XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 70–75-m.

Jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar (2/2)

Ikkinchi Bo‘Lim

70-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari

Mutaxassis: o‘zining qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; basharti tegishli bilimlarga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortish; o‘zi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga oid ish materiallari bilan tanishish; o‘zi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga aloqador arz va mulohazalar bildirish; tergov harakatlari va sud muhokamasida ishtirok etayotgan shaxslarga surishtiruvchining, tergovchining, prokuror va sudning ruxsati bilan savollar berish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga egadir.

Mutaxassis: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; tergov harakatlari va sud muhokamasini yuritishda dalillarni topish va mustahkamlash uchun ilmiy-texnika vositalari, maxsus bilim va malakasidan foydalangan holda ishtirok etishi; ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning e’tiborini qaratishi; o‘zi bajarayotgan harakatlar bo‘yicha tushuntirishlar berishi; jinoyatning kelib chiqish sabablarini, sodir qilinishiga imkon bergan sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.

71-modda. Tarjimon

Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi:

Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qo‘llaniladi.

72-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari

Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish; o‘zi qatnashgan tergov harakatlari bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun zarur bilim va malakaga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir.

Tarjimon: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning, sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; o‘ziga topshirilgan tarjimani aniq va to‘liq bajarishi; tarjimaning to‘g‘riligini o‘zining ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakati bayonnomasi va sud majlisining bayonnomasiga, shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladigan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlashi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.

Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.

73-modda. Xolislar

Xolislar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan tergov yoki boshqa harakatlar o‘tkazilganini, uni o‘tkazish jarayoni va natijalarini tasdiqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda chaqiriladi.

Tergov harakatlarini yuritishda ishtirok etish uchun ishning oqibatidan manfaatdor bo‘lmagan, kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro chaqirilishi lozim. Tergov harakatini boshlashdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.

74-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari

Xolis: tergov harakatida ishtirok etish; tergov harakati bo‘yicha bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan arz va mulohazalar berish; o‘zi ishtirok etgan tergov harakatining bayonnomasi bilan tanishish; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir.

Xolis: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; tergov harakatini yuritishda ishtirok etishi; tergov harakati o‘tkazilgani, uni o‘tkazish jarayoni va natijalarini tergov harakati bayonnomasida imzo chekib tasdiqlashi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi shart.

Xolis uzrsiz sababga ko‘ra o‘z vazifasini bajarishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.

Xolis o‘zi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha guvoh tariqasida so‘roq qilinishi mumkin. U bunday hollarda ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.

75-modda. Jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga va xolislarga ularning sarf-xarajatlarini to‘lash

Jabrlanuvchi yoki uning vakili, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida chaqirilgan shaxsning ish joyidagi o‘rtacha oylik maoshi uning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud huzuriga chaqirilishi munosabati bilan ketgan hamma vaqt uchun saqlanadi. Ishlamaydigan shaxslarga ular kundalik mashg‘ulotlari bilan shug‘ullana olmaganliklari uchun haq to‘lanadi. Bundan tashqari ko‘rsatilgan hamma shaxslar chaqirilish munosabati bilan qilgan sarf-xarajatlarini undirish huquqiga egadirlar.

Ekspert, mutaxassis va tarjimon o‘z majburiyatlarini bajarganliklari uchun haq olish huquqiga ega. Ushbu majburiyatlar xizmat topshirig‘i tarzida bajarilgan hollar bundan mustasno.

Sarf-xarajatlar qonunda belgilangan tartibda va miqdorda to‘lanadi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 70-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ekspertning huquq va majburiyatlari
  2. Mutaxassis
  3. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
  4. Tarjimon

To‘g‘ri javob: Mutaxassisning huquq va majburiyatlari. 70-modda: Mutaxassisning huquq va majburiyatlari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Mutaxassisning huquq va majburiyatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 71-modda
  2. 68-modda
  3. 70-modda
  4. 69-modda

To‘g‘ri javob: 70-modda. 70-modda: Mutaxassisning huquq va majburiyatlari.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, mutaxassis tegishli bilimlarga ega bo‘lmasa nima qilishga haqli?
  1. Ishni boshqa mutaxassisga topshirib, ishtirok etishda davom etishga
  2. Ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortishga
  3. Bilimsizligi haqida ayblanuvchiga xabar berishga
  4. Tergovchi ruxsatisiz o‘z o‘rniga boshqa shaxsni yuborishga

To‘g‘ri javob: Ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortishga. 70-moddaga ko‘ra mutaxassis tegishli bilimlarga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega.

Mutaxassis surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini kimning ruxsatisiz oshkor etmasligi shart?
  1. Jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakilining
  2. Ayblanuvchining himoyachisi yoki ekspertning
  3. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning
  4. Ish bo‘yicha guvoh yoki jamoat ayblovchisining

To‘g‘ri javob: Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning. 70-moddaga ko‘ra mutaxassis surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor etmaydi.

Tergov harakati paytida mutaxassis shifokor Aliyev guvohga o‘zboshimchalik bilan savol bermoqchi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Mutaxassis har qanday savolni erkin bera oladi, surishtiruvchi yoki sud ruxsatisiz ham
  2. Mutaxassis savollarni faqat ayblanuvchining ruxsati bilan beradi, boshqa organlar ruxsati talab etilmaydi
  3. Mutaxassis tergov harakatida savol berish huquqiga umuman ega emas, faqat jim turib kuzatadi
  4. Mutaxassis savollarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning ruxsati bilan berishga haqli

To‘g‘ri javob: Mutaxassis savollarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning ruxsati bilan berishga haqli. 70-moddaga ko‘ra mutaxassis ishtirokchilarga savollarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning ruxsati bilan beradi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, quyidagi hollardan qaysi birida tarjimon chaqiriladi?
  1. Guvoh ko‘rsatuv berishdan bosh tortganda yoki yolg‘on gapirganda
  2. Biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo‘lganda
  3. Ekspertiza obyektlari yetishmay qolganda yoki ular yo‘qolganda
  4. Sudlanuvchi aybini tan olganda yoki ishda iqror bo‘lganda

To‘g‘ri javob: Biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo‘lganda. 71-moddaga ko‘ra biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo‘lsa, tarjimon chaqiriladi.

Kar guvoh Salimaning imo-ishoralarini faqat uning onasi tushunadi. Tergovchi onasini so‘roqda ishtirok etishga taklif qildi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Unga tarjimonga tegishli qoidalar nisbatan qo‘llaniladi
  2. Onasi qonuniy vakil sifatida guvohning o‘rniga ko‘rsatuv beradi
  3. Onasi guvoh sifatida so‘roq qilinadi, boshqa vazifa bajara olmaydi
  4. Kar guvohning ko‘rsatuvi qabul qilinmaydi

To‘g‘ri javob: Unga tarjimonga tegishli qoidalar nisbatan qo‘llaniladi. 71-moddaga ko‘ra tarjimonga tegishli qoidalar kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan taklif qilingan shaxsga ham qo‘llaniladi.

Tarjimon tarjimaning to‘g‘riligini qanday tasdiqlashi shart?
  1. Bayonnoma va tarjima qilingan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan
  2. Notarial tasdiqlash orqali va davlat organlarining yozma xulosasi bilan
  3. Prokurorning yozma xulosasi va sudyaning rasmiy tasdig‘i bilan
  4. Og‘zaki qasamyod ichish bilan va bayonnomani sudda o‘qib eshittirib

To‘g‘ri javob: Bayonnoma va tarjima qilingan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan. 72-moddaga ko‘ra tarjimon tarjimaning to‘g‘riligini bayonnoma va hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar (1/2)Keyingi →Jinoyat protsessida ishtirok etishga monelik qiladigan holatlar. rad qilishlar