XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 278⁵–278⁹-m.

Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar (2/2)

Beshinchi Bo‘Lim

278⁵-modda. Kompyuter sabotaji

O‘zganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji) —

uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

278⁶-modda. Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish

Kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yo‘q qilib yuborish, to‘sib qo‘yish, modifikatsiyalashtirish, undan nusxa ko‘chirish yoki uni qo‘lga kiritish maqsadini ko‘zlab kompyuter dasturlarini yaratish yoki mavjud dasturlarga o‘zgartirishlar kiritish, xuddi shuningdek maxsus virus dasturlarini ishlab chiqish, ulardan qasddan foydalanish yoki ularni qasddan tarqatish —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

278⁷-modda. Telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish

O‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish va xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

278⁸-modda. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish

Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.

278⁹-modda. Mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish

Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug‘ullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyatini amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yashirin mayningni amalga oshirish —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.

Bilimingizni sinang

Kompyuter sabotaji uchun jarima bilan birga muayyan huquqdan mahrum qilish eng ko‘pi bilan necha yilgacha belgilanadi?
  1. ikki yilgacha
  2. uch yilgacha
  3. bir yilgacha
  4. besh yilgacha

To‘g‘ri javob: uch yilgacha. Kompyuter sabotaji uchun uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib jarima solinadi.

Kompyuter sabotaji uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
  1. to‘rt yuz baravaridan
  2. uch yuz baravaridan
  3. ikki yuz baravaridan
  4. yuz baravaridan

To‘g‘ri javob: uch yuz baravaridan. Kompyuter sabotaji uchun uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha jarima belgilangan.

Jinoyat kodeksi — 278⁵-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Bezorilik
  2. Axborotlashtirish qoidalarini buzish
  3. Bo‘ysunmaslik
  4. Kompyuter sabotaji

To‘g‘ri javob: Kompyuter sabotaji. 278⁵-modda: Kompyuter sabotaji.

Jinoyat kodeksi: «Kompyuter sabotaji» qaysi moddada belgilangan?
  1. 277-modda
  2. 278¹-modda
  3. 278⁵-modda
  4. 279-modda

To‘g‘ri javob: 278⁵-modda. 278⁵-modda: Kompyuter sabotaji.

Jinoyat kodeksining 278⁵-moddasiga ko‘ra kompyuter sabotaji nimalarda ifodalanadi?
  1. Faqat parolni o‘g‘irlashda, shuningdek o‘zganing kompyuter hisobiga ruxsatsiz kirib, undagi ma’lumotlardan foydalanishda
  2. Faqat kompyuterni sotib olishda, shuningdek kompyuter uskunasini qonuniy ravishda ta’mirlash va yangilash ishlarini bajarishda
  3. Faqat dasturlarni nusxalashda, shuningdek litsenziyasiz dasturlarni o‘rnatish va ularni boshqa kompyuterlarga ko‘chirishda
  4. O‘zganing yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarishda, shuningdek kompyuter tizimini buzishda

To‘g‘ri javob: O‘zganing yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarishda, shuningdek kompyuter tizimini buzishda. 278⁵-modda: o‘zganing yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, shuningdek kompyuter tizimini buzish.

Kompyuter sabotaji (278⁵-modda, birinchi qism) uchun jarima qancha miqdorda belgilangan?
  1. Ellik baravaridan yuz baravarigacha
  2. Uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha
  3. Yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
  4. To‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha

To‘g‘ri javob: Uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha. 278⁵-modda birinchi qismi: uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yuz–to‘rt yuz baravar jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash/mahrum qilish.

Ishdan bo‘shatilgan xodim Qodirov qasddan kompaniyaning kompyuter tizimini buzib, uning ishini to‘xtatdi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Faqat fuqarolik javobgarligi, ya’ni zararni qoplash bilan
  2. 278⁸-modda bo‘yicha javobgarlik, kompyuter tizimidan foydalanish
  3. Jinoyat yo‘q, chunki u endi kompaniyaning xodimi emas
  4. 278⁵-modda bo‘yicha jinoiy javobgarlik, kompyuter sabotaji

To‘g‘ri javob: 278⁵-modda bo‘yicha jinoiy javobgarlik, kompyuter sabotaji. 278⁵-modda: kompyuter tizimini qasddan buzish kompyuter sabotaji hisoblanadi.

Kompyuter sabotaji bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki takroran sodir etilsa (278⁵-modda, ikkinchi qism), qanday jazo belgilangan?
  1. Ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish
  2. Besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud jarima
  3. Faqat bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari
  4. Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud jarima

To‘g‘ri javob: Ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish. 278⁵-modda ikkinchi qismi: ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJamoat tartibiga qarshi jinoyatlar (1/2)Keyingi →Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar