Hayotga qarshi jinoyatlar
Birinchi Bo‘Lim
97-modda. Qasddan odam o‘ldirish
Qasddan odam o‘ldirish —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, ya’ni:
- a) ikki yoki undan ortiq shaxsni;
- b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni;
- v) aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni;
- g) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini;
- d) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda;
- e) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
- j) o‘ta shafqatsizlik bilan;
- z) nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda;
- i) tamagirlik niyatida;
- k) milliy yoki irqiy adovat zamirida;
- l) bezorilik oqibatida;
- m) diniy taassublar zamirida;
- n) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida;
- o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida;
- p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda;
- r) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- s) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirilishi —
o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
98-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat, shuningdek uning boshqa g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
99-modda. Onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi
Onaning o‘z chaqalog‘ini tug‘ish vaqtida yoki tug‘ilishi hamon qasddan o‘ldirishi —
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
100-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
101-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
102-modda. Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish
Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ehtiyotsizlik orqasida ikki va undan ortiq odam o‘ldirish —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
103-modda. O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish
Shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, –
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
- b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
- v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
103¹-modda. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash
O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish, agar shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirgan yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa, —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
- b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bilimingizni sinang
Javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarsiz qasddan odam o‘ldirish eng kamida necha yildan ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi?
- besh yildan
- o‘n besh yildan
- o‘n yildan
- sakkiz yildan
To‘g‘ri javob: o‘n yildan. Oddiy qasddan odam o‘ldirish o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarsiz qasddan odam o‘ldirish ko‘pi bilan necha yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi?
- o‘n ikki yilgacha
- yigirma yilgacha
- yigirma besh yilgacha
- o‘n besh yilgacha
To‘g‘ri javob: o‘n besh yilgacha. Oddiy qasddan odam o‘ldirish uchun jazoning yuqori chegarasi o‘n besh yil.
Jinoyat kodeksi — 97-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash
- Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlash
- Qasddan odam o‘ldirish
- Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari
To‘g‘ri javob: Qasddan odam o‘ldirish. 97-modda: Qasddan odam o‘ldirish.
Jinoyat kodeksi: «Qasddan odam o‘ldirish» qaysi moddada belgilangan?
- 97-modda
- 94-modda
- 96-modda
- 92-modda
To‘g‘ri javob: 97-modda. 97-modda: Qasddan odam o‘ldirish.
Jinoyat kodeksining 97-moddasiga ko‘ra, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarsiz qasddan odam o‘ldirish qanday jazolanadi?
- O‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
- O‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
To‘g‘ri javob: O‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 97-moddaning birinchi qismi.
Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish qanday jazolanadi?
- O‘n yildan o‘n besh yilgacha yoki yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Yigirma yildan o‘ttiz yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish
- O‘n besh yildan yigirma besh yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish
- Faqat umrbod ozodlikdan mahrum qilish, muddatli jazo nazarda tutilmagan
To‘g‘ri javob: O‘n besh yildan yigirma besh yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish. 97-moddaning ikkinchi qismi.
Quyidagilardan qaysi biri qasddan odam o‘ldirishni og‘irlashtiruvchi holat sifatida Jinoyat kodeksining 97-moddasida ko‘rsatilgan?
- Jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy zo‘rligi tufayli kuchli hayajonlanish holatida o‘ldirish
- Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib o‘ldirish
- Ehtiyotsizlik orqasida o‘ldirish
- Ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirish
To‘g‘ri javob: Ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirish. 97-moddaning ikkinchi qismi “a” bandi; qolganlari yengillashtirilgan tarkiblar.
Kazus. Bahodir ikki shaxsni qasddan o‘ldirdi. Qaysi norma qo‘llaniladi va jazo qanday?
- 97-moddaning ikkinchi qismi: o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish
- 97-moddaning birinchi qismi: o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, qo‘shimcha jarima bilan
- 98-modda: ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- 102-modda: uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud jarima
To‘g‘ri javob: 97-moddaning ikkinchi qismi: o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish. Ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirish og‘irlashtiruvchi holat.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash