Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish (2/2)
To‘Qqizinchi Bo‘Lim
574-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Sudya tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni prokurordan olgach, uni ushbu Kodeksning 395 — 405-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan o‘tkaziladigan sud muhokamasiga tayinlaydi.
575-modda. Sud muhokamasi
Sud muhokamasi ushbu Kodeksning 50 — 52-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq ravishda o‘tkaziladi.
Sud majlisida prokuror va himoyachi ishtirok etishi shart.
Sud tergovi prokurorning ishni sudga oshirish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirishidan boshlanadi. Shundan so‘ng sud taraflarning ishtirokida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan dalillarni tekshiradi: so‘roq qiladi, ko‘zdan kechirish o‘tkazadi, hujjatlarni o‘qib eshittiradi, ekspertlarni tinglaydi, haqiqatga erishish uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni bajaradi.
Sud tergovi tamomlanganidan so‘ng sud taraflarning muzokarasiga o‘tadi. Muzokarada prokuror, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etadilar. Muzokaraning oxirida himoyachi so‘zga chiqadi. Oxirgi e’tiroz bildirish huquqi ham unga beriladi.
Taraflarning nutqlarini eshitib bo‘lgach, sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
576-modda. Alohida xonada sud hal qiladigan masalalar
Alohida xonada sud quyidagi masalalarni hal qiladi:
- 1) jinoyat sodir etilganmi yoki aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganmi;
- 2) ana shu jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish ishi ko‘rilayotgan shaxs tomonidan sodir etilganmi;
- 3) hozirgi vaqtda mazkur shaxsning ruhiy holati buzilganmi;
- 4) jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan yoki aqli noraso holda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash talab etiladimi va agar talab etilsa, aynan qanday chorani qo‘llash kerak;
- 5) mazkur shaxs ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanishga muhtojmi.
Sud, shuningdek ushbu Kodeks 457-moddasi birinchi qismining 10 — 14-bandlarida nazarda tutilgan masalalarni ham hal qiladi.
577-modda. Sud ajrimi
Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat to‘g‘risidagi yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish haqidagi ish bo‘yicha sud majlisida chiqarilgan sud ajrimi quyidagi qoidalar asosida tuziladi.
Sud ajrimning kirish qismida sud ishining raqamini, ishi ko‘rilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyi, turar joyi, ish joyi, mashg‘ulot turi, ma’lumotini va shaxsi to‘g‘risidagi ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
Ajrimning tavsif-asoslash qismida sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoki qo‘llamaslik uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bayon qiladi, shu chorani qo‘llashni taqozo qiladigan, shubha ostiga qo‘yadigan yoki unga monelik qiladigan dalillar keltiradi. Shundan so‘ng ajrimda sud ushbu Kodeksning 576-moddasida sanab o‘tilgan masalalarga o‘zining javoblarini ifodalaydi.
Ajrimning xulosa qismida sud quyidagi qarorlardan birini bayon qiladi:
- 1) shaxsni jinoyat sodir etgan, keyinchalik unda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb e’tirof etish yoxud uni ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topish to‘g‘risida, shuningdek bu shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoki qo‘llamaslik to‘g‘risida;
- 2) ishi ko‘rilayotgan shaxs qilgan deb hisoblanayotgan jinoyat hodisasi yoki ijtimoiy xavfli qilmish yo‘qligi sababli ishni tugatish to‘g‘risida;
577-modda. Sud ajrimi (davomi)
- 3) shaxsning daxldor emasligi tufayli tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish haqida va ushbu shaxsni aniqlash hamda uni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish choralarini ko‘rish uchun ishni prokurorga yuborish to‘g‘risida;
- 4) tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritishni tugatish va mazkur shaxsga nisbatan ish bo‘yicha ushbu Kodeksning 579-moddasiga asosan sud ishi yurituvini qo‘zg‘atish haqida.
Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi masala fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi.
Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj bo‘lgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritish tugatilgan taqdirda, sud bu haqda shaxsning turar joyidagi sog‘liqni saqlash organiga darhol xabar qiladi.
578-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tugatish yoki o‘zgartirish
O‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxs sog‘aygan taqdirda yoxud ruhiy holati buzilgan shaxs sog‘lig‘ining holati u sud tomonidan dastlab belgilangan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralaridan boshqa xildagi tibbiy choraga muhtoj bo‘ladigan yoxud bunday xildagi choralarga muhtoj bo‘lmaydigan tarzda o‘zgargan taqdirda, sud tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tugatadi yoki o‘zgartiradi.
579-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritishni tiklash
Jinoyat sodir etganligi va buning oqibatida ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelganligi tufayli o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxs sog‘aygan taqdirda, sud ish yuritishni shaxsning ruhiy holati buzilgan bosqichdan boshlab umumiy tartibda tiklash to‘g‘risidagi masalani hal qilishi kerak.
580-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash to‘g‘risidagi masalalarni sud tomonidan ko‘rib chiqishga quyidagilar sabab bo‘ladi.
- 1) majburlov chorasi tayinlangan shaxs saqlanayotgan tibbiy muassasa ma’muriyatining shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan iltimosnomasi;
- 2) prokurorning shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan taqdimnomasi;
- 3) mazkur shaxsning himoyachisi, yaqin qarindoshlari, qonuniy vakillari yoki boshqa manfaatdor fuqarolarning, shuningdek jamoat birlashmalari va jamoalarning iltimosnomasi.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi tayinlangan, ruhiy holati buzilgan shaxslarni shifokorlar komissiyalari yoki tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazish olti oyda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatish, shuningdek ish yuritishni umumiy tartibda tiklash masalalarini tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan sud yoki ushbu chora qo‘llanayotgan joydagi sud ko‘rib chiqadi.
Ish sudda ko‘rishga tayinlangani to‘g‘risida sud taraflarga, shuningdek iltimosnoma bilan murojaat qilgan tibbiy muassasa ma’muriyatiga, shaxslarga, jamoat birlashmalari va jamoalar rahbarlariga xabar qiladi.
Sud majlisida prokuror va himoyachining ishtirok etishi shart.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda sudya ishni sudda ko‘rishga tayinlashdan oldin tegishli tibbiy muassasadan shu shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida shifokorlar komissiyasining xulosasini talab qilib oladi.
580-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash (davomi)
Shifokorlar komissiyasining iltimosnomaga qo‘shib berilgan yoki talab qilib olingan xulosasi sudda shubha tug‘dirsa, sud sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlashi, qo‘shimcha hujjatlar talab qilishi, iltimosnoma kim haqida berilgan bo‘lsa, shu shaxsni, jabrlanuvchini, guvohlarni so‘roq qilishi va boshqa zaruriy harakatlarni o‘tkazishi mumkin.
Sud majlisida dalillarni tekshirish ushbu Kodeksning 439 — 448-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.
Dalillarni tekshirish nihoyasiga yetgach, sud tomonlarning muzokarasini eshitadi, bu muzokara prokuror va himoyachi nutqidan iborat bo‘ladi.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatish haqida, shuningdek uni uzaytirishni, o‘zgartirishni yoki tugatishni rad etish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim sud majlisida o‘qib eshittiriladi.
581-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash haqidagi ishni yuritishni to‘xtatish va tugatish, ushbu choralarni qo‘llash, ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish, ishni yuritishni umumiy tartibda tiklash, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki o‘zgartirishni rad etish to‘g‘risidagi hamda ish yuritishni umumiy tartibda tiklashni rad etish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan o‘ziga nisbatan sud ajrimi chiqarilgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchi va uning vakili xususiy shikoyat berish, prokuror esa xususiy protest bildirish huquqiga ega.
Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masala bo‘yicha sud ajrimining fuqaroviy da’voga tegishli qismi ustidan xususiy shikoyat berishga haqli.
Ushbu moddada nazarda tutilgan ajrimlar ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni apellyatsiya instansiya sudi ushbu Kodeksning 55²-bobida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda ko‘rib chiqadi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksi — 575-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritishni tiklash
- Sud muhokamasi
- Yarashilganligi munosabati bilan ko‘rib chiqiladigan jinoyat ishlari
- Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash
To‘g‘ri javob: Sud muhokamasi. 575-modda: Sud muhokamasi.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Sud muhokamasi» qaysi moddada belgilangan?
- 579-modda
- 575-modda
- 580-modda
- 582-modda
To‘g‘ri javob: 575-modda. 575-modda: Sud muhokamasi.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni sud majlisida ko‘rishda qaysi shaxslarning ishtiroki shart?
- Faqat sudya va kotib
- Prokuror va himoyachi
- Faqat jabrlanuvchi va uning vakili
- Ekspert va guvohlar
To‘g‘ri javob: Prokuror va himoyachi. 575-moddaga ko‘ra, sud majlisida prokuror va himoyachi ishtirok etishi shart.
Tibbiy majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud tergovi nimadan boshlanadi?
- Ekspertlarni tinglash hamda ularning xulosalarini o‘qib eshittirishdan
- Himoyachining nutqidan va uning iltimosnomalarini ko‘rib chiqishdan
- Sudyaning ishni ko‘zdan kechirishi va ashyoviy dalillarni tekshirishidan
- Prokurorning ishni sudga oshirish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirishidan
To‘g‘ri javob: Prokurorning ishni sudga oshirish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirishidan. 575-moddaga ko‘ra, sud tergovi prokuror qarorini o‘qib eshittirishdan boshlanadi.
Tibbiy majburlov choralari to‘g‘risidagi ishda taraflarning muzokarasida kim muzokaraning oxirida so‘zga chiqadi va qanday huquqqa ega bo‘ladi?
- Himoyachi so‘zga chiqadi va oxirgi e’tiroz bildirish huquqiga ega
- Prokuror so‘zga chiqadi va oxirgi e’tiroz bildirish huquqiga ega
- Jabrlanuvchi so‘zga chiqadi va oxirgi e’tiroz bildirish huquqiga ega
- Sudya so‘zga chiqadi va ajrim e’lon qilgunga qadar e’tiroz huquqiga ega
To‘g‘ri javob: Himoyachi so‘zga chiqadi va oxirgi e’tiroz bildirish huquqiga ega. 575-moddaga ko‘ra, muzokaraning oxirida himoyachi so‘zga chiqadi va oxirgi e’tiroz huquqi ham unga beriladi.
Quyidagilardan qaysi biri alohida xonada sud hal qiladigan masalalar qatoriga kiradi?
- Shaxsga qanday jarima solinishi va uning miqdori qanday belgilanishi
- Shaxsning ijtimoiy ta’minot miqdori va nafaqa tayinlanishi masalasi
- Mazkur shaxs ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanishga muhtojmi
- Ekspertning mukofoti miqdori va uning xarajatlarini qoplash masalasi
To‘g‘ri javob: Mazkur shaxs ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanishga muhtojmi. 576-moddaning 5-bandiga ko‘ra, sud shaxsning umumiy asoslarda davolanishga muhtojligi masalasini hal qiladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 577-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritishni tiklash
- Shaxsning tergov va sud harakatlarini yuritishdagi ishtiroki
- Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
- Sud ajrimi
To‘g‘ri javob: Sud ajrimi. 577-modda: Sud ajrimi.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Sud ajrimi» qaysi moddada belgilangan?
- 574-modda
- 577-modda
- 570-modda
- 579-modda
To‘g‘ri javob: 577-modda. 577-modda: Sud ajrimi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash