XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 582–586³-m.

Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritish (1/2)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

582-modda. Yarashilganligi munosabati bilan ko‘rib chiqiladigan jinoyat ishlari

Yarashilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 66¹-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilishi mumkin.

583-modda. Yarashuv to‘g‘risidagi ariza

Yarashuv to‘g‘risidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin.

Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritilishini tugatish to‘g‘risidagi iltimos ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.

Agar yarashuv to‘g‘risidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan o‘tkazilayotganda berilgan bo‘lsa, sud uni darhol ko‘rib chiqishga kirishadi.

Agar ish bo‘yicha bir necha jabrlanuvchi bo‘lsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv to‘g‘risidagi ishni yuritish mumkin.

Arizani qabul qilish paytida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish bo‘yicha ish yuritishni qayta tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berish huquqini yo‘qotishini tushuntirishi shart.

584-modda. Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) yoki uning qonuniy vakilining yarashuv to‘g‘risidagi arizasini olgach, yetti sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining roziligi bilan ishni sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Qarorning tavsif qismida quyidagilar ko‘rsatiladi: jinoyat ishi qo‘zg‘atilishining asoslari, ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ular ayblanayotgan qilmishlar va ularga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot choralari, shuningdek yarashuv to‘g‘risidagi arizaning mazmuni hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchining arizaga munosabati.

Qarorning qaror qismida:

Agar ish bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan bo‘lib, barchasi bilan ham yarashuvga erishilgan bo‘lmasa, yarashuvga erishilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular bo‘yicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi, bu haqda qarorda ko‘rsatiladi.

Ish qaror chiqarilganidan keyin uch sutka ichida prokurorning roziligi bilan sudga yuboriladi.

585-modda. Sud muhokamasi

Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasi jinoyat ishi sudga kelgan paytdan e’tiboran o‘n sutkadan kechiktirmay o‘tkaziladi.

Sud majlisida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachilari, prokuror ishtirok etadi.

Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv to‘g‘risidagi arizasini o‘qib eshittirish bilan boshlanadi.

Sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) sodir etilgan jinoyat holatlari to‘g‘risidagi so‘zlarini eshitadi.

Sud:

yarashuvning ixtiyoriyligi va uning sabablarini;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z aybiga ixtiyoriy iqror bo‘lganligini;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘zi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini ko‘rgan-ko‘rmaganligini;

jabrlanuvchiga (fuqaroviy da’vogarga) yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga biron bir tazyiq bo‘lgan-bo‘lmaganligini;

yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq masalalarni;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari yarashuvga roziliklarini aniqlaydi.

Shundan so‘ng sud himoyachi va prokurorning fikrini eshitadi.

Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror bo‘lish ixtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda og‘irroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek bo‘lsa, sud umumiy qoidalar bo‘yicha surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

585-modda. Sud muhokamasi (davomi)

Sud muhokamasining natijalari bo‘yicha sud qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi.

Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bayonnoma yuritiladi.

586-modda. Sud ajrimi

Sudning ajrimi quyidagi qoidalar bo‘yicha tuziladi.

Sud ajrimining kirish qismida:

Sud ajrimining tavsif qismida yarashuv uchun asos bo‘lgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 585-moddasida sanab o‘tilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.

Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:

Sudning ajrimiga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.

62¹-bob. AYBGA IQRORLIK TO‘G‘RISIDAGI KELISHUV

586¹-modda. Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv va uni tuzish shartlari

Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan kelishuvdir.

Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv quyidagi shartlar mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladi:

Aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv quyidagi hollarda tuzilishi mumkin emas, agar:

586²-modda. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma va uni berish tartibi

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berishi mumkin.

Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, qonuniy vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.

Iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv va dastlabki tergovda qo‘yilgan gumonni yoki ayblovni tan olishi, dalillarni inkor qilmasligi, jinoyatni tergov qilishga ko‘maklashishi, jinoyat natijasida olingan mol-mulkning topilishi uchun qaysi harakatlarni amalga oshirish shartligini, jinoyatga aloqador boshqa axborotni taqdim etishga doir majburiyatlarini hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar bartaraf etilganligini ko‘rsatadi.

Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan bajariladigan va jinoyatni fosh etish uchun ko‘maklashadigan muayyan harakatlar ham ko‘rsatilishi mumkin.

586³-modda. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning prokuror tomonidan ko‘rib chiqilishi

Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi.

Surishtiruvchi, tergovchi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish to‘g‘risidagi iltimosnomani olgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv tuzish masalasini hal qilish uchun prokurorga yuboradi.

Prokuror kelishuv tuzish to‘g‘risidagi iltimosnomani u kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida ko‘rib chiqadi va ushbu Kodeksning 586¹-moddasida ko‘rsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Zarur hollarda, prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy da’vogarni ham kelishuv tuzish masalasini ko‘rib chiqish uchun jalb qiladi.

Prokuror kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqayotganda:

586³-modda. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning prokuror tomonidan ko‘rib chiqilishi (davomi)

Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchining, ayblanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni qasddan yashirganligi, kelishuvda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma bergan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga tushuntiradi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 583-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma va uni berish tartibi
  2. Sudning aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha qarori
  3. Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning mazmuni
  4. Yarashuv to‘g‘risidagi ariza

To‘g‘ri javob: Yarashuv to‘g‘risidagi ariza. 583-modda: Yarashuv to‘g‘risidagi ariza.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Yarashuv to‘g‘risidagi ariza» qaysi moddada belgilangan?
  1. 586²-modda
  2. 586⁵-modda
  3. 583-modda
  4. 586⁸-modda

To‘g‘ri javob: 583-modda. 583-modda: Yarashuv to‘g‘risidagi ariza.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, yarashuv to‘g‘risidagi ariza sud muhokamasida qaysi paytgacha berilishi mumkin?
  1. Sud hukm chiqargandan keyin ham
  2. Prokuror ayblov nutqi so‘zlaganga qadar
  3. Sud majlisi boshlanganga qadar, ishni ko‘rib chiqish boshlangach emas
  4. Sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin

To‘g‘ri javob: Sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin. 583-moddaga ko‘ra, ariza sud alohida xonaga kirishidan oldin berilishi mumkin.

Yarashuv to‘g‘risidagi arizada nimalar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart?
  1. Jabrlanuvchining shaxsiy mulkiy ahvoli hamda ayblanuvchidan undirilishi lozim bo‘lgan zararning aniq miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot
  2. Yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani hamda yarashilganligi munosabati bilan ish yuritilishini tugatish to‘g‘risidagi iltimos
  3. Faqat ayblanuvchining ota-onasi to‘g‘risidagi ma’lumot hamda ularning ish joyi va turar joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
  4. Faqat ish yuritish tugatilmasligi haqidagi iltimos hamda yarashuvdan keyin ham ayblovni davom ettirish to‘g‘risidagi talab

To‘g‘ri javob: Yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani hamda yarashilganligi munosabati bilan ish yuritilishini tugatish to‘g‘risidagi iltimos. 583-moddaga ko‘ra, arizada ziyon bartaraf etilgani va ish yuritishni tugatish haqidagi iltimos bo‘lishi shart.

Ishda ikki jabrlanuvchi bor. Ayblanuvchi Jahongir faqat bittasi bilan yarashdi, ikkinchisi yarashmadi. Yarashuv to‘g‘risidagi ishni yuritish mumkinmi?
  1. Yo‘q, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirdagina mumkin
  2. Ha, bir jabrlanuvchi bilan yarashuv yetarli, ikkinchisi bilan ish umumiy tartibda ko‘riladi
  3. Ha, jabrlanuvchilar o‘rtasida qur’a tashlanadi va qur’a bo‘yicha yarashuv hal qilinadi
  4. Ha, lekin ikkinchi jabrlanuvchining ishi avtomatik tugatiladi va u shikoyat qila olmaydi

To‘g‘ri javob: Yo‘q, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirdagina mumkin. 583-moddaga ko‘ra, bir necha jabrlanuvchi bo‘lsa, yarashuv ishi faqat barchasi bilan yarashilganda yuritiladi.

Yarashuv arizasini qabul qilishda jabrlanuvchiga nima tushuntirilishi shart?
  1. Sud yarashuvni tasdiqlasa, ayblanuvchi jazoga tortilmasligi va unga nisbatan hech qanday choralar qo‘llanilmasligi
  2. Yarashuvdan keyin ham ayblov davom etishi va ayblanuvchi sud tomonidan baribir hukm qilinishi
  3. Sud yarashuvni tasdiqlasa, ish yuritishni qayta tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berish huquqini yo‘qotishi
  4. Sudga umuman kelishi shart emasligi va yarashuvdan keyin shikoyat qilish huquqini saqlab qolishi

To‘g‘ri javob: Sud yarashuvni tasdiqlasa, ish yuritishni qayta tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berish huquqini yo‘qotishi. 583-moddaga ko‘ra, jabrlanuvchiga yarashuv tasdiqlansa, ish yuritishni qayta tiklash huquqini yo‘qotishi tushuntiriladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 584-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma va uni berish tartibi
  2. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari
  3. Prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi qarori
  4. Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi

To‘g‘ri javob: Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi. 584-modda: Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 586⁴-modda
  2. 584-modda
  3. 586⁶-modda
  4. 586²-modda

To‘g‘ri javob: 584-modda. 584-modda: Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish (2/2)Keyingi →Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritish (2/2)