Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar (3/3)
Birinchi Bo‘Lim
131-modda. Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash
G‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
- a) voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda;
- b) takroran, xavfli retsidivist yoki ushbu Kodeksning 135 yoki 137-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan;
- v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
132-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- b) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
- v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
133-modda. Inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish hamda transplantatsiya qilish shartlarini va (yoki) tartibini buzish
Inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish hamda transplantatsiya qilishning belgilangan shartlarini va (yoki) tartibini buzish, bundan ushbu Kodeksning 115¹, 133¹, 133²-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shuningdek vafot etgan odamning a’zolarini yoki to‘qimalarini u tirikligida uning roziligini olmay turib, ilmiy yoki ta’lim maqsadlarida buzilmaydigan holda saqlash (konservatsiya) uchun olish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
- b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- g) shaxs tomonidan o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
133¹-modda. Inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi
Inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
133²-modda. Insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish
Insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
134-modda. Qabrni tahqirlash
Qabrni yoki murdani tahqirlash, shuningdek murdadagi, qabr ustidagi yoki ichidagi narsalarni olish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bilimingizni sinang
G‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilish uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining qaysi miqdoridan boshlab belgilanadi?
- o‘n besh baravaridan
- yetmish besh baravaridan
- yigirma besh baravaridan
- ellik baravaridan
To‘g‘ri javob: yigirma besh baravaridan. Qo‘shmachilik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda belgilanadi.
Jinoyat kodeksi — 131-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
- Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni saqlash, tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
- O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish
- Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash
To‘g‘ri javob: Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash. 131-modda: Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash.
Jinoyat kodeksi: «Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash» qaysi moddada belgilangan?
- 131-modda
- 129¹-modda
- 128-modda
- 130-modda
To‘g‘ri javob: 131-modda. 131-modda: Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash.
Jinoyat kodeksining 131-moddasiga ko‘ra, g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilish uchun jarima qanday miqdorda belgilangan?
- bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha
- bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha
- bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha
- bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
To‘g‘ri javob: bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha. 131-modda birinchi qismida jarima bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha.
Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash (131-modda ikkinchi qism) uchun jarima qanday miqdorda belgilangan?
- bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha
- bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha
- bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha
- bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha
To‘g‘ri javob: bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha. 131-modda ikkinchi qismida fohishaxona tashkil etish yoki saqlash uchun ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha jarima ko‘rsatilgan.
Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilsa, 131-moddaga ko‘ra qaysi jazo qo‘llanadi?
- besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, boshqa jazo turlari nazarda tutilmagan
- bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
- ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha jarima
- uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
To‘g‘ri javob: uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 131-modda uchinchi qismida bir guruh shaxslar uchun yetmish besh-yuz baravar jarima yoki uch-besh yil ozodlikni cheklash/mahrum qilish belgilangan.
Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash qanday holatda besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi?
- faqat bir marta sodir etilganda va jabrlanuvchi bo‘lmaganda
- voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda sodir etilganda
- shaxsiy ehtiyoj uchun, daromad olmasdan sodir etilganda
- xonadonda emas, ko‘chada va tunda sodir etilganda
To‘g‘ri javob: voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda sodir etilganda. 131-modda to‘rtinchi qismining a) bandida voyaga yetmagan shaxsni jalb qilish uchun besh yildan sakkiz yilgacha jazo.
Nodira o‘z kvartirasida pul evaziga odamlarni jinsiy xizmat ko‘rsatish uchun qabul qiladigan joy tashkil etib, uni saqlab turdi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Nodiraning harakati fohishaxona tashkil etish yoki saqlash sifatida 131-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha baholanadi
- Nodiraning harakati 133¹-modda bo‘yicha inson a’zolari oldi-sotdisi sifatida baholanadi, chunki jinsiy xizmat
- Nodira javobgar bo‘lmaydi, chunki bu uning shaxsiy kvartirasi va u o‘z mulkidan o‘zi xohlagancha foydalanadi
- Nodira faqat qo‘shmachilik bo‘yicha jarimaga tortiladi, chunki fohishaxona saqlash alohida jinoyat emas
To‘g‘ri javob: Nodiraning harakati fohishaxona tashkil etish yoki saqlash sifatida 131-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha baholanadi. 131-modda ikkinchi qismi fohishaxona tashkil etish yoki saqlashni jinoyat deb belgilaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash