XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 28-mavzu

Hindistonning Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylanishi

1800–1870-YILLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI

28-MAVZU. HINDISTONNING BUYUK BRITANIYA MUSTAMLAKASIGA AYLANISHI

Siz bilib olasiz: – Buyuk Britaniya mustamlakachilik tartibini; – Sipohiylar qo‘zg‘oloni va uning bostirilishini; – zamonaviy ziyolilar qatlamini shakllantirish uchun harakatni.

Buyuk Britaniya mustamlakachilik tartibi. Inglizlar Hindistonni nisbatan yengil, katta yo‘qotishlarsiz va hindlarning o‘z qo‘llari bilan zabt etdi. Mahalliy sipohiylardan tashkil topgan ingliz qo‘shinlari hind knyazliklarini birin-ketin bosib oldi. Hindistonda o‘z mustaqilligini yo‘qotgan so‘nggi knyazlik Panjob bo‘lib, u 1849-yili “Ost Indiya” kompaniyasi hududiga qo‘shib olindi. Shu tariqa juda katta hududga ega bo‘lgan Hindistonni to‘liq o‘z nazoratiga olish uchun inglizlarga qariyb yuz yil kerak bo‘ldi. Hindiston o‘z tarixida birinchi marta mustaqil davlatchiligidan mahrum qilindi.

28-MAVZU. HINDISTONNING BUYUK BRITANIYA MUSTAMLAKASIGA AYLANISHI

Albatta, Hindiston ilgari ham bosqinchilar tomonidan zabt etilgandi. Ammo mamlakat hududida joylashib olgan begona bosqinchilar hindlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarziga moslashishga intilganlar. Xuddi Angliyadagi normannlar yoki Xitoydagi manchjurlar singari bosqinchilar har doim hind davlatchiligining ajralmas qismiga aylangan edi.

Yangi bosqinchilar mutlaqo boshqacha yo‘l tutdi. Inglizlar bilan hindlarning urf-odat va an’analari, hayot tarzi va qadriyatlar tizimida katta farq mavjud edi. Inglizlar mahalliy aholiga nafrat bilan qarardi, ulardan o‘zlarini uzoq tutib, alohida “yuksak” dunyosida yashardi. Hatto Hindistonga kelgan ingliz ishchilari va fermerlari ham bu yerda o‘zlarini hukmron qatlamga mansubdek his qilardi. Dastlab inglizlar bilan hindlar o‘rtasida o‘zaro nafratdan boshqa hech qanday umumiylik yo‘q edi. Inglizlar o‘zgacha – kapitalistik tipdagi sivilizatsiyaga mansub bo‘lib, u o‘zga xalqlarni ekspluatatsiya qilish evaziga gullab-yashnardi.

28-MAVZU. HINDISTONNING BUYUK BRITANIYA MUSTAMLAKASIGA AYLANISHI

Angliya hukumati tashkil qilgan “Hindiston ishlari bo‘yicha nazorat kengashi” Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatining yo‘nalishlarini belgilab borardi. Buyuk Britaniya parlamenti Hindistonni boshqarish to‘g‘risida qonun qabul qildi. Unga ko‘ra, “Ost Indiya” kompaniyasining Kalkutta shahridagi gubernatori Buyuk Britaniyaning Hindistondagi barcha mustamlakalari general-gubernatori etib tayinlandi. Shu tariqa kompaniya amalda Hindistonni boshqaruvchi mustamlakachi ma’muriyat apparatiga aylantirildi.

Yodda tuting: Qadimgi dunyo va O‘rta asrlarda Hindiston hududini kimlar zabt etganligini eslang va jadval tuzib, xronologik tartibda daftaringizga yozing.

Yodda tuting:

XIX asrning birinchi yarmida ingliz kapitalizmi Hindistonni ingliz tovarlari bozoriga va xomashyosi manbaiga aylantirdi. Qishloq xo‘jaligida paxta, choy, qahva, kauchuk, shakarqamish plantatsiyalari ko‘paydi. Hindistondan

Angliyaga bug‘doy, sholi, choy va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazilgan,

Angliyadan Hindistonga arzon yarimtayyor mahsulotlar olib kelingan.

