XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 42–46-m.

Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari (1/2)

To‘Rtinchi Bo‘Lim

42-modda. Jazo tushunchasi va maqsadlari

Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir.

Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.

43-modda. Jazo tizimi

Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:

b¹) majburiy jamoat ishlari;

d¹) ozodlikni cheklash;

Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin.

Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin.

44-modda. Jarima

Jarima aybdordan davlat daromadiga ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda pul undirishdir.

Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi.

Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlar mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning to‘lanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki yarim soati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, to‘rt yuz sakson soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga, axloq tuzatish ishlarining, xizmat bo‘yicha cheklashning, ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadi.

45-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish

Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida ko‘rsatiladi.

Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan besh yilgacha muddatga, qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi.

Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan bo‘lsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.

Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo‘lsa, asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi. Bu jazo boshqa asosiy jazolarga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar mustasno.

45¹-modda. Majburiy jamoat ishlari

Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan yoki o‘qiyotgan bo‘lsa, majburiy jamoat ishlari ishdan yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda o‘taladi.

Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi.

Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi va olti oy davomida kuniga to‘rt soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda, mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha bo‘lgan muhlatda kuniga to‘rt soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda o‘taladi.

Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.

46-modda. Axloq tuzatish ishlari

Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi.

Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi.

Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami o‘ttiz kundan ko‘prog‘ini o‘tashdan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlasa yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketsa, sud axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlangan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat kodeksi — 42-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ozodlikni cheklash
  2. Axloq tuzatish ishlari
  3. Jazo tushunchasi va maqsadlari
  4. Majburiy jamoat ishlari

To‘g‘ri javob: Jazo tushunchasi va maqsadlari. 42-modda: Jazo tushunchasi va maqsadlari.

Jinoyat kodeksi: «Jazo tushunchasi va maqsadlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 46-modda
  2. 42-modda
  3. 45¹-modda
  4. 48¹-modda

To‘g‘ri javob: 42-modda. 42-modda: Jazo tushunchasi va maqsadlari.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra jazo nima?
  1. Aybli deb topilgan shaxsga davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan, muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki cheklashdan iborat majburlov chorasi
  2. Aybli deb topilgan shaxsga prokuror qarori bilan qo‘llanadigan, muayyan mulkiy majburiyatlarni yuklash va jabrlanuvchiga zararni qoplashdan iborat majburlov chorasi
  3. Jinoyat sodir etgan shaxsga davlat nomidan ma’muriy organ tomonidan qo‘llanadigan, faqat jarima to‘lash yoki intizomiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat tarbiyaviy chora
  4. Aybdorga jabrlanuvchi talabiga ko‘ra sud tomonidan qo‘llanadigan, faqat yetkazilgan zararni qoplash va pushaymonlikni ifodalashdan iborat fuqarolik-huquqiy majburlov chorasi

To‘g‘ri javob: Aybli deb topilgan shaxsga davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan, muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki cheklashdan iborat majburlov chorasi. 42-moddaga ko‘ra jazo davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan majburlov chorasidir.

Quyidagilardan qaysi biri jazo qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad hisoblanadi?
  1. Mahkumdan o‘ch olish
  2. Mahkumni axloqan tuzatish
  3. Jabrlanuvchiga moddiy zararni undirish
  4. Davlat byudjetini to‘ldirish

To‘g‘ri javob: Mahkumni axloqan tuzatish. 42-moddaga ko‘ra jazo mahkumni axloqan tuzatish va yangi jinoyat oldini olish maqsadida qo‘llanadi.

Jinoyat kodeksi — 43-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Oxirgi zarurat
  2. Jazo tizimi
  3. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish
  4. Zaruriy mudofaa

To‘g‘ri javob: Jazo tizimi. 43-modda: Jazo tizimi.

Jinoyat kodeksi: «Jazo tizimi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 39-modda
  2. 43-modda
  3. 37-modda
  4. 38-modda

To‘g‘ri javob: 43-modda. 43-modda: Jazo tizimi.

Quyidagilardan qaysi biri Jinoyat kodeksidagi asosiy jazo turlaridan biri?
  1. Harbiy unvondan mahrum qilish
  2. Mol-mulkni musodara qilish
  3. Majburiy jamoat ishlari
  4. Ishdan bo‘shatish

To‘g‘ri javob: Majburiy jamoat ishlari. 43-moddaga ko‘ra asosiy jazolar qatoriga majburiy jamoat ishlari kiradi; harbiy unvondan mahrum qilish esa qo‘shimcha jazodir.

Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish Jinoyat kodeksida qanday jazo hisoblanadi?
  1. Faqat asosiy jazo
  2. Ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo
  3. Faqat harbiy xizmatchilarga tayinlanadigan asosiy jazo
  4. Faqat qo‘shimcha jazo

To‘g‘ri javob: Faqat qo‘shimcha jazo. 43-moddaga ko‘ra harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish asosiy jazolardan tashqari qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlariKeyingi →Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari (2/2)