XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 26-mavzu

Yaponiya va Koreya: ma’rifatli boshqaruv va mustaqil taraqqiyot uchun kurash

1800–1870-YILLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI

26-MAVZU. YAPONIYA VA KOREYA: MA’RIFATLI BOSHQARUV VA MUSTQIL TARAQQIYOT UCHUN KURASH

Siz bilib olasiz: – Yaponiyaning kuch bilan “ochilishi”ni; – Meydzi islohotlarining boshlanishini; – iqtisodiy taraqqiyotning yangi xususiyatlarini; – XIX asrda Koreyaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini.

Yaponiyaning kuch bilan “ochilishi”. XVII asrda Yaponiya chet elliklar uchun yopib qo‘yilgan edi. XIX asr boshlariga kelib, mamlakatni tashqi dunyodan yopib qo‘yish noto‘g‘ri ekanligi ko‘pchilikka ayon bo‘lib qoldi. Ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy jihatdan qoloq bo‘lgan Yaponiya kapitalistik davlatlarning mamlakat eshiklarini kuch bilan ochish uchun urinishlariga qarshilik qila olmasdi. Yevropalik va amerikalik harbiy kemalarning yapon portlariga taklifsiz tashriflari tobora ko‘paya bordi.

26-MAVZU. YAPONIYA VA KOREYA: MA’RIFATLI BOSHQARUV VA MUSTQIL TARAQQIYOT UCHUN KURASH

Va nihoyat, 1854-yili AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi. Shu yili AQSH bilan Yaponiya o‘rtasida “Tinchlik va do‘stlik to‘g‘risida” shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, Yaponiya AQSHga ikkita portini ochdi va AQSH konsulini qabul qildi. AQSHdan so‘ng Yaponiyaga Yevropa davlatlari ham kirib kela boshladilar. Ular syogunni Yaponiyani kamsituvchi, teng bo‘lmagan shartnomalarni imzolashga majbur qildi. Shu tariqa Yaponiyaning siyosiy va iqtisodiy yopiqlik davri tugadi.

Shu davrda mamlakatning ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan tarqoqlik jarayonlari feodallarning bir qismi va burjuaziyaning syogunatga qarshi siyosiy ittifoqi yuzaga kelishiga ko‘maklashdi. Mamlakatda qo‘zg‘olonlar avjiga chiqdi. 1868-yili Fusima va Toba yaqinida muxolifat kuchlar bilan bo‘lgan jangda syogun mag‘lubiyatga uchradi va Edoga qochdi. 1869-yilning bahorida muxolifat qo‘shinlari Xokkaydo orolida to‘plangan syogun tarafdorlarini tor-mor etdi. Syogunat tugadi, imperator hukmronligi tiklandi. Bu yillardagi voqealar Yaponiya tarixida “Meydzi inqilobi” nomini olgan. Bu nom shuning bilan bog‘liqki, imperator Musuxito hukmronligi rasman “Meydzi” deb atalib, aynan “ma’rifatli boshqaruv”ni anglatardi.

26-MAVZU. YAPONIYA VA KOREYA: MA’RIFATLI BOSHQARUV VA MUSTQIL TARAQQIYOT UCHUN KURASH

Meydzi islohotlarining boshlanishi. Yaponiya uchun modernizatsiya davri boshlandi. Hukumat o‘z oldiga milliy an’analardan voz kechmagan, mustaqillikni

Esga oling: Yaponiya o‘zini o‘zi ajratib qo‘yish siyosatini joriy qilishining sabablari va uning belgilarini yodga oling.

Savollar: Esga oling: Yaponiyada syogunat tizimi qancha vaqt davom etgan?

Ma’muriy islohot

Esga oling: XVI–XVII asrlarda

Savollar: Koreyaga yaponlar va manchjurlarning tajovuzi qanday natijalarga olib keldi?

Bu qiziq: Endi sobiq samuraylar davlat xizmatchilariga aylanishdi. Ular busido an’analarida tarbiyalangan bo‘lib, mutlaqo pora olishmas va barcha topshiriqlarni so‘zsiz bajarishar edi. Busido (yap. “busido” – “jangchining yo‘li”) – bu samuraylar kodeksi, jamiyatda, jangda va yolg‘izlikda haqiqiy jangchi uchun qoidalar, tavsiyalar va xatti-harakatlar me’yorlari to‘plami.

to‘la saqlab qolgan holatda G‘arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish vazifasini qo‘ydi. Dastlab agrar islohot o‘tkazildi. Bu islohot yerni sotish va sotib olishga, uni xususiy mulkka aylantirishga ruxsat berdi. Natijada asrlar davomida katta yer egalari uchun mehnat qilib kelgan dehqonlar chek yerga ega bo‘ldilar. To‘g‘ri, yer uchun katta soliq ham belgilab qo‘yildi. Bu soliq qiymati hosildan olinadigan daromad hajmining 50 foiziga teng edi. Shuning uchun ham islohotdan 10 yil o‘tgach, yer olgan dehqonlarning atigi 1/3 qismi o‘zlariga berilgan yerni qo‘llarida saqlab qola oldilar. Qolganlari esa ijarachilarga aylandilar. Shunday bo‘lishiga qaramay, islohot qishloq xo‘jaligida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishini ta’minladi. Ma’muriy sohada o‘tkazilgan islohot mahalliy knyazlar hokimiyatini tugatdi. Knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab yerlarining bir qismi musodara qilindi. So‘ng ular boshqaruv huquqidan ham mahrum etildi. Joylarda hokimiyat imperator tayinlaydigan gubernatorlar qo‘liga o‘tdi.

Ma’muriy islohot

Harbiy islohotga ko‘ra, Yaponiyada umumiy harbiy majburiyat joriy etildi. Samuraylar avvalgi mavqeyini yo‘qotdi. Endi ular doimiy harbiy xizmat qilish imtiyozidan mahrum bo‘ldilar. Yevropacha nusxadagi yangi qo‘shinning shakllantirilishi belgilandi.

Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi. Qo‘shin Yevropadan sotib olingan zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirildi. Garchand qo‘shin yevropacha andoza asosida tuzilgan bo‘lsa-da, uning mafkurasi yaponcha bo‘lib qolaverdi.

Chunonchi, qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar ongiga o‘z davlatining man- faatlariga sodiqlik, imperatorga muhabbat va o‘limni nazar-pisand qilmaslik g‘oyalari izchillik bilan singdirildi. Bu xususiyatlar “yaponcha milliy ruh”ning qirralari, belgilari deb hisoblandi.

Harbiy islohot

Bundan tashqari, yaponlar ongiga Yaponiyaning quyosh xudosi Amaterasu xohishiga ko‘ra paydo bo‘lganligi, shuning uchun ham bu davlat Osmon va Yer kabi abadiy mavjudligi, imperatorga xudo Amaterasudek mehribonlik xos ekanligi, uning hech qachon nohaq bo‘lishi mumkin emasligi singdirilgan.

Imperatorga sodiqlik vatanparvarlikning oliy namunasi ekanligi, yaponlarning boshqalardan ustunligi, millatning ulug‘ vazifasi kabi g‘oyalar ham undanda kam bo‘lmagan sabr-bardosh bilan singdirila borildi.

Ayni paytda G‘arb davlatlari siquviga qarshi turmoq uchun barcha Osiyo davlatlari Yaponiya imperatori hokimiyati ostiga birlashishi lozimligi haqidagi g‘oyalar ham esdan chiqarilmadi.

Harbiy islohot

Iqtisodiy taraqqiyotning yangi xususiyatlari. Meydzi islohotlari mamlakatda feodal tarqoqlikka chek qo‘ydi. Natijada yagona yapon ichki bozori vujudga keldi. Mamlakatda yagona pul birligi – iyena joriy etildi. Hukumat ishlab chiqarishni sanoatlashtirish masalasiga Yaponiyani uning ichki ishlariga chet davlatlar aralashuvi xavfidan himoya qiluvchi asosiy omil deb qaradi. Shuning uchun ham davlat sanoat korxonalari qurilishlariga homiylik qildi. Asosiy sanoat korxonalari davlat mablag‘i hisobiga qurildi, keyinchalik ular imtiyozli asoslarda turli firmalarga sotildi yoki ijaraga berildi. Davlat tadbirkorlikni har tomonlama rag‘batlantirdi va qo‘llab- quvvatladi. Meydzi islohotlari tarixga “Meydzi inqilobi” nomi bilan kirgan.

XIX asr boshlarida Koreya

XIX asr boshlarida Koreya. Bu davrda hokimiyatdan siqib chiqarilgan asilzodalar hukmron guruhga qarshi jangga hozirlanar edi. Li hukmron sulolasiga qarshi boy zamindor Xon Gyon Ne boshchiligidagi eng yirik qurolli qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi. Ular dastlab erishgan bir qator muvaffaqiyatlarga qaramasdan, oxir-oqibatda mag‘lubiyatga uchrab, shafqatsiz jazolandilar, asirga olingan Xon Gyon Ne qatl etildi. Isyonning bostirilishi mamlakatda noroziliklarni to‘xtata olmadi. 1813-yili Chjechjyu orolida dehqonlar va baliqchilarning qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi. Keyin kelgan qurg‘oqchilik yillarida ochlik va kasalliklardan ko‘plab odamlar qirilib ketdi. Shaharlarda ochlarning bir qator isyonlari ro‘y berdi.

Fransuzlarning Koreyaga kirib kelishi

Esga oling: Qirol operator

Savollar: (1724–1776) davrida mamlakatni rivojlantirish maqsadida qanday islohotlar o‘tkazilgan edi?

Yodda tuting: Koreyaga Rossiya,

G‘arb davlatlari,

Xitoy kabi bir nechta davlatlar o‘z ta’sirini o‘tkazish uchun kurashdilar. Ammo

Yaponiya g‘olib chiqdi.

XIX asrning 30–60-yillarida Koreya. XIX asrdan koreys jamiyatining barcha tizimlaridagi inqiroz yanada keskinlashdi. Ichki siyosiy ziddiyatlar tufayli zaiflashgan li sulolasi tanazzulga yuz tutdi. Ana shunday paytda mamlakatga Koreyani chet davlat uchun ochish va uni mustamlakaga aylantirishga intilayotgan kapitalistik davlatlar xavf solayotgan edi. Bu xavf dastlab yevropalik xristian missionerlarining faolligi oshganligi bilan ifodalandi.

Fransuzlarning Koreyaga kirib kelishi

1831-yili Rim papasi Koreya yepiskopligi tuzilganligini e’lon qildi. 1832-yili Koreya qirg‘oqlari yaqinida paydo bo‘lgan kema Buyuk Britaniya nomidan savdo munosabatlari o‘rnatishni taklif qildi, lekin rad javobini oldi. Bu orada xristian cherkovi missionerlari vakillari Koreyaga yashirin kirib kelib, o‘z faoliyatlarini olib borayotgan edilar. Ular, asosan, fransuz missionerlari edi. Bu missionerlarning xristian dinini qabul qilgan koreyslar bilan birga qatl etilishi Koreyaga Fransiyaning harbiy kemalari yuborilishi uchun bahona bo‘ldi. Fransuzlar o‘z missionerla-rining o‘limi uchun tovon sifatida Koreya portlarining ochilishini talab qildilar. Biroq tashrif muvaffaqiyatsiz bo‘ldi, ikkita kema Koreya qirg‘oqlari yaqinida sayozlikka o‘tirib qoldi.

Guruch oshlovchilar

Xitoyning chet davlatlar uchun zo‘ravonlik bilan “ochilishi” va manchjurlarning G‘arbning qudratli davlatlariga taslim bo‘lishi Koreyaning hukmron doiralariga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Seullik hukmdorlar mamlakatni tashqi dunyodan yana ham qattiqroq va yana ham to‘laroq ajratib qo‘yish yo‘liga o‘tdilar.

XIX asrning o‘rtalarida Koreyadagi ichki vaziyat xalq g‘azabining oshib borishi bilan xarakterlanadi. Missionerlardan biri o‘z yashirin xabarida: “Kichik bir uchqun shunday yong‘in keltirib chiqarishi mumkinki, uning oqibatlarini, hatto taxmin qilib ham bo‘lmaydi”, deya yozgandi. Ocharchilik ahvolni yanada og‘irlashtirib yubordi. Dehqonlarning ko‘plab qo‘zg‘olonlari ko‘tarildi, biroq ularning hammasi hukumat tomonidan shafqatsizlik bilan bostirildi.

Guruch oshlovchilar

Bu orada kapitalistik davlatlarning Koreyaga bosimi ham kuchaydi. Ayniqsa, amerikaliklar bir necha bor Koreya portlarini o‘zlari uchun “ochishga” va teng bo‘lmagan shartnomalar tuzishga urinib ko‘rdilar. Lekin ularning barcha urinishlari koreyslarning qattiq qarshiligiga uchradi va amalga oshmadi.

XIX asrda hokimiyatni hokim Li Xa In egalladi. Uning hukmronlik qilish davri “tevongun”, ya’ni “hokim” prezentatsiya nomi bilan mashhur. Tevongun eng muhim davlat lavozim-lariga o‘z odamlarini qo‘yib olgan noron (oqsoqollar) asilzodalar partiyasining zo‘ravonligiga chek qo‘ydi. U, hatto dvoryan bo‘lmagan qatlamlar: savdogarlar, o‘ziga to‘q mayda yer egalarining ayrim vakillariga ham davlat xizmatiga kirish imkoniyatini yaratdi. Koreyaning ilgari hal qiluvchi ta’sirga ega bo‘lgan qudratli asilzodalarini bir qadar zaiflashtirdi. Oddiy kishilar to‘laydigan harbiy soliq barcha qatlamlar uchun majburiy uy boshi solig‘i bilan almashtirildi. Asilzodalar va oddiy xalqni “tenglashtirish” maqsadida xalq uchun qora rangdagi oyoq kiyimni kiyib yurishni taqiqladi. Yangi podsholikning obro‘sini oshirish uchun tevongun XVI asr-da yaponlar bosqini paytida yonib ketgan Kyonbokkun saroyini tikladi.

Guruch oshlovchilar

Biroq Koreya hukmron tabaqalarining zamon talablariga mos iqtisodiy islohotlarni o‘tkazmaganligi, mamlakatni tashqi dunyodan ajratib qo‘yganligi Koreya iqtisodiyotining nochor ahvolda qolaverishiga sabab bo‘ldi. Bu esa, oxir-oqibat, Koreyaning Yaponiya mustamlakasiga aylanib qolishiga olib keldi.

Internet bilan ishlashga doir

Kino foto fono materiallar bilan ishlash: “So‘nggi samuray” filmini tomosha qiling va u haqda do‘stlaringizga so‘zlab bering.

Atamalar mazmuni:

Missionerlik – biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish.

Xarita bilan ishlashga doir

topshiriq: XVIII–XIX asr boshlarida Xitoy

Manchjuriya, Mo‘g‘uliston, Tibet,

Jung‘oriya va boshqa hududlarni o‘z ichiga olgan ulkan imperiya edi. Koreya, Annam (hozirgi Vyetnam) va Birma

Chin sulolasining vassallari bo‘lgan.

Xaritadan ushbu davlatlar va hududlarni toping.

XIX asr, ayniqsa, uning ikkinchi yarmi Yaponiyada kapitalizmning shiddatli rivojlanish davri bo‘ldi. U Meydzi inqilobidan so‘ng an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib industrial taraqqiyot yo‘liga kirdi, kapitalistik taraqqiyot uchun sharoit yaratildi, konstitutsiya qabul qildi, siyosiy partiyalar paydo bo‘la boshladi, huquqiy davlatning belgilari shakllandi.

Xarita bilan ishlashga doir

Yaponiyaning mustamlakasiga aylangan Koreyada ham bu davrda iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasi ta’minlandi, hozirgi zamon koreys madaniyati shakllandi, zamonaviy sanoatning asoslari yaratildi, o‘rtacha umr darajasi ikki marta oshdi, zamonaviy boshlang‘ich ta’lim keng joriy qilindi. Ayni paytda mustamlaka hokimiyati tomonidan koreyslarni kamsitishga qaratilgan avtoritar siyosat olib borilishi milliy-ozodlik harakatiga sabab bo‘ldi.

Savol va topshiriqlar 1. Nima uchun G‘arb davlatlari Yaponiyani kuch bilan ochmoqchi bo‘lganligining sabablarini tushuntiring.

Savollar: 2. O‘ylab ko‘ring, nima uchun boshqa Sharq davlatlaridan farqli ravishda Yaponiyada modernizatsiya jarayoni muvaffaqiyatli o‘tdi?

Xarita bilan ishlashga doir

3. Meydzi islohotlarining Yaponiya taraqqiyotidagi o‘rniga baho bering. 4. Koreya hukumati xristianlik dinining tarqalishiga qattiq qarshilik ko‘rsatishining sabablarini tushuntirib bering.

5. Koreya va Yaponiyaning bu davrdagi rivojlanishini taqqoslang va Koreya orqada qolishining sabablarini ko‘rsating.

Ijodiy ish topshirig‘i: Yaponiyada Meydzi inqilobidan so‘ng madaniy sohada, kundalik hayotda juda katta va qiziqarli o‘zgarishlar ro‘y bergan. Ingliz va rus tillaridagi qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanib yapon jamiyatidagi bu o‘zgarishlar haqida taqdimotga asoslangan hikoya tuzing.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Yaponiya qaysi asrda chet elliklar uchun yopib qo‘yilgan edi?
  1. XVIII asrda
  2. XVI asrda
  3. XIX asrda
  4. XVII asrda

To‘g‘ri javob: XVII asrda. Yaponiya XVII asrda chet elliklar uchun yopib qo‘yilgan.

Qaysi asr boshlariga kelib Yaponiyani tashqi dunyodan yopib qo‘yish noto‘g‘ri ekanligi ko‘pchilikka ayon bo‘lib qoldi?
  1. XVIII asr
  2. XX asr
  3. XVII asr
  4. XIX asr

To‘g‘ri javob: XIX asr. XIX asr boshlariga kelib Yaponiyani yopib qo‘yish noto‘g‘ri ekani ko‘pchilikka ayon bo‘lgan.

XVII asrda Yaponiya tashqi dunyo bilan munosabatlarda qanday holatda bo‘lgan?
  1. Chet elliklar bilan erkin savdo qilgan
  2. Yevropa davlatlarining mustamlakasi bo‘lgan
  3. Chet elliklar uchun yopib qo‘yilgan
  4. Xitoyga qaram bo‘lgan

To‘g‘ri javob: Chet elliklar uchun yopib qo‘yilgan. XVII asrda Yaponiya chet elliklar uchun yopib qo‘yilgan edi.

XIX asr boshlariga kelib Yaponiyaning yopiq siyosatini saqlab qolish imkoni qolmagan edi. Buning asosiy sababi nima?
  1. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy jihatdan qoloq bo‘lib, kapitalistik davlatlarning eshiklarni kuch bilan ochish urinishlariga qarshilik qila olmasdi
  2. Syogunat tizimi tugatilib, imperator hokimiyati qaytadan tiklangan va mamlakat Yevropa tartibida qayta qurilayotgan, shu bois yopiq siyosat ortiqcha edi
  3. Yevropa davlatlari bilan teng huquqli savdo shartnomalari allaqachon tuzilgan, portlar chet ellik savdogarlar uchun ochilgan va savdo kengayayotgan edi
  4. Yaponiya harbiy jihatdan kuchayib, qo‘shni davlatlarga hujum qila boshlagan va dengizdagi savdo yo‘llarini nazorat qilgani uchun yopiq siyosat kerak emas edi

To‘g‘ri javob: Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy jihatdan qoloq bo‘lib, kapitalistik davlatlarning eshiklarni kuch bilan ochish urinishlariga qarshilik qila olmasdi. Qoloq Yaponiya kapitalistik davlatlarning kuch bilan “ochish” urinishlariga qarshilik qila olmasdi.

AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga qaysi yili majbur etdi?
  1. 1862-yili
  2. 1850-yili
  3. 1858-yili
  4. 1854-yili

To‘g‘ri javob: 1854-yili. 1854-yili AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etgan.

AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etganda, ular o‘rtasida qaysi shartnoma imzolandi?
  1. “Tinchlik va do‘stlik to‘g‘risida” shartnoma
  2. “Hamkorlik va ittifoq to‘g‘risida” shartnoma
  3. “Hududlar chegarasi to‘g‘risida” shartnoma
  4. “Savdo va dengiz qatnovi to‘g‘risida” shartnoma

To‘g‘ri javob: “Tinchlik va do‘stlik to‘g‘risida” shartnoma. AQSH bilan Yaponiya o‘rtasida “Tinchlik va do‘stlik to‘g‘risida” shartnoma imzolangan; Yaponiya AQSHga ikkita portini ochgan.

Yaponiyada Fusima va Toba yaqinidagi jangda syogun muxolifat kuchlardan mag‘lub bo‘lib, Edoga qochgan yil qaysi?
  1. 1866-yil
  2. 1868-yil
  3. 1871-yil
  4. 1869-yil

To‘g‘ri javob: 1868-yil. 1868-yili Fusima va Toba yaqinida syogun mag‘lubiyatga uchrab, Edoga qochgan.

Muxolifat qo‘shinlari Xokkaydo orolida to‘plangan syogun tarafdorlarini qaysi yil bahorida tor-mor etdi?
  1. 1872-yil
  2. 1869-yil
  3. 1865-yil
  4. 1870-yil

To‘g‘ri javob: 1869-yil. 1869-yilning bahorida muxolifat qo‘shinlari Xokkaydodagi syogun tarafdorlarini tor-mor etgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← Oldingi1800–1870-yillarda AQSH: fuqarolar urushi va keyingi taraqqiyotKeyingi →Xitoy qo‘zg‘olon va urushlar davrida