XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun · 8–14-m.

Jamoat birlashmalarining tuzilishi va ular faoliyatining to‘xtatilishi

Moddalar

8-modda. Jamoat birlashmalarini tuzish

Jamoat birlashmasi kamida o‘n nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi.

Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari ta’sis syezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yig‘ilishini chaqiradilar, unda ustav (nizom, o‘zga asosiy hujjat) qabul qilinadi va rahbar idoralar tuziladi.

9-modda. Jamoat birlashmasiga a’zolik

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jamoat birlashmasi a’zolari (qatnashchilari) bo‘ladilar. Siyosiy partiyalardan tashqari jamoat birlashmalarining ustavida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning birlashmaga a’zo bo‘lishlari ko‘zda tutilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari jumhuriyat siyosiy partiyalarining a’zolari bo‘lishlari mumkin.

Bir siyosiy partiyaning a’zosi ayni vaqtda boshqa siyosiy partiyaning a’zosi bo‘la olmaydi.

Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalaridan tashqari jamoat birlashmalarining faoliyatida ularning ustavlarida ko‘zda tutilgan hollarda jamoa a’zolari: korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat jamoatlari, fuqarolarning birlashmalari ishtirok etishlari mumkin.

10-modda. Jamoat birlashmasining ustavi

Jamoat birlashmasining ustavida quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak:

Ustavda jamoat birlashmasi faoliyatiga taalluqli boshqa qoidalar ham ko‘zda tutilishi mumkin.

Jamoat birlashmasining ustavi amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmasligi kerak.

11-modda. Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olish

O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro jamoat tashkilotlarining, jumhuriyat, viloyatlararo birlashmalarining ustavlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat birlashmasining ustavini ro‘yxatga olish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.

Viloyat, nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida yoki ikki va undan ortiq nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida faoliyatini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarining ustavlari viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari tomonidan ro‘yxatga olinadi.

Jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olish uchun ustav qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida mazkur jamoat birlashmasi rahbar idorasi a’zolari tomonidan imzolangan va shu a’zolar har birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, istiqomat joyi ko‘rsatilgan ariza topshiriladi. Arizaga ustav, ustavni qabul qilgan ta’sis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yig‘ilish protokoli, ushbu Qonunning 6 va 8-moddalari talablari bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa materiallar ilova qilinadi.

Ustavni ro‘yxatga olish haqidagi ariza u topshirilgan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.

Jamoat birlashmalari ustavlariga kiritilgan o‘zgarishlar, qo‘shimchalar ham ustavlarni ro‘yxatga olish tartibi va muddatlariga muvofiq ro‘yxatga olinishi lozim.

11-modda. Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olish (davomi)

Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga oluvchi idoralar ana shu birlashmalar ro‘yxatini tuzib boradilar.

Jamoat birlashmasi yoki uning tashkilotlari (idoralari) ularning ustavlari ro‘yxatga olingan kundan boshlab ushbu Qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda o‘z faoliyatlarini amalga oshiradilar va fuqarolik qonunchiligiga muvofiq huquqiy shaxs deb tan olinishi mumkin.

Xalqaro jamoat birlashmalarining, ularning bo‘linmalarining filiallari, shu jumladan ommaviy harakatlari va ularning tarmoq bo‘linmalarining, shuningdek jumhuriyat va mahalliy jamoat birlashmalari (shu jumladan ommaviy harakatlarning) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning joylaridagi idoralarida o‘z ustavlarini ro‘yxatdan o‘tkazmagan bo‘lsalar, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jamoat birlashmasi ustavini, unga kiritilgan keyingi o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda davlat boji undiriladi.

(11-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda

12-modda. Jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olishni rad etish

Agar jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 3, 4 yoki 10-moddalari qoidalariga zid bo‘lsa, yoxud ilgari xuddi shu nomdagi jamoat birlashmasi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olishni rad etish mumkin.

Ustavni ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda bu haqda taqdim etilgan ustav qaysi qonunchilik qoidalariga zid ekanligi ko‘rsatilib, ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi.

Jamoat birlashmasining ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishning rad etilishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin va bu ish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda qarab chiqiladi.

Xalqaro, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalarining ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishning rad etilishi ustidan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, mahalliy jamoat birlashmalari ustavini ro‘yxatdan o‘tkazish ishi ustidan esa — tegishli viloyat, Toshkent shahar sudiga shikoyat qilish mumkin.

13-modda. Jamoat birlashmalarining ramzlari

Jamoat birlashmalari ramz sifatida o‘z timsoliga, bayrog‘iga va vimpeliga ega bo‘lishi mumkin.

Jamoat birlashmalarining timsollari ustavga muvofiq, ularning rahbar idoralari tomonidan tasdiqlanadi. Jamoat birlashmalarining timsollari va vimpellari ushbu Qonunning 3-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan maqsadlarni targ‘ib etishga xizmat qilmasligi kerak.

Bayroqlar va vimpellar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

14-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatining to‘xtatilishi

Jamoat birlashmalarining faoliyati ularni qayta tashkil etish (qo‘shilish, birlashish, ajralish) yoki tugatish yo‘li bilan to‘xtatilishi mumkin.

Jamoat birlashmalari ularning syezdlari (konferensiyalari) yoki umumiy yig‘ilishlari qarori bilan qaytadan tashkil etiladi. Jamoat birlashmalarini qayta tashkil etgandan so‘ng yangidan tuzilgan jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 11-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda ro‘yxatga olinadi.

Jamoat birlashmasi syezd (konferensiya) yoki umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq, yoxud ushbu Qonunning 22-moddasida ko‘zda tutilgan asoslarga muvofiq va tartibda tugatiladi.

Syezd (konferensiya) yoki umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki uning ustavida ko‘zda tutilgan maqsad yo‘lida sarflanadi.

Siyosiy partiyaning faoliyatini tugatish yoki to‘xtatib turish “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Bilimingizni sinang

Jamoat birlashmasi kamida necha nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi?
  1. yigirma nafar
  2. o‘n nafar
  3. besh nafar
  4. o‘n besh nafar

To‘g‘ri javob: o‘n nafar. Jamoat birlashmasi kamida o‘n nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi.

Jamoat birlashmasi kamida nechta fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi?
  1. Yigirma nafar
  2. Besh nafar
  3. Ellik nafar
  4. O‘n nafar

To‘g‘ri javob: O‘n nafar. 8-moddaga ko‘ra jamoat birlashmasi kamida o‘n nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi.

Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari chaqirgan ta’sis syezdida (konferensiyada) yoki umumiy yig‘ilishda nimalar amalga oshiriladi?
  1. Faqat nom tanlanadi va rahbar belgilanadi
  2. Ustav qabul qilinadi va rahbar idoralar tuziladi
  3. Faqat a’zolik badali va uning miqdori belgilanadi
  4. Faqat ro‘yxatga olish arizasi imzolanadi va yuboriladi

To‘g‘ri javob: Ustav qabul qilinadi va rahbar idoralar tuziladi. 8-moddaga ko‘ra ta’sis syezdida ustav qabul qilinadi va rahbar idoralar tuziladi.

O‘zbekiston Respublikasining necha yoshga to‘lgan fuqarolari jumhuriyat siyosiy partiyalarining a’zolari bo‘lishi mumkin?
  1. yigirma yoshga
  2. yigirma bir yoshga
  3. o‘n olti yoshga
  4. o‘n sakkiz yoshga

To‘g‘ri javob: o‘n sakkiz yoshga. Siyosiy partiyaga a’zo bo‘lish uchun o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqaro bo‘lish kerak.

Rossiya fuqarosi Oleg O‘zbekistondagi «Kitobxonlar klubi» jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lmoqchi. Klub ustavida chet el fuqarolarining a’zoligi ko‘zda tutilgan. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. A’zo bo‘la olmaydi, chunki jamoat birlashmasiga faqat O‘zbekiston fuqarolari a’zo bo‘la oladi
  2. A’zo bo‘la oladi, chunki ustavda ko‘zda tutilishi mumkin va klub siyosiy partiya emas
  3. A’zo bo‘la oladi, ammo faqat Adliya vazirligining yozma ruxsati bilan va ustavga muvofiq
  4. A’zo bo‘la oladi, faqat bir yil O‘zbekistonda yashagandan keyin va ustavda ko‘zda tutilgan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: A’zo bo‘la oladi, chunki ustavda ko‘zda tutilishi mumkin va klub siyosiy partiya emas. 9-moddaga ko‘ra siyosiy partiyalardan tashqari birlashmalar ustavida chet el fuqarolarining a’zoligi ko‘zda tutilishi mumkin.

Fuqaro Jasur o‘n yetti yoshda, jumhuriyat siyosiy partiyasiga a’zo bo‘lmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. A’zo bo‘la oladi, agar ota-onasi rozi bo‘lsa, chunki bunda yosh talabi hisobga olinmaydi
  2. A’zo bo‘la oladi, agar maktabni bitirgan bo‘lsa, chunki bunda yosh talabi muhim emas
  3. A’zo bo‘la oladi, agar partiya rahbari ruxsat bersa, chunki yosh partiya ustaviga bog‘liq
  4. A’zo bo‘la olmaydi, chunki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar a’zo bo‘lishi mumkin

To‘g‘ri javob: A’zo bo‘la olmaydi, chunki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar a’zo bo‘lishi mumkin. 9-moddaga ko‘ra jumhuriyat siyosiy partiyalariga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar a’zo bo‘la oladi.

Bir siyosiy partiyaning a’zosi ayni vaqtda boshqa siyosiy partiyaning a’zosi bo‘la oladimi?
  1. Yo‘q, bo‘la olmaydi
  2. Ha, agar rahbarlar rozi bo‘lsa
  3. Ha, agar partiyalar ittifoq tuzgan bo‘lsa
  4. Ha, agar fuqaro ikkala partiya ustavini qabul qilsa

To‘g‘ri javob: Yo‘q, bo‘la olmaydi. 9-moddaga ko‘ra bir partiya a’zosi ayni vaqtda boshqa partiya a’zosi bo‘la olmaydi.

«Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun — 10-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Davlat va jamoat birlashmalari
  2. Jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olishni rad etish
  3. Respublika jamoat birlashmalari va boshqa jamoat birlashmalari
  4. Jamoat birlashmasining ustavi

To‘g‘ri javob: Jamoat birlashmasining ustavi. 10-modda: Jamoat birlashmasining ustavi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiUmumiy qoidalarKeyingi →Jamoat birlashmalarining huquqlari va ular faoliyatining shart-sharoitlari