XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 127–130¹-m.

Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar (2/3)

Birinchi Bo‘Lim

127-modda. Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish

Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

127¹-modda. Tilanchilik qilish

Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo‘llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy holati buzilgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar bo‘lmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni majburan iste’mol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

127¹-modda. Tilanchilik qilish (davomi)

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

128-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish

O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

128¹-modda. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish

O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, —

uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

129-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish

O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish, —

ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

129¹-modda. Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni saqlash, tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish

Voyaga yetmagan shaxs tavsiflanganligi yoki tasvirlanganligi aybdorga ayon bo‘lgan pornografik mahsulotni tarqatish maqsadida saqlash, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish, —

besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

130-modda. Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish

Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek pornografik mahsulotni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa —

bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

130¹-modda. Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish

Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bilimingizni sinang

Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish uchun ozodlikdan mahrum qilish qancha muddatdan boshlab belgilanadi?
  1. yetti yildan
  2. ikki yildan
  3. uch yildan
  4. besh yildan

To‘g‘ri javob: besh yildan. Voyaga yetmaganni jinoyatga jalb qilish besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Jinoyat kodeksi — 127-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash
  2. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish
  3. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish
  4. Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish

To‘g‘ri javob: Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish. 127-modda: Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish.

Jinoyat kodeksi: «Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 127-modda
  2. 125-modda
  3. 123-modda
  4. 128-modda

To‘g‘ri javob: 127-modda. 127-modda: Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish.

Jinoyat kodeksining 127-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish uchun qanday jazo belgilangan?
  1. uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  3. sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  4. ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash

To‘g‘ri javob: besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 127-moddada besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘rsatilgan.

Sobir o‘n olti yoshli qo‘shnisi Jahongirni o‘g‘irlik qilishga ko‘ndirib, uni jinoyatda ishtirok etishga jalb qildi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Sobirning harakati voyaga yetmagan shaxsni tilanchilikka jalb etish (127¹-modda) sifatida baholanadi
  2. Sobir javobgar bo‘lmaydi, chunki Jahongir o‘zi rozi bo‘lgan va jinoyat g‘oyasini birinchi bo‘lib bildirgan
  3. Sobir faqat jarima bilan jazolanadi, chunki jalb qilish alohida jinoyat tarkibini tashkil etmaydi
  4. Sobirning harakati voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish (127-modda) hisoblanadi

To‘g‘ri javob: Sobirning harakati voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish (127-modda) hisoblanadi. 127-modda voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilishni besh yildan o‘n yilgacha jazolaydi.

Jamoat joylarida tilanchilik bilan shug‘ullanish (ma’muriy jazodan keyin) uchun majburiy jamoat ishlari eng ko‘pi bilan necha soatgacha belgilanadi?
  1. to‘rt yuz sakson soatgacha
  2. ikki yuz qirq soatgacha
  3. uch yuz soatgacha
  4. bir yuz oltmish soatgacha

To‘g‘ri javob: ikki yuz qirq soatgacha. Bunday tilanchilik ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Jinoyat kodeksi — 127¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ko‘p xotinli bo‘lish
  2. Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
  3. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish
  4. Tilanchilik qilish

To‘g‘ri javob: Tilanchilik qilish. 127¹-modda: Tilanchilik qilish.

Jinoyat kodeksi: «Tilanchilik qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 130¹-modda
  2. 126-modda
  3. 129-modda
  4. 127¹-modda

To‘g‘ri javob: 127¹-modda. 127¹-modda: Tilanchilik qilish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar (1/3)Keyingi →Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar (3/3)