Ammo inglizlar Hindiston hududining bir qismini bevosita o‘z ma’muriyati orqali boshqarib, qolgan qismini feodal knyazlar qo‘lida qoldirdi. Bu mustaqil knyazliklar taxminan 600 ta edi. Bunday knyazlar mustamlaka ma’murlarining qat’iy nazorati ostida bo‘lib, inglizlar uchun Hindistonni shunday boshqarish oson bo‘lgan.

Yodda tuting:

Mustamlaka zulmi. Hindiston Britaniya tojining eng katta gavhari hisoblangan. Hindistonni zabt etish jarayonida mamlakatning ulkan boyliklari va hind roja (knyaz)larining xazinalari Angliyaga tashib ketildi. Bu esa Angliyadagi sanoat inqilobi uchun ulkan ko‘mak bo‘ldi.

Hindistonni to‘g‘ridan to‘g‘ri talash ekspluatatsiyaning qonuniy shakliga aylandi. Mamlakatni talashning asosiy quroli soliq bo‘lib, juda ulkan miqdordagi soliqlar “Ost Indiya” kompaniyasining xazinasiga tushardi. Ilgari ko‘plab eksport qilingan hind tovarlari uchun endi Yevropa bozorlari yopildi. Ayni paytda ingliz tovarlari hech qanday to‘siqsiz Hindistonga olib kirildi. Oqibatda Hindistonning to‘qimachilik sanoati inqirozga uchradi. Hunarmandlar orasida ishsizlik dahshatli tus oldi. Ishsiz qolgan minglab odamlar ochlikdan o‘lardi.

Sipohiylar qo‘zg‘oloni

Shu tariqa Hindiston Angliyaning iqtisodiy talonchilik manbaiga aylandi. Buyuk Britaniyaning farovonligi va boyligi ko‘p jihatdan hind xalqini talash hisobiga yuz berdi.

Sipohiylar qo‘zg‘oloni. Hindiston ustidan Britaniya hukmronligining o‘rnatilishi oqibatida xalq ommasining ahvoli keskin yomonlashdi, norozilik esa kuchaydi. Sog‘lom fikrlovchi inglizlar ham buning xavfini tushunardi. Ulardan biri: “Chet ellik bosqinchilar hindlarga nisbatan zo‘ravonlik va hatto qattiq shafqatsizlik ham qilgan, ammo hali hech kim ularga bizchalik nafrat bilan munosabatda bo‘lmagan”, – deb yozgan edi.

XIX asrning 50-yillarida mamlakatda inglizlar zulmidan norozilik keskin kuchaydi. Inglizlar hindlar va musulmonlarni zo‘rlik bilan xristian diniga o‘tkazishi haqida mamlakat bo‘ylab tarqalgan xabar norozilikni yanada kuchaytirdi. Inglizlarga nisbatan dushmanlik hissi faqat kambag‘al qatlamni emas, balki mustamlaka ma’muriyati tomonidan huquqlari cheklangan feodal zodagonlar, kichik yer egalari va qishloq oqsoqollarining ham bir qismini qamrab olgan edi. Hatto yagona uyushgan harbiy kuch – sipohiylar orasida ham mustamlakachilik tartiblaridan norozilik tobora kuchayib, ular qo‘zg‘olonga tayyorlana boshlaydi.

Sipohiylar qo‘zg‘oloni

Sipohiylar qo‘zg‘olonining boshlanishiga bevosita turtki bo‘lgan narsa qo‘shinda patron bilan o‘qlanadigan miltiqning joriy etilishi bo‘ldi. Yangi patronning usti qalin qog‘oz bilan qoplangan bo‘lib, patronni miltiq stvoliga solishdan oldin po‘stloqni tish bilan yirtib tashlash kerak edi. Bu qog‘oz po‘stloq ustiga esa yog‘ surtilgan bo‘lgan. Sipohiylar orasida shu yog‘ sigir va cho‘chqa yog‘ining aralashmasidan tayyorlangan, degan gap tarqalib ketdi.

Hinduiylik dinida sigir muqaddas hisoblanadi va uning go‘shti iste’mol qilinmaydi. Hind sipohiy sigir yog‘i, musulmon sipohiy esa cho‘chqa yog‘i ishlatilgan patronni tishi bilan tishlash o‘z dinining ongli ravishda qattiq tahqirlanishi (islomda cho‘chqa go‘shti harom hisoblanadi) deb qabul qildi. Oqibatda ular yangi patronni olishdan bosh tortdilar. Bu hodisa oxiri qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi.

Sipohiylar qo‘zg‘oloni

Hindiston tarixida “Mustaqillik uchun birinchi urush” deb nom olgan Sipohiylar qo‘zg‘oloni 1857-yilda boshlandi. Sipohiylar tez orada Dehli shahrini egalladilar. Shoh saroyiga bostirib kirishib, boburiy hukmdor Bahodirshoh II ni hind xalqini mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga chorlovchi chaqiriqni imzolashga majbur etdilar.

Qo‘zg‘olonning bostirilishi. Buyuk Britaniya Hindistonga qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuborishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng harbiy kuch ustunligi Buyuk Britaniya bosqinchilari tomoniga o‘tdi.

Sipohiylar qo‘zg‘oloni qatnashchilarning qatl etilishi

Esga oling: Boburiylar sulolasi

Hindistonda 1526–1858-yillarda, Buyuk Britaniya – 1858–1947-yillarda hukmronlik qilgan.

O‘zingizni sinang: Hindiston general-gubernatori

1834-yili Londonga: “Hindiston tekisliklari to‘quvchilar suyaklari bilan to‘ldi”, – deya xabar bergandi.

Shu general-gubernator nomidan hindlarning ahvoli to‘g‘risida

Londonga batafsil hisobot tayyorlashga urinib ko‘ring.

Malika Lakshmi Bay

Bu qiziq: Hindistonning milliy qahramonlaridan biri taxminan 20 yoshlardagi rani (malika) Lakshmi Bay asrab olingan o‘g‘lini orqasida ko‘tarib, inglizlarga qarshi isyonchilarga rahbarlik qilgan.

Unga qarshi kurashgan ingliz generali bu jasoratli ayolni qo‘zg‘olon rahbarlari orasida

“eng dovyurak va eng jasur” deb atagan. U inglizlarga qarshi beayov janglarning birida halok bo‘lgan.

Britaniya qo‘shini qo‘zg‘olonchilar egallagan shaharlarni qamal qilib, ularni shturm bilan egalladilar. Aholi o‘zini qahramonona himoya qildi. Janglar ko‘chalarda olib borildi. Mustamlakachilar to‘plarni fillarga ortib, Dehliga olib kirdilar va bu tadbir jang taqdirini hal qildi.

Malika Lakshmi Bay

Qo‘zg‘olonni bostirish paytida dahshatli vahshiyliklar qilindi. Buyuk Britaniya askarlari xotin-qizlar, bolalar va keksalarni ayashmadi. Asir tushganlarni bir joyga to‘plangan olomon oldida to‘p og‘ziga bog‘lardilar va to‘pdan o‘q otib, parchaparcha qilib tashlardilar.

Mustamlakachilar 1858-yilda Hindistonni Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qildilar. Qo‘zg‘olonchilar tor-mor keltirilgan bo‘lsa-da, inglizlar ba’zi islohotlarni o‘tkazishga majbur bo‘ldilar. Chunonchi, yer egalarining soliqlarni oshirishi taqiqlab qo‘yildi. Mahalliy knyazlarning o‘z yerlariga egaligi daxlsiz deb e’lon qilindi. “Ost Indiya” kompaniyasi esa tugatildi. Hindistonni boshqarish Britaniya ma’murlari qo‘liga o‘tdi.

Malika Lakshmi Bay

Zamonaviy ziyolilar qatlamini shakllantirish uchun harakat. Boburiylar imperiyasi qulagandan so‘ng imperiyaning madaniy taraqqiyoti ham to‘xtagan edi. Ingliz mustamlakachiligi va to‘xtovsiz urushlar oqibatida tasviriy san’at, arxitektura va san’atning boshqa turlari inqirozga yuz tutdi.

Malika Lakshmi Bay

Savollar: Esga oling: Hind xalqining qaysi dostonlarini bilasiz? Ular qaysi tilda yozilgan?

Hindistonning yangi xo‘jayinlari hindlarning madaniy qadriyatlarini rad etishdi, xalqni qashshoqlik va jaholat domiga tashladi. Bir ingliz amaldori pisandsizlik bilan: “Inglizlarning bir to‘plam kitobi butun Hindiston va Afrika adabiyotining hammasidan qimmat turadi”, – degan edi.

Shunga qaramasdan, XIX asrning o‘rtalariga kelib, inglizlar Hindistonda o‘ta murakkab va ziddiyatli yevropalashtirish va modernizatsiyalash jarayonini, ya’ni juda ulkan mustamlakani G‘arbiy Yevropa sivilizatsiyasining yutuq va imtiyozlari hamda kamchiliklariga jalb qilish jarayonini boshladi. Hindlar esa ularning an’anaviy hayot tarziga xavf solayotgan yangi tartiblarni qabul qilishni istamadi.

Malika Lakshmi Bay

Inglizlar ma’lumotli hindlarning kichik guruhiga muhtoj bo‘lib, qoni va rangi hind, didi, tili va fikrlash usuli ingliz bo‘lgan shunday qatlamni tarbiyalashga kirishdi. Bu ishni amalga oshirish maqsadida XIX asrning 30-yillarida Yevropa tipidagi kam sonli o‘rta maktablar ochildi, ularda boy hind oilalarining bolalari o‘qiy boshladi. Ta’lim xarajatlari uncha yuqori bo‘lmasa-da, bunga faqat boy oilalarning qurbi yetardi. Oqibatda 1947-yili inglizlar Hindistonni tark etgandan so‘ng mamlakat aholisining 89 foizi savodsizligicha qolgan edi.

Inglizlar o‘z maqsadlari yo‘lida oliy ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi – 1857-yiliyoq Hindistonda Yevropa tipidagi dastlabki uchta universitet ochildi. Britaniya ta’lim tizimining bitiruvchilari bo‘lgan ayrim hindlar o‘z vatani, uning madaniyatiga nafrat bilan qaray boshladilar, ammo bu holat ommaviy tus olmadi. Buning sababi shundaki, bu vaqtga kelib, inglizlar va boshqa yevropaliklarning o‘zlari ham qadimiy hind madaniyatiga katta qiziqish va hurmat bilan qaray boshladilar.

Malika Lakshmi Bay

Shuningdek, hind milliy madaniyatining G‘arb madaniyati bilan yaqinlashuvi yuz berib, bu keyinchalik “Hind uyg‘onishi” nomini olgan diniy va madaniy hayotdagi chuqur o‘zgarishlar uchun asos bo‘ldi.

Shunday qilib, XIX asrning 70-yillarigacha Hindistonning iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Sekinlik bilan bo‘lsa-da, kapitalizm rivojlandi. Milliy-ozodlik harakati paydo bo‘lib, ingliz mustamlaka hukmronligiga qarshi kurash kuchaydi. Mustamlakachilarning urinishlariga qaramasdan, hind xalqi o‘zining qadim madaniyati va milliy urf-odatini saqlab qoldi.

Atamalar mazmuni:

Sipohiylar (fors. – “askar”) — inglizlar tomonidan mahalliy aholi orasidan yollangan askarlar.

Internet bilan ishlashga doir

topshiriq: XIX asrda hind xalqining nochor ahvoli va Sipohiylar qo‘zg‘oloni to‘g‘risida rasmlarni topib, taqdimot tayyorlang.

Savollar: Savol va topshiriqlar 1. Hindistonda o‘rnatilgan Buyuk Britaniya mustamlakachilik tartiblari haqida nimalarni bilib oldingiz?
Savollar: 2. Mustamlakachilar Hindistonni qay tariqa boshqardilar? 3. Sipohiylar qo‘zg‘olonining sabablarini tushuntirib bering. 4. Buyuk Britaniya hukumati qo‘zg‘olonni bostirish uchun qanday choralar ko‘rdi va qo‘zg‘olonning tarixiy ahamiyati nimalardan iborat edi?
Savollar: Ijodiy ish topshirig‘i: Nima uchun Hindistonni “Britaniya imperiyasi tojidagi marvarid” deb atashgan? Izohlab bering.

29-MAVZU. USMONIYLAR IMPERIYASI INQIROZ VA ISLOHOTLAR DAVRIDA

Siz bilib olasiz: – XIX asr boshlaridagi Turkiyani; – Mahmud II islohotlarini; – Tanzimatning boshlanishini; – Turkiya madaniyatini.

Esga oling: Nima uchun

XIX asrda yevropaliklar

XIX asr boshlarida Turkiya. Asr boshlarida Usmoniylar imperiyasi inqirozni boshdan kechirayotgan edi. Bu paytda Turkiyaning o‘z hududidan tashqari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi barcha arab mamlakatlari ham imperiya tarkibiga kirardi. Sanoat to‘ntarishini amalga oshirgan Yevropa mamlakatlaridan farqli ravishda, islom dunyosi turg‘unlik va tushkunlikni boshdan kechirayotgan edi.

Shuningdek, aynan shu davrda Yevropa davlatlari Usmoniylar imperiyasi hududini bo‘lib olish uchun kurashni avj oldirdi. 1830-yili Fransiya Jazoirni bosib oldi, Marokash ham Fransiya protektorati bo‘lib qoldi. 1801-yili Misrni inglizlar egalladi, ammo ular bu yerda o‘rnashib ololmadilar, shuningdek, sulton Salim I ning o‘z hokimiyatini tiklash uchun urinishi ham muvaffaqiyat qozonmadi. 1805-yili Misrda navbatdagi qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Muhammad Ali mamlakatning hukmdori deb e’lon qilindi. Sulton o‘z obro‘sini saqlab, Muhammad Aliga posho unvonini in’om qilgan bo‘lsa-da, amalda Turkiya Misr ustidan o‘z hukmronligini yo‘qotdi. Bir paytlar dunyoning eng qudratli davlati bo‘lgan, yevropaliklarni zir titratgan imperiyaning intihosi yaqinlashib qolgandi.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Hindistonda mustaqilligini yo‘qotgan so‘nggi knyazlik Panjob “Ost Indiya” kompaniyasi hududiga qaysi yili qo‘shib olindi?
  1. 1857-yili
  2. 1845-yili
  3. 1849-yili
  4. 1839-yili

To‘g‘ri javob: 1849-yili. Panjob 1849-yili “Ost Indiya” kompaniyasi hududiga qo‘shib olindi.

Hindistonda mustaqilligini yo‘qotgan so‘nggi knyazlik — Panjob qaysi yili “Ost Indiya” kompaniyasi hududiga qo‘shib olingan?
  1. 1757-yili
  2. 1849-yili
  3. 1857-yili
  4. 1858-yili

To‘g‘ri javob: 1849-yili. So‘nggi mustaqil knyazlik Panjob 1849-yili qo‘shib olingan.

Hindistonni to‘liq o‘z nazoratiga olish uchun inglizlarga qancha vaqt kerak bo‘ldi?
  1. qariyb o‘n yil
  2. qariyb ellik yil
  3. qariyb ikki yuz yil
  4. qariyb yuz yil

To‘g‘ri javob: qariyb yuz yil. Hindistonni to‘liq bosib olish uchun qariyb yuz yil kerak bo‘ldi.

Inglizlar Hindistonni nisbatan yengil va katta yo‘qotishlarsiz zabt etishining asosiy omili nima edi?
  1. Hind knyazliklarining o‘zaro ittifoq tuzib, inglizlarga qarshi birgalikda jang qilishdan bosh tortgani
  2. Ingliz armiyasi Yevropadan keltirilgan ko‘p sonli askarlardan iborat bo‘lib, hind qo‘shinlaridan ustun kelgani
  3. Ingliz qo‘shinlari mahalliy sipohiylardan tashkil topgani va hind knyazliklari birin-ketin bosib olingani
  4. Boburiylar sulolasi inglizlarga o‘z xohishi bilan taxtni topshirgani va hokimiyatni bergani

To‘g‘ri javob: Ingliz qo‘shinlari mahalliy sipohiylardan tashkil topgani va hind knyazliklari birin-ketin bosib olingani. Inglizlar zabt jarayonida mahalliy sipohiylardan tuzilgan qo‘shinlardan foydalanib, knyazliklarni birin-ketin egallagan; shu sababli ular hindlarning o‘z qo‘llari bilan zabt etdi.

I. Panjob Hindistonda mustaqilligini yo‘qotgan so‘nggi knyazlik bo‘lgan. II. Hindistonni to‘liq nazoratga olish uchun inglizlarga qariyb yuz yil kerak bo‘lgan. III. Panjob 1849-yili Boburiylar imperiyasi hududiga qo‘shib olingan. Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri?
  1. faqat I
  2. I va II
  3. II va III
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. Panjob 1849-yili “Ost Indiya” kompaniyasi hududiga qo‘shib olingan, shuning uchun III hukm noto‘g‘ri; I va II to‘g‘ri.

Oldingi bosqinchilar Hindistonda nima uchun ingliz bosqinchilaridan farq qilgan?
  1. hind aholisiga nafrat bilan qaragan
  2. o‘zlarini alohida “yuksak” dunyoda tutgan
  3. hind davlatchiligining ajralmas qismiga aylangan
  4. Hindistonni faqat xomashyo manbaiga aylantirgan

To‘g‘ri javob: hind davlatchiligining ajralmas qismiga aylangan. Normannlar yoki manchjurlar kabi oldingi bosqinchilar hind davlatchiligining qismiga aylangan.

Hindistonni ilgari zabt etgan bosqinchilar bilan inglizlar o‘rtasidagi asosiy farq nimada edi?
  1. Oldingi bosqinchilar hind hayot tarziga moslashib davlatchilikning bir qismiga aylangan, inglizlar esa mahalliy aholidan o‘zini uzoq tutgan
  2. Oldingi bosqinchilar hindlarni zo‘rlik bilan yangi dinga o‘tkazgan, inglizlar esa diniy e’tiqodga umuman aralashmay, mahalliy urf-odatni to‘liq saqlagan
  3. Oldingi bosqinchilar mamlakatdan boyliklarni tashib ketgan, inglizlar esa hind iqtisodiyotiga katta sarmoya kiritib, uni yuksaltirgan
  4. Oldingi bosqinchilar Hindistonni faqat dengiz orqali bosib olgan, inglizlar esa quruqlikdan hujum qilib, shimoldan kirib kelgan

To‘g‘ri javob: Oldingi bosqinchilar hind hayot tarziga moslashib davlatchilikning bir qismiga aylangan, inglizlar esa mahalliy aholidan o‘zini uzoq tutgan. Matnga asosan, ilgarigi bosqinchilar hind davlatchiligining ajralmas qismiga aylangan; inglizlar esa o‘zini “yuksak” dunyoda tutib, hindlarga nafrat bilan qaragan.

Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosati yo‘nalishlarini qaysi organ belgilab borgan?
  1. Hindiston gubernatorlari maxsus qo‘mitasi
  2. Britaniya savdo-sanoat palatasi komissiyasi
  3. Hindiston ishlari bo‘yicha nazorat kengashi
  4. Kalkutta savdogarlari uyushmasi kengashi

To‘g‘ri javob: Hindiston ishlari bo‘yicha nazorat kengashi. Siyosat yo‘nalishini Hindiston ishlari bo‘yicha nazorat kengashi belgilagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXitoy qo‘zg‘olon va urushlar davridaKeyingi →Usmoniylar imperiyasi inqiroz va islohotlar davrida