XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 91–96-m.

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash

Yettinchi Bo‘Lim

91-modda. Majburlov choralarining maqsadlari

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ruhiy holati buzilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan ushbu shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin.

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan jazolash bilan bir qatorda, davolash uchun va jazolash maqsadiga erishishga ko‘maklashuvchi sharoitlar yaratish uchun sud tomonidan tayinlanishi mumkin.

92-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari

Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan yoki hukm chiqarilguniga qadar yoxud jazoni o‘tash vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga nisbatan, agar u o‘zining ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga ko‘ra jamiyat uchun xavf tug‘dirsa, sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.

93-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining turlari

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi:

94-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlash

Ruhiy holati buzilgan, kasalligining zo‘rayishi alomatlari bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan shaxslarga nisbatan kasallik qaytarilishining va ular tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish uchun yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish tayinlanishi mumkin.

Yashash joyi bo‘yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan bo‘limida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan davolashni talab etadigan holat bilan bog‘liq bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.

Umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi ko‘proq ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan reabilitatsiya choralari ko‘rilishini talab etadigan holat bilan bog‘liq bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.

Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish o‘ta ijtimoiy xavfli bo‘lgan yoki o‘z xulq-atvorida umumiy tartibli psixiatriya shifoxonasi sharoitlarida zarur davolash va reabilitatsiya choralarini amalga oshirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yadigan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxslar kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida batamom ajratilgan holda saqlanadi va qo‘riqlanadi.

94-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlash (davomi)

Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.

95-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni uzaytirish, o‘zgartirish va tugatish

Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni uzaytirish, o‘zgartirish va tugatish shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasi asosida, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida va mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada esa, tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.

Ruhiy holati buzilgan shaxs tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga muhtoj bo‘lmagan hollarda, shuningdek bu choralarni qo‘llash tugatilganda sud bunday shaxsni umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy ta’minot muassasasiga yuborish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun sog‘liqni saqlash organlariga topshirishi mumkin.

Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan jazo bilan bir qatorda tayinlangan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni tugatish tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.

96-modda. Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash

Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, ularni davolash jazoni o‘tayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat bo‘lsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat kodeksi — 91-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Qasddan odam o‘ldirish
  2. Majburlov choralarining maqsadlari
  3. Majburlov choralarini qo‘llagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish
  4. Ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: Majburlov choralarining maqsadlari. 91-modda: Majburlov choralarining maqsadlari.

Jinoyat kodeksi: «Majburlov choralarining maqsadlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 91-modda
  2. 87-modda
  3. 85-modda
  4. 97-modda

To‘g‘ri javob: 91-modda. 91-modda: Majburlov choralarining maqsadlari.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qanday maqsadda tayinlanishi mumkin?
  1. Shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish maqsadida
  2. Shaxslarni jazolash va ularni ijtimoiy ishonchdan mahrum qilib, jamiyatdan ajratib qo‘yish maqsadida
  3. Shaxslardan yetkazilgan zararni undirish va davlat byudjetiga mol-mulk o‘tkazish maqsadida
  4. Shaxslarni jamiyatdan umrbod ajratib, ularni boshqa shaxslardan butunlay uzoqlashtirish maqsadida

To‘g‘ri javob: Shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish maqsadida. 91-modda birinchi qismi.

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jazolash bilan bir qatorda qaysi shaxslarga nisbatan sud tomonidan tayinlanishi mumkin?
  1. Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga
  2. Faqat aqli norasolik holatida jinoyat sodir etgan va jamiyat uchun xavf tug‘diradigan shaxslarga, boshqa shaxslarga tayinlanmaydi
  3. Faqat voyaga yetmaganlarga hamda jazoni to‘liq o‘tab bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan va ilgari bir necha marta sudlangan shaxslarga
  4. Faqat ayollarga hamda homilador yoki uch yoshgacha bolasi bor, ruhiy holati buzilgan va alkogolizmga yo‘liqqan shaxslarga

To‘g‘ri javob: Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga. 91-moddaning ikkinchi qismi.

Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika bo‘limlarida majburiy ambulatoriya kuzatuvi qaysi shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin?
  1. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, jinoyat paytida harakatlarining ahamiyatini to‘liq anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga
  2. Aqli norasolik holatida jinoyat sodir etgan va ijtimoiy jihatdan juda xavfli bo‘lgan, batamom ajratilishi lozim bo‘lgan shaxslarga nisbatan sudning ajrimi bilan
  3. Faqat alkogolizmga yo‘liqqan va jazoni o‘tab bo‘lgan, jazoni ijro etish muassasasidan tashqarida yashayotgan va ish bilan band shaxslarga nisbatan sud ajrimi bilan
  4. Faqat jazoni to‘liq o‘tab bo‘lgan va erkin yashayotgan, ruhiy holati vaqtincha buzilgan shaxslarga nisbatan ruhiy-asab dispanseri taqdimnomasi bilan

To‘g‘ri javob: Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, jinoyat paytida harakatlarining ahamiyatini to‘liq anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga. 94-moddaning davomi.

Jinoyat kodeksi — 92-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Qasddan odam o‘ldirish
  2. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari
  3. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish
  4. Jazo tayinlash

To‘g‘ri javob: Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari. 92-modda: Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari.

Jinoyat kodeksi: «Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 86-modda
  2. 98-modda
  3. 92-modda
  4. 97-modda

To‘g‘ri javob: 92-modda. 92-modda: Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari.

Jinoyat kodeksining 92-moddasiga ko‘ra, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qaysi shaxsga nisbatan tayinlanishi mumkin?
  1. Har qanday ruhiy holati buzilgan shaxsga, shu jumladan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etmagan bo‘lsa ham va qilmishning xususiyatidan qat’i nazar
  2. Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan va ruhiy holati hamda qilmishning xususiyatiga ko‘ra jamiyat uchun xavf tug‘diradigan shaxsga
  3. Ilgari sudlangan va ijtimoiy xavfli qilmishni aqli rasolik holatida sodir etib, ruhiy holati hamda qilmishi jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan shaxsga nisbatan
  4. Faqat o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan va jazoni o‘tab bo‘lgan, ruhiy holati hamda qilmishning xususiyatiga ko‘ra jamiyat uchun xavf tug‘diradigan shaxsga

To‘g‘ri javob: Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan va ruhiy holati hamda qilmishning xususiyatiga ko‘ra jamiyat uchun xavf tug‘diradigan shaxsga. 92-modda.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJavobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishKeyingi →Hayotga qarshi jinoyatlar