XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 25-mavzu

1800–1870-yillarda AQSH: fuqarolar urushi va keyingi taraqqiyot

1800–1870-YILLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI

25-MAVZU. 1800–1870-YILLARDA AQSH: FUQAROLAR URUSHI VA KEYINGI TARAQQIYOT

Siz bilib olasiz: – AQSHning iqtisodiy taraqqiyotini; – sanoat to‘ntarishini; – AQSHda fuqarolar urushini; – urushdan keyingi tiklanishni.

Esga oling: Angliyaning

Savollar: Shimoliy Amerikadagi mustamlakalarining mustaqillik urushi qanday natijalarga olib keldi? Mustaqillik deklaratsiyasining asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

Yodda tuting: 1803-yilda Qo‘shma Shtatlar Missisipi daryosining g‘arbiy qismida joylashgan Luizianani Fransiyadan sotib oldi. Pulga muhtoj bo‘lgan Napoleon

Bonapart uni 15 million dollarga sotdi. Mamlakat hududi birdaniga ikki baravarga kengaydi. Amerikaliklar ham, fransuzlar ham o‘sha davrlarda bu hududlarning asl chegaralari haqida hech qanday tasavvurga ega emas edilar.

25-MAVZU. 1800–1870-YILLARDA AQSH: FUQAROLAR URUSHI VA KEYINGI TARAQQIYOT

AQSHning iqtisodiy taraqqiyoti. Amerika mustaqilligi uchun kurash davrida muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi, mamlakatda kapitalistik munosabatlarning tez rivojlanishi va to‘liq g‘alaba qozonishi uchun asos yaratildi. Mamlakatda yagona ichki bozor shakllanib, uning ustidan nazorat federal hukumatga o‘tishi muhim voqea bo‘ldi. Shu yo‘nalishdagi ikkinchi muhim voqea tashqi savdo erkinligi, AQSHning mustaqil subyekt sifatida xalqaro maydonga chiqishi, G‘arbiy Yevropa, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar bilan bevosita aloqalarning o‘rnatilishi bo‘ldi.

XIX asr boshlarida AQSHning eksport va import salohiyati o‘sha davrda misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Yevropadagi Napoleon urushlari bu yerdagi ichki va tashqi savdoni izdan chiqardi, juda katta moddiy va insoniy resurslarni barbod qildi. Ayni paytda bu urush AQSH iqtisodiyotining oyoqqa turishi va gullab-yashnashi uchun juda katta imkoniyat yaratdi.

25-MAVZU. 1800–1870-YILLARDA AQSH: FUQAROLAR URUSHI VA KEYINGI TARAQQIYOT

AQSH rahbarlari Yevropadagi urush tufayli vujudga kelgan imkoniyatdan va orttirilgan katta boylikdan mamlakat hududini kengaytirishda ham juda unumli foydalandilar. Jumladan, Luiziana, Florida yerlarini, 1836-yili Meksikaning Texas provinsiyasi AQSH tarkibiga qo‘shib olindi. Bu 1846–1848-yillardagi AQSH bilan Meksika o‘rtasidagi urushga olib keldi. Urush natijasida Meksika Texasdan tashqari butun shimoliy hududlaridan ayrildi. AQSH Meksikaning qariyb yarim hududini anneksiya qildi. Keyinchalik bu hududda Arizona, Nyu Mexiko, Kaliforniya, Nevada va Yuta shtatlari tashkil qilindi. Angliyaliklar bilan uzoq davom etgan savdodan so‘ng 1846-yili AQSH Tinch okeani qirg‘oqlaridagi Origonaning katta qismini egalladi. AQSH hududining kengayishi bilan uning aholisi ham tez o‘sib, 1850-yili 23,1 mln kishiga yetdi. Bu esa, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi va sanoatning jadal rivojlani-shiga olib keldi.

Shimoliy Kaliforniyadagi oltin vasvasasi

Gudzonning ko‘rfazdagi kompaniya hududlari

TINCH OKEAN

Oregon (Angliya tomonidan berilgan) 1846

Yangi San Fransisko

Meksika (Meksikadan olingan) 1848

Luiziana (Fransiyadan sotib olingan) 1803

A Q S H

Nyu York

Nyu York

Sent Luis

Texas (Meksikadan olingan) 1845

ATLANTIKA OKEAN

Yodda tuting: 1867-yilda AQSH Rossiyadan Alyaskani 7,2 mln dollarga sotib oldi.

G‘arb tomonga birinchi temiryo‘l

1783-yildagi AQSH chegaralari 1842-yil hududlar AQSHga qo’shilish sanalari 1853-yilda Meksikadan sotib olingan hudud 1810–1821-yillarda Ispaniyadan olingan hudud 1783-yildagi bahsli hududlar 1818-yilda Angliyadan uzoqlashgan hudud 1867-yilda Rossiya imperiyasidan sotib olingan

Sanoat to‘ntarishi. XIX asr boshlarida AQSHda, avvalo, uning shimoliy shtatlarida sanoat to‘ntarishi boshlandi. Bu jarayon AQSH uchun o‘ziga xos jihatlarga ega edi. Xususan, AQSH mustaqillikka erishgandan so‘ng uning chegarasi g‘arbga qarab doimiy kengayib bordi. XIX asr boshiga kelib, mamlakat ulkan hududga ega bo‘lib, faqat uning sharqiy qirg‘oqbo‘yi hududlarida aholi zich joylashgan edi. Shu hududlarda juda ko‘plab qazilma boyliklar bo‘lib, ular asta-sekin o‘zlashtirilib borildi. Bu jarayonda Angliyadan ko‘plab zamonaviy mashinalar keltirildi. Butun Yevropadan boy kishilar bu yerga pul tikish va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun kela boshlashdi.

G‘arb tomonga birinchi temiryo‘l

Biroq sanoat shimoliy shtatlarda rivojlandi, janubiy shtatlarda iqtisodiyotning asosini qullar mehnatidan foydalanuvchi qishloq xo‘jaligi tashkil qilar edi.

AQSH yagona ichki bozorining shakllanishida XIX asrning ikkinchi o‘n yilligida avj olgan yo‘llar qurilishi, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etdi. Baltimordan boshlangan va 1818-yili Ohayo daryosigacha yetkazilgan Kamberlend yo‘li g‘arbga boradigan asosiy yo‘lga aylandi.

Robert Fulton

Hali 1787-yildayoq Jon Fitch bug‘ dvigatelli qayiq yasagan edi. Uning ishini muvaffaqiyatli davom ettirgan muhandis Robert Fulton 1807-yili Gudzon daryosida dunyoda birinchi paroxodni (bug‘ dvigatelli kemani) namoyish qildi (uning bug‘ qozoni va mexanizmlari Angliyada yasalgan edi). 1818–1820-yillari yirik daryolarda va Buyuk ko‘llarda muntazam paroxod qatnovi yo‘lga qo‘yildi, 1819-yildan esa paroxodlar Atlantika okeani orqali Yevropaga muntazam qatnaydigan bo‘ldi.

1825-yili uzunligi 580 km bo‘lgan, Buyuk ko‘llarni Gudzon daryosi orqali Nyu York porti bilan bog‘lagan Eri kanalining qurilishi yakunlandi. Boshqa shtatlarda ham bir qancha kanallar qurildi.

Robert Fulton

Ayniqsa, temiryo‘l qurilishi yagona ichki bozorning shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Temiryo‘llar qurilishining sur’ati bo‘yicha AQSH dunyoda birinchi bo‘lib oldi. Temiryo‘llarning uzunligi 1850-yili 14 ming km ga yetdi.

40-yillari Morzening elektromagnit telegrafi keng tarqaldi va mamlakat bo‘ylab axborot yetkazishni tezlashtirdi. Biroq sanoatdagi kabi transport rivojlanishida ham qulchilik mavjud bo‘lgan janubiy shtatlar shimoldan ancha ortda qolayotgan edi.

Plantatsiya xo‘jaligi, qulchilikka qarshi kurash. Yevropada, ayniqsa, Angliyada, paxta xomashyosiga bo‘lgan talabning ortishi Janubda paxtachilikning rivojlanishiga, janubiy shtatlarning Yevropa to‘qimachilik sanoati uchun xomashyo bazasiga aylanishiga olib keldi. AQSH yalpi eksportining yarmidan ko‘prog‘ini paxta xomashyosi tashkil qilardi.

Robert Fulton

AQSH plantatorlari qullarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilish evaziga juda katta boylik orttirayotgan edi. Paxta maydonlari borgan sari kengayib, qullar mehnatidan foydalanuvchi shtatlar soni ortib bordi.

Uilyam Garrison

Janubiy shtatlardagi qulchilik tizimi bilan Shimoldagi erkin yollanma mehnatga asoslangan tizim o‘rtasida ziddiyat dastlab 1818–1820-yillarda yangi tashkil qilingan Missuri shtatini Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qabul qilish paytida yuzaga keldi va mamlakatning bo‘linib ketishiga olib keluvchi jiddiy ziddiyatga aylandi. Gap shundaki, 1821-yili Qo‘shma Shtatlar tarkibiga 11 ta qulchilik mavjud shtat va 11 ta erkin yollanma mehnatga asoslangan shtat kirgan edi. Shimoliy shtatlar, agar Missuri qabul qilinsa, qulchilik mavjud shtatlar soni ko‘payib, ular senatda ko‘pchilikni tashkil etadi, degan xavfsirash bilan Missurida qullikni tugatish talabi bilan chiqdilar. Qullik birinchi marta milliy muammoga aylanib, butun mamlakat uni muhokama qilishga kirishdi.

Uilyam Garrison

Plantatsiyalarda qullarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilish qora tanli qullarning qarshiligiga uchradi. Bu qarshilik borgan sari kuchayib bordi. Turli shtatlarda qullar qo‘zg‘olonlari bo‘lib turdi. Qullar o‘z kurashlarida yolg‘iz emasdilar. 1831-yili Bostonda “Xaloskor” nomli gazeta chiqa boshladi. Gazeta noshiri Uilyam Garrison qullikni zudlik bilan bekor qilishni talab qildi. Uning atrofida qullikni bekor qilish tarafdor-lari — abolitsionistlar (lotincha “abolitio” — bekor qilish so‘zidan olingan) birlashdilar. 1832-yili Yangi Angliya abolitsionistik tashkiloti tuzildi, keyingi yili esa “Qullikka qarshi kurashish Amerika jamiyati” tashkil qilindi. Abolitsionistik harakatga borgan sari Amerika jamiyatining turli qatlamlari qo‘shilib bordi. Demokrat shoirlar Uolt Uitmen, Jeyms Louell, Genri Longfello qullikka qarshi qat’iy kurashga chorladi.

Uilyam Garrison

AQSHda fuqarolar urushi. Shimol bilan Janub o‘rtasidagi yangi janjal 1854-yili Kongressda Kanzas va Nebraska shtatlarini AQSH tarkibiga qabul qilish jarayonida yuz berdi. Shimol aholisi yangi shtatlarda qulchilikning joriy qilinishiga qarshi chiqdi, Janub esa buning aksi, qulchilikni yoqlab namoyishlar tashkil etdi. Kanzas va Nebraska shtatlarida ikki yil davomida o‘ziga xos kichik fuqarolar urushi davom etdi.

1857-yili AQSH Oliy sudi qora tanli kishi teng huquqli fuqaro bo‘lishi mumkin emas, degan qaror chiqargandan so‘ng Shimoliy shtatlarni qullikka qarshi namoyishlar qamrab oldi. Shu yili iqtisodiy inqiroz ham yuz berib, birinchi navbatda, Shimol sanoati va qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazdi. Nyu York va boshqa katta shaharlarda namoyishlar, mitinglar va g‘alayonlar boshlanib ketdi.

Uilyam Garrison

Shimoldagi bu harakatlar ta’sirida 1859-yilning oxirida Janubda abolitsionistlar partizan otradi komandiri Jon Braun boshchiligida qo‘zg‘olon boshlandi. Yaxshi tayyorlanmagan qo‘zg‘olon osonlik bilan bostirildi. J. Braun va uning safdoshlari qatl qilindi. J. Braunning jasorati qullikka qarshi kurashning yangi bosqichini tayyorlashda mafkuraviy asos bo‘ldi.

Yodda tuting: Avraam Linkoln

(1809–1865) –

AQSHning 16-prezidenti (1861–1865), AQSHda qullikni bekor qilgan. Kambag‘al fermer oilasida o‘sgan.

Yoshligidan jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan. Oilasining moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgani uchun u maktabda bir yilcha o‘qigan, lekin o‘qish va yozishni o‘rganib, kitobga mehr qo‘ydi. 1865-yilda

Vashingtondagi teatrda janubliklar tarafdori aktyor J. V. But tomonidan otib o‘ldirilgan.

Avraam Linkoln

1860-yilgi prezidentlik saylovlarida respublikachilar partiyasidan nomzod, qullikka qarshi siyosiy faoliyati bilan shuhrat qozongan Avraam Linkoln prezident etib saylandi va janubliklarning ko‘p yillik hukmronligiga barham berildi.

Janublik quldorlar mag‘lubiyatni tan olishni istamadilar. 1861-yil fevralda AQSHdan ajralib chiqqan janubiy shtatlar o‘zlarining Konfederatsiyasini tashkil qildilar.

1861-yil boshida ikki qarama-qarshi tomon bir-biriga yuzma-yuz turardi. Qo‘shma Shtatlarning 31 millionli aholisining 2/3 qismi Shimolda yashardi. Mamlakatning deyarli butun sanoati shu yerda joylashgan edi. Oziq-ovqat mahsulotlarining ham ko‘p qismi shu yerda ishlab chiqarilardi. Shu sababli Shimolning g‘alabasi oldindan ma’lum edi, ammo unga erishish uchun to‘rt yil og‘ir, qonli urush kerak bo‘ldi.

Avraam Linkoln

Urushni janubliklar boshladi. 1861-yil aprelda ular Janubiy Karolinadagi Samter federal fortini kuch bilan egallab oldilar. Shimolliklar ham respublikani parchalab yuborayotgan isyonchilarga qarshi kurashga shijoat bilan kirishdilar. Linkolnning armiyaga 75 ming ko‘ngilli so‘rab qilgan murojaatiga 300 ming kishi harbiy xizmatga kirish istagini bildirdi.

Shu tariqa 1861-yili boshlangan fuqarolar urushi 1865-yilgacha davom etdi. Urushda Shimolning 24 ta shtatiga qarshi Janubning 11 shtati kurash olib bordi. Urush Shimolning g‘alabasi va qullikning to‘liq bekor qilinishi bilan yakunlandi. Urush jarayonida ikki mingga yaqin jang bo‘lib, ularda 1,5 millionga yaqin kishi jabrlandi, ulardan 750 ming kishi halok bo‘ldi.

Avraam Linkoln

Urushdan keyingi tiklanish. Urushdan keyin mamlakat oldida davlatning birligini ta’minlash va Janubning vayron bo‘lgan xo‘jaligini tiklash, amalda qullarni ozod qilish muammosi turardi. Hali urush davrida, 1862-yili prezident A. Linkoln AQSH hududida qullikni bekor qilish to‘g‘risida farmon imzolab, 1863-yili “Qullarni ozod qilish to‘g‘risida proklamatsiya”ni e’lon qilgan edi. Ammo janubiy shtatlar buni tan olmadi. Shunda 1865-yil 1-fevralda Kongress AQSH Konstitutsiyasiga 13-tuzatish kiritib, qullikni bekor qildi. Biroq qullarni amalda ozod qilish ancha murakkab jarayon bo‘ldi. Shtatlar 13-tuzatishni juda uzoq ratifikatsiya qilishdi (Missisipi rasman 2013-yili ratifikatsiya qildi). Shuningdek, shaxsiy erkinlikka erishgan qullar yashash vositalaridan mahrum edi. Ko‘plab kechagi qullar yo‘llarda tentirab yurishar, ochlikdan o‘lishar edi. Ularning birdan bir orzusi bir parcha yerga ega bo‘lish edi. Plantatsiyalardagi yer va ish qurollarini bo‘lib olish, har bir kishiga “40 akr yer va bitta xachir” — qora tanlilarning talabi shunday edi. Ayrim joylarda ular plantatorlarning yerlarini egallab, o‘zaro bo‘lib olishar, ba’zan esa qurolli qo‘zg‘olon ham ko‘tarishardi. Ular siyosiy hayotda va ta’lim olish jarayonida to‘liq ishtirok etishni talab qilishayotgan edi. 1866-yil 9-iyulda Kongress konstitutsiyaga 14-tuzatish kiritishni qabul qilib, unga binoan, AQSH hududida tug‘ilgan yoki qonuniy yashab kelayotgan barcha kishilarga, jumladan, qora tanlilarga ham fuqarolik huquqi berildi.

Avraam Linkoln

Janub asta-sekin tiklana bordi. Bu jarayonda Shimol burjuaziyasi katta rol o‘ynadi. Ko‘plab yerlar shimollik kapitalistlar, ofitserlar, siyosatchilar tomonidan sotib olindi. Bu yerlarda yollanma mehnatga asoslangan yirik xo‘jaliklar tashkil qilindi. Sanoat, ayniqsa, mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. Aynan shu davrda AQSHda sanoat to‘ntarishi yakunlandi. Mamlakatni temiryo‘llar tarmog‘i o‘rab oldi, Atlantika okeanidan Tinch okeanigacha bo‘lgan transkontinental temiryo‘l qurib bitkazildi.

AQSHda 1861–1865-yillarda bo‘lib o‘tgan Fuqarolar urushi o‘z mohiyatiga ko‘ra, burjua-demokratik inqilob edi. U AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti masalalarini, ular ichida eng muhimlaridan biri bo‘lgan qulchilikning taqdirini burjuacha ruhda hal qildi. Natijada sanoat jadal rivojlandi, qishloq xo‘jaligida esa kapitalizm rivojlanishining erkin fermerlikka asoslangan “amerikacha” yo‘li qaror topdi.

Avraam Linkoln

XIX asr AQSH asri bo‘ldi. Hali asr boshlarida davlatning bir butunligini saqlab qolish uchun o‘zaro urush olib borgan xalq, asr oxiriga kelib, dunyoning eng rivojlangan va kuchli davlatlaridan birini yaratdi. Keng demokratik erkinliklar, huquq va majburiyatlar tengligi, odamlarning tadbirkorligi va tashabbuskorligi uchun yaratilgan imkoniyatlar asr oxiriga kelib, AQSHni dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylantirdi.

Badiiy-tarixiy asar

doir topshiriq: Yozuvchi Garriyet

Bicher Stouning

“Tom tog‘aning kulbasi” asarini o‘qing va qullarning hayoti haqida sinfda gapirib bering.

Atamalar izohi: Plantatsiya xo‘jaligi — qullar mehnatiga asoslangan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, asosan, katta foyda keltiradigan paxta yetishtiradigan xo‘jalik.

Qo‘shma Shtatlarda qullik rasman bekor qilindi, ammo segregatsiya — oq tanli aholini boshqa etnik guruhlar (asosan, qora tanlilar va hindular)dan ajratish joriy qilindi. U qora va oq tanlilar uchun alohida maktablar, jamoat transportida o‘tirish zonalarini chegaralash (oqlar oldinda o‘tirishi) va hokazolarda namoyon bo‘ldi.

Badiiy-tarixiy asar

Fermer xo‘jaligi – o‘ziga tegishli yoki ijaraga olingan yer uchastkasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik turidagi xususiy qishloq xo‘jaligi korxonasi.

Savollar: Savol va topshiriqlar 1. XIX asrning birinchi yarmida AQSH chegaralari qanday yo‘llar bilan kengaya bordi?
Savollar: 2. Shimoliy va janubiy shtatlarning iqtisodiy rivojlanishi bir-biridan qanday farq qilardi?
Savollar: 3. Dehqonchilik va plantatsiya dehqonchiligini taqqoslang. Qullikka qarshi umummilliy harakatning sabablari nimada edi?
Savollar: 4. Amerikaliklarning tub aholi — hindularga munosabati qanday edi? 5. XIX asrning birinchi yarmida AQSH aholisi tez o‘sishining sabablari nimada? 6. Amerikadagi fuqarolar urushining sabablari va natijalari haqida nimalarni bilib oldingiz?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qo‘shma Shtatlar Missisipi daryosining g‘arbiy qismidagi Luizianani Fransiyadan qaysi yilda sotib oldi?
  1. 1803-yilda
  2. 1819-yilda
  3. 1812-yilda
  4. 1796-yilda

To‘g‘ri javob: 1803-yilda. AQSH Luizianani 1803-yilda Fransiyadan sotib olgan.

Napoleon Bonapart Luizianani AQSHga qancha dollarga sotgan?
  1. 25 million
  2. 15 million
  3. 8 million
  4. 50 million

To‘g‘ri javob: 15 million. Pulga muhtoj bo‘lgan Napoleon Luizianani 15 million dollarga sotgan.

Pulga muhtoj Napoleon Bonapart Luizianani AQSHga qancha dollarga sotgan?
  1. 7,2 million dollarga
  2. 15 million dollarga
  3. 23,1 million dollarga
  4. 150 million dollarga

To‘g‘ri javob: 15 million dollarga. Napoleon Bonapart Luizianani 15 million dollarga sotgan.

1803-yilda AQSH mamlakat hududini birdaniga ikki baravar kengaytirgan Luizianani qanday sharoitda sotib oldi?
  1. Angliya Luizianani 15 million dollarga Fransiyaga qaytarish sharti bilan sotdi
  2. Ispaniya urushda mag‘lub bo‘lib, uni 7,2 million dollarga topshirdi
  3. Pulga muhtoj bo‘lgan Napoleon Bonapart uni 15 million dollarga sotdi
  4. Fransiya uni Meksika bilan almashtirib, hech qanday to‘lovsiz berdi

To‘g‘ri javob: Pulga muhtoj bo‘lgan Napoleon Bonapart uni 15 million dollarga sotdi. Fransiya hukmdori Napoleon pulga muhtoj bo‘lgani uchun Luizianani 15 million dollarga sotgan va AQSH hududi ikki baravar kengaygan.

AQSHda yagona ichki bozor shakllangach, uning ustidan nazorat kimga o‘tgan?
  1. Federal hukumatga
  2. Shtatlar hukumatlariga
  3. Kongressdagi savdo kompaniyalariga
  4. Plantatorlar uyushmasiga

To‘g‘ri javob: Federal hukumatga. Yagona ichki bozor ustidan nazoratning federal hukumatga o‘tishi muhim voqea bo‘lgan.

Yevropadagi Napoleon urushlari AQSH iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
  1. Yevropa savdosini izdan chiqarsa-da, AQSH iqtisodiyotining oyoqqa turishi va gullab-yashnashi uchun katta imkoniyat yaratdi
  2. AQSH savdosini to‘xtatib, iqtisodiyotni uzoq yillik tushkunlikka tushirdi va sanoat rivojlanishini orqaga surdi
  3. Faqat Janub plantatsiyalariga foyda keltirib, Shimol sanoatini inqirozga uchratdi va ishsizlikni keskin oshirib yubordi
  4. AQSHni Yevropa bozorlaridan butunlay ajratib, ichki bozorni parchalab yubordi va shtatlar o‘rtasida bojlarni oshirdi

To‘g‘ri javob: Yevropa savdosini izdan chiqarsa-da, AQSH iqtisodiyotining oyoqqa turishi va gullab-yashnashi uchun katta imkoniyat yaratdi. Urush Yevropa savdosini buzgan bo‘lsa-da, AQSH uchun iqtisodiy yuksalish imkoniyatini yaratgan.

AQSH bilan Meksika o‘rtasidagi urush qaysi yillarda bo‘lib o‘tdi?
  1. 1846–1848-yillarda
  2. 1840–1842-yillarda
  3. 1853–1855-yillarda
  4. 1836–1838-yillarda

To‘g‘ri javob: 1846–1848-yillarda. Texasning qo‘shib olinishi 1846–1848-yillardagi AQSH–Meksika urushiga olib kelgan.

AQSH Angliya bilan uzoq savdodan so‘ng Tinch okeani qirg‘oqlaridagi Origonaning katta qismini qaysi yili egalladi?
  1. 1842-yili
  2. 1853-yili
  3. 1836-yili
  4. 1846-yili

To‘g‘ri javob: 1846-yili. Origonaning katta qismi 1846-yili AQSH qo‘liga o‘tgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiRossiya: taraqqiyotning o‘zgacha yo‘liKeyingi →Yaponiya va Koreya: ma’rifatli boshqaruv va mustaqil taraqqiyot uchun kurash