Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (3/4)
Beshinchi Bo‘Lim
220-modda. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxsning mahkumlarni terror qilish yoki ma’muriyat vakillariga hujum qilishda, shuningdek, bunday maqsadlarda jinoiy guruhlar tashkil qilish yoki shunday guruhlar faoliyatida faol qatnashishda ifodalanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) o‘ta xavfli retsidivist;
- b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs;
- v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
221-modda. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik
Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni o‘tayotgan shaxsning jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmasligi yoxud ma’muriyatning o‘z faoliyatini amalga oshirishiga boshqacha yo‘sinda to‘sqinlik qilishi, basharti, mahkumga nisbatan bir yil mobaynida jazoni o‘tash tartibi talablarini buzganligi uchun jazoni ijro etish koloniyasining karseriga o‘tkazish tariqasidagi jazo qo‘llanilganidan yoki turmaga o‘tkazilganidan keyin sodir etilsa, —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
- a) o‘ta xavfli retsidivist;
- b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
222-modda. Qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish
Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxsning qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qochish:
- a) badanga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazgan holda;
- b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
- v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
223-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish
Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini yorib o‘tish yo‘li bilan;
- b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan;
- d) O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa.
besh yildan o‘n yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
225-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash
Fuqarolarning muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinish yoxud xizmatni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida o‘tashdan uzrli sababsiz bo‘yin tovlashi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) o‘z badaniga shikast yetkazish;
- b) hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga safarbarlik bo‘yicha chaqiruvdan bo‘yin tovlashi —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
226-modda. Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish
Ustidan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan shaxsning ma’muriy nazorat qoidalarini buzishi, mazkur shaxsga shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish:
- a) ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z istiqomat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish;
- b) ma’muriy nazorat ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilish vaqtida shaxsga nisbatan o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘zi tanlagan yashash joyiga uzrli sabablarsiz muayyan muddatda yetib kelmasligi tufayli sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qat’iy hisobidagi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, xuddi shuningdek ularni nobud qilish, ularga shikast yetkazish, ularni yashirish g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
- b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
227¹-modda. Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, o‘tkazish yoki ulardan foydalanish, shuningdek ularni qalbakilashtirish
Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya (kuzov, shassi (rama), dvigatel) raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, o‘tkazish yoki ulardan foydalanish, shuningdek ularni qalbakilashtirish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
228-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish
Soxtalashtiruvchining o‘zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
228¹-modda. Davlat proba tamg‘alarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
G‘arazgo‘ylik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab davlat proba tamg‘asini qonunga xilof ravishda tayyorlash, o‘tkazish yoki undan foydalanish, shuningdek uni qalbakilashtirish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) takroran;
- b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bilimingizni sinang
Mahkumning ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasi ishini izdan chiqaruvchi harakatlari uchun ozodlikdan mahrum qilish necha yildan boshlanadi?
- uch yildan
- besh yildan
- bir yildan
- ikki yildan
To‘g‘ri javob: uch yildan. Asosiy qismda uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan.
Jinoyat kodeksi — 220-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish
- Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar
- Harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash
To‘g‘ri javob: Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar. 220-modda: Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar.
Jinoyat kodeksi: «Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar» qaysi moddada belgilangan?
- 220-modda
- 225-modda
- 222-modda
- 216²-modda
To‘g‘ri javob: 220-modda. 220-modda: Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar.
Jinoyat kodeksining 220-moddasiga ko‘ra ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasi ishini izdan chiqaruvchi harakat nimada ifodalanadi?
- Muassasa ma’muriyatining buyruqlarini bajarishdan bosh tortishda
- Muassasadan ruxsatsiz tashqariga chiqishda
- Mahkumlar o‘rtasida taqiqlangan buyumlarni tarqatishda
- Mahkumlarni terror qilish yoki ma’muriyat vakillariga hujum qilishda
To‘g‘ri javob: Mahkumlarni terror qilish yoki ma’muriyat vakillariga hujum qilishda. 220-modda: izdan chiqaruvchi harakat mahkumlarni terror qilish yoki ma’muriyat vakillariga hujum qilishda ifodalanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar (220-modda, asosiy qism) uchun qanday jazo belgilangan?
- Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
To‘g‘ri javob: Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 220-modda birinchi qismida uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.
Quyidagilardan qaysi biri Jinoyat kodeksining 220-moddasida muassasa ishini izdan chiqaruvchi harakatlarning og‘irlashtiruvchi holati sifatida ko‘rsatilgan?
- Harakatning mansabdor shaxs tomonidan o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilishi
- Harakatning g‘arazgo‘ylik maqsadida yoki o‘zga shaxsning topshirig‘i bilan sodir etilishi
- Harakatning voyaga yetmagan shaxs ishtirokida yoki bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi
- Harakatning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilishi
To‘g‘ri javob: Harakatning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilishi. 220-modda ikkinchi qismi: og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilsa, besh yildan o‘n yilgacha jazolanadi.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri Jinoyat kodeksining 221-moddasiga mos keladi?
- Qilmish bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilsa, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi
- Jazo faqat bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha jarima solish yoki axloq tuzatish ishlari bilan cheklanadi
- Qilmish o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilsa, bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari qo‘llanadi
- Qilmish o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi
To‘g‘ri javob: Qilmish o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. 221-modda ikkinchi qismi: o‘ta xavfli retsidivist yoki og‘ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs uchun uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish (222-modda, asosiy qism) uchun qanday jazo belgilangan?
- Uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Ikki yilgacha ozodlikni cheklash
- Besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
To‘g‘ri javob: Besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 222-modda birinchi qismi besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash