XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 235–241¹-m.

Odil sudlovga qarshi jinoyatlar (2/2)

Beshinchi Bo‘Lim

235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash

Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish, —

muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash (davomi)

muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga og‘ir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

236-modda. Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish

Tergov qilishga aralashish, ya’ni muayyan ishning har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida surishtiruvchiga, tergovchiga yoki prokurorga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish, —

uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sud ishlarini hal etishga aralashish, ya’ni muayyan ishning har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga yoki xalq maslahatchisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish, —

uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —

muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

237-modda. Yolg‘on xabar berish

Yolg‘on xabar berish, ya’ni jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

238-modda. Yolg‘on guvohlik berish

Yolg‘on guvohlik berish, ya’ni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chog‘ida yoki sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berishi, xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima qilishi —

uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko‘rish chog‘ida yolg‘on ko‘rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolg‘on xulosa berish uchun ekspertni yoxud noto‘g‘ri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga og‘dirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatish yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur qilish —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

239-modda. Surishtiruv, dastlabki tergov yoki yopiq sud majlisi ma’lumotlarini oshkor qilish

Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ruxsatisiz, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati o‘z zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

240-modda. Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z zimmasidagi vazifani bajarishdan bo‘yin tovlashi

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish, dastlabki tergov vaqtida yoki sudda guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuv berishni yoxud ekspertning xulosa berishni rad etishi yoki bu ishdan bo‘yin tovlashi —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari guvohlik ko‘rsatuvi berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin tovlaganligi uchun, shuningdek guvoh o‘ziga qarshi ko‘rsatuv berishni rad etganda javobgarlikka tortilmaydilar.

241-modda. Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish

Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirish —

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

241¹-modda. Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish

Jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ko‘rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi, —

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:

muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

OLTINCHI BO‘LIM.

JAMOAT XAVFSIZLIGIGA, AHOLI SALOMATLIGI VA GENOFONDIGA, JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR

Bilimingizni sinang

Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz muomala qo‘llanganda asosiy qismda ozodlikni cheklash necha yildan boshlab belgilanadi?
  1. besh yildan
  2. ikki yildan
  3. bir yildan
  4. uch yildan

To‘g‘ri javob: uch yildan. Asosiy qismda ozodlikni cheklash uch yildan besh yilgacha belgilanadi.

Jinoyat kodeksi — 235-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sud hujjatini ijro etmaslik
  2. Yolg‘on xabar berish
  3. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash
  4. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish

To‘g‘ri javob: Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash. 235-modda: Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash.

Jinoyat kodeksi: «Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash» qaysi moddada belgilangan?
  1. 232-modda
  2. 235-modda
  3. 237-modda
  4. 234-modda

To‘g‘ri javob: 235-modda. 235-modda: Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash.

Jinoyat kodeksining 235-moddasiga ko‘ra qiynoqqa solish va shafqatsiz muomala qo‘llash maqsadlaridan biri qaysi?
  1. Jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish
  2. Mulkiy foyda yoki boshqa moddiy naf olish maqsadida
  3. Shaxsni sud majlisiga majburan olib borish maqsadida
  4. Ma’muriy qamoq muddatini qonunga xilof uzaytirish

To‘g‘ri javob: Jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish. 235-modda: axborot olish, iqrorlik ko‘rsatuvi olish, o‘zboshimchalik bilan jazolash yoki biror harakatni majburlab sodir ettirish maqsadlarida.

Qiynoqqa solish (235-modda) jinoyati asosan kim tomonidan sodir etiladi?
  1. Faqat sudyalar yoki sud majlisi kotiblari tomonidan, ularning dalolatchiligisiz va xabardorligisiz sodir etiladi
  2. Huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida
  3. Faqat jabrlanuvchining qarindoshlari yoki boshqa fuqarolar tomonidan, shaxsiy adovat natijasida va dalolatchilik asosida
  4. Faqat advokat yoki himoyachi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida, himoya faoliyati jarayonida

To‘g‘ri javob: Huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida. 235-modda: huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoki uning dalolatchiligida/xabardorligida.

Qiynoqqa solish va shafqatsiz muomala qo‘llash (235-modda, birinchi qism) uchun qanday jazo belgilangan?
  1. Ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. Besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash
  3. Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish
  4. Yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari

To‘g‘ri javob: Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish. 235-modda birinchi qismi: uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish (muayyan huquqdan mahrum etib).

Tergovchi Mirzayev gumon qilinuvchi Tolibovdan iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida uni qo‘rqitdi, urdi va qiynadi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Faqat intizomiy javobgarlik
  2. 235-modda bo‘yicha jinoiy javobgarlik
  3. Javobgarlik yo‘q, chunki Tolibov gumon qilinuvchi
  4. 230-modda bo‘yicha javobgarlik

To‘g‘ri javob: 235-modda bo‘yicha jinoiy javobgarlik. 235-modda: iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida qo‘rqitish, urish, qiynash yo‘li bilan bosim o‘tkazish jinoyat.

Qiynoqqa solish (235-modda) qaysi shaxslarga nisbatan qo‘llanilganda ham jinoyat bo‘ladi?
  1. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi va boshqa ishtirokchilar hamda ularning yaqin qarindoshlariga
  2. Faqat sudlanuvchi, mahkum va ayblanuvchining himoyachisiga nisbatan, ularning qarindoshlariga emas
  3. Faqat sud majlisida ishtirok etayotgan mahkum va sudlanuvchiga, boshqa ishtirokchilarga nisbatan emas
  4. Faqat gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan, guvoh va jabrlanuvchiga nisbatan emas qo‘llanilganda

To‘g‘ri javob: Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi va boshqa ishtirokchilar hamda ularning yaqin qarindoshlariga. 235-modda: ma’muriy qamoqqa olingan shaxs, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi va boshqa ishtirokchilar yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOdil sudlovga qarshi jinoyatlar (1/2)Keyingi →Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (1/3)