarixga bug‘ mashinalari asri sifatida kirdi. 1810-yili Angliya sanoatida 5 mingta bug‘ mashinasi ishlatilgan bo‘lsa, keyingi 15 yilda ular soni uch barobarga oshdi. Mashinasozlik, ayniqsa, 1824-yili parlament Angliyadan tashqariga mashinalar olib chiqishga qisman ruxsat bergandan so‘ng jadal rivojlandi. Shu davrda cho‘yan eritish ham besh marta ko‘paydi.

J. Stefensonning “Blyuxer” nomli birinchi

Sanoat taraqqiyoti transportning yangi turi paydo bo‘lishini taqozo etdi. Buning aks sadosi o‘laroq, 1825-yilda Buyuk Britaniyada dunyodagi ilk temiryo‘l qurildi. Bu hodisa mamlakatning turli mintaqalarini bir-biri bilan tutashtirdi hamda yuk tashishning arzonlashuvini ta’minladi. Ayni paytda ichki bozor kengaydi. Oqibatda zavod va fabrika egalari mumkin qadar ko‘proq mahsulot ishlab chiqara boshladilar.

Temiryo‘l qurilishining boshlanishi, o‘z navbatida, cho‘yan, temir va po‘latga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Sanoatning yangi tarmog‘i — parovozsozlik paydo bo‘ldi. Bu esa qudratli savdo va harbiy dengiz floti tuzishga imkon yaratdi.

Angliyadagi birinchi temiryo‘l

Sanoat ishchilarining soni ham tez o‘sib bordi. Mashinali ishlab chiqarish bilan raqobatga bardosh bera olmagan, xonavayron bo‘lgan mayda ishlab chiqaruvchilar ishsizlarning sonini to‘ldirib bordi.

XIX asr 30–40-yillari Angliya tarixida kapitalizm jadal rivojlangan davr hisoblanadi. Bu yerda sanoat to‘ntarishi boshqalardan oldinroq o‘zining yakunlovchi bosqichiga o‘tdi va Angliya kapitalistik dunyoning eng rivojlangan mamlakatiga aylandi. Angliya sanoatining asosiy tarmoqlarida fabrikali ishlab chiqarish uzil-kesil g‘alaba qozondi, sanoat to‘ntarishi o‘z nihoyasiga yetdi, mamlakat jahon sanoat ishlab chiqarishi va savdosida birinchi o‘ringa chiqdi. Angliya “dunyo ustaxonasi”ga aylandi.

Angliyadagi birinchi temiryo‘l

XIX asr 70-yillaridan Angliya jahon sanoat ishlab chiqarishidagi yetakchilik o‘rnini yo‘qota bordi. Ammo u hali juda katta mustamlakalarga ega, dengizda hukmronlikni, jahon savdosida vositachilikni, sug‘urta va bank ishlarida yetakchilikni egallab kelayotgan edi. Bu hol mamlakatni avvalgidek katta foyda bilan ta’minlab turardi.

Mustamlakachilik siyosati. XIX asrning boshlanishi Angliya uchun katta sinov davri bo‘ldi. Napoleon bilan urush og‘ir kechdi, ko‘plab qurbonlar berish va mustaqillikni yo‘qotish xavfini keltirib chiqardi. Napoleon Yevropadagi deyarli barcha janglarda g‘olib chiqib, Angliyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalariga tahdid sola boshladi. Qit’a qamali oqibatida Yevropaning barcha portlari ingliz kemalari uchun yopildi, bu Angliya savdosi uchun katta yo‘qotish bo‘ldi.

Angliyadagi birinchi temiryo‘l

Bu urushda inglizlar katta matonat namoyish qildi. Trafalgar jangida (1805) fransuzlar flotini tor-mor qilib, dengizda ustunlikka erishdi va Fransiyaning deyarli barcha mustamlakalarini tortib oldi. Mustamlakalar resurslari va diplomatiyaga tayangan Angliya Fransiyaga qarshi yangidan yangi koalitsiyalar tashkil etdi va Napoleonni Rossiyaga qarshi urushga majbur qildi. Bu urush Fransiya uchun halokatli yakunlandi.

Napoleon mag‘lub etilgandan so‘ng, XIX asrning ikkinchi choragidan boshlab Angliya Yer sharining barcha qit’alari va dengizlarida faol bosqinchilik siyosatini olib bordi. Hindistonda o‘zining mustamlakachilik faoliyatini kengaytirib, Sind vodiysi va Kashmirni bosib oldi. Shu davrda ingliz mustamlakachilari Afg‘onistonga qarshi bosqinchilik urushini olib bordilar, ammo afg‘on xalqining mardonavor qarshiligiga uchrab, 1842-yili Afg‘oniston amiri bilan sulh tuzishga va vaqtincha bu mamlakatni bosib olishdan voz kechishga majbur bo‘ldilar. Xitoydagi Birinchi afyun urushi (1839– 1842) natijasida inglizlar Gonkongni bosib oldi va Xitoydagi Chin (Sin) hukumatini chet el, avvalo, Angliya savdosi uchun (jumladan, afyun olib kirish uchun) qator

Angliyadagi birinchi temiryo‘l

Yodda tuting: XIX asrda Britaniya

“Quyosh hech qachon botmaydigan imperiya” deb atala boshlandi.

Atamalar mazmuni:

Funt (lot. og‘irlik, qadoq) – Angliyada va boshqa ba’zi mamlakatlarda bu 453,6 grammga teng og‘irlik o‘lchovi.

Chartizm (ingl. xartiya, hujjat) – ingliz ishchilarining 1836–1848-yillardagi dastlabki ommaviy ijtimoiy-siyosiy harakati bo‘lib, ular mehnatkashlar ahvolini yaxshilash va aholi huquqlarini himoya qilish talablari bilan chiqdi.

“Oq koloniyalar”da, asosan, Yevropadan, birinchi navbatda,

Angliya va Irlandiyadan kelgan ko‘chmanchilar istiqomat qilgan. Bu hududlar mahalliy aholi yashaydigan boshqa hududlarga nisbatan imtiyozli mavqega ega edi.

portlarini ochishga majbur qildi. Dunyoning boshqa joylarida ham Angliyaga qarashli hududlar kengayib bordi: 1840-yili Yangi Zelandiya, 1842-yili Borneo orolining shimoliy qismi, 1843-yili Janubiy Afrikadagi bir qator hududlar bosib olindi. Buyuk Britaniya XIX asrning o‘rtalarida eng yirik mustamlakachi davlatga aylandi. Buyuk Britaniya mustamlakalari ichida eng yirigi hisoblangan Hindistonda 300 mln aholi bo‘lib, bu Buyuk Britaniyanikiga nisbatan taxminan 10 barobar ko‘p edi.

Atamalar mazmuni:

XIX asrning ikkinchi yarmi mustamlakalarda ozodlik uchun kurashlar davri bo‘ldi. XIX asrning 70-yillari tashqi siyosatda mamlakat uchun manfaatli faoliyat olib borish davom ettirildi. 1875-yili Misr hukmdori Ismoil I (1830–1895) Angliya hukumatiga Suvaysh kanalining 45% aksiyasini sotishga majbur qilindi va mayda aksiyadorlardan olingan aksiyalar bilan qo‘shib, inglizlar Suvaysh kanalining nazorat paketini qo‘lga kiritdilar.

Shu davrda Angliyaning xalqaro obro‘sini oshirish sari yo‘l tutildi. Parlament islohoti. 1825-yilda Buyuk Britaniya parlamenti ish tashlashni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu qonun ishchilar o‘rtasida keskin norozilik keltirib chiqardi. Natijada parlament islohoti o‘tkazish masalasi zaruratga aylandi. Bu jamiyatda

Atamalar mazmuni:

Dominion – (ingl.

egalik, qaram o‘lka) – Britaniya imperiyasi tarkibidagi o‘zini o‘zi boshqaradigan va Britaniya qirolini davlat boshlig‘i deb tan oladigan davlat. Qirolning dominiondagi vakili – general-gubernator.

Angliyada bolalar mehnati

yetilgan muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga imkon berardi. Oxir-oqibatda 1832-yilda parlament islohoti o‘tkazilib, parlamentga saylov tartibi o‘zgartirildi. Unga ko‘ra, yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 o‘rin ajratib berildi. Shu tariqa sanoat burjuaziyasi endi siyosiy jihatdan ham o‘z hukmronligini mustahkamladi. Islohot natijasida parlament quyi palatasining mamlakat siyosiy hayotidagi o‘rni mustahkamlandi. U davlat budjetini nazorat qilish huquqini saqlab qoldi. Buyuk Britaniya hukumatining faqat quyi palata oldida javobgarligi belgilab qo‘yildi. Quyi palata hukumatga ishonchsizlik bildirgan taqdirda, hukumat iste’foga chiqishga majbur bo‘ladigan bo‘ldi.

Angliyada bolalar mehnati

Islohotdan so‘ng saylangan yangi parlament 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 8 soatlik ish vaqti belgiladi. 9 yoshgacha bo‘lgan bolalarning mehnat qilishi taqiqlandi. Parlament islohoti mamlakatda saylov huquqi uchun kurashni batamom to‘xtata olmadi.

1867-yilda ikkinchi parlament islohoti o‘tkazildi. Unga ko‘ra, shaharlarda o‘z uyiga ega bo‘lgan hamda alohida xonadonda turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi.

“Oq koloniyalar”. Buyuk Britaniya o‘z mustamlakachilik siyosatida “oq koloniyalar”ga katta e’tibor qaratdi. Amerika, Afrika va Avstraliyaga Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan ko‘chib borgan kishilar o‘zlashtirgan hududlar “Oq koloniyalar” deb atalardi. Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya ana shunday mustamlakalar edi. Ayni paytda bu mustamlakalar o‘zini o‘zi boshqarish uchun kurash olib bordi. Bu kurash, ayniqsa, Kanadada shiddatli tus oldi. Natijada Buyuk Britaniya 1867-yilda Kanadaga dominion maqomini berishga majbur bo‘ldi. Shu davrda bir qator olimlar jamiyatga mafkuraviy tizimlarni taklif qila boshladilar. Shundaylardan biri Charlz Dilk (1843–1911) o‘zining “Yanada Buyuk Britaniya” nomli asarida ko‘chib kelgan inglizlardan tashkil topgan “oq koloniyalar”da burjuaziyaning huquqlarini kengaytirishni, amalda ularni mustamlakalarni boshqarishga sherik qilishni taklif qildi. Dilkning fikricha, bu Angliyaning dunyodagi yetakchilik rolini saqlab qolishga yordam berar ekan. Shu bilan birga, Dilk “erkin savdo” o‘rniga Angliyani va butun Britaniya imperiyasini chet davlatlar raqobatidan himoya qilishga qaratilgan “adolatli savdo”ni joriy qilish zarur deb hisoblaydi.

Angliyada bolalar mehnati

XIX asr ko‘p jihatdan Buyuk Britaniya asri bo‘ldi. Bu yerda birinchi bo‘lib huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi. Fan va texnik taraqqiyot sanoat to‘ntarishiga olib keldi va Angliya “dunyo ustaxonasiga” aylandi. To‘xtovsiz urushlar olib borgan inglizlar Yer yuzi aholisining chorak qismini birlashtirgan ulkan imperiyani yaratdi.

Xarita bilan ishlashga doir

topshiriq: Xaritada Buyuk Britaniyaning “oq koloniyalari” va mustamlakalari bo‘lgan mamlakatlarni toping va poytaxtlarini yodlab oling.

Ijodiy ish topshirig‘i: O‘ylab ko‘ring, nima sababdan

Savollar: Angliyada parlament islohotining o‘tkazilishi mamlakatning keyingi rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan?

Angliya – bu...

Dunyo ustaxonasi Jahon bankiri Jahon izvoshchisi

Savollar: Savol va topshiriqlar 1. XIX asrning birinchi yarmida Angliyada sanoatning qaysi sohasi jadal rivoj topdi? Qaysi xomashyo turlarini olib kelish keskin ko‘paydi?
Savollar: 2. XIX asr tarixga qanday nom bilan kirdi? 3. Shu davrda metallurgiya sohasini rivojlantirish uchun qaysi omil turtki bo‘ldi? 4. Nima uchun XIX asrda Angliyani “dunyo ustaxonasi” deb atashgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Angliyaning qiyofasini mutlaqo o‘zgartirib yuborgan sanoat inqilobi qaysi asr oxirida boshlangan?
  1. XVI asr
  2. XVII asr
  3. XVIII asr
  4. XIX asr

To‘g‘ri javob: XVIII asr. Angliyaning qiyofasini o‘zgartirgan sanoat inqilobi XVIII asr oxirida boshlangan.

Angliyaning qiyofasini mutlaqo o‘zgartirib yuborgan sanoat inqilobi qachon boshlangan?
  1. XVIII asr oxirida
  2. XVII asr o‘rtasida
  3. XIX asr o‘rtalarida
  4. XVI asr boshida

To‘g‘ri javob: XVIII asr oxirida. Sanoat inqilobi XVIII asr oxirida boshlangan.

Iqtisodiy o‘sish tufayli XIX asr boshida Angliyada qaysi islohot amalga oshirildi?
  1. g‘alla eksporti oshirilib, xomashyoga boj to‘lovlari oshirildi
  2. g‘alla va sanoat tovarlari importi butunlay taqiqlandi
  3. g‘alla va xomashyo sotib olishda davlat monopoliyasi o‘rnatildi
  4. g‘alla va sanoat xomashyosiga boj to‘lovlari pasaytirildi

To‘g‘ri javob: g‘alla va sanoat xomashyosiga boj to‘lovlari pasaytirildi. Iqtisodiy o‘sish natijasida g‘alla va sanoat xomashyosiga boj to‘lovlari pasaytirilgan.

Angliyada ishchilarning ittifoqlarga birlashishini qat’iyan taqiqlovchi qaysi yilgi qonun bekor qilingan?
  1. 1815-yilgi
  2. 1832-yilgi
  3. 1789-yilgi
  4. 1799-yilgi

To‘g‘ri javob: 1799-yilgi. Ishchilar ittifoqlarini taqiqlovchi 1799-yilgi qonun bekor qilinib, tred-yunionlarga ruxsat berildi.

Angliyada yangi qonun faoliyatiga ruxsat bergan kasaba uyushmalari qanday nom bilan atalgan?
  1. Tred-yunionlar
  2. Gildiyalar
  3. Sexlar
  4. Kooperativlar

To‘g‘ri javob: Tred-yunionlar. Yangi qonun kasaba uyushmalari – tred-yunionlar faoliyatiga ruxsat berdi.

Sanoat to‘ntarishi natijasida Angliyada paydo bo‘lgan yangi ijtimoiy sinf qanday nomlanadi?
  1. Burjuaziya
  2. Proletariat
  3. Lordlar
  4. Yeomenlar

To‘g‘ri javob: Proletariat. Sanoat to‘ntarishi aholi tarkibini o‘zgartirib, yangi sinf – proletariatni yuzaga keltirdi.

Butun mamlakat miqyosida tashkil qilingan ingliz proletariatining birinchi mustaqil harakati qanday nomlanadi?
  1. Chartizm
  2. Liberalizm
  3. Tred-yunionizm
  4. Luddizm

To‘g‘ri javob: Chartizm. Proletariatning butun mamlakat miqyosidagi birinchi mustaqil harakati chartizm bo‘lgan.

Ishchilarning ittifoqlarga birlashishini taqiqlovchi qaysi yilgi qonun bekor qilindi?
  1. 1825-yilgi
  2. 1832-yilgi
  3. 1799-yilgi
  4. 1867-yilgi

To‘g‘ri javob: 1799-yilgi. 1799-yilgi taqiqlovchi qonun bekor qilingan va tred-yunionlarga ruxsat berilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAfrika: mustamlakachilikning boshlanishiKeyingi →Fransiya inqilob va imperiyalar davrida