Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar (2/2)
Uchinchi Bo‘Lim
182-modda. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni ko‘p miqdorda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish:
- a) juda ko‘p miqdorda;
- b) chegarani buzib o‘tish, ya’ni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o‘tkazish yo‘li bilan;
- v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
- g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
183-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etmaslik yoki bila turib haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni taqdim etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish to‘g‘risidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
184-modda. Soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ro‘y bergan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash:
- a) takroran;
- b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘liq to‘langan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Agar birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini tergovga qadar tekshiruv, tergov va birinchi instansiya sudi bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
184-modda. Soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (davomi)
Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha, ko‘p miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan ming baravarigacha, juda ko‘p miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor hisoblanadi.
184¹-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish
Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
185-modda. Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish
Yer ostidan qazib olingan qimmatbaho metallar yoki toshlarni davlatga topshirish qoidalarini buzish, davlatga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
185¹-modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
- a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- b) ko‘p miqdorda;
- v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
- a) juda ko‘p miqdorda;
- b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
185²-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
185²-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish (davomi)
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
185²-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish (davomi)
Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Ushbu modda umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali talon-toroj qilish bilan bog‘liq harakatlar sodir etilganda qo‘llanilmaydi.
Bilimingizni sinang
Bojxona nazoratini chetlab ko‘p miqdordagi tovarni chegaradan o‘tkazish ma’muriy jazodan keyin sodir etilsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining ko‘pi bilan necha baravarigacha belgilanadi?
- ikki yuz baravarigacha
- olti yuz baravarigacha
- besh yuz baravarigacha
- uch yuz baravarigacha
To‘g‘ri javob: uch yuz baravarigacha. Ma’muriy jazodan keyin sodir etilgan bunday qilmish uchun jarima uch yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi.
Bojxona nazoratini chetlab ko‘p miqdorda tovar o‘tkazish ma’muriy jazodan keyin sodir etilsa, majburiy jamoat ishlarining eng ko‘p muddati necha soat?
- ikki yuz qirq soatgacha
- uch yuz soatgacha
- to‘rt yuz sakson soatgacha
- uch yuz oltmish soatgacha
To‘g‘ri javob: to‘rt yuz sakson soatgacha. Bunday qilmish uchun to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari jazosi nazarda tutilgan.
Jinoyat kodeksi — 182-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Budjet va smeta-shtat intizomini buzish
- Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish
- Chet el valyutasini yashirish
To‘g‘ri javob: Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish. 182-modda: Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish.
Jinoyat kodeksi: «Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 177-modda
- 184¹-modda
- 178-modda
- 182-modda
To‘g‘ri javob: 182-modda. 182-modda: Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish.
Jinoyat kodeksining 182-moddasiga ko‘ra, tovarlarni ko‘p miqdorda bojxona chegarasidan o‘tkazish qaysi shartda jinoyat hisoblanadi?
- Shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa
- Faqat uyushgan guruh tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa
- Faqat chet el fuqarosi tomonidan chegara hududida sodir etilgan bo‘lsa
- Faqat xizmat lavozimidan foydalanib va takroran, uyushgan tarzda sodir etilgan bo‘lsa
To‘g‘ri javob: Shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa. 182-modda birinchi qismi ma’muriy jazodan keyin sodir etilgan harakatni jinoyat deb belgilaydi.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (asosiy tarkib) uchun majburiy jamoat ishlari qancha soatgacha belgilangan?
- Ikki yuz qirq soatgacha
- To‘rt yuz sakson soatgacha
- Uch yuz soatgacha
- Uch yuz oltmish soatgacha
To‘g‘ri javob: To‘rt yuz sakson soatgacha. 182-modda birinchi qismida to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari ko‘rsatilgan.
Jinoyat kodeksining 182-moddasiga ko‘ra, «chegarani buzib o‘tish» nimani anglatadi?
- Tovarni bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz va maxsus yashirin joylarda yashirincha o‘tkazish
- Tovarni boshqa shaxs nomiga yozilgan hujjat bilan, deklaratsiya qilingan holda rasmiy tarzda o‘tkazish
- Bojxona xizmatining roziligini olmasdan, tovar yoki qimmatliklarni bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o‘tkazish
- Tovarni bojxona omborida saqlash va uni qonunda belgilangan muddat davomida bojxona nazoratida ushlab turish
To‘g‘ri javob: Bojxona xizmatining roziligini olmasdan, tovar yoki qimmatliklarni bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o‘tkazish. 182-moddada chegarani buzib o‘tish bojxona roziligisiz ochiqdan-ochiq o‘tkazish sifatida ta’riflangan.
Bojxona xodimi Rustam o‘z xizmat lavozimidan foydalanib, ma’muriy jazodan keyin ko‘p miqdordagi tovarni bojxona nazoratidan yashirib o‘tkazishga yordam berdi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, uning harakati uchun ozodlikdan mahrum qilishning qanday muddati nazarda tutilgan?
- Besh yilgacha
- Ikki yildan besh yilgacha
- Uch yilgacha
- Besh yildan sakkiz yilgacha
To‘g‘ri javob: Besh yildan sakkiz yilgacha. 182-moddaning ikkinchi qismida xizmat lavozimidan foydalanish og‘irlashtiruvchi holat bo‘lib, besh yildan sakkiz yilgacha mahrum qilish belgilangan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash