XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 27-mavzu

Xitoy qo‘zg‘olon va urushlar davrida

1800–1870-YILLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI

Siz bilib olasiz:

Chin imperiyasining zaiflashuvi. XIX asrning boshlariga kelib, Xitoyda Chin (Sin) imperiyasi inqirozining belgilari tobora aniqroq namoyon bo‘la boshladi. Bu ichki siyosatda ham, iqtisodda ham ko‘zga tashlandi. Amaldorlarning katta qismi poraxo‘rlik botqog‘iga botib, markaziy hokimiyatning obro‘si pasayib ketdi. Alohida viloyatlarga ajratilgan armiya jangovarlik mahoratida va qurollanishda Yevropa armiyalariga teng kela olmasdi.

Chinlar siyosatidan norozilik bir qator xalq harakatlarini keltirib chiqardi. Harakatlarning barchasi qo‘shinlar tomonidan bostirildi.

Siz bilib olasiz:

Iqtisodni ham chuqur inqiroz qamrab oldi. Mamlakatda dehqonlarni yerdan mahrum qilish jarayoni davom etdi, ulardan ko‘pchiligining yer-mulki sudxo‘rlar va savdogarlar qo‘liga o‘tib ketdi. Yer maydonlarining anchagina qismini o‘z qo‘llarida jamlagan ijarachilarning ham ahvoli yaxshi emasdi. Turli xil soliqlar tufayli ularning, hatto kun kechirishlari uchun ham mablag‘ yetishmasdi. Shuningdek, shaharlarda ham aholining ko‘pgina toifalari qiyin iqtisodiy ahvolda edi. Hatto xususiy korxonalarning egalari ham o‘zlarini xotirjam his qila olishmasdi, chunki ular ham yirik savdo birlashmalariga bog‘liq edilar.

Xitoyliklar sochini manchjurliklar kokiliga

majbur qilishar edi.

Yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi natijasida mamlakatda ular ta’sirining ortib borishi chin sulolasi hukumatini xavotirga solib qo‘ydi. Chet elliklarning mamlakatga ko‘plab kirib kelishining oldini olish maqsadida imperator 1857-yilda Xitoy portlarini tashqi savdo uchun yopiq deb e’lon qildi. Bu siyosat keyinchalik “yopiq eshiklar” siyosati degan nom oldi. Shu tariqa Xitoyni tashqi dunyodan ajratib qo‘yish siyosati boshlandi. Tashqi savdo imperator amaldorlari nazorati ostida faqat Guanchjou porti orqaligina olib boriladigan bo‘ldi. Xitoyning “yopiq eshiklar”, ya’ni o‘zini o‘zi yakkalab qo‘yish siyosati feodal tartiblarning saqlanishiga xizmat qildi. Uning iqtisodiy, ijti-moiy va madaniy rivojlanishiga katta zarar yetkazdi. Imperator ma’murlari fan va texnika sohasida boshqa xalqlarning yutuqlarini rad etdilar. Mamlakat qoloqlik bot-qog‘iga botib qoldi.

Xitoyliklar sochini manchjurliklar kokiliga

Ayni paytda Xitoyning “yopiq eshiklar” siyosati ko‘pgina Yevropa mamlakatlarini qoniqtirmas edi. Ular bu davrga kelib, qizg‘in iqtisodiy o‘sish bosqichiga kirgan bo‘lib, o‘z mahsulotlarini sotish uchun yangi bozorlarga, arzon xomashyo manbalariga va ishchi kuchiga muhtoj edilar.

Ayniqsa, Xitoyni ikkinchi Hindistonga aylantirishni istayotgan inglizlarning “Ost Indiya” kompaniyasi alohida faollik ko‘rsatdi. Bu kompaniya 1834-yilgacha Xitoy bilan savdoda monopol huquqdan foydalanardi. Uzoq yillar Angliya portugallardan Makao (Aomin) orolini tortib olishga urindi, lekin bu harakatlarni Xitoy hukumati ma’qullamadi, ular norozilik belgisi sifatida birmuncha vaqt inglizlar bilan savdo munosabatlarini to‘xtatib ham qo‘ydi. Keyin ikkita ingliz missiyasi Xitoyni “ochish” maqsadida bu yerga tashrif buyurdi. Inglizlarning eng katta yutuqlari Xitoyga qo‘shni Hindistondan qoradori kiritishni ko‘paytirgani bo‘ldi. Xitoy bozorida qoradori savdosi bilan shug‘ullanganlar misli ko‘rilmagan daromad olardi. Shu davrda qoradori Xitoyga kiritilayotgan barcha ingliz tovarlari narxining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etardi.

Xitoyliklar sochini manchjurliklar kokiliga

Xitoy dastlab hukmron doiralarda qoradori savdosini taqiqlashga urinib ko‘rdi, ammo bu amalga oshmagach, uni ochiq amalga oshirish haqidagi masala muhokama qilindi.

Afyun urushi

Yodda tuting: XIX asr o‘rtalarida Xitoyda 400 mln ga yaqin aholi yashar va bu Yer shari aholisining salkam

1/3 qismini tashkil qilardi.

Birinchi afyun urushi (1839–1842) Xitoyga afyun kiritilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida chinlar 1839-yili Kanton (hozirgi Guandun provinsiyasi, markazi – Guanchjou shahri) hokimi etib, faqat ma’mur sifatidagina emas, xitoy asilzodalari ilg‘or fikrlovchi qismining vakili sifatida ham buyuk rol o‘ynagan, vatanparvarlik kayfiyatidagi amaldor Lin Szesyuyni tayinladi.

Lin Szesyuy Guandundagi faoliyatini ikki asosiy yo‘nalishda olib bordi – mamlakat ichkarisida qoradori tayyorlovchilar, yetkazib beruvchilar va sotuvchilarga qarshi kurashdi hamda uning chet ellardan kelishini to‘xtatish uchun harakat qildi. U inglizlar olib kelayotgan qoradorilarni portda “hibs”ga oldi. Bunga javoban, ingliz harbiy kemalari Xitoy qirg‘oqlarini to‘pdan o‘qqa tutdi. O‘z navbatida, Lin Szesyuy ham ingliz kemalarining Guanchjouga kelishini taqiqladi.

Afyun urushi

Atamalar mazmuni: “Afyun” so‘zi aslida yunoncha “abijun” – “mudratuvchi”, uxlatuvchi so‘zidan kelib chiqqan, arabchada afyun deyiladi.

O‘zbek tilida ko‘proq “qoradori” deb yuritiladi.

Xitoyda 1854-yilgi Taypinlar qo‘zg‘oloni

Qo‘qon xonligi

Xeyluntszyan

Hindiston

Sintzyan

Yaponiya

Nankin

Nepal

Tayvan Yunnan

Taypinlar qo‘zg‘oloni boshlangan hudud Taypinlar davlati – Taypin tyango

Bu qiziq:

Xitoy harbiy qo‘mondonligi kuchsiz va nochor edi. Xitoy gubernatorlaridan biri afyun urushi paytida paroxodlarning g‘ildiraklarini buqalar emas, mashinalar aylantirishini o‘zi uchun “kashf” etadi.

Yodda tuting: Taypinlar davlatida yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik tugatildi, bo‘linma komandirlarini xalq saylardi, ayol va erkaklarga teng huquq berildi, qizlarning oyog‘ini bog‘lash qadimiy odati bekor qilindi, afyun, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish, qimor o‘yinlari taqiqlandi. Taypinlarni yana

“uzun sochlilar” deb atashgan, chunki fuqarolar

Chin davlatida manchjurlar o‘rnatgan sochini qirib yurish tartibini tan olishmagan.

Bu qiziq:

Bunga javoban, Britaniya hukumati afyun va ingliz tovarlarini olib kirishni qonunlashtirish uchun 1840-yili Xitoyga qarshi urush boshladi. Urush tarixga “Birinchi afyun urushi” nomi bilan kirgan. Bu urush 1842-yilgacha davom etdi. Urushda Xitoy iqtisodiy va harbiy texnika jihatdan qoloqligi tufayli mag‘lubiyatga uchradi. Urush yakunida Buyuk Britaniya Gonkong orolini bosib oldi va Xitoyni chet el savdogarlari uchun bir nechta portlarni ochib qo‘yish haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi. Lekin Xitoy afyun olib kirilishining qonuniy ekanligini tan olmadi.

Taypinlar qo‘zg‘oloni (1850–1864). Birinchi afyun urushida Xitoyning mag‘lubiyatga uchraganligi aholining keng qatlamlarida norozilik uyg‘otdi. Dehqonlarning og‘ir ahvoli asta-sekin hukmron tuzumga qarshi yangi urushga zamin tayyorlardi. XIX asrning 40-yillarida butun Xitoy bo‘ylab yuzta dehqonlar qo‘zg‘oloni alanga oldi. 1850-yilning iyunida taypinlar chinlar hukmronligiga qarshi kurashish va Xitoyda “an’anaviy jamiyat” o‘rnatish uchun yetarli kuchga aylangan edi.

Bu qiziq:

Taypinlarga guandunlik qishloq o‘qituvchisi Xun Syusyuan boshchilik qildi. U dehqonlar orasidan chiqqan bo‘lib, xalq hayotini yaxshi bilardi. Xun Syusyuan xristian dini bilan tanishgandan so‘ng xudo unga Xitoyni iblisdan, Chin imperatorlarini nazarda tutib, xalos qilish va adolat podsholigini – “Buyuk huzurhalovat samo davlati”ni (xitoychasiga – “Taypin tyango”, shu sababli harakat qatnashchilarini “taypinlar” deb atadilar) o‘rnatishni topshirganligini e’lon qildi.

Xun Syusyuan fikricha, bunday davlatlarda dehqonlar jamoa bo‘lib yashashlari, jamoada “hech bir narsada tengsizlik bo‘lmasligi, hammaning to‘q va kiyimi but bo‘lishi uchun yerga ega bo‘lgan holda unga birgalikda ishlov berish, oziq-ovqat bo‘lganida birgalikda tanovul qilish, kiyim-kechak bo‘lganida ularni baravar taqsimlash, pul bo‘lganida uni birgalikda sarflash lozim” edi. Aholi turmushi harbiy tartib asosida qurildi. Har bir oilaning qo‘shinga bitta askar yetkazib berishi belgilab qo‘yildi. Harbiy qism boshlig‘i ayni paytda qism joylashgan hududda davlat hokimiyatini amalga oshirardi. Barcha erkaklar bitta mehnat lageriga, ayollar va bolalar boshqa yerga joylashtirildi.

Taypinlar mag‘lubiyati

Taypinlarning mag‘lubiyati. Qo‘zg‘olon rahbarlarining orzu-umidlari puch xayol edi, xolos. Ularning yerni oilaga, oila a’zolari soniga qarab teng bo‘lib berish haqidagi rejalari qo‘zg‘olonda ishtirok etayotgan mulkdor tabaqalarni qo‘zg‘olondan uzoqlashtirdi. Bu hol taypinlar rahbarlari orasida nizo kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Yer ololmagan dehqonlar esa umidsizlikka tusha boshladilar. Bu esa chin davlati ma’murlariga taypinlarni tor-mor qilishda yordam berdi. Hukumat kuch to‘plab hujumga o‘tdi. Unga Buyuk Britaniya, Fransiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari yordam ko‘rsatdi. Buyuk davlatlar Xitoyda inqirozga yuz tutgan chin sulolasi hukmronligining saqlanib qolishidan manfaatdor edilar.

Taypinlar mag‘lubiyati

1864-yili hukumat qo‘shini qo‘zg‘olon rahbarlari joylashgan Nankin shahrini ishg‘ol qildi. Xun Syusyuan o‘z joniga qasd qildi. Taypinlar qo‘zg‘oloni bostirilganidan keyin chet el mustamlakachilari chin sulolasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirdi va uning yangi-yangi yon berishlariga erishdi.

Madaniyat. XIX asrda Xitoy madaniyatining yuksalishi mamlakatning Yevropa davlatlari yarimmustamlakasiga aylanishi va xalq qo‘zg‘olonlarining kuchayishi sharoitida yuz berdi. Bu jarayonlar Xitoyda an’anaviy jamiyat asoslariga qattiq zarba berib, kapitalistik munosabatlarning keyingi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Yarimmustamlaka tizim va hukmron qatlamning eski tartiblarni saqlab qolishga urinishi ham XIX asr Xitoy madaniyatida yorqin aks etdi.

Xun Syusyuan

Eski an’analarning saqlanib qolinishi va G‘arb madaniyatining ta’siri natijasida bu davrdagi Xitoy madaniyati eski va yangi g‘oyalarning kurashidan iborat rivojlanishning o‘ziga xos bosqichiga qadam qo‘ydi.

Bu davrda Xitoyda tasviriy san’at, kalligrafiya (xattotlik), musiqa, teatr va san’atning boshqa sohalari rivojlandi. XIX asr Xitoy madaniyatining yorqin namoyandalaridan biri rassom Un Szishan bo‘lib, uning asarlari xitoy xalq an’analarini o‘zida yorqin aks ettirganligi bilan hozirgacha o‘z qiymatini yo‘qotmagan.

XIX asrda Xitoyda an’anaviy teatr san’ati bilan bir qatorda, yangi teatr janrlari, opera teatri va soyalar teatri kabi yangi yo‘nalishlar ham paydo bo‘ldi.

Xun Syusyuan

Umuman, bu davr Xitoy madaniyati dunyo sivilizatsiyasidan chuqur iz qoldirdi va butun dunyo bo‘ylab yozuvchilar, rassomlar va musiqachilarni ilhomlantirishda davom etdi.

XIX asrning boshlarida hali buyuk davlat sanalgan Xitoy asr o‘rtalariga kelib, G‘arb davlatlari, so‘ngra esa AQSH, Rossiya va Yaponiyaning ham mustamlakachilik manfaatlari kesishgan eng dolzarb hududga aylandi. Xitoyning iqtisodiy va harbiy qoloqligi uning o‘z-o‘zicha saqlanib qolayotgan buyuk davlat maqomiga qaramasdan, uni G‘arb davlatlarining yarimmustamlakasiga aylantirdi.

Taypinlar bayrog‘idagi

Savol va topshiriqlar 1. Yevropaliklar Xitoyni “ochishga” bo‘lgan harakatining sabablarini tushuntiring.

Savollar: 2. Xitoy qay tarzda buyuk davlatlar asoratiga tushib qoldi? 3. “Yopiq eshiklar” siyosatidan ko‘zlangan maqsad nima edi va u qanday oqibatlarga olib keldi?
Savollar: 4. Xitoyni chet el kapitali uchun ochishda afyun urushlari qanday rol o‘ynadi? 5. Taypinlar qo‘zg‘oloni va uning mag‘lubiyati sabablari haqida nimalarni bilib oldingiz?

Ijodiy ish topshirig‘i: 1700 yil avval Xitoyda paydo bo‘lgan soyalar teatri to‘g‘risida taqdimot tayyorlang va uning butun dunyo bo‘ylab tarqalishi haqida gapirib bering.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Xitoyda Chin (Sin) imperiyasi inqirozining belgilari qaysi asrning boshlariga kelib tobora aniqroq namoyon bo‘la boshladi?
  1. XVII asr
  2. XVIII asr
  3. XIX asr
  4. XX asr

To‘g‘ri javob: XIX asr. XIX asrning boshlariga kelib Xitoyda Chin imperiyasi inqirozining belgilari aniqroq namoyon bo‘la boshladi.

XIX asr boshlarida Chin imperiyasida markaziy hokimiyat obro‘sining pasayishiga nima sabab bo‘ldi?
  1. dehqonlarning soliq to‘lamasligi
  2. amaldorlarning poraxo‘rlikka botishi
  3. savdogarlarning chet elga ketishi
  4. armiyaning ortiqcha kuchayishi

To‘g‘ri javob: amaldorlarning poraxo‘rlikka botishi. Amaldorlarning poraxo‘rligi markaziy hokimiyat obro‘sini tushirgan.

XIX asr boshlarida Chin imperiyasi armiyasi Yevropa armiyalaridan qaysi jihatdan orqada edi?
  1. askarlar soni va ularning jasoratida
  2. ichki intizom va imperator sodiqligida
  3. kiyim-kechak va oziq-ovqat ta’minotida
  4. jangovarlik mahorati va qurollanishda

To‘g‘ri javob: jangovarlik mahorati va qurollanishda. Armiya jangovarlik mahorati va qurollanishda Yevropa armiyalaridan past edi.

XIX asr boshlarida Chin imperiyasi armiyasi Yevropa armiyalariga nima uchun teng kela olmasdi?
  1. Chin armiyasi faqat dengiz urushiga mo‘ljallangan bo‘lib, quruqlikdagi janglarga tayyor emas edi
  2. Viloyatlarga ajratilgan armiya jangovarlik mahorati va qurollanishda Yevropa armiyalaridan orqada qolgan edi
  3. Armiya xorijiy yollanma askarlardan iborat bo‘lib, ularning maoshi o‘z vaqtida to‘lanmasdi
  4. Imperator armiyani butunlay tarqatib yuborib, uning o‘rniga mahalliy xalq to‘dalarini tuzgan edi

To‘g‘ri javob: Viloyatlarga ajratilgan armiya jangovarlik mahorati va qurollanishda Yevropa armiyalaridan orqada qolgan edi. Armiya viloyatlarga bo‘lingan, jangovar mahorat va qurollanish jihatidan Yevropa armiyalaridan past edi; bu inqirozning belgilaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.

Xitoy portlarining tashqi savdo uchun yopiq deb e’lon qilinishi va mamlakatni tashqi dunyodan ajratish siyosati keyinchalik qanday nom oldi?
  1. “yopiq bozor” siyosati
  2. “yopiq eshiklar” siyosati
  3. “ochiq eshiklar” siyosati
  4. “tengsiz shartnomalar” siyosati

To‘g‘ri javob: “yopiq eshiklar” siyosati. Xitoyni tashqi dunyodan ajratib qo‘yish siyosati keyinchalik “yopiq eshiklar” siyosati degan nom oldi.

“Yopiq eshiklar” siyosati davrida tashqi savdo faqat qaysi port orqali olib borilgan?
  1. Guanchjou
  2. Tyanszin
  3. Chjoushan
  4. Shenyang

To‘g‘ri javob: Guanchjou. Tashqi savdo faqat Guanchjou porti orqali yuritilgan.

Xitoyning “yopiq eshiklar” siyosati nimaga xizmat qildi?
  1. kapitalizmning rivojiga
  2. tashqi savdoning kengayishiga
  3. feodal tartiblarning saqlanishiga
  4. fan-texnikaning yuksalishiga

To‘g‘ri javob: feodal tartiblarning saqlanishiga. Yakkalanish siyosati feodal tartiblarni saqlab, rivojlanishga zarar yetkazgan.

“Yopiq eshiklar” siyosati Xitoyning ichki rivojlanishiga qanday ta’sir qildi?
  1. U mamlakatda kapitalistik munosabatlarning tez rivojlanishiga va yangi sanoat markazlari paydo bo‘lishiga olib keldi
  2. U Xitoyda fan va texnika yutuqlarining keng joriy etilishiga hamda aholi farovonligi oshishiga sabab bo‘ldi
  3. U feodal tartiblarning saqlanishiga xizmat qilib, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojiga zarar yetkazdi
  4. U feodal tartiblarni bekor qilib, dehqonlarga yer berilishini ta’minladi

To‘g‘ri javob: U feodal tartiblarning saqlanishiga xizmat qilib, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojiga zarar yetkazdi. Yakkalanish feodal tartiblarni saqlab qoldi, boshqa xalqlarning fan va texnika yutuqlari rad etildi va mamlakat qoloqlikka botdi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYaponiya va Koreya: ma’rifatli boshqaruv va mustaqil taraqqiyot uchun kurashKeyingi →Hindistonning Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylanishi