Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar
Birinchi Bo‘Lim
135-modda. Odam savdosi
Odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
- b) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan;
- v) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
- g) aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
- d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- e) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
- j) jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda;
- z) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda;
- i) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida;
- k) fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb etish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali sodir etilgan bo‘lsa;
- b) o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
- v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud ushbu Kodeksning 137-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan;
135-modda. Odam savdosi (davomi)
- g) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
- d) jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa;
- e) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
136-modda. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish
Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
137-modda. Odam o‘g‘rilash
Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagani holda odam o‘g‘rilash —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
- a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
- b) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda;
- v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- g) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
- a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
- b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa;
- v) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
138-modda. Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish
Birovni zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
- a) jismoniy azob berib;
- b) hayot yoki sog‘liq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
139-modda. Tuhmat
Tuhmat qilish, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Tuhmat:
- a) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab;
- b) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda;
- v) xavfli retsidivist tomonidan;
- g) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
140-modda. Haqorat qilish
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Haqorat qilish:
- a) jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;
- b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Bilimingizni sinang
Odam savdosi uchun ozodlikni cheklash jazosi necha yildan boshlanadi (asosiy tarkib)?
- ikki yildan
- besh yildan
- uch yildan
- bir yildan
To‘g‘ri javob: uch yildan. Odam savdosi uchun asosiy tarkibda uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash belgilangan.
Odam savdosi uchun (asosiy tarkib) ozodlikni cheklash jazosining yuqori chegarasi necha yil?
- yetti yilgacha
- besh yilgacha
- o‘n yilgacha
- to‘rt yilgacha
To‘g‘ri javob: besh yilgacha. Ozodlikni cheklash uch yildan besh yilgacha muddatga belgilangan.
Jinoyat kodeksi — 135-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Odam savdosi
- Insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish
- Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish
- Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish
To‘g‘ri javob: Odam savdosi. 135-modda: Odam savdosi.
Jinoyat kodeksi: «Odam savdosi» qaysi moddada belgilangan?
- 133²-modda
- 138-modda
- 132-modda
- 135-modda
To‘g‘ri javob: 135-modda. 135-modda: Odam savdosi.
Jinoyat kodeksining 135-moddasiga ko‘ra, odam savdosi qanday harakatlarni o‘z ichiga oladi?
- odamni olish-sotish yoxud uni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish
- odamni faqat chet elga qonuniy ishlash uchun hujjatlarini rasmiylashtirib jo‘natish va uni kuzatib borish
- odamni qonuniy ish bilan ta’minlash maqsadida yollash, ishga joylashtirish va mehnat shartnomasini tuzish
- odamni faqat yashash joyidan majburan ko‘chirish yoki surgun qilish, undan foydalanish maqsadisiz va uni sotmasdan
To‘g‘ri javob: odamni olish-sotish yoxud uni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. 135-modda odam savdosini odamni olish-sotish yoki undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish deb ta’riflaydi.
Odam savdosi (135-modda birinchi qism) uchun qanday jazo belgilangan?
- besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, boshqa jazo turlari nazarda tutilmagan
- o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki besh yilgacha ozodlikni cheklash
- uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash, boshqa jazo yo‘q
To‘g‘ri javob: uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 135-modda birinchi qismida uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish belgilangan.
Odam savdosi quyidagi holatlardan qaysi birida besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (135-modda ikkinchi qism)?
- o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilganda
- homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan sodir etilganda
- jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lganda
- o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilganda
To‘g‘ri javob: homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan sodir etilganda. 135-modda ikkinchi qismining v) bandi homilador ayolga nisbatan sodir etilgan odam savdosini besh yildan o‘n yilgacha jazolaydi; qolganlari uchinchi qismda.
Odam savdosi o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilsa, 135-moddaga ko‘ra qanday jazo belgilanadi?
- besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
To‘g‘ri javob: o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 135-modda uchinchi qismining b) bandiga ko‘ra o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan o‘n yildan o‘n besh yilgacha jazo.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash