XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 186¹–192²-m.

Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar (1/2)

Uchinchi Bo‘Lim

186¹-modda. Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish

Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni ishlab chiqarish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

186¹-modda. Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish (davomi)

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:

yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etishga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yo‘li bilan homiylik qilish, —

yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

186²-modda. Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish

Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

188-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati

Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish,—

uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda soliqlar va yig‘imlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

188¹-modda. Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat

Mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmaga majburiyat olish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablag‘lari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish hamda shunday faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlash, xuddi shuningdek mazkur faoliyatda ishtirok etishga jalb qilish maqsadida ushbu faoliyatni reklama qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda reklama qilish —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmaga majburiyat olish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablag‘lari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlash:

188¹-modda. Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat (davomi)

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:

yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

189-modda. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish

Tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish

Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima yoki bir yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud bir yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorda jarima yoki ikki yuz soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud ikki yuz o‘ttiz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki o‘n oygacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining to‘qson baravari miqdorida jarima yoki ikki yuz ellik soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.

190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish (davomi)

Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima yoki uch yuz soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz, shuningdek faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoki xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

191-modda. Qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish

Sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish yoki undan foydalanish maqsadida har qanday usulda to‘plash —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Sir tutiladigan fan-texnikaga, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid va boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz qasddan oshkor qilish yoki undan foydalanish xo‘jalik yurituvchi subyektga ko‘p miqdorda zarar yetkazgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

192-modda. Raqobatchini obro‘sizlantirish

Raqobatchini obro‘sizlantirish, ya’ni bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

XIII¹ bob. Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar

192¹-modda. Xususiy mulk huquqini buzish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yo‘li bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum etish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo‘lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, mulkdorning mulkini olib qo‘yish yoxud uni o‘z mol-mulkiga bo‘lgan huquqidan voz kechishga majburlash, shuningdek tovarlar va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishiga va (yoki) realizatsiya qilinishiga qonunga xilof ravishda aralashish yoxud to‘sqinlik qilish, talon-toroj alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

192¹-modda. Xususiy mulk huquqini buzish (davomi)

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

192²-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o‘tkazish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bilimingizni sinang

Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini ancha miqdorda qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
  1. bir yuz ellik baravaridan
  2. yuz baravaridan
  3. uch yuz baravaridan
  4. ikki yuz baravaridan

To‘g‘ri javob: ikki yuz baravaridan. Bunday jinoyat uchun jarima ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha belgilanadi.

Jinoyat kodeksi — 186¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
  2. Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
  3. To‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish
  4. Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish

To‘g‘ri javob: Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish. 186¹-modda: Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish.

Jinoyat kodeksi: «Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 183-modda
  2. 181-modda
  3. 186¹-modda
  4. 186²-modda

To‘g‘ri javob: 186¹-modda. 186¹-modda: Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish.

Jinoyat kodeksining 186¹-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish qachon jinoyat hisoblanadi?
  1. Ancha miqdorda yoki shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilganda
  2. Faqat juda ko‘p miqdorda sodir etilganda, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan qat’i nazar
  3. Faqat bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uyushgan tarzda sodir etilganda
  4. Har qanday miqdorda, shu jumladan ma’muriy jazosiz va kam miqdorda sodir etilganda ham

To‘g‘ri javob: Ancha miqdorda yoki shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilganda. 186¹-modda birinchi qismi ancha miqdorni yoki ma’muriy jazodan keyin sodir etilishini talab qiladi.

Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish uchun Jinoyat kodeksida qanday jarima belgilangan?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha. 186¹-moddaning ikkinchi qismi.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida muomalasi taqiqlangan elektron sigaretalarni tayyorlash, saqlash yoki tashish ancha miqdorda sodir etilsa, qanday jarima belgilangan?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha. 186¹-moddaning uchinchi qismi.

Nodir muomalasi taqiqlangan elektron sigaretalarni ancha miqdorda O‘zbekiston hududiga olib kirdi. Jinoyat kodeksining 186¹-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, unga qaysi jazo qo‘llanishi mumkin?
  1. Faqat uch yilgacha majburiy jamoat ishlari, boshqa jazo turlari nazarda tutilmagan
  2. Yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, boshqa jazo turlari yo‘q
  3. Faqat ma’muriy jarima, chunki elektron sigareta jinoiy javobgarlik mavzusi emas
  4. Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. Taqiqlangan elektron sigaretalarni olib kirish 186¹-moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan; jazo — jarima, axloq tuzatish yoki 3–5 yil cheklash/mahrum qilish.

Jinoyat kodeksining 192²-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tartibini buzish qachon jinoyat hisoblanadi?
  1. Har qanday tekshiruvdan keyin, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan qat’i nazar
  2. Shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilganda
  3. Faqat tekshiruv natijasida tadbirkorga jarima solinganda va u to‘lamaganda
  4. Faqat tadbirkorning rasmiy shikoyati bo‘lgan va tekshiruv buzilgan taqdirda

To‘g‘ri javob: Shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilganda. 192²-modda birinchi qismi ma’muriy jazodan keyin sodir etishni talab qiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar (2/2)Keyingi →Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar (2/2)