Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari (2/2)
To‘Rtinchi Bo‘Lim
47-modda. Xizmat bo‘yicha cheklash
Xizmat bo‘yicha cheklash — harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul ta’minotining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha bo‘lgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir.
Xizmat bo‘yicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat yoki og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi o‘rniga shu muddatga xizmat bo‘yicha cheklash jazosini qo‘llashi mumkin.
Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash muddati davomida mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus unvonini oshirish mumkin emas, jazoni o‘tagan vaqt esa, uning ko‘p yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvon hamda pensiya olish uchun asos bo‘ladigan xizmat muddatiga qo‘shilmaydi.
48¹-modda. Ozodlikni cheklash
Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan uy-joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoxud ishlash yoki o‘qish vaqtidan, shuningdek ish yoki o‘qish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishni cheklashdan iborat.
Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida o‘taladi. Ozodlikni cheklash, uni mahkumning yashash joyida o‘tash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati va sud chiqargan qarorni ijro etishdan bo‘yin tovlashning oldini olish hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi.
Qo‘llanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:
muayyan joylarga bormaslik;
ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik;
muayyan faoliyat bilan shug‘ullanmaslik;
muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik;
transport vositasini boshqarmaslik;
mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) o‘qish joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik;
muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik;
aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik;
alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik.
Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga o‘zi yetkazgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplash, ishga yoki o‘qishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga ko‘maklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin.
48¹-modda. Ozodlikni cheklash (davomi)
Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin.
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan, shuningdek sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash vaqti o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
49-modda. Intizomiy qismga jo‘natish
Intizomiy qismga jo‘natish — muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq bo‘lgan maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishdir.
Intizomiy qismga jo‘natish jazosi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga shu muddatga intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi mumkin.
50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish
Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir.
Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha jazolarni qo‘shish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
- a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish (davomi)
- b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
- v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib yoki o‘tayotgan chog‘ida, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
- g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
- a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
- b) og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
- v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi sodir etgan o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga:
50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish (davomi)
- a) o‘ta xavfli retsidivistlarga;
- b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonunchilikka muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning o‘talmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazadi.
51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qo‘yishdan iboratdir.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
52-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish
Harbiy yoki maxsus unvonga ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi mumkin.
Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yoxud O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotiga ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganida sudning hukm asosida kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur unvon yoki mukofotdan mahrum qilinishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Xizmat bo‘yicha cheklash jazosida harbiy xizmatchining pul ta’minotidan davlat daromadi hisobiga qancha miqdor ushlab qolinadi?
- yigirma foizidan ellik foizigacha
- o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha
- besh foizidan yigirma foizigacha
- o‘n foizidan ellik foizigacha
To‘g‘ri javob: o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha. Pul ta’minotining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdori davlat daromadiga ushlab qolinadi.
Jinoyat kodeksi — 47-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jazo tayinlashning umumiy asoslari
- Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish
- Xizmat bo‘yicha cheklash
- Intizomiy qismga jo‘natish
To‘g‘ri javob: Xizmat bo‘yicha cheklash. 47-modda: Xizmat bo‘yicha cheklash.
Jinoyat kodeksi: «Xizmat bo‘yicha cheklash» qaysi moddada belgilangan?
- 49-modda
- 54-modda
- 47-modda
- 52-modda
To‘g‘ri javob: 47-modda. 47-modda: Xizmat bo‘yicha cheklash.
Jinoyat kodeksiga ko‘ra xizmat bo‘yicha cheklash jazosi kimga nisbatan qo‘llaniladi?
- Harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchiga
- Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmatchiga
- Barcha davlat xizmatchilariga, jumladan fuqarolik xodimlariga
- Ichki ishlar organlarining barcha fuqarolik xodimlari va xizmatchilariga
To‘g‘ri javob: Harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchiga. 47-moddaga ko‘ra xizmat bo‘yicha cheklash kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchiga qo‘llanadi.
Xizmat bo‘yicha cheklash jazosi qanday muddatga qo‘llaniladi?
- Bir oydan besh yilgacha
- Ikki oydan uch yilgacha
- Uch oydan bir yilgacha
- Olti oydan uch yilgacha
To‘g‘ri javob: Ikki oydan uch yilgacha. 47-moddaga ko‘ra xizmat bo‘yicha cheklash ikki oydan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi.
Xizmat bo‘yicha cheklashda mahkum pul ta’minotining qancha qismi davlat daromadiga ushlab qolinadi?
- Besh foizidan yigirma foizigacha
- Yigirma foizidan ellik foizigacha
- O‘n foizidan o‘ttiz foizigacha
- O‘n foizidan qirq foizigacha
To‘g‘ri javob: O‘n foizidan o‘ttiz foizigacha. 47-moddaga ko‘ra pul ta’minotining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdori davlat daromadi hisobiga ushlab qolinadi.
Kontrakt asosida xizmat qiluvchi harbiy Sodiqov xizmat bo‘yicha cheklash jazosini o‘tab bo‘ldi. U jazoni o‘tagan vaqtni pensiya olish uchun asos bo‘ladigan xizmat muddatiga qo‘shishni so‘ramoqda. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Jazoni o‘tagan vaqt xizmat muddatiga to‘liq qo‘shiladi
- Jazoni o‘tagan vaqt xizmat muddatiga yarmi qo‘shiladi
- Jazoni o‘tagan vaqt faqat sud ruxsati bilan qo‘shiladi
- Jazoni o‘tagan vaqt bunday xizmat muddatiga qo‘shilmaydi
To‘g‘ri javob: Jazoni o‘tagan vaqt bunday xizmat muddatiga qo‘shilmaydi. 47-moddaga ko‘ra jazoni o‘tagan vaqt pensiya olish uchun asos bo‘ladigan xizmat muddatiga qo‘shilmaydi.
Ozodlikni cheklash jazosi qancha muddatga tayinlanadi?
- olti oydan o‘n yilgacha
- ikki oydan uch yilgacha
- bir yildan yigirma yilgacha
- bir oydan besh yilgacha
To‘g‘ri javob: bir oydan besh yilgacha. Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash