Odil sudlovga qarshi jinoyatlar (1/2)
Beshinchi Bo‘Lim
230-modda. Aybsiz kishini javobgarlikka tortish
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aybsizligi ayon bo‘lgan shaxsni ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlikda ayblab javobgarlikka tortish —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat og‘ir yoki o‘ta og‘ir ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlikda ayblab sodir etilsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
230¹-modda. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish)
Isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari bo‘yicha dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash chog‘ida g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlarni kiritishda va o‘zga buzib ko‘rsatishlarda namoyon bo‘ladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi), —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
- b) shaxsni ushlab turishga, qamoqqa olishga, jinoiy javobgarlikka tortishga yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etishga, hukm qilishga yoxud oqlashga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish), xuddi shuningdek dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
230²-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish (qalbakilashtirish)
Jinoyatni sodir etishga aloqasi yo‘qligi oldindan ayon bo‘lgan shaxsni jinoiy ta’qib qilish maqsadida yoxud shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga zarar yetkazish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga vakolatli shaxslar tomonidan soxtalashtirish (qalbakilashtirish), —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
231-modda. Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish
Oldindan bila turib, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
232-modda. Sud hujjatini ijro etmaslik
Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom ettirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
232¹-modda. Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish
Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, ya’ni ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilishni yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazishni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom ettirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
233-modda. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish
Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, ya’ni band solingan yoxud garovga qo‘yilgan mulkni ishonib topshirib qo‘yilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda o‘zlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi tomonidan band solingan pul mablag‘lari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
234-modda. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish
Bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish, ya’ni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan qonuniy asosga ega bo‘lmagan holda shaxs erkinligining qisqa muddatga cheklanishi —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bila turib, qonunga xilof ravishda hibsga olish yoki hibsda saqlash —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bilimingizni sinang
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror aybsizligi ayon bo‘lgan shaxsni ayblab javobgarlikka tortsa, ozodlikni cheklash necha yildan boshlab belgilanadi?
- bir yildan
- ikki yildan
- uch yildan
- besh yildan
To‘g‘ri javob: ikki yildan. Aybsizligi ayon shaxsni javobgarlikka tortish uchun ozodlikni cheklash ikki yildan besh yilgacha belgilanadi.
Jinoyat kodeksi — 230-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Aybsiz kishini javobgarlikka tortish
- Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish
- Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish (qalbakilashtirish)
To‘g‘ri javob: Aybsiz kishini javobgarlikka tortish. 230-modda: Aybsiz kishini javobgarlikka tortish.
Jinoyat kodeksi: «Aybsiz kishini javobgarlikka tortish» qaysi moddada belgilangan?
- 230²-modda
- 230-modda
- 231-modda
- 229³-modda
To‘g‘ri javob: 230-modda. 230-modda: Aybsiz kishini javobgarlikka tortish.
Jinoyat kodeksining 230-moddasiga ko‘ra aybsiz kishini javobgarlikka tortish jinoyati kim tomonidan sodir etiladi?
- Sud majlisi raisligida sudya yoki sud kotibi tomonidan
- Advokat yoki jabrlanuvchining vakili tomonidan
- Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan
- Guvoh yoki jabrlanuvchi tomonidan, ariza orqali
To‘g‘ri javob: Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan. 230-modda: aybsizligi ayon bo‘lgan shaxsni ayblab javobgarlikka tortish surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan sodir etiladi.
Aybsiz kishini javobgarlikka tortish (230-modda, birinchi qism) uchun qanday jazo belgilangan?
- Uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
- Yuz baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ozodlikni cheklash
- Ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
To‘g‘ri javob: Ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 230-modda birinchi qismi: ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Tergovchi Rahimov Karimovning jinoyatga aloqasi yo‘qligini bila turib, uni og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblab javobgarlikka tortdi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Faqat intizomiy javobgarlik, chunki tergovchi o‘z xizmat vazifasini bajargan va ayblovni qo‘ygan
- 230-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- 230-modda birinchi qismi bo‘yicha jazo, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
- 231-modda bo‘yicha javobgarlik, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
To‘g‘ri javob: 230-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 230-modda ikkinchi qismi: og‘ir yoki o‘ta og‘ir ijtimoiy xavfli qilmishda ayblab sodir etilsa, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Isbotlashni amalga oshiruvchi shaxslar g‘arazli niyatda hujjatlarga yolg‘on ma’lumot kiritib dalillarni soxtalashtirsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
- ikki yuz baravaridan
- to‘rt yuz baravaridan
- uch yuz baravaridan
- bir yuz ellik baravaridan
To‘g‘ri javob: uch yuz baravaridan. Dalillarni soxtalashtirish uchun jarima uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha belgilanadi.
Jinoyat kodeksi — 230¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Sud hujjatini ijro etmaslik
- Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish)
- Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish
- Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish
To‘g‘ri javob: Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish). 230¹-modda: Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish).
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash