Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (4/4)
Beshinchi Bo‘Lim
228²-modda. Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar o‘tkazish va guvohnomalar berish tartibini buzish
Mas’ul shaxs tomonidan tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini yoxud traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘qishni tugatganligi haqidagi guvohnomani berishda ta’lim oluvchining o‘quv dasturini o‘zlashtirganligi yoki yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganligi to‘g‘risidagi soxta ma’lumotlarni o‘quv jurnallariga, yo‘l varaqalariga yoki imtihon komissiyasi bayonnomasiga kiritish yoxud ushbu soxta ma’lumotlarga asoslanib guvohnoma berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Mas’ul shaxs tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga asos bo‘ladigan maxsus sertifikatni yoki traktorchi-mashinist guvohnomasini berishda nomzodning nazariy va amaliy imtihonlar natijalari to‘g‘risidagi soxta ma’lumotlarni ta’lim oluvchining imtihon varaqasiga yoki imtihon natijalari bayonnomasiga kiritish yoxud ushbu soxta ma’lumotlarga asoslanib maxsus sertifikat berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
228²-modda. Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar o‘tkazish va guvohnomalar berish tartibini buzish (davomi)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:
- a) takroran;
- b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
- v) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
229-modda. O‘zboshimchalik
O‘zboshimchalik, ya’ni haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
229¹-modda. Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish
Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
229²-modda. Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish
Maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz voyaga yetmagan shaxsga diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek voyaga yetmagan shaxsga xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
229³-modda. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Obyektlarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasiz qurish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
229³-modda. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (davomi)
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar odam o‘lishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarning amalga oshirilgan o‘zgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
229⁴-modda. Yer berish tartibini buzish
Yer berish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
- a) takroran sodir etilgan bo‘lsa;
- b) sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqishiga sabab bo‘lsa;
- v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
- g) davlat mulki bo‘lgan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerning yoki uning bir qismining begonalashtirilishiga, uning hududi qisqartirilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
229⁵-modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish
Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Yer uchastkasining noqonuniy olib qo‘yilishi olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qo‘yish munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplanmagan holda buzib tashlashga sabab bo‘lsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud muayyan huquqdan mahrum etib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakatlar ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
229⁵-modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish (davomi)
Xuddi shunday harakatlar ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda yoki juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
229⁶-modda. Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish
Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
- a) yerlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
- b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
- a) yerlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
- b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
- v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u yer uchastkasining qaytarilishini hamda yerning qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritilishini ta’minlasa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Bilimingizni sinang
Haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha guvohnoma berishda o‘quv jurnaliga soxta ma’lumot kiritgan mas’ul shaxsga jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
- ellik baravaridan
- yuz baravaridan
- uch yuz baravaridan
- yigirma besh baravaridan
To‘g‘ri javob: ellik baravaridan. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha belgilanadi.
Jinoyat kodeksi — 228²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar o‘tkazish va guvohnomalar berish tartibini buzish
- Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish
- Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish
- Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish
To‘g‘ri javob: Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar o‘tkazish va guvohnomalar berish tartibini buzish. 228²-modda: Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar o‘tkazish va guvohnomalar berish tartibini buzish.
Jinoyat kodeksi: «Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar o‘tkazish va guvohnomalar berish tartibini buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 229⁵-modda
- 228²-modda
- 229²-modda
- 229⁶-modda
To‘g‘ri javob: 228²-modda. 228²-modda: Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar o‘tkazish va guvohnomalar berish tartibini buzish.
Jinoyat kodeksining 228²-moddasiga ko‘ra haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha guvohnoma berishda mas’ul shaxs soxta ma’lumotlarni qayerga kiritsa jinoyat sodir etgan hisoblanadi?
- Faqat haydovchilik guvohnomasi blankasiga va unga ilova qilingan rasmiy hujjatlarga
- Faqat jarima to‘lovi kvitansiyasiga yoki texnik ko‘rik dalolatnomasiga
- Faqat avtomototransport vositasining texnik pasportiga va sug‘urta polisiga
- O‘quv jurnallariga, yo‘l varaqalariga yoki imtihon komissiyasi bayonnomasiga
To‘g‘ri javob: O‘quv jurnallariga, yo‘l varaqalariga yoki imtihon komissiyasi bayonnomasiga. 228²-modda birinchi qismi: soxta ma’lumotlar o‘quv jurnallari, yo‘l varaqalari yoki imtihon komissiyasi bayonnomasiga kiritilsa jinoyat bo‘ladi.
Avtomaktab mas’ul xodimi Nazarov imtihondan o‘tmagan kursantni o‘tdi deb imtihon komissiyasi bayonnomasiga yozdi va unga guvohnoma berdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Intizomiy javobgarlik, chunki zarar yetkazilmagan va guvohnoma qaytarilishi mumkin
- Jinoyat kodeksining 228²-moddasi birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik
- Jinoyat kodeksining 229-moddasi bo‘yicha javobgarlik, o‘zboshimchalik uchun
- Javobgarlik faqat kursantga yuklanadi, chunki u imtihondan o‘tmagan bo‘lsa
To‘g‘ri javob: Jinoyat kodeksining 228²-moddasi birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik. 228²-modda: soxta ma’lumotni imtihon komissiyasi bayonnomasiga kiritish va unga asoslanib guvohnoma berish jinoyat.
Haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha guvohnoma berish tartibini buzish (228²-modda, birinchi qism) uchun jarima qancha miqdorda belgilangan?
- Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha. 228²-modda birinchi qismida jarima ellik baravaridan yuz baravarigacha belgilangan.
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi maxsus sertifikatni berishda soxta imtihon natijalarini kiritish (228²-modda, ikkinchi qism) uchun jarima qancha?
- Ellik baravaridan yuz baravarigacha
- Ikki yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha
- To‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha
- Yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
To‘g‘ri javob: Yuz baravaridan uch yuz baravarigacha. 228²-modda ikkinchi qismi: jarima bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha.
Mas’ul xodim Tursunov nomzodning nazariy va amaliy imtihon natijalari to‘g‘risidagi soxta ma’lumotlarni imtihon varaqasiga kiritib, unga maxsus sertifikat berdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Faqat ma’muriy javobgarlik, chunki qilmish sertifikat berish bilan bog‘liq bo‘lib, jinoyat tarkibi yo‘q
- 228²-moddaning uchinchi qismi bo‘yicha javobgarlik, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Hech qanday javobgarlik yo‘q, chunki imtihon varaqasi rasmiy hujjat hisoblanmaydi va sertifikat berilgan
- 228²-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha javobgarlik, jazo uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lishi mumkin
To‘g‘ri javob: 228²-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha javobgarlik, jazo uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lishi mumkin. 228²-modda ikkinchi qismi maxsus sertifikat berishda soxta natijalarni imtihon varaqasiga kiritishni jinoyat deb belgilaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash