Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar (1/2)
Beshinchi Bo‘Lim
277-modda. Bezorilik
Bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Bezorilik:
- a) badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib:
- b) bir guruh shaxslar tomonidan;
- v) sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab;
- g) o‘z mazmuniga ko‘ra umum e’tirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik bilan;
- d) yosh bola, qariya, nogironligi bo‘lgan shaxs yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xo‘rlab;
- e) ko‘p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bezorilik:
- a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- b) o‘qotar qurolni namoyish qilib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoki qo‘llab;
- v) ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda;
- g) jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bo‘lsa, —
277-modda. Bezorilik (davomi)
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
278-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, shu jumladan ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash —
yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
- b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish yoki o‘tkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i provayderlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa ko‘paytirish, uni ko‘paytirish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
278-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish (davomi)
XX¹ bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar
278¹-modda. Axborotlashtirish qoidalarini buzish
Axborotlashtirish qoidalarini buzish, ya’ni belgilangan himoya choralarini ko‘rmagan holda axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va banklarini, axborotga ishlov berish hamda uni uzatish tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish hamda axborot tizimlaridan ruxsat bilan foydalanish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
278²-modda. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Kompyuter axborotidan, ya’ni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, agar ushbu harakat axborotning yo‘q qilib yuborilishi, to‘sib qo‘yilishi, modifikatsiyalashtirilishi, undan nusxa ko‘chirilishi yoxud uning qo‘lga kiritilishiga, elektron hisoblash mashinalari, elektron hisoblash mashinalari tizimi yoki ularning tarmoqlari ishining buzilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
- a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
- g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
278³-modda. Kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish
Himoyalangan kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
- g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
278⁴-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish
Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, ya’ni kompyuter tizimida saqlanayotgan axborotni qonunga xilof ravishda o‘zgartirish, unga shikast yetkazish, uni o‘chirish, xuddi shuningdek bila turib unga yolg‘on axborotni kiritish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
- b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bilimingizni sinang
Bezorilik badanga yengil shikast yetkazish bilan sodir etilsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
- ikki yuz baravaridan
- yuz baravaridan
- ellik baravaridan
- yigirma besh baravaridan
To‘g‘ri javob: ellik baravaridan. Bezorilikning asosiy tarkibi uchun ellik baravaridan yuz baravarigacha jarima belgilangan.
Jinoyat kodeksi — 277-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Bangixona tashkil qilish yoki saqlash
- Bezorilik
- Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar
- Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish
To‘g‘ri javob: Bezorilik. 277-modda: Bezorilik.
Jinoyat kodeksi: «Bezorilik» qaysi moddada belgilangan?
- 277-modda
- 276-modda
- 276²-modda
- 276⁶-modda
To‘g‘ri javob: 277-modda. 277-modda: Bezorilik.
Jinoyat kodeksining 277-moddasiga ko‘ra bezorilik nimalarda ifodalanadi?
- Faqat o‘g‘rilikda, shuningdek o‘zganing mol-mulkini yashirincha egallab, uni sotish orqali g‘arazli foyda olishda va yashirishda
- Faqat mansabni suiiste’mol qilishda, shuningdek mansabdor shaxsning xizmat vakolatlaridan qasddan foydalanib, jiddiy zarar yetkazishida
- Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki mulkka ancha zarar yetkazishda
- Faqat firibgarlikda, shuningdek aldov yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini egallab, o‘z foydasiga aylantirishda
To‘g‘ri javob: Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki mulkka ancha zarar yetkazishda. 277-modda: bezorilik — jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, yengil shikast yoki mulkka ancha zarar yetkazish.
Bezorilik (277-modda, birinchi qism) uchun jarima qancha miqdorda belgilangan?
- Yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha
- Ellik baravaridan yuz baravarigacha
- Yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha
- Uch yuz baravarigacha
To‘g‘ri javob: Ellik baravaridan yuz baravarigacha. 277-modda birinchi qismi: ellik baravaridan yuz baravarigacha jarima yoki uch yuz soatgacha jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Uch yigit ko‘chada qariyani xo‘rlab, uni do‘pposladi va badaniga yengil shikast yetkazdi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Oddiy bezorilik, faqat jarima solinadi, chunki qariyaga nisbatan yengil shikast yetkazilgan bo‘lsa ham og‘irlashtiruvchi holat yo‘q
- Jinoyat yo‘q, chunki shikast yengil bo‘lib, uch yigitning harakati faqat axloq qoidalarini buzish hisoblanadi
- Faqat ma’muriy javobgarlik, chunki qariyani xo‘rlash va do‘pposlash jinoyat tarkibini hosil qilmaydi va ma’muriy jarima bilan cheklanadi
- 277-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha, qariyani xo‘rlab, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgani uchun og‘irroq jazo
To‘g‘ri javob: 277-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha, qariyani xo‘rlab, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgani uchun og‘irroq jazo. 277-modda ikkinchi qismi: bir guruh shaxslar tomonidan yoki qariyani xo‘rlab sodir etilgan bezorilik og‘irlashtirilgan hisoblanadi.
Bezorilik og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa (277-modda, ikkinchi qism), qanday jazo belgilangan?
- Besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash
- Faqat bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha jarima solish yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari qo‘llanadi
- Uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ozodlikni cheklash
To‘g‘ri javob: Uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 277-modda ikkinchi qismi: 300–360 soat jamoat ishlari yoki 1–3 yil cheklash yoxud uch yilgacha mahrum qilish.
To‘y marosimida mast Yo‘ldoshev o‘qotar qurolni namoyish qilib, mehmonlarni qo‘rqitdi va havoga o‘q uzdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- 277-moddaning birinchi qismi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha jarima solinadi, chunki hech kim jarohat olmagan, faqat havoga o‘q uzilgan
- Faqat ma’muriy javobgarlik, chunki to‘y marosimida qurolni namoyish qilish va havoga o‘q uzish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi
- 277-moddaning uchinchi qismi bo‘yicha, o‘qotar qurolni namoyish qilib qo‘rqitgani uchun uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki mahrum qilish
- Jinoyat yo‘q, chunki hech kim jarohat olmagan va o‘qotar qurol qonuniy ravishda olib kelingan, shuning uchun jinoyat tarkibi mavjud emas
To‘g‘ri javob: 277-moddaning uchinchi qismi bo‘yicha, o‘qotar qurolni namoyish qilib qo‘rqitgani uchun uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki mahrum qilish. 277-modda uchinchi qismi b) bandi: o‘qotar qurolni namoyish qilib, qo‘llash bilan qo‘rqitib yoki qo‘llab sodir etilgan bezorilik og‘irlashtirilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash