XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 58–63-m.

Jazo tayinlash (2/2)

To‘Rtinchi Bo‘Lim

58-modda. Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash

Sud tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilgan holda jinoyatning og‘ir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi.

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida:

javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish bilan;

o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan;

o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan;

voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish bilan;

voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish, fohishaxonalarni tashkil etish yoki saqlash bilan;

58-modda. Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash (davomi)

yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurol yaratishda foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv materiallarni kontrabanda qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda qo‘llanilmaydi.

Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas.

Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har qaysi ishtirokchining shaxsiga tegishli bo‘lgan yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu ishtirokchining o‘ziga jazo tayinlashda hisobga olinadi.

59-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash

Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so‘ngra tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlaydi.

Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og‘iri uchun nazarda tutilgan eng ko‘p jazo muddatidan yoki me’yoridan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.

Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.

Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yoxud yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.

59-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash (davomi)

Jinoyatlar majmui bo‘yicha har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.

Jinoyatlar majmui bo‘yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo‘shimcha jazolarni ham qo‘shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p muddatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Agar ish bo‘yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bo‘yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo o‘sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui bo‘yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o‘talgan qismi qo‘shib hisoblanadi.

60-modda. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash

Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni to‘la o‘tamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm bo‘yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o‘talmay qolgan jazo muddatini to‘la yoki qisman qo‘shadi.

Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.

Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan bo‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo‘shishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.

Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo‘shishda yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.

Bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat bo‘yicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qo‘shiladi.

Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qo‘shimcha jazolar hukmlar jami tariqasida tayinlangan asosiy jazoga qo‘shib tayinlanadi.

61-modda. Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari

Har xil turdagi asosiy jazolarni qo‘shganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:

Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikni cheklash, xizmat bo‘yicha cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari jazosi bilan qo‘shilganda har qaysisi alohida ijro etiladi.

62-modda. Ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari

Sud jazo tayinlash chog‘ida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamog‘ining har bir kunini:

Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlashning bir kunini bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi.

63-modda. Jazo muddatlarini hisoblash

Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, qamoq, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qo‘shish vaqtida ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin.

Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning muddatlari soatlar bilan hisoblanadi.

Bilimingizni sinang

Jinoyatga suiqasd uchun jazo eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismi bilan cheklanishi qoidasi necha yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegishga nisbatan qo‘llanilmaydi?
  1. o‘n olti yoshga
  2. o‘n to‘rt yoshga
  3. yigirma bir yoshga
  4. o‘n sakkiz yoshga

To‘g‘ri javob: o‘n sakkiz yoshga. Qoida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish holatlarida qo‘llanilmaydi.

Jinoyatga suiqasd uchun jazo cheklovi qoidasi necha yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga nisbatan qo‘llanilmaydi?
  1. o‘n sakkiz yoshga
  2. yigirma yoshga
  3. o‘n olti yoshga
  4. o‘n to‘rt yoshga

To‘g‘ri javob: o‘n olti yoshga. Qoida o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish holatida qo‘llanilmaydi.

Jinoyat kodeksi — 58-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jazo tayinlashning umumiy asoslari
  2. Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash
  3. Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari
  4. Yengilroq jazo tayinlash

To‘g‘ri javob: Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash. 58-modda: Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash.

Jinoyat kodeksi: «Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash» qaysi moddada belgilangan?
  1. 57-modda
  2. 61-modda
  3. 58-modda
  4. 54-modda

To‘g‘ri javob: 58-modda. 58-modda: Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, sud tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslaridan tashqari yana nimalarni hisobga oladi?
  1. Jinoyatchining shaxsini, oilaviy ahvolini va jinoyatdan keyingi xulq-atvorini, shuningdek uning mol-mulkiy ahvolini
  2. Jinoyatning og‘ir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini
  3. Jabrlanuvchining roziligini, yetkazilgan zarar miqdorini, guvohlarning munosabatini hamda tergovchining xulosasini
  4. Jinoyat sodir etilgan joy va vaqtni, tayyorgarlik ko‘rilgan usulni hamda jinoyatda foydalanilgan vositalarning qiymatini

To‘g‘ri javob: Jinoyatning og‘ir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini. 58-moddaga ko‘ra, sud tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jinoyatning og‘ir-yengilligini, niyat amalga oshirilish darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik yoki suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori Maxsus qismda nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning qancha qismidan oshmasligi kerak?
  1. Yarmidan
  2. Uchdan ikki qismidan
  3. Beshdan to‘rt qismidan
  4. To‘rtdan uch qismidan

To‘g‘ri javob: To‘rtdan uch qismidan. 58-moddaga ko‘ra, tayyorgarlik va suiqasd uchun jazo eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak.

Tayyorgarlik yoki suiqasd uchun jazo eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi qoidasi quyidagi shaxslardan qaysi biriga nisbatan qo‘llanilmaydi?
  1. O‘ta xavfli retsidivistlarga
  2. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslarga
  3. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlarga
  4. Jinoyatni ixtiyoriy ravishda to‘xtatgan shaxslarga

To‘g‘ri javob: O‘ta xavfli retsidivistlarga. 58-moddada bu qoida o‘ta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan qo‘llanilmasligi belgilangan.

Jinoyat kodeksining 58-moddasiga ko‘ra, tayyorgarlik va suiqasd uchun jazoning to‘rtdan uch qismi qoidasi nechchi yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish bilan bog‘liq tamom bo‘lmagan jinoyatlarda qo‘llanilmaydi?
  1. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan
  2. O‘n besh yoshga to‘lmagan
  3. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan
  4. O‘n olti yoshga to‘lmagan

To‘g‘ri javob: O‘n olti yoshga to‘lmagan. 58-moddada o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish bilan bog‘liq jinoyatlar qoidadan istisno qilingan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJazo tayinlash (1/2)Keyingi →Javobgarlikdan ozod qilishning turlari