Fransiya inqilob va imperiyalar davrida
1800–1870-YILLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI
22-MAVZU. FRANSIYA INQILOB VA IMPERIYALAR DAVRIDA
Siz bilib olasiz: – Fransiyada Birinchi imperiya tashkil topishini; – Rossiyaga qarshi urushni; – imperiyaning qulashini; – Ikkinchi imperiya o‘rnatilishini.
Yodda tuting: Napoleon Bonapart (1769, Korsika oroli,
Ayachcho shahri –
1821, Atlantika okeanidagi Avliyo
Yelena oroli) — fransuz davlat arbobi va sarkardasi, imperator. Zamonaviy Fransiya davlatining asoslarini yaratgan.
Fransiyada Birinchi imperiya. Buyuk fransuz inqilobi Fransiyaning yangi, inqilobiy tarixini ham boshlab berdi. Inqilobdan keyingi bir asrdan ko‘proq vaqt davomida Fransiya yana to‘rtta inqilobni boshdan kechirdi, to‘rt marta respublika, ikki marta imperiya ta’sis etildi.
22-MAVZU. FRANSIYA INQILOB VA IMPERIYALAR DAVRIDA
Napoleonning 1799-yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng u Birinchi konsul lavozimini egalladi. Keyin umrbod konsullikka saylandi. 1804-yili Senat uni “Fransuzlar imperatori Napoleon I” deb e’lon qildi. Shu tariqa Fransiyada monarxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya zodagonlar emas, burjuaziya manfaatlariga xizmat qilar edi.
Birinchi imperiya davrida (1804–1814) Napoleon urushlari natijasida imperiya hududlari kengayib bordi. Napoleon 1807-yili Austerlisda “Uch imperator jangi” deb nom olgan jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan armiyasi ustidan hal qiluvchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bu g‘alabadan ruhlangan Napoleon endi Buyuk Britaniyaga qarshi “qit’a qamali” deb nomlangan siyosatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Napoleonga qaram barcha davlatlarning Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qilishi taqiqlandi. Napoleonning maqsadi shu yo‘l bilan Buyuk Britaniyani bo‘ysundirish edi.
22-MAVZU. FRANSIYA INQILOB VA IMPERIYALAR DAVRIDA
Rossiya ham 1807-yili Napoleon bilan tinchlik hamda ittifoq to‘g‘risida Tilzit shartnomasini imzolab, Fransiyaning Yevropadagi barcha g‘alabalarini tan oldi. Shartnomaga ko‘ra, Rossiyaga Buyuk Britaniya bilan aloqani uzish va qit’a qamaliga qo‘shilish majburiyati yuklandi.
Ammo Napoleon Buyuk Britaniyaga qarshi qit’a qamalidan ko‘zlangan maqsadiga erisha olmadi. Aholi tinimsiz urushlardan charchadi, mamlakatda norozilik, bosib olingan hududlarda milliy-ozodlik harakatlari kuchaydi. Napoleonga bu noroziliklarni bostirish, odamlarni chalg‘itish uchun katta bir g‘olibona urush kerak edi. Shuning uchun ham u Rossiyaga qarshi urush boshlab, unda g‘alaba qozonishni rejalashtirdi.
Leypsig ostonasidagi jang. “Xalqlar jangi”. 1813-yil
Rossiyaga qarshi urush. 1812-yili Napoleon Rossiyaga qarshi urush boshladi. Urush Rossiya tarixiga “Vatan urushi” nomi bilan kirdi. 1812-yilning 7-sentyabrida ikki davlat qo‘shini o‘rtasidagi hal qiluvchi jang Moskva yaqinidagi Borodino qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Har ikki tomon ham ko‘plab qurbonlar berdi. Napoleon Moskvani egalladi. Ammo Napoleon armiyasida tartib yo‘qolib, askarlar yoppasiga talonchilik bilan shug‘ullana boshladi. Armiyada jangovar ruh yo‘qoldi. Napoleon Moskvani tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. M. I. Kutuzov boshchiligidagi Rossiya armiyasi chekinayotgan fransuzlarni ta’qib qilib, ularga katta talafot yetkazdi.
