XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 279–286-m.

Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar

Yettinchi Bo‘Lim

279-modda. Bo‘ysunmaslik

Bo‘ysunmaslik, ya’ni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik —

ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

280-modda. Buyruqni bajarmaslik

Buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoki og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

ikki yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

281-modda. Boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish

Boshliqqa, shuningdek harbiy xizmat yuzasidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik ko‘rsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish —

ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

282-modda. Boshliqni qo‘rqitish

Jangovar vaziyatda boshliqni o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, bunday harakat amalga oshirilishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

283-modda. Badanga shikast yetkazish

Boshliqni do‘pposlash, uning badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish u harbiy xizmat yuzasidan o‘z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan bo‘lsa, —

uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Badanga og‘ir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —

yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

284-modda. Bo‘ysunuvchining o‘z boshlig‘ini yoki boshliqning o‘ziga bo‘ysunuvchini haqorat qilishi

Bo‘ysunuvchining o‘z boshlig‘ini, shuningdek, boshliqning o‘ziga bo‘ysunuvchini haqorat qilishi shunday harakatlar uchun intizomiy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

285-modda. Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish

Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, ya’ni muntazam xo‘rlash, azob berish, sog‘liqning buzilishiga sabab bo‘lgan badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish —

ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:

o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

286-modda. Marodyorlik

Marodyorlik, ya’ni halok bo‘lganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini jangovar vaziyatda egallash —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bilimingizni sinang

Harbiy xizmatda buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortganlik uchun xizmat bo‘yicha cheklash eng ko‘pi bilan necha yilgacha belgilanadi?
  1. uch yilgacha
  2. ikki yilgacha
  3. besh yilgacha
  4. bir yilgacha

To‘g‘ri javob: ikki yilgacha. Bo‘ysunmaslik uchun ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish belgilangan.

Harbiy xizmatda bo‘ysunmaslik uchun intizomiy qismga yuborish eng ko‘pi bilan necha yilgacha belgilanadi?
  1. uch yilgacha
  2. bir yilgacha
  3. ikki yilgacha
  4. olti oygacha

To‘g‘ri javob: bir yilgacha. Bo‘ysunmaslik uchun bir yilgacha intizomiy qismga yuborish mumkin.

Jinoyat kodeksi — 279-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Bezorilik
  2. Bo‘ysunmaslik
  3. Kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish
  4. Kompyuter sabotaji

To‘g‘ri javob: Bo‘ysunmaslik. 279-modda: Bo‘ysunmaslik.

Jinoyat kodeksi: «Bo‘ysunmaslik» qaysi moddada belgilangan?
  1. 278⁵-modda
  2. 278³-modda
  3. 279-modda
  4. 277-modda

To‘g‘ri javob: 279-modda. 279-modda: Bo‘ysunmaslik.

Jinoyat kodeksining 279-moddasiga ko‘ra bo‘ysunmaslik nimalarda ifodalanadi?
  1. Faqat navbatchilikka kechikishda, shuningdek navbatchilik vaqtida belgilangan postni ruxsatsiz tark etishda
  2. Faqat formani noto‘g‘ri kiyishda, shuningdek harbiy salomlashish qoidalarini qasddan buzishda
  3. Faqat ruxsatsiz harbiy qismni tark etishda, shuningdek xizmat joyiga o‘z vaqtida qaytmaslikda
  4. Buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortishda, shuningdek buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslikda

To‘g‘ri javob: Buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortishda, shuningdek buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslikda. 279-modda: bo‘ysunmaslik — buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish yoki boshqa tarzda qasddan bajarmaslik.

Askar Sodiqov jangovar vaziyatda komandirning buyrug‘ini bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortdi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash
  2. Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  3. Bir yilgacha intizomiy qismga yuborish
  4. Besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: Besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 279-modda uchinchi qismi: jangovar vaziyatda sodir etilsa, besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Bo‘ysunmaslik (279-modda) va buyruqni bajarmaslik (280-modda) o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
  1. 279-moddada buyruq ehtiyotsizlik orqasida bajarilmaydi, 280-moddada esa qasddan bajarilmaydi
  2. 279-moddada buyruq qasddan bajarilmaydi, 280-moddada ehtiyotsizlik orqasida bajarilmaydi
  3. Ikkalasi bir xil, farq faqat jazo muddatida bo‘lib, 280-moddada jazo og‘irroq belgilangan
  4. 279-modda faqat jangovar vaziyatda qo‘llanadi, 280-modda esa tinchlik vaqtida qo‘llanadi

To‘g‘ri javob: 279-moddada buyruq qasddan bajarilmaydi, 280-moddada ehtiyotsizlik orqasida bajarilmaydi. 279-modda: buyruqni qasddan bajarmaslik; 280-modda: buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik.

Buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, xizmat yuzasidan cheklash eng ko‘pi bilan necha yilgacha belgilanadi?
  1. ikki yilgacha
  2. bir yilgacha
  3. uch yilgacha
  4. besh yilgacha

To‘g‘ri javob: ikki yilgacha. Bunday qilmish uchun ikki yilgacha xizmat yuzasidan cheklash belgilangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJamoat tartibiga qarshi jinoyatlar (2/2)Keyingi →Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar