Usmoniylar imperiyasi inqiroz va islohotlar davrida
1800–1870-YILLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI
29-MAVZU. USMONIYLAR IMPERIYASI INQIROZ VA ISLOHOTLAR DAVRIDA
Siz bilib olasiz: – XIX asr boshlaridagi Turkiyani; – Mahmud II islohotlarini; – Tanzimatning boshlanishini; – Turkiya madaniyatini.
Esga oling: Nima uchun
XIX asrda yevropaliklar
XIX asr boshlarida Turkiya. Asr boshlarida Usmoniylar imperiyasi inqirozni boshdan kechirayotgan edi. Bu paytda Turkiyaning o‘z hududidan tashqari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi barcha arab mamlakatlari ham imperiya tarkibiga kirardi. Sanoat to‘ntarishini amalga oshirgan Yevropa mamlakatlaridan farqli ravishda, islom dunyosi turg‘unlik va tushkunlikni boshdan kechirayotgan edi.
29-MAVZU. USMONIYLAR IMPERIYASI INQIROZ VA ISLOHOTLAR DAVRIDA
Shuningdek, aynan shu davrda Yevropa davlatlari Usmoniylar imperiyasi hududini bo‘lib olish uchun kurashni avj oldirdi. 1830-yili Fransiya Jazoirni bosib oldi, Marokash ham Fransiya protektorati bo‘lib qoldi. 1801-yili Misrni inglizlar egalladi, ammo ular bu yerda o‘rnashib ololmadilar, shuningdek, sulton Salim I ning o‘z hokimiyatini tiklash uchun urinishi ham muvaffaqiyat qozonmadi. 1805-yili Misrda navbatdagi qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Muhammad Ali mamlakatning hukmdori deb e’lon qilindi. Sulton o‘z obro‘sini saqlab, Muhammad Aliga posho unvonini in’om qilgan bo‘lsa-da, amalda Turkiya Misr ustidan o‘z hukmronligini yo‘qotdi. Bir paytlar dunyoning eng qudratli davlati bo‘lgan, yevropaliklarni zir titratgan imperiyaning intihosi yaqinlashib qolgandi.
29-MAVZU. USMONIYLAR IMPERIYASI INQIROZ VA ISLOHOTLAR DAVRIDA
Mahmud II islohotlari. Sulton Mahmud II mamlakatni inqirozdan olib chiqishga harakat qildi va bir qator islohotlarni amalga oshirdi. U 1826-yilning may oyida chet ellik ofitserlar yordamida yangi qo‘shin tashkil qilish to‘g‘risida farmon imzoladi.
Mahmud II
Bu islohotlarning boshlanishi edi. Ammo oradan bir oy o‘tgach, yanicharlar isyon ko‘tardilar. Sulton uchun bu kutilmagan hodisa emasdi, aytish mumkinki, uning o‘zi yanicharlarni bir yo‘la tugatish maqsadida ularni bu qo‘zg‘olonga undadi. Yanicharlarni jazolash bir necha kun davom etdi, bu juda dahshatli va qonli bo‘ldi. O‘n minglab yanicharlarning jasadlari Marmar dengizi va Bosforga uloqtirildi.
Bu voqea shunga olib keldiki, Turkiyaning xalqaro ahvoli yomonlashgan bir paytda eski armiya yo‘q qilingan, yangisi esa hali tuzilmaganligi mamlakatning harbiy qudratiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Oqibatda 1829-yilgi rus–turk urushida Turkiya mag‘lubiyatga uchradi.
Mahmud II
Islohotlarning keyingi bosqichi, asosan, quyidagilarni amalga oshirishga qaratildi: harbiy-len tizimini bekor qilish, katta qiyinchilik tug‘dirayotgan ichki bojxonalarga barham berish, viloyatlar hokimlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri sultonga bo‘ysunishini ta’minlaydigan yangi boshqaruv tizimini joriy qilish. Bu turk feodallari sultonni qo‘llaydigan, yetarli majburlash kuchiga ega bo‘lgan viloyatlarga tegishli bo‘lib, chekka o‘lkalar amalda mustaqil bo‘lgan hukmdorlar va noiblar qo‘lida qolaverdi.
Hukumatdagi eski lavozimlar o‘rniga yevropacha tipdagi ichki ishlar, tashqi ishlar, moliya vazirliklari tashkil etildi. Istanbulda harbiy-tibbiyot bilim yurti ochildi, 1832-yildan turk tilida birinchi gazeta – “Voqealar kundaligi” nashr qilina boshladi.
Mahmud II
Turkiyada kapitalizmning rivojlanishiga yana bir to‘siq shiddat bilan kirib kelayotgan chet el kapitali edi. Mahmud II bunga nafaqat qarshilik qilmadi, balki uni rag‘batlantirdi ham.
1838-yili Angliya Turkiyani savdo konvensiyasi imzolashga majbur qildi. Unga ko‘ra, Turkiyaga olib kiriladigan barcha ingliz tovarlariga ular qiymatining 5 foizi miqdorida boj solig‘i o‘rnatildi. Natijada turklarning kosibchilik sanoati narxi arzon bo‘lgan chet el tovarlari bilan raqobatlashish uchun oxirgi imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Yodda tuting: Tanzimat davrida (XIX asr o‘rtalarida)
Turkiyada madaniyat sohasidagi islohotlar: birinchi universitetlar, akademiyalar va pedagogik maktablar, dunyoviy (ya’ni diniy bo‘lmagan)
Mahmud II
maktablar paydo bo‘ldi; Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy va siyosiy fanlar maktabi tashkil etildi. Tarixda birinchi marta Usmoniylar imperiyasidan talabalar xorijga o‘qishga ketishdi.
Tanzimat
Yodda tuting: Tanzimat (arab. “tanzim” – “tartib o‘rnatish”) – 1839–1876-yillarda Usmoniylar imperiyasining barcha sohalarini modernizatsiyalashtirish (yangilash, zamonaviy tus berish)ga yo‘naltirilgan islohotlar.
Tanzimatning boshlanishi. Shunday og‘ir sharoitda Turkiyaning hukmron doiralari islohotlar yo‘li bilan imperiyani halokatdan saqlab qolish uchun bu safar ancha jiddiy harakat boshladilar. Islohotlarsiz imperiya tarkibidagi turk bo‘lmagan xalqlarning ozodlik harakatlarini bostirish, xalq ommasining noroziligini pasaytirish va Usmoniylar imperiyasining butunligini saqlab qolish mumkin emasdi. Bu qarashning tarafdorlari Mustafo Rashid posho boshchiligidagi kichik, ammo nufuzli, yevropacha ta’lim olgan turk feodal byurokratiyasi edi. Mustafo Rashid posho tayyorlagan memorandum “Tanzimat” nomi bilan ma’lum bo‘lgan islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.
Tanzimat
Bu islohotlar chala, bir tomonlama xarakterga ega bo‘lib, ular zodagonlar va ruhoniylarning jiddiy qarshiligiga uchradi va natijada oxirigacha amalga oshirilmadi.
Qrim urushi (1853–1856). Shunday bir sharoitda Rossiya imperatori Nikolay I Turkiya hududida yashovchi barcha pravoslav xristianlarga Rossiyaning homiylik qilish huquqini tan olish to‘g‘risida ultimatum topshiradi. Bu ikki davlat o‘rtasida urushning boshlanishiga olib keldi.
Aslida 1853–1856-yillardagi Qrim urushining asosiy sabablari Rossiyaning Bolqon va Yaqin Sharqdagi diniy, siyosiy va iqtisodiy manfaatlarining boshqa Yevropa mamlakatlari manfaatlari bilan to‘qnashuvi bo‘ldi. Ushbu mintaqalarda Rossiya ta’siri kuchayishining oldini olish maqsadida Turkiya, Angliya va Fransiya tarkibida hamda boshqa Yevropa mamlakatlarining qo‘llab-quvvatlashida harbiy koalitsiya tuzildi.
Tanzimat
Harbiy harakatlar keng hududga yoyilib, Kavkaz, Dunay knyazliklari hamda Boltiq, Qora, Azov, Oq va Barens dengizlari, shuningdek, Kamchatka va Kuril orollarini ham qamrab oldi. Koalitsiyaning Rossiyaga qarshi asosiy qonli janglari Qrimda bo‘ldi va urush shu sababli “Qrim urushi” degan nom oldi.
Urushda Buyuk Britaniya, Fransiya va Turkiya uchlik ittifoqi g‘alaba qozondi. Biroq bu g‘alaba Turkiyaning Buyuk Britaniya va Fransiyaga qaramligini yanada kuchaytirdi. Urush natijasida 1856-yil 30-mart kuni imzolangan Parij tinchlik shartnomasi Turkiya ustidan amalda G‘arb davlatlarining “homiyligi”ni o‘rnatdi. Chet elliklarga Turkiyada yer va boshqa ko‘chmas mulklar sotib olishga ruxsat berildi. Xorijiy davlatlarga berilgan konsessiyalar kafolatlandi. Shu tariqa Turkiyaning yarimmustamlakaga aylanishi uchun yo‘l ochildi. XIX asrning 60-yillariga kelib, mustamlakachi davlatlar Turkiyada uning siyosatini belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy mavqega ega bo‘lib oldilar.
Qrim uchun jang
Turkiyaning chet davlatlardan qarzi 2,4 mlrd frankka teng bo‘ldi. Shu tariqa bir vaqtlar dunyoning 3 qit’asida ham katta-katta mustamlakalarga ega bo‘lib olgan Turkiya endilikda Yevropaning kuchli davlatlari yarimmustamlakasiga aylandi.
Tanzimatning yangi bosqichi. “Yangi usmoniylar”. Mamlakatda feodal qoldiqlarning saqlanib qolayotganligiga qaramasdan, burjua munosabatlari ham rivojlana boshlagan, bozor munosabatlari aholining ko‘plab qatlamini qamrab olayotgan edi. Ammo burjua munosabatlarining jadal rivojlanishi uchun feodal qoldiqlar to‘siq bo‘lib, jamiyatning ilg‘or qatlamlari orasida mavjud holatga qarshi norozilik kayfiyati shakllana boshladi. Kelib chiqishi feodal bo‘lsa-da, g‘oyasi burjuacha bo‘lgan ziyolilar bu norozilikning ifodachilari bo‘ldilar.
Qrim uchun jang
Bu qiziq: Qrim urushi vaqtida ruslar Sevastopol shahrini ingliz, fransuz va turklardan 350 kun himoya qilishgan.
Sevastopol himoyasida buyuk rus yozuvchisi
L. N. Tolstoy qatnashgan. Urushda Rossiya mag‘lub bo‘lib, Qora dengizdagi flotidan ayriladi.
Shu urushdan keyin Rossiya imperatori Aleksandr II diqqat-e’tiborini krepostnoylikni bekor qilish va O‘rta Osiyoni bosib olishga qaratadi.
Temiryo‘llar, telegraf liniyalari, sanoat korxonalarining qurilishi
TANZIMAT
Yer, fuqarolik va jinoiy kodekslarning qabul qilinishi
Pul islohoti
Dunyoviy mazmundagi maktablarning ochilishi
Milliy harakatlarga yon bosish va ularning teng huquqli ekanligini tan olish
Yevropa davlatlari bilan hamkorlik
Xristianlarni davlat tashkilotlariga xizmatga olish
O‘zingizni sinang:
Kreditlar olish
Iqtisodga chet el kapitalini jalb etish
Chet elliklarning Turkiyada yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini kafolatlash
Ibrohim Shinasi
1865-yili Istanbulda maxfiy siyosiy tashkilot tuzilib, o‘z oldiga Turkiyada konstitutsion tuzum joriy qilinishiga erishishni maqsad qilib qo‘yadi. Tashkilot 250 ga yaqin a’zoga ega bo‘lib, ularning orasida dramaturg Namiq Kemal hamda boshqa yozuvchi va jurnalistlar bilan bir qatorda, amaldorlar, ofitserlar va savdo burjuaziyasi vakillari ham bor edi. Tashkilot a’zolari o‘zlarini “Yangi usmoniylar” deb atadilar. Yevropada bu tashkilot “Yosh Turkiya”, uning ishtirokchilari – “Yosh turklar” nomini oldi.
“Yosh turklar” sulton Abdul Azizni konstitutsiya qabul qilishga ishontirish yoki majbur qilish umidida edilar. 1865-yili ular tashkillashtirgan fitna tez orada fosh qilindi. “Yosh turklar”ning bir qismi qamoqqa olindi, ba’zilari chet elga qochib ketdi. Ularga xayrixoh bo‘lganlar ham ta’qib va qatag‘onga uchradilar.
Ibrohim Shinasi
Turkiya madaniyati. Bu davr Turkiya ijtimoiy hayotidagi muhim madaniy jarayonlar bilan ham ajralib turadi. Asrlar davomida usmoniy turklar adabiyotida hukmronlik qilib kelgan saroyning nozik so‘z san’ati inqirozga yuz tutib, o‘rniga Yevropa ta’siri ostidagi yangi burjua adabiyoti va san’ati shakllana boshladi.
Endi o‘tmishga aylanayotgan feodal davrning adabiy shakllari o‘rniga zamonaviy roman va hikoya namunalari paydo bo‘ldi, ilk pyesalar yozildi. Bu asarlarning mualliflari, publitsistlar va tanzimat davri jamoat arboblari o‘tmishning qoloq an’analari va axloqini tanqid qildi, turk jamiyatidagi jaholat ustidan kuldi, ma’rifat va taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib qildi.
Ibrohim Shinasi
Shakllanayotgan yangi turk adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillari – Ibrohim Shinasi, Namiq Kemal, Ziyobey va boshqalar birinchi turk ma’rifatparvarlari bo‘ldilar. Ular “Usmoniylar ma’rifat jamiyati” va “Kitobsevarlar jamiyati”ni tashkil qildilar. Bu ma’rifatchilik tashkilotlari, shuningdek, Ibrohim Shinasi tashkil qilgan “Tasviri efkar” (“G‘oyalar ifodachisi”) gazetasi jamiyatni yangi g‘oyalar va tushunchalar bilan tanishtirdi. Bu, jumladan, turk adabiy tilida “vatan”, “millat”, “vatanparvarlik”, “inqilob” kabi yangi so‘zlarning paydo bo‘lishida ham aks etdi. Umuman olganda, bu o‘zgarishlar turk aholisidan burjua qatlamining shakllanish jarayoni boshlanganidan, milliy ongning o‘sganligidan dalolat beradi.
Ibrohim Shinasi
Tanzimat davrida o‘zining ilk mustaqil qadamlarini qo‘yib boshlagan turk teatr san’atida ham Yevropaning ta’siri aks etdi. Avvalgi davrlarda teatr san’ati xalq qo‘g‘irchoq teatridan iborat bo‘lib, asosan, satirik yo‘nalishdagi tomoshalarni namoyish qilar edi. Endi sulton saroyida va mashhur odamlarning uylarida Yevropa teatr truppalari tomoshalar ko‘rsata boshladi.
XIX asrning 50-yillarida tashkil qilingan No‘mon poshoning birinchi turk xususiy teatrida ham italyan va fransuz operetta va komediyalariga asosiy o‘rin ajratiladi.
Asl turk pyesalari 1869-yili “Gedik posho” teatri sahnasida paydo bo‘ldi. Ayni paytda “Teatr” gazetasi ham nashr qilinib, unda Namiq Kemalning mamlakat ijtimoiy hayotida teatrning ahamiyati va roli haqidagi maqolasi chop etildi.
Ibrohim Shinasi
Adabiyot va teatr sohasidagi faollik ilgari miniatura ko‘rinishida bo‘lib, asosan, tor doiradagi saroy ahliga xizmat qilgan tasviriy san’atga ham ta’sir qildi. Husnu Yusuf, Ibrohim posho, Ahmad Shekib posho va boshqa ko‘plab turk rassomlari Parijda ta’lim olgan edi. Ular Istanbul saroylarini, masjidlar, bog‘lar va favvoralarni bezatishdi. Ular chizgan rasmlarda binolar go‘zalligi, tabiatning ulug‘vorligini aks ettirgan yangi uslub ko‘zga tashlanadi.
Turkiya bu davrda milliy adabiyot va san’atni yaratish yo‘lida dastlabki qadamlarni qo‘ydi. Turk adabiyoti va san’ati namoyandalari taraqqiyotdan ortda qolib ketgan, tobora Yevropa davlatlariga qaram bo‘lib borayotgan Turkiyani modernizatsiya qilish tarafdorlari, ma’rifatparvarlar sifatida maydonga chiqdilar. Ular Turkiyaning burjuacha taraqqiyot yo‘liga o‘tishini boshlab berdilar, xolos.
Ibrohim Shinasi
Xullas, Yangi davr boshlarida ham Yevropa davlatlarini xavotirga solib kelgan kuchli Usmoniylar imperiyasi XIX asrda bir nechta urushlarda mag‘lubiyatga uchradi. Mamlakatdagi qoloq ijtimoiy va siyosiy tizim tufayli imperiya asta-sekin yemirilib bordi. Imperiya va unga qaram hududlarda mustaqillik uchun kurash avj oldi. Turkiya kuchli Yevropa davlatlarining mustamlakachilik obyektiga aylanib qoldi.
Ayni paytda shu qoloqlikni yengib o‘tish, mamlakatni modernizatsiya qilish maqsadida paydo bo‘lgan ma’rifatparvarlik harakati Turkiya singari zamondan ortda qolib ketgan va Yevropa davlatlarining bosqinchilik tazyiqlariga uchrayotgan barcha islom mamlakatlari, jumladan, Turkiston jamiyatining ham uyg‘onishi yo‘lida katta qadam bo‘ldi.
Ibrohim Shinasi
Atamalar izohi: Harbiy-len yoki timar (yerga egalik shakli) – turkiylar va keyinchalik Usmoniylar imperiyasida feodal yer egaligi shakli. Timar yoki len egasi shaxsan harbiy yurishlarda qatnashishi va har 3 ming aqcha daromadi hisobidan o‘zi bilan bitta otliq askar ham olib kelishi shart bo‘lgan.
Konvensiya – maxsus masala bo‘yicha ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma, bitim (odatda, davlatlar o‘rtasida).
Konsessiya (lot. ruxsat, yon berish) – davlat korxonalarini, mulkini muayyan muddatga chet el kapitaliga berish haqidagi kelishuv, shartnoma.
Ibrohim Shinasi
Muhim sanalar
- 1801-yili — 1801-yili Misrni inglizlar egalladi, ammo ular bu yerda o‘rnashib ololmadilar, shuningdek, sulton Salim I ning o‘z hokimiyatini tiklash uchun urinishi ham muvaffaqiyat qozonmadi.
- 1805-yili — 1805-yili Misrda navbatdagi qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Muhammad Ali mamlakatning hukmdori deb e’lon qilindi.
- 1826-yilning — U 1826-yilning may oyida chet ellik ofitserlar yordamida yangi qo‘shin tashkil qilish to‘g‘risida farmon imzoladi.
- 1829-yilgi — Oqibatda 1829-yilgi rus–turk urushida Turkiya mag‘lubiyatga uchradi.
- 1830-yili — 1830-yili Fransiya Jazoirni bosib oldi, Marokash ham Fransiya protektorati bo‘lib qoldi.
- 1832-yilda — Istanbulda harbiy-tibbiyot bilim yurti ochildi, 1832-yildan turk tilida birinchi gazeta – “Voqealar kundaligi” nashr qilina boshladi.
- 1838-yili — 1838-yili Angliya Turkiyani savdo konvensiyasi imzolashga majbur qildi.
- 1839–1876-yillarda — Yodda tuting: Tanzimat (arab. “tanzim” – “tartib o‘rnatish”) – 1839–1876-yillarda Usmoniylar imperiyasining barcha sohalarini modernizatsiyalashtirish (yangilash, zamonaviy tus berish)ga yo‘naltirilgan islohotlar.
- 1853–1856-yillarda — Aslida 1853–1856-yillardagi Qrim urushining asosiy sabablari Rossiyaning Bolqon va Yaqin Sharqdagi diniy, siyosiy va iqtisodiy manfaatlarining boshqa Yevropa mamlakatlari manfaatlari bilan to‘qnashuvi bo‘ldi.
- 1856-yil — Urush natijasida 1856-yil 30-mart kuni imzolangan Parij tinchlik shartnomasi Turkiya ustidan amalda G‘arb davlatlarining “homiyligi”ni o‘rnatdi.
Bilimingizni sinang
XIX asr boshlarida sanoat to‘ntarishini amalga oshirgan Yevropa mamlakatlaridan farqli ravishda islom dunyosi qanday holatni boshdan kechirayotgan edi?
- Iqtisodiy gullab-yashnashni
- Turg‘unlik va tushkunlikni
- Sanoat to‘ntarishining yakunlanishini
- Siyosiy birlashuvning kuchayishini
To‘g‘ri javob: Turg‘unlik va tushkunlikni. Islom dunyosi turg‘unlik va tushkunlikni boshdan kechirayotgan edi.
1830-yili Fransiya qaysi mamlakatni bosib oldi?
- Misrni
- Tunisni
- Suriyani
- Jazoirni
To‘g‘ri javob: Jazoirni. 1830-yili Fransiya Jazoirni bosib olgan.
1801-yili Misrni kim egalladi, ammo u yerda o‘rnashib ololmadi?
- Inglizlar
- Fransuzlar
- Ruslar
- Avstriyaliklar
To‘g‘ri javob: Inglizlar. Misrni 1801-yili inglizlar egallagan, ammo o‘rnashib ololmagan.
1805-yili Misrdagi qo‘zg‘olondan so‘ng mamlakat hukmdori deb kim e’lon qilindi?
- Salim I
- Mahmud II
- Muhammad Ali
- Mustafo Rashid posho
To‘g‘ri javob: Muhammad Ali. Qo‘zg‘olondan keyin Muhammad Ali Misr hukmdori deb e’lon qilingan.
Sulton Muhammad Aliga posho unvonini in’om qilgan bo‘lsa-da, amalda nima yuz berdi?
- Misr imperiyaga yanada qattiq bo‘ysundirildi
- Misrni inglizlar butunlay egallab oldi
- Turkiya Misr ustidan hukmronligini yo‘qotdi
- Muhammad Ali o‘lponni ikki baravar oshirdi
To‘g‘ri javob: Turkiya Misr ustidan hukmronligini yo‘qotdi. Unvonga qaramay, Turkiya Misr ustidan hukmronligini amalda yo‘qotgan.
Quyidagi hukmlarni baholang. I. Misrda Muhammad Ali hokimiyatga kelgach, sulton uning ustidan o‘z hukmronligini to‘liq saqlab qoldi. II. Mahmud II hukumatdagi eski lavozimlar o‘rniga yevropacha tipdagi vazirliklar tashkil etdi. III. 1838-yilgi konvensiyadan so‘ng turk kosibchiligi arzon chet el tovarlariga raqobat qila olmay qoldi. Qaysilari to‘g‘ri?
- faqat II
- I va II
- II va III
- I va III
To‘g‘ri javob: II va III. Muhammad Ali amalda mustaqil bo‘lib qolgan, shu bois I noto‘g‘ri; II va III matnga mos.
Muhammad Ali Misrning hukmdori deb e’lon qilingan yil bilan Fransiya Jazoirni bosib olgan yil o‘rtasida necha yil bor?
- 15 yil
- 20 yil
- 25 yil
- 35 yil
To‘g‘ri javob: 25 yil. Muhammad Ali 1805-yilda hukmdor deb e’lon qilingan, Fransiya Jazoirni 1830-yilda bosib olgan: 1830 – 1805 = 25.
Usmoniylar imperiyasida chet ellik ofitserlar yordamida yangi qo‘shin tashkil qilish to‘g‘risida farmon imzolagan sulton kim?
- Abdul Aziz
- Bayazid II
- Mahmud II
- Abdulmajid I
To‘g‘ri javob: Mahmud II. Sulton Mahmud II islohotlar o‘tkazib, yangi qo‘shin tashkil qilish haqida farmon imzoladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash