XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 565–573-m.

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish (1/2)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

565-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rish tartibi

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rish tartibi ushbu Kodeksning umumiy qoidalari, shuningdek 566 — 581-moddalari asosida belgilanadi.

566-modda. Isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar

Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsning jinoyati to‘g‘risidagi ish bo‘yicha shaxsda ruhiy holatining jinoyat sodir etganidan keyin yuzaga kelgan va jazoning qo‘llanilishini istisno etadigan tarzda buzilganligi isbotlanishi lozim.

Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan quyidagilar isbotlanishi lozim:

Jinoyat sodir etganidan so‘ng ruhiy holati buzilgan shaxsning ishi bo‘yicha, xuddi shuningdek ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan shaxsning ishi bo‘yicha shaxsning bundan buyongi xulq-atvori uning o‘zi va atrofdagilar uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi yoki mumkin emasligi, uning davolanishga muhtojligi yoki muhtoj emasligi, unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishiga zarurat borligini yoki yo‘qligini va aynan qanday choralar qo‘llash lozimligini hal qilish uchun asos bo‘ladigan holatlar isbotlanishi lozim.

567-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ayblanuvchining, sudlanuvchining yoxud ishga ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida jalb qilinmagan shaxsning ruhiy holatining buzilganligi masalalari yuzasidan uning jinoyat sodir etganligi yoki Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi haqida ishonarli dalillar mavjud bo‘lgan taqdirda, surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritish va sud muhokamasi vaqtida mazkur shaxsning aqli norasoligi yoki ruhiy holatining buzilganligi to‘g‘risida asosli shubha tug‘ilgan bo‘lsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi.

568-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlaydigan masalalar

Sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazishda quyidagi masalalar aniqlanishi lozim:

Shaxsni ekspert tadqiqoti o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish ushbu Kodeksning 265 — 269-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilib amalga oshiriladi.

569-modda. Shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilganda jinoyat ishini yuritishning to‘xtatib turilishi

Basharti gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi yoki boshqa og‘ir kasalligi ambulatoriya ekspertizasi xulosasi yoki boshqa tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa va qanday kasallikka duchor bo‘lganligini aniqlash, aqli rasoligi, muomalaga layoqatliligi masalasini hal etish, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tanlash uchun statsionar ekspertiza o‘tkazilayotgan bo‘lsa, shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilgan davrda, basharti boshqa protsessual harakatlarni o‘tkazishga hojat bo‘lmasa, ishni yuritish to‘xtatib turilishi mumkin.

Ishni yuritishning to‘xtatib turilishi ayblanuvchini qamoqda saqlash va shaxsning tibbiy muassasada bo‘lishiga oid qonunda belgilangan muddatlar o‘tishini to‘xtatmaydi.

570-modda. Shaxsning tergov va sud harakatlarini yuritishdagi ishtiroki

O‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanishi to‘g‘risida ish yuritilayotgan shaxs sog‘aysa yoki unda beqaror remissiya holati yuz bersa va shu tufayli so‘roqlarda to‘g‘ri ko‘rsatuv bera olsa hamda boshqa tergov va sud harakatlarida ishtirok eta olsa, surishtiruvchi, tergovchi va sud bu shaxsga tergov qilishda va sud muhokamasida qatnashish hamda o‘zini himoya qilish huquqini amalga oshirish imkonini berishi lozim.

O‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llash to‘g‘risida ish yuritilayotgan shaxs: unga qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik uchun ayb qo‘yilayotganini bilishga; ko‘rsatuv berishga; dalillar taqdim qilishga; iltimoslar qilishga; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqishga; himoyachiga ega bo‘lishga; sud muhokamasida qatnashishga; rad qilishga; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir.

Surishtiruvchi, tergovchi tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash ishini yuritishni boshlash va sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi qarorni e’lon qilganda mazkur shaxsga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirib beradi. Huquqlar tushuntirilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.

Mazkur shaxs alohida tergov va sud harakatlarini yuritish vaqtida ushbu Kodeksdagi ayblanuvchi va sudlanuvchilar uchun belgilangan huquqlarga ham ega.

571-modda. Himoyachining ishtiroki

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritishda sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash haqida qaror chiqarilgan vaqtdan boshlab himoyachining ishtirok etishi shart.

Ishga kirishgan vaqtdan boshlab himoyachi, basharti himoyasi ostidagi shaxsning sog‘lig‘i halal bermasa, u bilan holi uchrashishga haqli, shuningdek ushbu Kodeksning 53-moddasida nazarda tutilgan boshqa barcha huquqlardan ham foydalanadi.

Sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimni ijroga yuborishdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud u bilan himoyachini tanishtirishi va uning quyidagi huquqlarini ta’minlashi zarur: tayinlangan ekspertni yoki umuman ekspertiza muassasasini rad qilish; muayyan shaxsni ekspert qilib tayinlashni iltimos qilish; ekspertning oldiga qo‘shimcha savollar qo‘yish; ekspertiza o‘tkazilayotganda qatnashish uchun ruxsat so‘rash. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud himoyachining iltimosnomasini, basharti asoslar bo‘lsa, qondiradi va ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritadi.

Agar sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, himoya ostidagi shaxs ruhiy holatining buzilishi jinoyat sodir etilgandan so‘ng yuzaga kelgan yoki u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan bo‘lsa yoxud uning aqli rasoligini istisno etmaydigan, biroq ruhiy holati o‘zini himoya qilish huquqini mustaqil amalga oshirishini qiyinlashtiradigan tarzda buzilgan bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan himoyachining ishda ishtirok etishi shartligi haqidagi qoida amal qilishda davom etadi.

571-modda. Himoyachining ishtiroki (davomi)

Keyinchalik sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasi asosida shaxs aqli raso va ruhiy sog‘lom deb topilsa, ishda himoyachining ishtiroki masalasi umumiy tartibda hal qilinadi.

572-modda. Ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror

Surishtiruvchi, tergovchi protsess ishtirokchilarini ish materiallari bilan tanishtirgach va iltimosnomalarni hal qilgach, ishni sudga yuborish to‘g‘risida qaror tuzadi.

Surishtiruvchi, tergovchi qarorning tavsif-asoslash qismida ushbu Kodeksning 566-moddasida nazarda tutilgan holatlarni, shuningdek ishni sudga yuborish asoslariga norozi bo‘lgan himoyachining va boshqa shaxslarning vajlarini, agar shunday vajlar bildirilgan bo‘lsa, bayon qiladi va ish sahifalariga havola qilib, uning fikricha, ishni sudga yuborish uchun asoslar borligini tasdiqlovchi dalillar keltiradi.

Ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qarorga sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati, shuningdek surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan muddat, ustidan tergov o‘tkazilgan shaxsning qamoqda, uy qamog‘ida va tibbiy muassasada bo‘lgan muddati, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, fuqaroviy da’vo va uni ta’minlash choralari, protsessual chiqimlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar ilova qilinadi.

573-modda. Ishni prokurorga o‘tkazish va sudga oshirish

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni surishtiruvchi, tergovchi uni sudga oshirish to‘g‘risidagi qaror bilan birga prokurorga o‘tkazadi.

Prokuror ish bilan tanishib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

Bilimingizni sinang

Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qilmishning o‘zidan tashqari shaxsning qaysi holati ham isbotlanishi lozim?
  1. Uning oilaviy ahvoli, ish staji va surishtiruv vaqtidagi mulkiy ahvoli
  2. Uning avvalgi sudlanganligi bo‘lmaganligi va jinoyat sodir etilgan vaqtdagi xulq-atvori
  3. Uning surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi vaqtidagi ruhiy holati
  4. Uning ota-onasining ruhiy holati hamda oilasida irsiy kasalliklar bo‘lmaganligi

To‘g‘ri javob: Uning surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi vaqtidagi ruhiy holati. 566-moddaga ko‘ra, aqli norasolik holatida sodir etilgan qilmish ishida shaxsning surishtiruv, tergov va sud muhokamasi vaqtidagi ruhiy holati isbotlanishi lozim.

Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holati buzilgan shaxsning ishi bo‘yicha, ruhiy holatning buzilishi qanday tarzda ekanligi isbotlanishi lozim?
  1. Jinoyatdan keyin yuzaga kelgan va jazoning qo‘llanilishini istisno etadigan tarzda buzilgan
  2. Jinoyatdan oldin yuzaga kelgan va javobgarlikni yengillashtiradigan tarzda buzilgan
  3. Faqat vaqtinchalik va jazoning qo‘llanilishiga ta’sir qilmaydigan tarzda buzilgan
  4. Ruhiy buzilish isbotlanishi shart emas, bu faqat tibbiy muassasaning vakolati

To‘g‘ri javob: Jinoyatdan keyin yuzaga kelgan va jazoning qo‘llanilishini istisno etadigan tarzda buzilgan. 566-moddaga ko‘ra, buzilish jinoyatdan keyin yuzaga kelgan va jazoning qo‘llanilishini istisno etadigan tarzda bo‘lishi isbotlanishi lozim.

Sud-psixiatriya ekspertizasi qanday asoslar mavjud bo‘lganda tayinlanadi?
  1. Faqat ayblanuvchining o‘zi so‘raganda, shaxsning jinoyat sodir etganligi haqida ishonarli dalillar bo‘lmasa ham va aqli norasoligi haqida shubha tug‘ilmagan taqdirda
  2. Faqat jabrlanuvchining arizasi bo‘yicha, shaxsning jinoyat sodir etganligi haqida ishonarli dalillar bo‘lib, ruhiy holatiga oid shubha esa tug‘ilmagan taqdirda
  3. Faqat o‘ta og‘ir jinoyat bo‘yicha ish yuritilganda, shaxsning ruhiy holati buzilganligi haqida asosli shubha tug‘ilmagan taqdirda ham, avtomatik tarzda
  4. Shaxsning jinoyat sodir etganligi haqida ishonarli dalillar bo‘lib, aqli norasoligi yoki ruhiy holati buzilganligi to‘g‘risida asosli shubha tug‘ilganda

To‘g‘ri javob: Shaxsning jinoyat sodir etganligi haqida ishonarli dalillar bo‘lib, aqli norasoligi yoki ruhiy holati buzilganligi to‘g‘risida asosli shubha tug‘ilganda. 567-moddaga ko‘ra, ishonarli dalillar mavjud bo‘lib, ruhiy holat buzilganligi haqida asosli shubha tug‘ilganda ekspertiza tayinlanadi.

Tergovchi o‘g‘rilik ishida ayblanuvchi Sarvarning dalillarini yig‘di. So‘roqlarda Sarvarning o‘z harakatlarini anglamasligi haqida asosli shubha tug‘ildi. Tergovchi nima qilishi kerak?
  1. Ishni darhol sudga yuboradi
  2. Sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi
  3. Ishni tugatadi va Sarvarni ozod qiladi
  4. Shubhani e’tiborsiz qoldiradi, chunki himoyachi so‘ramagan

To‘g‘ri javob: Sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi. 567-moddaga ko‘ra, ishonarli dalillar bo‘lib, aqli norasolik haqida asosli shubha tug‘ilsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 568-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlaydigan masalalar
  2. Ishni prokurorga o‘tkazish va sudga oshirish
  3. Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyaga ishning ko‘rilishi haqida xabar berish
  4. Voyaga yetmagan sudlanuvchini sud majlisi zalidan chiqarib turish

To‘g‘ri javob: Sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlaydigan masalalar. 568-modda: Sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlaydigan masalalar.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlaydigan masalalar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 561-modda
  2. 568-modda
  3. 573-modda
  4. 562-modda

To‘g‘ri javob: 568-modda. 568-modda: Sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlaydigan masalalar.

Quyidagilardan qaysi biri sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlashi lozim bo‘lgan masalalar qatoriga kiradi?
  1. Shaxsning jinoyatni sodir etganligi va ayb darajasi, uning jinoyat sodir etishdagi niyati hamda ruhiy holatidan qat’i nazar ayb shakli
  2. Shaxs o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga va tergov hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodirmi
  3. Qanday jazo turi tayinlanishi kerakligi hamda mahkumning jazoni o‘tash muddatini aniqlash masalasi bo‘yicha xulosa berish
  4. Jabrlanuvchiga yetkazilgan ziyon miqdori hamda uni qoplash tartibi va muddatlari bo‘yicha xulosa berish masalasi

To‘g‘ri javob: Shaxs o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga va tergov hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodirmi. 568-moddaning 5-bandiga ko‘ra, ekspertiza shaxsning to‘g‘ri ko‘rsatuv berish va harakatlarda ishtirok etishga qodirligini aniqlaydi.

Shaxsni ekspert tadqiqoti o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish Jinoyat-protsessual kodeksining qaysi moddalaridagi qoidalarga rioya qilib amalga oshiriladi?
  1. 82 — 84-moddalar
  2. 236 — 237-moddalar
  3. 457-modda
  4. 265 — 269-moddalar

To‘g‘ri javob: 265 — 269-moddalar. 568-moddaning oxirgi qismiga ko‘ra, joylashtirish 265–269-moddalardagi qoidalarga rioya qilib amalga oshiriladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiVoyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish (2/2)Keyingi →Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish (2/2)