XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 24-mavzu

Rossiya: taraqqiyotning o‘zgacha yo‘li

1800–1870-YILLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI

24-MAVZU. ROSSIYA: TARAQQIYOTNING O‘ZGACHA YO‘LI

Siz bilib olasiz: – iqtisodiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini; – ijtimoiy-siyosiy harakatlarni; – krepostnoylik huquqining bekor qilinishini; – tashqi siyosatni; – Rossiya madaniyatini.

Iqtisodiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlari. Chor Rossiyasida krepostnoylik tartiblari jamiyat taraqqiyotiga katta g‘ov bo‘lib qoldi. G‘arbiy Yevropa davlatlari va AQSHda mashinalashgan sanoat rivojlanayotgan bir davrda, Rossiyada hamon manufaktura ishlab chiqarishi hukmron edi. Qishloq xo‘jaligida esa hamon O‘rta asr krepostnoylik tartiblari hukm surardi va u taraqqiyotning asosiy to‘sig‘iga aylangan edi.

Ammo G‘arbning ilg‘or mamlakatlaridan kirib kelayotgan yangi g‘oyalarning ta’siri jamiyatda borgan sari ko‘proq sezila bordi. Buning natijasida Rossiyaning iqtisodi ko‘p ukladli xarakter kasb etdi, ijtimoiy munosabatlar esa nisbatan murakkab va ziddiyatli tus oldi. Yangi sinf — burjuaziya tez o‘sdi. Dvoryanlarning yerga bo‘lgan monopoliyasi susaydi. 1801-yildan yerning erkin savdosiga ruxsat berildi. 1803-yili esa pomeshchiklarga dehqonlarni to‘lov evaziga ozod qilish, 1818-yili esa dehqonlarning zavod va fabrikalar qurishiga ruxsat berildi. Keyinchalik Rossiyada savdo uylarining asoschilari, fabrikantlar va sanoatchilar bo‘lgan mashhur kishilar dehqonlar orasidan chiqqan edi. Biroq XIX asr boshlarida yerga pomeshchik egaligi va dehqonlarning krepostnoylik holati mamlakatda sanoat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan edi. Qaram dehqonlarning mehnati sanoatda juda unumsiz bo‘lib, texnik taraqqiyotni qiyinlashtirayotgan edi.

24-MAVZU. ROSSIYA: TARAQQIYOTNING O‘ZGACHA YO‘LI

Iqtisodiyotning rivojlanishiga yo‘llarning yomon ahvoli ham to‘siq bo‘ldi. Masalan, Volga bo‘yida yetishtirilgan don ikki yildan keyingina Moskvaga yetib kelardi. 1815-yili “Yelizaveta” deb atalgan ilk paroxod paydo bo‘ldi. Sankt-Peterburg bilan Sarskoye Seloni bog‘lovchi temiryo‘l esa 1837-yili qurildi, xolos. 1861-yilgi islohot arafasida Rossiyada 1500 chaqirimlik temiryo‘l mavjud bo‘lib, bu Angliyadagidan 15 marta kam edi. Paroxodlar soni ham 400 ta bo‘lib, bular juda katta hududga ega bo‘lgan Rossiya uchun, albatta, yetarli emasdi.

Xullas, XIX asr boshlarida Rossiyada kapitalistik uklad shakllana boshlashiga qaramasdan, u qoloq agrar mamlakat bo‘lib qolaverdi. Shu bilan birga, jamiyatda yangilanish zarurati tobora yaqqol sezila bordi.

24-MAVZU. ROSSIYA: TARAQQIYOTNING O‘ZGACHA YO‘LI

Yodda tuting: Krepostnoylik – dehqon qaramligining eng to‘liq va og‘ir shakli bo‘lib, u dehqonlarning yerga bog‘lanishi (rus tilida – krepost), ya’ni ularning yer uchastkalarini tark etishini taqiqlash, yer egasining ma’muriy va sud hokimiyatiga bo‘ysunishini nazarda tutgan.

Yodda tuting:

Dekabristlar qo‘zg‘oloni Sankt- Peterburgda Senat maydonida bir guruh zodagonlar tomonidan rus podshosining hukmronligi – samoderjaviyeni ag‘darib tashlash va krepostnoylikni yo‘q qilish maqsadida tashkil etilgan. Qo‘zg‘olon bostirilib, besh kishi o‘lim jazosiga hukm qilinib, qatl etildi.

120 kishi Sibirga surgun qilindi.

Shunday holatda 1801-yili taxtga o‘tirgan imperator Aleksandr I yosh, mag‘rur, liberal g‘oyalarga xayrixoh edi. U 1808-yili yarmarkalarda dehqonlarni sotishni, 1809-yili esa ularni katorga qilishni taqiqladi. Ijtimoiy-siyosiy harakatlar. Rossiyaning ilg‘or fikrli kishilari o‘z vatanini Yevropaning yetakchi davlatlari qatorida ko‘rishni istardilar. Ammo mavjud tuzumni o‘zgartirmay turib, o‘z orzularining ro‘yobga chiqmasligini ham yaxshi bilar edilar.

Yodda tuting:

Ular samoderjaviye va krepostnoylik huquqiqa qarshi aniq dastur bilan kurash boshladilar. Bu kurash Rossiya tarixiga “Dekabristlar harakati” nomi bilan kirgan. Dekabristlar o‘z maqsadlariga qo‘zg‘olon ko‘tarish orqali erishish mumkin deb hisoblab, unga tayyorlana boshladilar. Qo‘zg‘olon vafot etgan imperator Aleksandr I o‘rniga ukasi Nikolay I taxtga o‘tirishiga bag‘ishlangan marosim kuniga belgilandi. Isyon dekabristlar tarafdori bo‘lgan harbiy qism tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. U 1825-yilning 14-dekabr kuni boshlandi, biroq u muvaffaqiyatsizlikka uchradi va imperatorga sodiq harbiy kuchlar tomonidan bostirildi.

Narodniklik harakatlari

Anarxistik (isyonchilik) yo‘nalishi. M. A. Bakunin

Tashviqotchilik yo‘nalishi.

P. L. Lavrov

Fitnachilik yo‘nalishi.

P. N. Tkachyov

Har qanday hokimiyatga qarshi. Ziyolilarga tayangan. Inqilobchilarga tayangan.

Xalq inqilobga tayyor, faqat uni faol harakatga chorlash kerak.

Dehqonlar inqilobga tayyor emas.

Samoderjaviyening jamiyatda tayanchi yo‘q.

A. I.Gersen

Dehqonlarning o‘zini o‘zi boshqaradigan, erkin federatsiyasini tuzish

Dehqonlarni faol harakatga tashviqot orqali tayyorlash mumkin.

Hokimiyatni qo‘lga olib, o‘zgarishlarni amalga oshirish.

XIX asrning 30–40-yillari rus ijtimoiy-siyosiy hayotida inqilobiy – demokratik mafkuraning shakllanish davri bo‘ldi. Uning asoschilari V. G. Belinskiy va A. I. Gersen bo‘ldilar. Ular G‘arbiy Yevropa bilan Rossiyaning tarixiy taraqqiyotidagi umumiylikni isbotlashga harakat qildilar, G‘arb bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga chaqirdilar, G‘arbning fan, texnika va madaniy taraqqiyotidagi ilg‘or yutuqlardan Rossiyada foydalanishni muhim deb hisobladilar.

A. I.Gersen

XIX asr 60–70-yillarida Rossiyada “narodniklik” deb nom olgan harakat shakllanadi. Bu harakatning asosiy yo‘lboshchilari M. A. Bakunin, P. L. Lavrov, P. N. Tkachyov bo‘lib, ular narodniklikdagi uchta asosiy oqimni: anarxistik, tashviqotchilik, fitnachilikni aks ettiradilar. M. A. Bakunin dehqonlar inqilobga tayyor, faqat ziyolilardan chiqqan qahramon ularni inqilobga chaqirishi lozim, deb hisoblaydi. P. Lavrov esa dehqonlar inqilobga tayyor emas, shuning uchun ma’lumotli kishilardan tashviqotchilarni bu ishga jalb qilish, uzoq tushuntirish orqali dehqonlarni inqilobga tayyorlashlari lozim, deb yozadi. P. N. Tkachyov fitna yo‘li bilan ozchilik tomonidan inqilobni amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydi.

A. I.Gersen

Krepostnoylik huquqining bekor qilinishi. 1853–1856-yillardagi Qrim urushida Rossiya mag‘lubiyatga uchradi. Bu mag‘lubiyat Rossiyaning iqtisodiy qoloqligi oqibati edi. Rossiyada krepostnoylik tuzumi allaqachon taraqqiyotning asosiy to‘sig‘iga aylangan edi. Shuningdek, bu mag‘lubiyat Rossiyada krepostnoylik huquqi bekor qilinmasa, kapitalizm tez sur’atlar bilan taraqqiy etishi mumkin emasligini ham ko‘rsatib berdi. Ayni paytda mag‘lubiyat inqilobiy harakatning o‘sishiga ham turtki bo‘ldi.

Qrim urushi. 1853–1856-yillar

Yodda tuting: Qrim urushi 1853–

1856 (Sharqiy urush) – Rossiya imperiyasi va bir qator davlatlar (Buyuk Britaniya, Fransiya, Usmoniylar imperiyasi va Sardiniya qirolligi)

koalitsiyasi o‘rtasidagi urush, ularning Qora dengiz havzasi Kavkaz va Bolqondagi manfaatlari to‘qnashuvi natijasida yuzaga kelgan.

Aleksandr II

Mamlakatda vujudga kelgan kuchli norozilik to‘lqinini bostirish maqsadida imperator Aleksandr II 1861-yil 19-fevralda krepostnoylik huquqini bekor qilish to‘g‘risida manifest imzoladi. Unga ko‘ra, krepostnoy dehqonlar shaxsan ozod bo‘ldilar. Bundan buyon dehqonlarni sotib olish, sotish yoki boshqa birovga hadya qilish taqiqlandi. Dehqon endi pomeshchikning ruxsatisiz oila qurish, mustaqil ravishda shartnoma, savdo bitimlari tuzish, ko‘chmas mulk sotib olish va uni meros qoldirish kabi huquqlarga ega bo‘ldi.

Hukumat dehqonlarni ozod qilib, ularga yer berdi. Shuningdek, dehqonlarning asosiy soliq to‘lovchilar bo‘lib qolishi ham hisobga olindi. Dehqonlarga berilgan yer “chek yerlar” deb ataldi. Hukumat pomeshchikning manfaatini ham hisobga oldi. Jumladan, pomeshchik o‘z ixtiyoridagi yerning 1/3, cho‘l hududlarda esa 1/2 qismini saqlab qolish huquqiga ega bo‘ldi.

Kavkaz urushi

Sankt-Peterburg – Sarskoye Selo. Rossiyadagi birinchi temiryo‘l

Dehqon o‘ziga berilgan yerga egalik qilish uchun to‘lov to‘lashi shart edi. Biroq dehqonda to‘lov uchun pul bo‘lmaganligi sababli u davlat tomonidan beriladigan bo‘ldi. Dehqonlar bu qarzni 49 yil davomida davlatga foizi bilan to‘lab borishi shart edi.

Shu tariqa Rossiyada krepostnoylik huquqi bekor bo‘ldi. Islohot Rossiya tarixida juda muhim tarixiy ahamiyat kasb etdi. Xususan, dehqonlar shaxsiy erkinlik va fuqarolik huquqiga ega bo‘ldi.

XIX asr 60–70-yillarida o‘tkazilgan boshqa islohotlar bilan birga (yer, moliya, sud, universitet, maktab, matbuot islohotlari va boshq.) krepostnoylik huquqining bekor qilinishi mamlakatning yangi — burjuacha strategik kursini belgilab berdi. Iqtisodda kapitalistik munosabatlar jadal rivojlandi. Dunyoning yetakchi davlatlariga nisbatan kech bo‘lsa-da, boshlangan sanoat to‘ntarishi davom etdi.

Kavkaz urushi

Tashqi siyosat. XIX asrda ham Rossiya Pyotr I zamonidan boshlangan imperiya hududini kengaytirish va atrofdagi davlatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazish siyosatini faol davom ettirdi. 1801-yili imperator Aleksandr I manifestiga binoan, Gruziya Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi va u yerdagi hukmron bagrationlar sulolasi taxtdan mahrum qilindi. 1803–1804-yillari butun Gruziya hududi Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi. Gruziyaning qo‘shib olinishi Rossiyaning Eron va Usmoniylar imperiyasi bilan to‘qnashuviga olib keldi. 1804-yili Rossiya bilan Eron o‘rtasida boshlangan urush natijasida 1804–1806-yillari Ozarbayjonning ham asosiy qismi Rossiyaga qo‘shib olindi. Urush 1813-yili Ozarbayjonning Rossiyaga qo‘shilgan qismining Eron tomonidan tan olinishi bilan yakunlandi. Bundan tashqari, Rossiya Kaspiy dengizida harbiy kemalarga ega bo‘lish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Kavkaz urushi

1806-yili Usmoniylar imperiyasi bilan Rossiya o‘rtasida urush boshlandi. Shu yili rus qo‘shinlari Moldaviya va Valaxiyani egalladilar. 1812-yili Buxarestda tinchlik shartnomasi imzolanib, unga binoan, Moldaviyaning sharqiy qismi Rossiyaga qo‘shib olindi.

Napoleon imperiyasi tor-mor qilingandan so‘ng Rossiyaning Yevropadagi mavqeyi oshib ketdi va u o‘z yerlarini Yevropadagi mamlakatlar hisobiga kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1832-yili Polsha qirolligi Rossiya imperiyasining tarkibiy qismi deb e’lon qilindi.

Esga oling: Toshkentning egallanishi, Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi, Buxoro va Xiva xonliklarining protektoratga aylanishi va Qo‘qon xonligining tugatilishi haqidagi ma’lumotlarni eslang.

O‘zingizni sinang:

Savollar: Rus yozuvchilari, shoirlari yoki kompozitorlarining qaysi asarlari bilan tanishsiz?

N. V. Gogol

XIX asrning boshlarida Kavkazortining Rossiyaga qo‘shib olinishi butun Shimoliy Kavkazni bo‘ysundirish muammosini keltirib chiqardi. Chorizmning Kavkazni bo‘ysundirish istagi Dog‘iston, Checheniston va Adigeya xalqlarining kuchli qarshiligiga uchradi. 1817-yili boshlangan Kavkaz urushi 1864-yili yakunlandi va Rossiyaga juda qimmatga tushdi.

XIX asrning I yarmida Qozog‘iston Rossiyaga qo‘shib olingandan so‘ng O‘rta Osiyodagi uchta davlat — Qo‘qon va Xiva xonliklari hamda Buxoro amirligini zabt etish uchun tayyorgarlik boshlab yuborildi. 1854-yili Sirdaryo va Sibir harbiy liniyalari va Verniy qal’asi (hozirgi Olmaota shahri) barpo qilindi. Natijada O‘rta Osiyoga bostirib kirish uchun istehkom yaratilib, Qo‘qon xonligi bosib olindi, Xiva xonligi va Buxoro amirligi bo‘ysundirildi.

N. V. Gogol

Rossiya madaniyati. Rossiya hayotida XIX asrda yuz bergan barcha o‘zgarishlar madaniyatda o‘z aksini topdi. Agar qolgan barcha sohalarda Rossiya Yevropaning ortidan borayotgan bo‘lsa, XIX asrda rus madaniyati butun dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Bu, eng avvalo, adabiyotga tegishli, unda A. S. Pushkin va M. Y. Lermontov, F. M. Dostoyevskiy va L. N. Tolstoy, A. P. Chexov va N. V. Gogol singari daholar ijod qildi. Shu davrdagi rus kompozitorlari — M. I. Glinka, M. P. Musorgskiy, P. I. Chaykovskiy va N.A. Rimskiy-Korsakovlarning asarlari jahon musiqa san’atining durdonalaridan hisoblanadi.

N. V. Gogol

XVIII asrning oxiridan boshlab tarix fanida N. M. Karamzin, tasviriy san’atda V. A. Tropinin va V. A. Venetsianov kabilar ijodiga xos bo‘lgan sentimentalizmni klassitsizm siqib chiqara boshladi.

Bu davr rus arxitekturasi uchun klassitsizm xarakterli yo‘nalishdir. Arxitektura ko‘proq umumlashtiruvchi san’at sifatida insonning Vatan oldidagi burchini, uning muvaffaqiyatlari uchun faxr tuyg‘usini, davlatning birlamchiligi va uning qudrati g‘oyasini yaxshiroq aks ettiradi. Bu davrda A. N. Voronixin, A. D. Zaxarov, T. de Tomon, O. I. Bove, D. I. Jilyardi, K. I. Rossi, O. Manferran kabi arxitektorlar tomonidan bunyod etilgan Qozon ibodatxonasi, Admiralteystvo, Peterburgdagi Birja binosi, Teatr maydoni, Moskvadagi Triumfalnaya arka, rekonstruksiya qilingan Moskva universiteti binosi, Mixaylov saroyi (Rus muzeyi), Senat va Sinodning binosi, Isaakiyev ibodatxonasi va boshqalar yuqoridagi fikrning yaqqol isbotidir.

L. N. Tolstoy P. I. Chaykovskiy M. I. Glinka N.M. Karamzin

Shunday qilib, XIX asr 60–70-yillarida Rossiya G‘arbning ilg‘or mamlakatlaridagidek bozor iqtisodi va parlament demokratiyasiga asoslangan industrial jamiyatga keng ko‘lam bilan o‘ta boshladi. Ammo boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar jarayonidagi tanaffus, hatto tarixni ortga burish uchun harakat, ijtimoiy ongda feodal-krepostnoylik qoldiqlarini saqlab qoldi va bu Rossiyani ilg‘or davlatlardan uzoqlashtiribgina qolmasdan, uning to‘laqonli industrial jamiyatga tinch evolutsion yo‘l bilan o‘tish imkoniyatlarini ham keskin kamaytirdi va rivojlanishning inqilobiy yo‘lini muqarrar qilib qo‘ydi.

A. P. Chexov

Atamalar mazmuni: Ko‘p ukladli iqtisodiyot – ma’lum iqtisodiy tizimda xo‘jalik yuritishning turli shakllarining mavjudligini bildiradi (masalan, bozor bilan sust bog‘langan patriarxal, yarim natural xo‘jalik; mayda tovar ishlab chiqaruvchi xo‘jalik (hunarmandlar, kosiblar); kapitalistik va boshqalar).

Savol va topshiriqlar 1. Matndan Rossiyaning iqtisodiy taraqqiyot jihatidan G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan orqada qolganligi sabablarini aniqlang.

Savollar: 2 Rossiya hukmron doiralari nega krepostnoylik huquqini bekor qilishga majbur bo‘ldilar va u qanday tartibda amalga oshiriladigan bo‘ldi? Rossiyada krepostnoylik qachon va qanday tugatilgan?

A. P. Chexov

Savollar: 3. 1860–1870-yillardagi islohotlar davlat uchun qanday ahamiyatga ega edi?

4. Rossiya tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab bering.

Savollar: 5. Nima uchun XIX asrning birinchi yarmi Rossiya tarixida rus madaniyatining “oltin davri” deb nomlangan?

Ijodiy ish topshirig‘i:

XIX asrda Rossiya imperiyasida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni jadval ko‘rinishida tuzing (yillar, voqealar, shaxslar, natijalar).

Internet bilan ishlashga doir

topshiriq: 1. Qo‘shimcha adabiyotlar va internet manbalaridan foydalanib o‘sha davrning mashhur rus yozuvchilari

(shoirlar, rassomlar, haykaltaroshlar, me’morlar, rassomlar)dan biri haqida ma’lumot tayyorlang. 2. XIX asrda rus arxitekturasi to‘g‘risida taqdimot tayyorlang.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

XIX asr boshlarida Rossiyada kapitalistik munosabatlar rivoji bilan tez o‘sgan yangi ijtimoiy sinf qaysi?
  1. Ruhoniylar
  2. Burjuaziya
  3. Dvoryanlar
  4. Krepostnoy dehqonlar

To‘g‘ri javob: Burjuaziya. Rossiyada yangi sinf — burjuaziya tez o‘sdi, dvoryanlarning yerga monopoliyasi esa susaydi.

Rossiyada pomeshchiklarga dehqonlarni to‘lov evaziga ozod qilishga ruxsat berilgan yil qaysi?
  1. 1818-yili
  2. 1801-yili
  3. 1812-yili
  4. 1803-yili

To‘g‘ri javob: 1803-yili. 1803-yili pomeshchiklarga dehqonlarni to‘lov evaziga ozod qilishga ruxsat berildi.

Rossiyada dehqonlarga zavod va fabrikalar qurishga ruxsat berilgan yil qaysi?
  1. 1818-yili
  2. 1803-yili
  3. 1809-yili
  4. 1825-yili

To‘g‘ri javob: 1818-yili. Dehqonlarga zavod va fabrikalar qurishga 1818-yili ruxsat berildi.

Rossiyada yerning erkin savdosiga qaysi yildan ruxsat berildi?
  1. 1801-yildan
  2. 1803-yildan
  3. 1818-yildan
  4. 1808-yildan

To‘g‘ri javob: 1801-yildan. 1801-yildan yerning erkin savdosiga ruxsat berilgan.

1803-yili Rossiyada pomeshchiklarga qanday ruxsat berildi?
  1. Dehqonlarni chet elga sotish
  2. Dehqonlarni to‘lov evaziga ozod qilish
  3. Dehqonlarni askarlikka olish
  4. Dehqonlardan soliqni ikki hissa oshirish

To‘g‘ri javob: Dehqonlarni to‘lov evaziga ozod qilish. 1803-yili pomeshchiklarga dehqonlarni to‘lov evaziga ozod qilishga ruxsat berilgan.

G‘arbda mashinalashgan sanoat rivojlanayotgan paytda Rossiyada qaysi ishlab chiqarish shakli hukmron edi?
  1. Fabrika
  2. Aksiyadorlik jamiyati
  3. Hunarmandchilik sexlari
  4. Manufaktura

To‘g‘ri javob: Manufaktura. Rossiyada hamon manufaktura ishlab chiqarishi hukmron bo‘lgan.

Nima uchun XIX asr boshlarida pomeshchik egaligi va krepostnoylik Rossiyada sanoat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan edi?
  1. Dehqonlarga zavod va fabrikalar qurish qat’iyan taqiqlab qo‘yilgani, qaram aholi shaharga ketolmagani
  2. Yerning erkin savdosi butunlay man etilib, burjuaziya o‘sishdan to‘xtagani va kapital to‘planmagani
  3. Qaram dehqonlar mehnati sanoatda juda unumsiz bo‘lib, texnik taraqqiyotni qiyinlashtirgan
  4. Qaram dehqonlar sanoatga ommaviy jalb qilinib, ishchi kuchi yetishmay qolgani va mashinalar ko‘paygani

To‘g‘ri javob: Qaram dehqonlar mehnati sanoatda juda unumsiz bo‘lib, texnik taraqqiyotni qiyinlashtirgan. Qaram dehqonlarning mehnati unumsiz bo‘lib, texnik taraqqiyotni qiyinlashtirgan.

XIX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa va Rossiya sanoatini solishtirganda qaysi javob to‘g‘ri?
  1. G‘arbda mashinalashgan sanoat rivojlanayotgan bir paytda, Rossiyada manufaktura ishlab chiqarishi va krepostnoylik hukmron edi
  2. Rossiyada mashinalashgan sanoat rivojlangan, G‘arbda esa manufaktura va krepostnoylik hukmron bo‘lgan edi, farq esa katta edi
  3. Ikkala hududda ham sanoat to‘ntarishi bir vaqtda yakunlanib, krepostnoylik allaqachon bekor qilingan va manufaktura yo‘qolgan edi
  4. Rossiyada krepostnoylik bekor qilingan, G‘arbda esa O‘rta asr tartiblari va sex tizimi saqlanib qolgan, sanoat esa rivojlanmagan edi

To‘g‘ri javob: G‘arbda mashinalashgan sanoat rivojlanayotgan bir paytda, Rossiyada manufaktura ishlab chiqarishi va krepostnoylik hukmron edi. G‘arb mamlakatlarida mashinalashgan sanoat rivojlanayotgan paytda Rossiyada manufaktura va O‘rta asr krepostnoylik tartiblari hukmron bo‘lgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiGermaniya va Italiyada mamlakatni birlashtirish uchun kurashKeyingi →1800–1870-yillarda AQSH: fuqarolar urushi va keyingi taraqqiyot