XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 23-mavzu

Germaniya va Italiyada mamlakatni birlashtirish uchun kurash

1800–1870-YILLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI

23-MAVZU. GERMANIYA VA ITALIYADA MAMLAKATNI BIRLASHTIRISH UCHUN KURASH

Siz bilib olasiz: – Vena kongressidan so‘ng Germaniyadagi holatni; – Germaniyada inqilobning kelib chiqish sabablarini; – iqtisodiy rivojlanishni; – XIX asrning boshlarida Italiyani; – Italiyaning birlashtirilishini.

Savollar: Esga oling: Muqaddas Rim imperiyasi qachon va kim tomonidan tuzilgan edi?

Yodda tuting: Inqilobning asosiy maqsadi – Germaniyaning siyosiy tarqoqligiga barham berish va feodal tartiblarni tugatish edi.

Vena kongressidan so‘ng Germaniyadagi holat. 1815-yil 8-iyunda Vena kongressida imzolangan aktga binoan, Muqaddas Rim imperiyasi (1806-yili tarqalib ketgan) o‘rnida 34 ta mustaqil davlat va 4 ta erkin shahardan iborat German ittifoqi tuzildi. Ittifoq tarkibiga Avstriya imperiyasi, beshta qirollik, gersoglik va knyazliklar, to‘rtta shahar-respublika kirdi. Shuningdek, bu davrda boshqa davlatlar — Angliya, Daniya va Niderland qirolligi tarkibida bo‘lgan Gannover qirolligi, Golshteyn va Saksen-Lauenburg gersogliklari hamda Luksemburg buyuk gersogligi ham German ittifoqining a’zolari deb tan olindi. Ittifoqning eng katta davlatlari Avstriya bilan Prussiya bo‘lib, ushbu davlatlar yerlarining bir qismi yangi tashkil qilingan Ittifoq tarkibiga kiritilmadi. Masalaning bunday hal qilinishi Avstriya bilan Prussiyaning German ittifoqidan mustaqilligini kuchaytirib, Germaniyani birlashtirish yo‘lida qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi.

23-MAVZU. GERMANIYA VA ITALIYADA MAMLAKATNI BIRLASHTIRISH UCHUN KURASH

German ittifoqi mustaqil davlatlarning konfederatsiyasi ko‘rinishida bo‘lib, ittifoqqa kiruvchi davlatlar orasida uzviy bog‘liqlik yo‘q edi. Na umumiy qonunchilik, na umumiy armiya, na umumiy moliya, na diplomatik vakolatxonalar mavjud edi. Avstriya vakili German ittifoqining doimiy raisi sanalardi.

German ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi mavjud bojxona to‘siqlari, yagona valuta tizimi, o‘lchov birliklari va tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilikning yo‘qligi milliy bozor va sanoatning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Shu tariqa Germaniyaning birlashishi masalasi o‘z yechimini topmadi. Germaniyada inqilobning kelib chiqish sabablari. Germaniya inqilobining asosiy sababi — O‘rta asr feodal tartiblarning kapitalistik taraqqiyotga to‘siq bo‘lib kelayotganligi edi. Shuningdek, Germaniyada hamon siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Oqibatda yagona umumiy bozor vujudga kelmadi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi boshqa ilg‘or davlatlardan orqada qoldi. Zo‘ravonlikka asoslangan davlat apparati har qanday hurfikrlikni ta’qib qilar edi. Bu omillar Germaniyada ham inqilobning yetilishiga olib keldi. Inqilobga burjuaziyaning konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori bo‘lgan mo‘tadil qismi rahbarlik qildi.

Berlin barrikadalarida. 1848-yil

Kapitalizm rivojlanishining ikkita yo‘li

Prusscha yo‘l Amerikacha yo‘l

Feodalizm elementlari saqlanib qolgan Feodal tuzumning elementlari yo‘q

Burjuaziya siyosiy hokimiyatga ega emas Siyosiy hokimiyat burjuaziya qo‘lida

Demokratiya rivojlanmagan Demokratiya mavjud

1848-yilgi inqilob. Yevropaning boshqa davlatlarida 1847-yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz Germaniyani ham chetlab o‘tmadi. Bu inqiroz ishsizlikning ko‘payishiga, ish haqining pasayishiga olib keldi. Barcha tovarlar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko‘tarilib ketdi. Oqibatda och qolgan aholi ko‘chaga chiqdi. Fransiyada boshlangan 1848-yilgi fevral inqilobi ta’sirida Berlinda qo‘zg‘olon boshlandi. Berlin ko‘chalari barrikadalar bilan qamrab olindi. Tun bo‘yi shiddatli ko‘cha janglari davom etdi. Shunday sharoitda Prussiya qiroli murosa yo‘lini izlashga majbur bo‘ldi va Millat majlisi (parlament)ga saylov belgilashga hamda konstitutsiya ishlab chiqishga va’da berdi. Siyosiy vaziyatni biroz yumshatish evaziga bo‘lsa-da, qirol hokimiyati inqilobni bostirishga erishdi, biroq inqilob butunlay izsiz ketmadi.

Berlin barrikadalarida. 1848-yil

1848-yilda Prussiya qirolligida konstitutsiya joriy etilishining o‘zi katta siyosiy voqea bo‘ldi.

Iqtisodiy rivojlanish. Inqilob nemis davlatlarining keyingi iqtisodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Burjua inqiloblari g‘alaba qozongan boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan Germaniyada kapitalizm, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida, o‘zgacha yo‘l bilan qaror topdi. Bu yo‘l tarixda kapitalizm rivojlanishining “prusscha” yo‘li nomini olgan. Prusscha yo‘lning xarakterli jihati shundaki, krepostnoy pomeshchik xo‘jalik shakli kapitalistik xo‘jalikka juda sekinlik bilan rivojlanib kirib boradi. Hukumat qator islohotlarni amalga oshirib, ularda feodal imtiyozlarning bekor qilinishi pomeshchiklar uchun ham ma’qul bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy kompensatsiyalar orqali amalga oshirildi. 1850-yilgi “Pomeshchiklar va dehqonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi farmon faqat ikkinchi darajali feodal qaramliklarnigina bepul bekor qildi. Asosiy qaramliklar esa sotib olinishi kerak edi. Bu islohotlar, arzon ishchi kuchi mavjudligi va qulay konyunktura shartlari yunker xo‘jaliklarining mustahkamlanishiga olib keldi.

Yodda tuting:

Otto fon Bismark (1815,

Shyonxauzen, Prussiya qirolligi —

1898, Fridrixsru, Prussiya qirolligi,

Germaniya imperiyasi) — siyosatchi, davlat arbobi, Germaniya imperiyasining birinchi kansleri, uni “Temir kansler” deb atashgan.

Germaniyani birlashtirish rejasini amalga oshirgan.

Otto fon Bismark

Bu qiziq: Otto fon Bismarkka tegishli ikkita sitata:

1. “Jang maydonida halok bo‘layotgan jangchining so‘nib borayotgan ko‘zlariga hech bo‘lmasa bir bor tikilgan kishi urush boshlashdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘radi”. 2. “Agar bugun maktab qurmasak, ertaga qamoqxonalar qurishga to‘g‘ri keladi”.

Inqilobdan keyingi o‘n yil sanoat uchun hal qiluvchi davr bo‘ldi. Yosh burjuaziya o‘zining bor kuchini ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirdi. Xalqaro doiradagi sanoatchilar paydo bo‘ldi. Ulardan XIX asr 50–60-yillarida dunyoda eng yirik hisoblangan lokomotiv zavodining egasi Borzig, ko‘plab davlatlarni qurol bilan ta’minlab turgan Alfred Krupp, dengiz kabellari va telegraf simlarining egalari Simens va Galske, temiryo‘llar quruvchisi fon Unru va boshqalar juda mashhur edi. Biroq nemis davlatlarining sanoat taraqqiyotidagi muvaffaqiyati ancha nisbiy bo‘lib, hali ilg‘or Yevropa mamlakatlaridan ortda edi.

Otto fon Bismark

Germaniyani birlashtirish uchun kurash. Germaniyada ham jamiyatning ilg‘or qatlami milliy birlashuv uchun kurashayotgan edi. Bu yerda ham butun mas’uliyatni Germaniyada mavjud ko‘plab davlatlardan biri o‘z zimmasiga olishi zaruriyatga aylandi. Bunday mas’uliyat Prussiya zimmasiga tushdi. Prussiya bu davrda Germaniya imperiyasidagi eng qudratli davlat edi. Qirollikda o‘z davrining eng mashhur davlat arboblaridan biri Otto fon Bismark kanslerlik qilardi. U Germaniyani yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy ishga rahbarlik qildi.

1866-yilda Prussiya Avstriya ustidan qozongan tarixiy g‘alabadan so‘ng Otto fon Bismark Prussiya bilan Germaniyadagi mavjud boshqa davlatlar o‘rtasida “Shimoliy Germaniya ittifoqi”ni tuzish haqida shartnoma imzolanishiga erishdi. Bismark o‘z yordamchilari bilan qisqa muddatda Shimoliy Germaniya ittifoqi konstitutsiyasini ishlab chiqdi.

Otto fon Bismark

Bu konstitutsiya, asosiy matnidagi ba’zi bir o‘zgarishlarni hisobga olmaganda, 50 yildan ko‘proq vaqt davomida — 1919-yili Veymar Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar amal qilib keldi.

Shu tariqa Germaniyaning janubi-g‘arbida hukmronlik qilgan gogensollernlar sulolasining qizil hoshiya bilan bezatilgan oq-qora bayrog‘i ostida Shimoliy Germaniya birlashtirildi. Yagona nemis millatining rivojlanishi yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlandi, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan feodal tarqoqlik barham topdi.

Fransiya – Prussiya urushi prussiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlangandan so‘ng (urush haqida Fransiyaga bag‘ishlangan mavzuda tanishgansiz) 1871-yil yanvarda Prussiya imperatori Vilgelm I Versal saroyining serhasham zalida Germaniya imperatori deb e’lon qilindi. Mamlakatni birlashtirish uchun olib borilgan uzoq yillik kurashni Bismark yakunladi.

Kamillo di Kavur

XIX asrning boshlarida Italiya. 1800-yili fransuz intervensiyasining yangi davri boshlanib, Italiya o‘n besh yilga Napoleon imperiyasining hukmronligi ostida qoldi. Fransiya ta’siri ostida Italiyada kapitalizm rivojini tezlashtirgan muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Napoleonning ag‘darilishi Italiyaga ozodlik olib kelmadi, fransuzlar zulmi avstriyaliklar zulmi bilan almashdi, xolos. Barcha italyan davlatlari Avstriyaga qaram bo‘lib qoldi.

1807-yili Janubiy Italiyadagi Neapolitan qirolligida karbonariylar (“ko‘mirchilar”)ning maxfiy tashkiloti paydo bo‘lib, ular mamlakatni birlashtirish maqsadida harakat qiladi. Ammo Avstriya qo‘shinlari bu harakatni ham bostiradi.

Kamillo di Kavur

Italiyaning birlashtirilishi. Avstriya zulmiga qarshi kurashning hal qiluvchi janglari 1850-yillarda bo‘lib o‘tdi.

1840-yillari Shimoliy Italiyada sanoat rivojlanishi boshlanadi. Burjuaziya va ziyolilar monarxlarga tobora katta talablar qo‘ya boshlaydi. Shunda Rim papasi hokimiyati ostida birlashish g‘oyasi paydo bo‘ladi. 1847-yili graf Kamillo Kavur “Risorjimento” (“Uyg‘onish”) nomli gazeta nashr qiladi. Shu tariqa Risorjimento mamlakatni birlashtirish uchun kurash davrining umumiy nomiga aylandi.

Risorjimento uchun boshlanish nuqta Buyuk fransuz inqilobi bo‘ldi. Aynan inqilob yillari Apennin yarimorolining turli qismlarida boshlangan respublikachilik, feodal tartiblarga va avstriyaliklarga qarshi shiorlar ostida birlashgan ozodlik harakatlariga italiyalik vatanparvarlar boshchilik qildilar.

Kamillo di Kavur

Mamlakatni birlashtirish g‘oyasini yangidan ilgari surgan Juzeppe Madzini “Yosh Italiya” nomli inqilobiy tashkilotni tuzadi. Ammo ular boshlagan qo‘zg‘olon ham oldingilari kabi mag‘lubiyatga uchradi.

Bu mag‘lubiyatlarning asosiy sababi italyan vatanparvarlarining tarqoqligi edi. Burjuaziya dehqonlarni yordamga chaqirmasdi. Sitsiliya va Neapol qirolligi Italiya siyosiy tarqoqligining tayanchi bo‘lib qolayotgan edi.

Shunday holatda mamlakatni birlashtirish ishiga hal qiluvchi hissani Juzeppe Garibaldi va uning askarlari qo‘shdi. 1860-yili Italiyani birlashtirishning qizg‘in tarafdori, xalq qahramoni Juzeppe Garibaldi o‘z harbiy kuchlari bilan Sitsiliya oroliga kelib, tushdi. Xalq ommasi uni xaloskor sifatida kutib oldi. Sitsiliyaning Palermo shahri egallandi. Shundan so‘ng J. Garibaldi qo‘shini Neapolga yurish qildi. Neapol qo‘shini tor-mor etildi va Neapol qirolligi tugatildi.

Kamillo di Kavur

1861-yil 17-martda Sardiniya qiroli Viktor Emmanuil boshchiligida yagona Italiya qirolligi e’lon qilindi. Qirol Viktor Emmanuil II nomi bilan taxtga o‘tirdi. Mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya qaror topdi hamda ikki palatali (Senat va Deputatlar palatasi) parlament joriy etildi.

Yodda tuting: Kamillodi Kavur

(1810, Turin, Po departamenti —

1861, Turin) — Italiyaning birlashishida beqiyos rol o‘ynagan italyan davlat arbobi. Italiyaning birinchi bosh vaziri.

Yodda tuting: Juzeppe Madzini

(1805, Genuya —

1872, Piza) — italiyalik siyosatchi, yozuvchi va faylasuf, XIX asrda milliy-ozodlik harakati va liberal islohotlarning birinchi bosqichida muhim rol o‘ynagan.

Juzeppe Madzini

Yodda tuting: Juzeppe Garibaldi

(1807, Nitsa —

1882, Kaprera oroli) — italyan qo‘mondoni, inqilobchi va siyosatchi. Risordjimento yetakchilaridan biri. Italiyaning milliy qahramoni.

Yozuvchi.

Endi kapitalizmni yanada rivojlantirish zarurati mamlakatni birlashtirish ishini nihoyasiga yetkazishni taqozo etardi. Busiz Italiya Yevropada o‘z o‘rniga ega bo‘la olmas edi. Til va madaniyat birligi Italiyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi.

Bosh vazir lavozimini egallagan K. Kavur Avstriya zulmiga qarshi kurashda Fransiya bilan shartnoma tuzishga erishdi. Avstriya qo‘shini mag‘lubiyatga uchratilib, u bilan sulh tuzildi. 1866-yili Fransiya ko‘magida Avstriyaga qarshi urush boshlagan Italiya Venetsiyani egalladi, ammo Savoyya va Nitsadan Fransiya foydasiga voz kechishga majbur bo‘ldi. 1870-yili Germaniya bilan urushda mag‘lubiyatga uchragan Fransiya Rimdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqadi va “Abadiy shahar” birlashgan Italiyaning poytaxtiga aylanadi.

Juzeppe Madzini

Ammo hali oldinda muammolar ko‘p edi. Ular — Shimol va Janub o‘rtasida rivojlanishdagi katta farq, mamlakatda pulning yetishmasligi, dehqonlarning zodagonlarga qaramligi, saylov huquqining cheklanganligi va boshqalar. Ammo Italiya o‘z taraqqiyotining keyingi bosqichlarida bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etib, mamlakatni jadal rivojlantirish yo‘liga tushib oladi.

Shu tariqa Italiyani birlashtirish jarayonida ikkita masala — mamlakatning shimoli-sharqini avstriyaliklardan ozod qilish va milliy davlatni tashkil etish hal bo‘ldi.

Ko‘plab mayda davlatlarga bo‘linib ketgan Germaniya XIX asrda nemis millatining katta qismini birlashtirgan zamonaviy davlatga aylandi. Asr oxiriga kelib, Germaniya eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin egalladi.

Juzeppe Madzini

Italiya birlashgandan so‘ng konstitutsion monarxiya yo‘lini tanladi. Ichki bozorning sust taraqqiy etganligi hukmron doiralarni bosqinchilikka, mustamlaka imperiyasini tuzishga chorladi.

Juzeppe Garibaldi

Internet bilan ishlashga doir topshiriq: Internet yordamida Otto fon Bismark va Juzeppe Garibaldilarning hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing, o‘zingizni jurnalist deb tasavvur qiling va gazetaga qisqa maqola tayyorlang.

Atamalar mazmuni: Yunker xo‘jaligi – bu xususiy mulkni boshqarishning bir turi bo‘lib, yirik yer egalari bo‘lgan nemis zodagonlari xususiy xo‘jaligining kapitalistik tarzda isloh qilingan shaklidir, ya’ni ular yollanma mehnatdan foydalanganlar, lekin shu bilan birga, krepostnoylar mehnatini ham saqlab qolganlar.

Karbonariylar (ital. “ko‘mirchilar”) – 1807–1832-yillarda Italiyada faoliyat yuritgan yashirin inqilobiy jamiyat. Karbonariylarning asosiy maqsadi monarxlar zulmini yengish va konstitutsiyaviy hukumat o‘rnatish edi.

Juzeppe Garibaldi

Savollar: Savol va topshiriqlar 1. Qirol hokimiyati 1848-yili Germaniyadagi inqilobni bostirishga erisha olishining sababi nimada?
Savollar: 2. Kapitalizm rivojlanishida “prusscha” yo‘lining xarakterli jihati nimada?
Savollar: 3. Germaniya va Italiyadagi milliy harakatlar oldida qanday vazifalar turardi?
Savollar: 4. Qaysi omillar Italiyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi?
Savollar: 5. Italiya inqilobi asosiy maqsadining qaysi xususiyati Germaniya inqilobining asosiy maqsadidan farq qilgan?

Ijodiy ish topshirig‘i: Venn diagrammasi yordamida Germaniya va Italiya tarixidagi umumiylik va farqli jihatlarni tahlil qiling va daftaringizga yozing.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

34 ta mustaqil davlat va 4 ta erkin shahardan iborat German ittifoqi tuzilishiga asos bo‘lgan akt Vena kongressida qaysi yili imzolandi?
  1. 1815-yil
  2. 1806-yil
  3. 1818-yil
  4. 1812-yil

To‘g‘ri javob: 1815-yil. Vena kongressida akt 1815-yil 8-iyunda imzolandi.

Vena kongressida German ittifoqini tuzishga asos bo‘lgan akt 1815-yilning qaysi sanasida imzolandi?
  1. 28-iyunda
  2. 3-iyunda
  3. 18-iyunda
  4. 8-iyunda

To‘g‘ri javob: 8-iyunda. Akt 1815-yil 8-iyunda imzolandi.

Muqaddas Rim imperiyasi o‘rnida German ittifoqi qaysi sana va kongressda imzolangan akt asosida tuzilgan?
  1. 1815-yil 8-iyunda Vena kongressida
  2. 1806-yil 8-iyunda Berlin kongressida
  3. 1848-yil 8-iyunda Frankfurt majlisida
  4. 1871-yil 8-iyunda Versalda

To‘g‘ri javob: 1815-yil 8-iyunda Vena kongressida. 1815-yil 8-iyunda Vena kongressida imzolangan akt asosida German ittifoqi tuzilgan.

Vena kongressidan so‘ng tuzilgan German ittifoqi nechta mustaqil davlat va erkin shahardan iborat bo‘lgan?
  1. 25 ta davlat va 2 ta shahar
  2. 34 ta davlat va 4 ta shahar
  3. 38 ta davlat va 4 ta shahar
  4. 12 ta davlat va 6 ta shahar

To‘g‘ri javob: 34 ta davlat va 4 ta shahar. Ittifoq 34 ta mustaqil davlat va 4 ta erkin shahardan iborat bo‘lgan.

Muqaddas Rim imperiyasi qaysi yili tarqalib ketgan?
  1. 1789-yili
  2. 1815-yili
  3. 1806-yili
  4. 1848-yili

To‘g‘ri javob: 1806-yili. Muqaddas Rim imperiyasi 1806-yili tarqalib ketgan.

German ittifoqining eng katta davlatlari qaysilar edi?
  1. Saksoniya va Bavariya
  2. Gannover va Daniya
  3. Prussiya va Gannover
  4. Avstriya va Prussiya

To‘g‘ri javob: Avstriya va Prussiya. Ittifoqning eng katta davlatlari Avstriya bilan Prussiya bo‘lgan.

Vena kongressi qarorlari Germaniyani birlashtirish yo‘lida qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi. Buning sababi qaysi?
  1. Ittifoq faqat to‘rtta shahar-respublikadan iborat qilib tuzilgani, qirolliklar esa ittifoqdan tashqarida qolgani
  2. Avstriya va Prussiya yerlarining bir qismi ittifoq tarkibiga kiritilmagani, bu ularning ittifoqdan mustaqilligini kuchaytirgan
  3. Muqaddas Rim imperiyasi 1815-yilda tiklanib, kichik davlatlarga yangi imperator tayinlangani va ular birlashtirilgani
  4. Angliya va Daniya German ittifoqiga a’zo bo‘lishdan butunlay bosh tortib, uning ishini to‘xtatib qo‘yishga urinib, ittifoqni tan olmagani

To‘g‘ri javob: Avstriya va Prussiya yerlarining bir qismi ittifoq tarkibiga kiritilmagani, bu ularning ittifoqdan mustaqilligini kuchaytirgan. Eng katta ikki davlatning yerlari ittifoqqa to‘liq kiritilmagani ularni ittifoqdan mustaqilroq qildi va birlashishni murakkablashtirdi.

German ittifoqining doimiy raisi qaysi davlat vakili hisoblangan?
  1. Avstriya
  2. Prussiya
  3. Gannover
  4. Bavariya

To‘g‘ri javob: Avstriya. Avstriya vakili German ittifoqining doimiy raisi sanalgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiFransiya inqilob va imperiyalar davridaKeyingi →Rossiya: taraqqiyotning o‘zgacha yo‘li