XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 35–39²-m.

Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar (2/2)

Ikkinchi Bo‘Lim

35-modda. Tergovchi

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlarining va davlat xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradilar.

36-modda. Tergovchining vakolatlari

Tergovchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish to‘g‘risida yozma topshiriqlar berishga; boshqa tergovchi va surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 243¹-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga; O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; tintuv o‘tkazish to‘g‘risida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash to‘g‘risida iltimosnomalar berishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.

36-modda. Tergovchining vakolatlari (davomi)

Tergovchi tergovning yo‘nalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni, prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul qiladi.

Tergovchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritish haqidagi ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish haqidagi ko‘rsatmalariga rozi bo‘lmasa, o‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda quyi turuvchi prokurorning ko‘rsatmasini yuqori turuvchi prokuror o‘z qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo‘yicha tergov yuritishni boshqa tergovchiga topshiradi.

36-modda. Tergovchining vakolatlari (davomi)

Tergovchining o‘z yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

37-modda. Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining vakolatlari

Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhining boshlig‘i va uning o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan tergovchilarning o‘z vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni to‘la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko‘radilar.

Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhining boshlig‘i va uning o‘rinbosari ishlarni tekshirib ko‘rishga, shuningdek dastlabki tergov o‘tkazish, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo‘nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish haqida tergovchiga ko‘rsatmalar berishga, ishni bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha tergovchiga topshirishga, shuningdek tergovchi vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergov olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir.

Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining ish yuzasidan ko‘rsatmalari tergovchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir.

Olingan ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.

38-modda. Surishtiruv

Jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv:

38¹-modda. Surishtiruvchining vakolatlari

Surishtiruvchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 243¹-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga; O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; tintuv o‘tkazish to‘g‘risida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash to‘g‘risida iltimosnomalar berishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.

38¹-modda. Surishtiruvchining vakolatlari (davomi)

Surishtiruvchi surishtiruvning yo‘nalishiga oid barcha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi, bundan qonunda prokuror ruxsatini olish nazarda tutilgan hollar mustasno.

Surishtiruvchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qo‘llash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritish to‘g‘risidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalariga rozi bo‘lmasa, o‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorning ko‘rsatmasini o‘z qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo‘yicha surishtiruv yuritishni boshqa surishtiruvchiga topshiradi.

38¹-modda. Surishtiruvchining vakolatlari (davomi)

Surishtiruvchining o‘z yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

39-modda. Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining vakolatlari

Surishtiruv bo‘linmasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan surishtiruvchilarning o‘z vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruvni to‘la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko‘radilar.

Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari ishlarni tekshirib ko‘rishga, surishtiruvchiga surishtiruv yuritish, shaxsni ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo‘nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish haqida ko‘rsatmalar berishga, ishni bir surishtiruvchidan ikkinchi surishtiruvchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha surishtiruvchiga topshirishga, shuningdek surishtiruvchi vakolatlaridan foydalanib, surishtiruv yuritishda qatnashishga va surishtiruvni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir.

Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining ish yuzasidan ko‘rsatmalari surishtiruvchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir.

Olingan ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 38¹-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.

39¹-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar

Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

39¹-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar (davomi)

39¹-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar (davomi)

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar zimmasiga zarur choralar ko‘rish vazifasi, shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan so‘ng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda, zarur choralar ko‘rish vazifasi yuklatiladi. Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, davlat bojxona xizmati organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ularning joylardagi bo‘linmalari shu maqsadda tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga haqli.

Tezkor-qidiruv faoliyatini o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.

39²-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘ining va uning mansabdor shaxsining vakolatlari

Ushbu Kodeksning 39¹-moddasida sanab o‘tilgan har bir organning rahbarlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning boshlig‘i sifatida harakat qila turib, tergovga qadar tekshiruvni boshlashga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni topshirishga, jinoyat ishini qo‘zg‘atishga yoki ish qo‘zg‘atishni rad etishga yoxud arizani, xabarni tergovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazishga haqlidir.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs zimmasiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishga doir vazifalarni yuklatish tartibi mazkur organ tomonidan belgilanadi.

Boshliqning topshirig‘iga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, dalillarni to‘plash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy zararning o‘rni qoplanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan, kechiktirib bo‘lmaydigan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart.

Tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi zimmasiga tergovchi, surishtiruvchi yuritayotgan ish bo‘yicha ayrim protsessual harakatlarni va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqlarini bajarish hamda tergovchiga, surishtiruvchiga protsessual harakatlarni bajarishida ko‘maklashish majburiyati ham yuklatiladi.

39²-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘ining va uning mansabdor shaxsining vakolatlari (davomi)

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek tergovchining, surishtiruvchining topshirig‘ini bajarayotganda, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi va qarorlar qabul qiladi.

Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar olish mazkur jinoyat ishi o‘z yurituvida bo‘lgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi, bundan belgilangan tartibda himoyachidan voz kechilgan hollar mustasno.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qarorlari mazkur organ boshlig‘i tomonidan tasdiqlanishi lozim. Boshliqning yozma ko‘rsatmalari ularni bajarishni to‘xtatmay turib, ushbu ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqli bo‘lgan unga bo‘ysunuvchi mansabdor shaxs uchun majburiydir.

Prokurorning yozma ko‘rsatmalari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i va uning mansabdor shaxsi uchun majburiydir. Ular prokurorning ko‘rsatmalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ko‘rsatmalarni bajarishni to‘xtatmay turib, yuqori turuvchi prokurorga ularning ustidan shikoyat qilishga haqlidir.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 35-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Tergovchi
  2. Sud majlisi kotibi
  3. Jamoat birlashmalari va jamoalarning jinoyat protsessida ko‘rilishi lozim bo‘lgan ariza va iltimoslari
  4. Tergovchining vakolatlari

To‘g‘ri javob: Tergovchi. 35-modda: Tergovchi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Tergovchi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 32-modda
  2. 36-modda
  3. 40-modda
  4. 35-modda

To‘g‘ri javob: 35-modda. 35-modda: Tergovchi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, quyidagi organlardan qaysi birining tergovchilari jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni olib boradi?
  1. Davlat xavfsizlik xizmati
  2. Milliy gvardiya
  3. Davlat soliq qo‘mitasi
  4. Davlat bojxona qo‘mitasi

To‘g‘ri javob: Davlat xavfsizlik xizmati. 35-moddaga ko‘ra, dastlabki tergovni prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 36-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Prokurorning vakolatlari
  2. Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining vakolatlari
  3. Sud majlisi kotibi
  4. Tergovchining vakolatlari

To‘g‘ri javob: Tergovchining vakolatlari. 36-modda: Tergovchining vakolatlari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Tergovchining vakolatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 32-modda
  2. 34-modda
  3. 39-modda
  4. 36-modda

To‘g‘ri javob: 36-modda. 36-modda: Tergovchining vakolatlari.

Tergovchi Rahimov ayblanuvchi Sodiqovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini o‘zi qo‘llamoqchi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, uning vakolati qanday?
  1. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini mustaqil qo‘llashga haqli, uy qamog‘i uchun esa faqat prokuror sanksiyasi talab etiladi va sud ruxsati shart emas
  2. Ehtiyot chorasi bilan umuman shug‘ullana olmaydi, chunki bu faqat sudya va prokuror vakolatiga kiradi, tergovchi esa hech narsa qila olmaydi
  3. Faqat prokurorning og‘zaki ko‘rsatmasi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashi mumkin, sud qaroriga muhtoj emas va iltimosnoma shart emas
  4. Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qila olmaydi, faqat uni qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga haqli

To‘g‘ri javob: Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qila olmaydi, faqat uni qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga haqli. 36-moddaga ko‘ra, tergovchi ehtiyot chorasini tanlaydi, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; ular bo‘yicha iltimosnoma beradi.

Quyidagilardan qaysi biri Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra tergovchining vakolatiga kiradi?
  1. Jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarishga va ayblanuvchini jazodan ozod qilishga
  2. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga
  3. Ayblanuvchini sud tartibida jazodan ozod qilishga, hukmni o‘zgartirishga
  4. Qonuniy kuchga kirgan hukmni bekor qilishga va ishni yangi tergovga qaytarishga

To‘g‘ri javob: Jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga. 36-moddaga ko‘ra, tergovchi jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga haqli.

Tergovchi Karimov prokurorning ishni sudga yuborish haqidagi ko‘rsatmasiga rozi emas. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, u nima qilishga haqli?
  1. Ko‘rsatmani e’tiborsiz qoldirib, ishni o‘zi mustaqil ravishda sudga yuborishga haqli, e’tiroz bildirmasdan
  2. Ishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga yuborib, prokurorning ko‘rsatmasini sud tomonidan ko‘rib chiqilishini so‘rashga
  3. O‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga
  4. Ishni shaxsan tugatishga va bu haqda prokurorga xabar bermasdan, ishni arxivga topshirishga

To‘g‘ri javob: O‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga. 36-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, rozi bo‘lmasa, e’tirozlarini yozma bayon qilib, ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqli.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar (1/2)Keyingi →Jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi jamoat birlashmalari, jamoalar va ularning vakillari