Jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar. himoyachilar va vakillar (1/2)
Ikkinchi Bo‘Lim
45-modda. Ayblanuvchi
Ayblanuvchi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxsdir.
Ayblanuvchi sudda sudlanuvchi deb, hukm chiqarilganidan keyin esa, mahkum yoki oqlangan deb ataladi.
46-modda. Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari
Ayblanuvchi: o‘zining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari bo‘yicha ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; jinoyat ishining surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi e’tiroz bildirish hamda sud muhokamasi o‘tkazilishini talab qilish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha, birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega.
46-modda. Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari (davomi)
Sudlanuvchi oxirgi so‘z bilan chiqish huquqiga ega.
Ayblanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorlari va sudning ajrimlari hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ayblanuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish, shuningdek o‘zining aybdor emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
47-modda. Gumon qilinuvchi
Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etgani to‘g‘risida ma’lumotlar bor bo‘lsa-da, bu ma’lumotlar uni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun yetarli bo‘lmagan shaxsdir. Shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
48-modda. Gumon qilinuvchining huquq va majburiyatlari
Gumon qilinuvchi: o‘zining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan yoxud uning gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan keyin yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay so‘roq qilinishini talab qilish; o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega.
48-modda. Gumon qilinuvchining huquq va majburiyatlari (davomi)
Gumon qilinuvchi: surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi, surishtiruvda va dastlabki tergovda ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlari va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga to‘sqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda tartibga rioya etishi shart.
Gumon qilinuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish, shuningdek o‘zining jinoyatga aloqador emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
49-modda. Himoyachi
Himoyachi gumon qilinuvchilarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish hamda ularga zarur yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir.
Ishda himoyachilar sifatida advokatlar ishtirok etishlari mumkin. Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokat guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosnomasi bo‘yicha surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi.
50-modda. Himoyachini taklif etish
Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlaydi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan tanlangan himoyachining yigirma to‘rt soat ichida ishga kirishish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishga kirishishga haqlidir.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, sud esa ajrim chiqaradi va advokatning ishga kirishish vaqtini belgilaydi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi.
50-modda. Himoyachini taklif etish (davomi)
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tanlanadi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak.
“Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tanlangan hamda tegishli ishda o‘zining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida belgilangan muddatda ishga kirishishi shart.
“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda advokat davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarning navbatchilik jadvaliga asosan ishda ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin.
Advokat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoki ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif qilingan yoxud ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda himoyachini taklif qilish huquqidan foydalanish niyati bildirilgan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
51-modda. Himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar
Quyidagi ishlar bo‘yicha:
- 1) voyaga yetmaganlarning ishi bo‘yicha;
- 2) soqovlar, karlar, ko‘rlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi bo‘yicha;
- 3) sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi bo‘yicha;
- 4) jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishi bo‘yicha;
- 5) shaxslarning manfaatlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lib, ulardan aqalli biri himoyachiga ega bo‘lgan ishlar bo‘yicha;
- 6) davlat ayblovchisi yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar bo‘yicha;
- 7) jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan ishlarda;
- 8) tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarda;
8.¹) sud tomonidan dastlabki eshituv o‘tkazilayotgan ishlarda;
8.²) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar bo‘yicha;
8.³) shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda;
8.⁴) aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha;
- 9) apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudi tomonidan ko‘riladigan ishlarda himoyachi ishtirok etishi shart.
51-modda. Himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar (davomi)
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishning murakkabligi va boshqa holatlari tufayli gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z huquqlarini amalga oshirishda qiynalishi mumkin degan xulosaga kelsa, boshqa ishlar bo‘yicha ham himoyachining ishtirok etishini shart deb topishga haqlidir.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ushbu Kodeks 50-moddasining to‘rtinchi — o‘ninchi qismlarida belgilangan tartibda jinoyat ishi bo‘yicha himoyachining ishtirokini ta’minlashi shart.
52-modda. Himoyachidan voz kechish
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritishning istalgan paytida himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan advokat taklif etish orqali ta’minlanadigan real imkoniyat mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi, bunda advokat o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan keyin himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi. Himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Himoyachidan voz kechganlik haqida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilmaydi.
Ushbu Kodeks 51-moddasi birinchi qismining 1 — 4, 8, 8³, 8⁴va 9-bandlarida nazarda tutilgan hollarda himoyachidan voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish haqida iltimos qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Bunday iltimos barcha hollarda qanoatlantirilishi kerak. Sud tergovi davomida himoyachining ishtirok etishi haqida berilgan iltimosnoma ishning holatlarini hisobga olib va sudlanuvchiga himoya huquqini ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab sud tomonidan hal etiladi. Himoyachining sud majlisi davomida ishga kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos bo‘lmaydi.
53-modda. Himoyachining huquq va majburiyatlari
Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan so‘ng ishda ishtirok etish; gumon qilinuvchi so‘roq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov e’lon qilinayotganda hozir bo‘lish hamda ayblanuvchi so‘roq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish va gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan ishtirok etish; o‘zi ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillarni to‘plash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; agar himoyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborot bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tanishish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda va sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlar to‘g‘risida bilish hamda ularga nisbatan e’tirozlar bildirish; apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.
53-modda. Himoyachining huquq va majburiyatlari (davomi)
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamog‘ida bo‘lsa, himoyachi u bilan jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda xoli uchrashishga haqli.
Himoyachi o‘z vazifasini amalga oshirishi munosabati bilan bilgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Himoyachi: gumonni yoki ayblovni rad etadigan yoxud javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni aniqlash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullarni qo‘llashi hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga zarur yuridik yordam ko‘rsatishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtidan boshlab advokat himoyachi vazifasini bajarishni rad etishga haqli emas.
54-modda. Jabrlanuvchi
Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar bo‘lgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb e’tirof etiladi. Jabrlanuvchi deb e’tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxs bo‘lsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning o‘rniga qonuniy vakili ishtirok etadi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksi — 45-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari
- Himoyachi
- Ayblanuvchi
- Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari
To‘g‘ri javob: Ayblanuvchi. 45-modda: Ayblanuvchi.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ayblanuvchi» qaysi moddada belgilangan?
- 49-modda
- 46-modda
- 45-modda
- 44-modda
To‘g‘ri javob: 45-modda. 45-modda: Ayblanuvchi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ayblanuvchi sud muhokamasi bosqichida qanday ataladi?
- Oqlangan shaxs
- Mahkum
- Sudlanuvchi
- Gumon qilinuvchi
To‘g‘ri javob: Sudlanuvchi. 45-moddaga ko‘ra ayblanuvchi sudda sudlanuvchi, hukm chiqarilgach esa mahkum yoki oqlangan deb ataladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 46-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jamoat birlashmalari va jamoalarning jinoyat protsessida ko‘rilishi lozim bo‘lgan ariza va iltimoslari
- Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari
- Himoyachi
- Jamoat birlashmalarini, jamoalarni va tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakilini jinoyat ishi haqida xabardor qilish
To‘g‘ri javob: Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari. 46-modda: Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 46-modda
- 40-modda
- 49-modda
- 41-modda
To‘g‘ri javob: 46-modda. 46-modda: Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ayblanuvchi zimmasiga qaysi majburiyat yuklanishi mumkin emas?
- O‘zining aybdor emasligini isbotlash
- Ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarish
- Sud majlisi vaqtida tartibga rioya etish
- Chaqiruvga binoan hozir bo‘lish
To‘g‘ri javob: O‘zining aybdor emasligini isbotlash. 46-moddaga ko‘ra ayblanuvchi zimmasiga o‘zining aybdor emasligini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
Ayblanuvchi Karimov tergovchining chaqiruviga sababsiz kelmadi va: «Aybsizligimni isbotlamayman, buni tergovchi qilsin», dedi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Ikkala xatti-harakat ham uning huquqi hisoblanadi, chunki ayblanuvchi ishda ishtirok etishga majbur emas
- Ikkala xatti-harakat ham majburiyatni buzish, chunki u aybsizligini o‘zi isbotlashi shart
- Aybsizligini isbotlamaslik majburiyatni buzish, chaqiruvga kelmaslik esa uning huquqi hisoblanadi
- Chaqiruvga kelmaslik majburiyatni buzish, lekin aybsizligini isbotlash majburiyati unga yuklanmaydi
To‘g‘ri javob: Chaqiruvga kelmaslik majburiyatni buzish, lekin aybsizligini isbotlash majburiyati unga yuklanmaydi. 46-moddaga ko‘ra ayblanuvchi chaqiruvga binoan hozir bo‘lishi shart, ammo aybsizligini isbotlash majburiyati yuklanmaydi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 47-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari
- Gumon qilinuvchi
- Jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari
- Tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakili
To‘g‘ri javob: Gumon qilinuvchi. 47-modda: Gumon qilinuvchi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash