XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 586⁴–586¹⁰-m.

Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritish (2/2)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

586⁴-modda. Prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi qarori

Prokuror aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

Prokuror tomonidan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning rad qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisini ushbu masala yuzasidan takroran iltimosnoma berish huquqidan mahrum etmaydi.

586⁵-modda. Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning mazmuni

Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:

kelishuv tuzilgan sana va joy;

kelishuv tuzayotgan prokuror to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

kelishuv tuzayotgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, boshqa ma’lumotlari, himoyachi haqidagi ma’lumotlar;

jinoyat sodir etilgan joy va vaqtning, shuningdek isbotlanishi lozim bo‘lgan boshqa holatlarning tavsifi;

Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, qismi, bandi;

gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlash tartibi;

sodir etilgan jinoyatni fosh etish, jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni taqdim etish, jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mol-mulkni aniqlash bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv imzolanganidan keyin bajarishni o‘z zimmasiga oladigan harakatlar;

yetkazilgan zararning miqdori va uning o‘rni qoplanishi;

ushbu Kodeks 586³-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni bajarmaganlik oqibatlari.

Agar ish bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida bir necha shaxs jalb etilgan bo‘lsa, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv har bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan alohida-alohida tuziladi.

Kelishuv prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi tomonidan imzolanadi. Kelishuv imzolanguniga qadar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv tuzish masalasini va uning oqibatlarini himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda muhokama qilish huquqiga ega.

586⁶-modda. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari

Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv imzolanganidan keyin ish bo‘yicha tergov va boshqa protsessual harakatlar o‘tkazish zarurati mavjud bo‘lmagan taqdirda prokuror ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni zudlik bilan sudga yuboradi.

Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv imzolanganidan keyin tergov va boshqa protsessual harakatlar o‘tkazish zarurati mavjud bo‘lgan taqdirda, prokuror ishni surishtiruv yoki tergov organiga yuboradi.

Surishtiruvchi, tergovchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun yetarli hajmda dalillarni to‘playdi.

Agar ishni sudga qadar yuritish jarayonida jinoyatning aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilmagan boshqa holatlari aniqlansa, kelishuv o‘z kuchini yo‘qotadi.

Bunda aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishni istisno etadigan holatlar aniqlangan taqdirda, jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish umumiy tartibda olib boriladi.

Agar aniqlangan holatlar aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishni istisno etmasa, kelishuv ushbu Kodeksning 586² — 586⁴-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun dalillar to‘planganidan keyin surishtiruvchi, tergovchi ishni prokurorga taqdim etadi. Prokuror jinoyat ishi materiallarini besh sutka ichida ko‘rib chiqib, ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bilan birga sudga yuboradi.

586⁶-modda. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari (davomi)

Agar ish bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan bo‘lsa va ularning barchasi bilan ham aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilmagan bo‘lsa, o‘zi bilan kelishuv tuzilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular bo‘yicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi, bu haqda kelishuvda ko‘rsatiladi.

586⁷-modda. Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni sud tomonidan ko‘rib chiqish tartibi

Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvga doir ishlar ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda umumiy tartibda, jinoyat ishi kelishuv bilan birga sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.

Sud majlisida sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), agar ishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, qonuniy vakil, himoyachi, prokuror ishtirok etadi.

Sud majlisi o‘tkaziladigan joy va sana haqida lozim darajada xabardor qilingan jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoki uning vakilining kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi.

Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvga oid ishlar bo‘yicha sud muhokamasida prokuror kelishuvning mazmunini o‘qib eshittiradi, sudlanuvchining surishtiruv hamda dastlabki tergovga ko‘maklashganligini tasdiqlaydi va bu aynan nimada ifodalanganligini tushuntiradi.

Sud aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvga oid ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida:

kelishuvni tuzishda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining protsessual huquqlari ta’minlangan-ta’minlanmaganligini va ushbu Kodeksning 586¹-moddasida ko‘rsatilgan talablar bajarilgan-bajarilmaganligini;

kelishuvning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan-tuzilmaganligini;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuvning mohiyatini, uning shartlarini tushungan-tushunmaganligini, uning oqibatlarini anglab yetgan-yetmaganligini;

sudlanuvchi kelishuvni qo‘llab-quvvatlashi yoki qo‘llab-quvvatlanmasligini;

586⁷-modda. Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni sud tomonidan ko‘rib chiqish tartibi (davomi)

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini ko‘rgan-ko‘rmaganligini aniqlaydi.

Sud sudlanuvchi va uning himoyachisining, prokurorning, shuningdek zarur hollarda, jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) fikrini eshitadi, shundan so‘ng qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kiradi.

Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra bayonnoma yuritiladi.

586⁸-modda. Sudning aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha qarori

Sud aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi qarorni ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:

Kelishuv tasdiqlangan hollarda, sud ayblov hukmi chiqaradi.

586⁹-modda. Sudning aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqlashni rad etishi va jinoyat ishini prokurorga yuborishi

Sud aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi qarorni ko‘rib chiqib, agar:

Sudning ajrimiga sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.

586¹⁰-modda. Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha sud hukmini chiqarish

Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha ayblov hukmi ushbu Kodeksning 54-bobi talablariga muvofiq chiqariladi.

Ayblov hukmining tavsif qismida kelishuv tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 586⁷-moddasida sanab o‘tilgan savollarga javoblar shakllantiriladi.

Ayblov hukmining qaror qismida kelishuvni tasdiqlash haqidagi qaror va sudlanuvchiga ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilish huquqi tushuntirilganligi ham bayon etiladi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 586⁴-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha sud hukmini chiqarish
  2. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari
  3. Amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza
  4. Prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi qarori

To‘g‘ri javob: Prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi qarori. 586⁴-modda: Prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi qarori.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi qarori» qaysi moddada belgilangan?
  1. 586⁴-modda
  2. 586¹⁰-modda
  3. 586⁶-modda
  4. 588-modda

To‘g‘ri javob: 586⁴-modda. 586⁴-modda: Prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi qarori.

Prokuror aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani rad qilgan. Bu gumon qilinuvchi va uning himoyachisiga nisbatan qanday oqibatga olib keladi?
  1. Ular iltimosnomani qayta berish huquqini abadiy yo‘qotadi
  2. Ular faqat sudga shikoyat qilishi mumkin
  3. Ular iltimosnomani takroran berish huquqidan mahrum etilmaydi
  4. Ular ish yuritishdan chetlashtiriladi

To‘g‘ri javob: Ular iltimosnomani takroran berish huquqidan mahrum etilmaydi. 586⁴-moddaga ko‘ra, rad qilish takroran iltimosnoma berish huquqidan mahrum etmaydi.

Ishda uch ayblanuvchi bor va ularning hammasi prokuror bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzmoqchi. Kelishuv qanday tuziladi?
  1. Har bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan alohida-alohida
  2. Hamma ayblanuvchilar bilan bitta umumiy kelishuv tuziladi
  3. Faqat yoshi kattasi va birinchi bo‘lib murojaat qilgani bilan
  4. Faqat jabrlanuvchi tanlagan ayblanuvchi bilan kelishuv tuziladi

To‘g‘ri javob: Har bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan alohida-alohida. 586⁵-moddaga ko‘ra, kelishuv har bir gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan alohida-alohida tuziladi.

Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni kimlar imzolaydi?
  1. Faqat prokuror va sudya, ayblanuvchi esa imzolamaydi
  2. Faqat gumon qilinuvchi va uning yaqin qarindoshi, himoyachisiz
  3. Jabrlanuvchi va tergovchi, shuningdek ishdagi guvoh va ekspert
  4. Prokuror, gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) va uning himoyachisi

To‘g‘ri javob: Prokuror, gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) va uning himoyachisi. 586⁵-moddaga ko‘ra, kelishuvni prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va himoyachisi imzolaydi.

Kelishuv imzolanguniga qadar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv masalasini himoyachi bilan qanday muhokama qilish huquqiga ega?
  1. Faqat prokuror ishtirokida va nazorat ostida
  2. Himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda
  3. Faqat jabrlanuvchi bilan birga va ochiq
  4. Faqat sud majlisida va sudya ishtirokida

To‘g‘ri javob: Himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda. 586⁵-moddaga ko‘ra, shaxs himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda muhokama qilish huquqiga ega.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 586⁶-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza
  2. Prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi qarori
  3. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari
  4. Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha sud hukmini chiqarish

To‘g‘ri javob: Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari. 586⁶-modda: Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 586⁶-modda
  2. 588-modda
  3. 586¹⁰-modda
  4. 586⁴-modda

To‘g‘ri javob: 586⁶-modda. 586⁶-modda: Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritish (1/2)Keyingi →Ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qo‘llash