Leypsig ostonasidagi jang. “Xalqlar jangi”. 1813-yil
Imperiyaning qulashi. Napoleonga qarshi urush Yevropa hududiga ko‘chdi. Yevropa mamlakatlari qo‘shinlaridan iborat qurolli kuchlar bilan Napoleon armiyasi o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1813-yili Leypsig ostonasida bo‘lib o‘tdi. “Xalqlar jangi” deb nom olgan bu jangda Napoleon qo‘shini tor-mor etildi.
1814-yili ittifoqchi davlatlar armiyasi Parij shahriga kirib keldi. Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ittifoqchilar uni O‘rtayer dengizidagi Elba oroliga surgun qildi. Shu tariqa imperiya quladi.
Ittifoqchi davlatlar Fransiyada Burbonlar sulolasi hokimiyatini tiklashga qaror qildilar. Inqilob yillari qatl etilgan qirol Lyudovik XVI ning ukasi Lyudovik XVIII Senatning qarori bilan taxtga o‘tqazildi. Ittifoqchilar Fransiya bilan sulh shartnomasini imzoladilar. Unga ko‘ra, Fransiya Napoleon davrida bosib olgan barcha hududlardan mahrum etildi.
Moskvadagi yong‘in, 1812-yil
Esga oling: M. I. Kutuzov o‘z maktublaridan birida shunday deb yozgan edi:
M. I. Kutuzov
O‘zingizni sinang:
Napoleon 1807-yili –... Tilzit shartnomasiga binoan, Rossiya –... 1812-yilning 7-sentyabrida –... 1813-yili Leypsig ostonasida –...
“Vaterloo jangi” –...
Elba va Muqaddas Yelena orollari –...
M.I. Kutuzov
Vaterloo jangi. Ayni paytda Fransiyada ichki vaziyat murakkablashib bordi. Bunga eski zodagonlarning feodal tartiblar va mutlaq monarxiyani tiklashni, shuningdek, qo‘llaridan ketgan mol-mulklarini qaytarib berishni talab qilishlari sabab bo‘ldi. Napoleon davrida boyib olgan yangi zodagonlar va armiyadan bo‘shatilgan zobitlar ham mamlakatdagi holatdan norozi edi.
Vaziyatdan surgundagi Napoleon foydalanib qolishga qaror qildi. U 1815-yil mart oyida Elba orolidan Fransiyaning janubiga yetib keldi. Qirol Lyudovik XVIII ning Napoleonga qarshi yuborgan 30 ming kishilik qo‘shini ham Napoleon tomoniga o‘tib ketdi. Napoleon Parij shahrini egallab, yana taxtga o‘tirdi. Biroq u bu safar hokimiyatni atigi 100 kun boshqardi.
M.I. Kutuzov
Ittifoqchi davlatlar (Buyuk Britaniya, Gollandiya va Prussiya) juda katta armiyani Napoleonga qarshi qo‘ydi. Ikki o‘rtada 1815-yil Vaterloo qishlog‘ida (hozirgi Belgiya davlati hududida) hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. Shu sababli bu jang tarixga “Vaterloo jangi” nomi bilan kirdi. Jangda Napoleon qo‘shini butunlay tor-mor etildi. Ikkinchi bor taxtdan voz kechgan Napoleon endi uzoq Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va u shu yerda 1821-yili vafot etdi. Fransiyada burbonlar hokimiyati qayta tiklandi.
Vena Kongressi. G‘olib davlatlar Kongress chaqirdilar. Bu Kongress 1814– 1815-yillarda Avstriyaning poytaxti Vena shahrida bo‘lib o‘tdi. Kongressning asosiy maqsadi — Yevropani g‘oliblar manfaatlari yo‘lida qayta taqsimlashdan iborat edi. Kongressning yakunlovchi hujjatiga binoan, Fransiya hududi o‘zining 1789-yilgi chegarasigacha qisqartirildi. Yevropada Buyuk Britaniya va Rossiyaning ta’siri kuchaydi.
M.I. Kutuzov
Ayni paytda Vena Kongressi qul savdosini taqiqlovchi deklaratsiya ham qabul qildi.
1814–1815 yillar. Vena kongressi qaroriga ko‘ra egallangan hududlar
Rossiya Varshava gersogligi (Polshaning bir qismi)
Prussiya Reyn viloyati va Vestfaliya, Polshaning g‘arbiy hududlari
Avstriya Lombardiya va Venetsiya (Italiya)
Angliya Malta va Seylon orollari, Kap yerlari
Fransiya 1789-yilgi chegaralariga qaytarildi
Vilyam Sedler. Vaterloo jangi
“Muqaddas ittifoq”. Yevropada kelgusida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan inqiloblarga qarshi birgalikda kurashish maqsadida 1815-yil 26-sentyabr kuni Parijda uch davlat — Rossiya, Avstriya va Prussiya monarxlari ittifoq tuzdilar. U tarixga “Muqaddas ittifoq” nomi bilan kirdi.
Fransiyada Ikkinchi imperiyaning o‘rnatilishi. Iyul monarxiyasi. 1824-yili Lyudovik XVIII vafot etdi. Taxtni ukasi Karl X egalladi. U o‘z hokimiyatini yanada mustahkamlashga urinib, 1830-yili mamlakat parlamentini tarqatib yubordi va fuqarolar saylov huquqlarining yanada cheklanishini ma’lum qildi. Bu esa Parij shahrida inqilob boshlanishiga olib keldi. Uning ishtirokchilari burjuaziya, ishchilar, hunarmand va talabalar bo‘ldi. Inqilobning maqsadi Fransiyada respublika tuzumini o‘rnatish edi.
Vilyam Sedler. Vaterloo jangi
Fransiya qiroli Karl X inqilobdan cho‘chib chet elga qochib ketdi. Hokimiyat yirik burjuaziya — bankirlar, yirik sanoatchilar va katta yer egalari qo‘liga o‘tdi. Ular burbonlarning qarindoshi Lui Filippni taxtga o‘tqazib, shu yo‘l bilan monarxiyani saqlab qoldilar. Bu hodisa 1830-yilning iyul oyida ro‘y berganligi tufayli tarixga “Iyul monarxiyasi” nomi bilan kirdi. Uning davrida yangi konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiyada so‘z, matbuot, yig‘inlar o‘tkazish erkinliklari e’lon qilindi. Saylovchilar uchun yosh va mulk senzlari kamaytirildi.
Ammo ishchilar va dehqonlarning ahvoli og‘irligicha qoldi. Ular tomonidan boshlangan bir necha qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostirildi.
Vilyam Sedler. Vaterloo jangi
1848-yilgi inqilob. 1846-yili Fransiyada qish juda sovuq kelib, kuzgi g‘alla nobud bo‘ldi. Oqibatda oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda, nonning narxi keskin oshib ketdi. Buning ustiga, qahraton qish natijasida tut daraxtlarini sovuq urdi, pilla yetishtiruvchi to‘qimachilik sanoati inqirozga uchradi va ishsizlikni yuzaga keltirdi.
Bunday vaziyat ishlab chiqarishning keskin kamayishiga, pulning qadrsizlanishiga olib keldi. Korxonalarning yopilishi yoki ishchi o‘rinlarining qisqartirilishi natijasida ishsizlik oshib bordi. Bularning barchasi inqilobning yuzaga kelishiga sharoit yaratdi.
O‘tkazilgan bir qator tadbirlarga qaramasdan, iqtisodiy inqiroz tobora chuqurlashib bordi. Oqibatda ommaviy ishsizlik vujudga keldi. Ishchilarning ish haqi ikki barobardan ortiqqa kamaydi. Qashshoqlashgan ishchilar endi qurollana boshladilar. Nihoyat, 1848-yilning fevral oyida Fransiya tarixida yana bir inqilob yuz berdi.
Vilyam Sedler. Vaterloo jangi
Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar, muassasalar qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tdi. Qirol Lui Filipp taxtdan voz kechib, Buyuk Britaniyaga qochib ketdi. Qo‘zg‘olonchilar qirol saroyini egallab, uning taxtini yoqib yubordilar.
Lui Filipp
Esga oling: Nima sababdan
Muqaddas ittifoq. “Uch monarx”: Rossiya imperatori – Aleksandr I, Avstriya imperatori –
Frans II, Prussiya qiroli – Fridrix Vilgelm III.
Yodda tuting:
1869-yilda fransuzlar O‘rtayer dengizi va Qizil dengizni bog‘lovchi
Suvaysh kanalini ochib, kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yishadi. Kanal ishga tushgach, yevropaliklarning kemalari Afrikani aylanib o‘tishiga hojat qolmadi va dengiz yo‘li 8 ming km ga qisqardi.
Shu tariqa 1848-yil fevral inqilobi natijasida Iyul monarxiyasi quladi. 25-fevral kuni esa Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Bu Fransiya tarixidagi ikkinchi Respublika edi. Fransiya parlamenti Muvaqqat hukumat tuzdi. Yangi hukumat matbuot, namoyishlar o‘tkazish erkinligini e’lon qildi. Shuningdek, 21 yoshga to‘lgan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi.
Yodda tuting:
Ikkinchi imperiya. Mamlakatda tartib o‘rnatishga qodir hokimiyat zarur edi. Shu tufayli hukmron tabaqalar katta vakolatlarga ega prezidentlik lavozimini joriy etishga qaror qildilar. Unga hukumat tuzish va uni iste’foga chiqarish huquqi ham beriladigan bo‘ldi.
1848-yilning dekabr oyida Napoleon Bonapartning jiyani Lui Napoleon Bonapart Fransiya Prezidenti etib saylandi. Uning asl maqsadi Fransiya imperiyasini qayta tiklash edi.
U o‘z niyatini amalga oshirishga zimdan tayyorgarlik ko‘rdi. Nihoyat, 1851-yili davlat to‘ntarishi o‘tkazdi va o‘zi uchun xavfli bo‘lgan kishilarning barchasini qamoqqa oldi. Endi u o‘zini imperator deb e’lon qilishi uchun hech qanday to‘siq yo‘q edi.
Yodda tuting:
Nihoyat, 1852-yil 2-dekabr kuni u Napoleon III nomi bilan Fransiya imperatori deb e’lon qilindi. Shu tariqa Fransiyada Ikkinchi imperiya o‘rnatildi. Ikkinchi imperiya davri nisbatan barqarorlik davri bo‘ldi. Bu barqarorlik, shuningdek, sanoat inqilobining yakunlanishi mamlakatning jadal iqtisodiy yuksalishiga olib keldi. Yigirma yilda (1850–1870) Fransiyada sanoat ishlab chiqarishi deyarli uch barobarga o‘sdi. Agar mamlakat korxonalarida 1852-yili 6 ming bug‘ mashinasi ishlangan bo‘lsa, 1869-yili ular soni 26 ming 200 taga yetdi. Shu davrda toshko‘mir qazib olish, cho‘yan va temir eritish uch barobarga, po‘lat ishlab chiqarish esa sakkiz marta ko‘paydi. Ammo Fransiyada asosiy e’tibor an’anaviy yengil sanoatni rivojlantirishga qaratildi. Albatta, aholi ham cho‘yan po‘latdan ko‘ra yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdan ko‘proq manfaatdor edi.
Yodda tuting:
Fransiya iqtisodiyotida banklarning roli ortdi. Bir nechta yirik banklar amalda mamlakat iqtisodini o‘z qo‘llariga oldi. Ayni paytda ishchilar va dehqonlarning ahvoli yomonlashdi. Ish kuni 14–16 soat davom etardi. Fabrika va zavodlarda kattalar bilan bir qatorda 8–12 yoshli bolalar ham mehnat qilardi. Angliyadan farqli ravishda, Fransiyada boylar va kambag‘allarning yashash sharoiti o‘rtasidagi tafovut keskin ko‘zga tashlanib, aholining noroziligi ham ortib bordi. Bu hol xalqaro vaziyatning keskinlashuvi sharoitida imperiya taqdirida halokatli rol o‘ynadi.
Parij kommunasi
Napoleon III asos solgan Ikkinchi imperiya 1870-yilgacha mavjud bo‘ldi. 1870-yil iyulda boshlangan Fransiya – Prussiya urushi dastlabki janglardanoq Fransiya hukumati va armiyasining yaroqsizligini ko‘rsatdi. Fransiya hukumati Prussiyaga qarshi urush e’lon qilar ekan, tashqi dushman ustidan qozonilgan g‘alaba tobora chuqurlashib borayotgan ichki siyosiy inqirozni bartaraf etadi, deya rejalashtirgan edi. Ammo urushda Fransiya mag‘lubiyatga uchradi. 1870-yil 2-sentyabr kuni Fransiya armiyasi Germaniya qo‘shinlariga taslim bo‘ldi. 4-sentyabr kuni Parij ishchilari Lui Napoleon Bonapart va uning sulolasi taxtdan ag‘darilganligini e’lon qildi. Ikkinchi imperiya quladi. Fransiya respublikachilik an’analariga qaytdi. 1870-yildagi bu voqea va ayniqsa, 1871-yili 72 kun faoliyat yuritgan Parij Kommunasi Fransiya tarixining keyingi davri uchun respublika tuzumini uzil-kesil o‘rnatdi.
Parij kommunasi
XIX asrda hech bir xalq fransuzlarchalik ko‘p urushlarda qatnashmadi, boshqa birorta yevropalik millat fransuzlardek ko‘p inqilobni amalga oshirmadi. Natijada XIX asr oxiriga kelib, Fransiya dunyoning eng qudratli davlatlari qatoriga kirsada, inqiloblar va urushlardagi juda katta yo‘qotishlar tufayli rivojlanish sur’atlari tobora pasayib borayotgan edi.
Savol va topshiriqlar
Badiiy-tarixiy asar
doir topshiriq: M. Y. Lermontovning
“Borodino” she’rini G‘. G‘ulom tarjimasida (https:// kh-davron.uz/ kutubxona/uzbek/ gafur-gulomtarjimalar.html) va
A. Oripovning “Xatolar” she’rini o‘qing.
Ijodiy ish topshirig‘i:
1804-yilda Napoleon “Fuqarolik kodeksi” — burjua huquqi normalari to‘plamini nashr etdi. “Napoleon kodeksi” deb nomlangan ushbu kodeks mulk huquqini, xususiy tadbirkorlik erkinligini va oilaviy huquq normalarini ta’minladi. U bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Napoleonning o‘zi keyinroq shunday degan edi: “Mening haqiqiy shon-shuhratim 40 ta jangda g‘alaba qozonganimda emas... Ular unutilishi mumkin. Lekin mening “Fuqarolik kodeksim” abadiy yashaydi”. Nima uchun Napoleon o‘zining “Fuqarolik kodeksi”ni harbiy g‘alabalaridan ustun qo‘yganini tushuntiring. Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda batafsil javob tayyorlang.
Muhim sanalar
- 1789-yilgi — Kongressning yakunlovchi hujjatiga binoan, Fransiya hududi o‘zining 1789-yilgi chegarasigacha qisqartirildi.
- 1789-yilgi — Fransiya 1789-yilgi chegaralariga qaytarildi
- 1799-yilgi — Napoleonning 1799-yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng u Birinchi konsul lavozimini egalladi.
- 1804-yili — 1804-yili Senat uni “Fransuzlar imperatori Napoleon I” deb e’lon qildi.
- 1804-yilda — 1804-yilda Napoleon “Fuqarolik kodeksi” — burjua huquqi normalari to‘plamini nashr etdi.
- 1807-yili — Napoleon 1807-yili Austerlisda “Uch imperator jangi” deb nom olgan jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan armiyasi ustidan hal qiluvchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
- 1807-yili — Rossiya ham 1807-yili Napoleon bilan tinchlik hamda ittifoq to‘g‘risida Tilzit shartnomasini imzolab, Fransiyaning Yevropadagi barcha g‘alabalarini tan oldi.
- 1812-yili — Rossiyaga qarshi urush. 1812-yili Napoleon Rossiyaga qarshi urush boshladi.
- 1812-yilning — 1812-yilning 7-sentyabrida ikki davlat qo‘shini o‘rtasidagi hal qiluvchi jang Moskva yaqinidagi Borodino qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi.
- 1813-yili — Yevropa mamlakatlari qo‘shinlaridan iborat qurolli kuchlar bilan Napoleon armiyasi o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1813-yili Leypsig ostonasida bo‘lib o‘tdi. “Xalqlar jangi” deb nom olgan bu jangda Napoleon qo‘shini…
Bilimingizni sinang
Napoleon Birinchi konsul lavozimini egallashiga olib kelgan davlat to‘ntarishi qaysi yilda bo‘lgan?
- 1799-yilda
- 1795-yilda
- 1802-yilda
- 1804-yilda
To‘g‘ri javob: 1799-yilda. Napoleon 1799-yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng Birinchi konsul lavozimini egalladi.
Senat Napoleonni “Fransuzlar imperatori Napoleon I” deb qaysi yili e’lon qildi?
- 1804-yili
- 1799-yili
- 1807-yili
- 1812-yili
To‘g‘ri javob: 1804-yili. 1804-yili Senat Napoleonni imperator deb e’lon qilgan.
Fransiyada Birinchi imperiya qaysi yillarni qamrab olgan?
- 1799–1804
- 1804–1814
- 1815–1830
- 1852–1870
To‘g‘ri javob: 1804–1814. Birinchi imperiya davri 1804–1814-yillar.
“Uch imperator jangi” deb nom olgan jangda Napoleon qaysi davlatlarning birlashgan armiyasini yengdi?
- Angliya va Prussiya
- Prussiya va Ispaniya
- Rossiya va Avstriya
- Gollandiya va Prussiya
To‘g‘ri javob: Rossiya va Avstriya. Napoleon Rossiya va Avstriyaning birlashgan armiyasi ustidan g‘alaba qozongan.
Napoleonning Buyuk Britaniyaga qarshi “qit’a qamali” siyosatiga ko‘ra nima taqiqlandi?
- Fransuzlarning xorijga sayohat qilishi va savdo qilishi
- Britaniya ruhoniylarining Fransiyada ibodat o‘tkazishi
- Rossiya bilan savdo-sotiq qilish va chegaradan o‘tish
- Qaram davlatlarning Britaniya bilan savdo-sotiq qilishi
To‘g‘ri javob: Qaram davlatlarning Britaniya bilan savdo-sotiq qilishi. Napoleonga qaram davlatlarga Britaniya bilan savdo qilish taqiqlangan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: A. Leypsig ostonasidagi “Xalqlar jangi” B. Napoleonning imperator deb e’lon qilinishi C. Vaterloo jangi D. Borodino jangi
- B–D–A–C
- B–A–D–C
- D–B–A–C
- B–D–C–A
To‘g‘ri javob: B–D–A–C. Napoleon 1804-yilda imperator bo‘lgan, Borodino jangi 1812-yilda, Leypsig jangi 1813-yilda, Vaterloo jangi 1815-yilda bo‘lgan.
Tushuncha va hujjatlarni ularning ta’riflari bilan moslang. I. Qit’a qamali II. Tilzit shartnomasi III. Muqaddas ittifoq A. Napoleonga qaram davlatlarning Buyuk Britaniya bilan savdo qilishini taqiqlagan siyosat B. Rossiyani Fransiya g‘alabalarini tan olishga va qit’a qamaliga qo‘shilishga majbur qilgan shartnoma C. Inqiloblarga qarshi kurashish uchun Rossiya, Avstriya va Prussiya monarxlari tuzgan ittifoq
- I–B, II–A, III–C
- I–C, II–B, III–A
- I–A, II–C, III–B
- I–A, II–B, III–C
To‘g‘ri javob: I–A, II–B, III–C. Qit’a qamali savdo taqiqi edi, Tilzit shartnomasi Rossiyani qamalga qo‘shilishga majbur qildi, Muqaddas ittifoq esa inqiloblarga qarshi tuzildi.
Rossiya Napoleon bilan tinchlik va ittifoq to‘g‘risidagi Tilzit shartnomasini qaysi yili imzoladi?
- 1812-yili
- 1809-yili
- 1805-yili
- 1807-yili
To‘g‘ri javob: 1807-yili. Rossiya 1807-yili Tilzit shartnomasini imzolab, Fransiyaning Yevropadagi g‘alabalarini tan oldi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash