XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 157–162-m.

Olib qo‘yish va tintuv (1/2)

Uchinchi Bo‘Lim

157-modda. Olib qo‘yish uchun asoslar

Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsalarning, hujjatlarning va elektron ma’lumotlarning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum bo‘lib, ularni qidirishning hojati bo‘lmasa, surishtiruvchi, tergovchi va sud ularni olib qo‘yishga haqlidir.

158-modda. Tintuv o‘tkazish uchun asoslar

Surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki o‘zga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron ma’lumotlar bor deb o‘ylash uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda tintuv o‘tkazishga haqlidir.

Tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek murdani topish uchun ham o‘tkazilishi mumkin.

158¹-modda. Tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish

Tintuv o‘tkazish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida uni o‘tkazish uchun asoslarni bayon etgan holda qaror chiqaradi.

Tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.

Tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.

Prokuror tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.

Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tintuv tergovchining yoki surishtiruvchining qaroriga asosan sudning roziligisiz o‘tkazilishi mumkin, biroq keyinchalik sud va prokuror o‘tkazilgan tintuv haqida yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar aniq ko‘rsatilishi kerak. Tintuv o‘tkazish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv o‘tkazish haqidagi qarorining, tintuv bayonnomasining va zarur materiallarning ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi. Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olgach, sudya o‘tkazilgan tintuvning qonuniyligini qirq sakkiz soat ichida ushbu Kodeksning 158² va 158³-moddalari tartibida tekshiradi hamda uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Agar sudya o‘tkazilgan tintuvni qonunga xilof deb topsa, tintuv o‘tkazish chog‘ida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 95¹-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi.

158²-modda. Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish

Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.

Sud majlisida prokuror, zarur bo‘lgan taqdirda tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi.

Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini o‘tkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.

158³-modda. Sud ajrimi

Sudya tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, tintuv o‘tkazish to‘g‘risida yoki tintuv o‘tkazishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Sudyaning tintuv o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.

Sudyaning tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sud tintuv o‘tkazishni prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga topshiradi.

Sudyaning tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi yoki tintuv o‘tkazishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan o‘ziga nisbatan tintuv o‘tkazilgan shaxs ajrim ijro etilgan kundan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida protest bildirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to‘rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak.

Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi sudning tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimi ijrosini to‘xtatib turmaydi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:

158³-modda. Sud ajrimi (davomi)

sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;

sudyaning ajrimini bekor qilishga va tintuv o‘tkazishga rozilik berishga yoki tintuv o‘tkazishni rad etishga haqli.

Tintuv o‘tkazish rad etilgan taqdirda, mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga tintuv o‘tkazishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.

159-modda. Olib qo‘yishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim

Olib qo‘yish surishtiruvchining yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga ko‘ra o‘tkaziladi, bunda ular olib qo‘yishni o‘tkazishni surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishga haqli.

Olib qo‘yishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda bu harakat qayerda va kimnikida bajarilishi zarurligi, qaysi narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron ma’lumotlar olib qo‘yilishi lozimligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

160-modda. Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish vaqtida hozir bo‘ladigan shaxslar

Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishda xolislar, zarurat bo‘lgan taqdirda mutaxassis va tarjimon ham ishtirok etadilar.

Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish jarayonida bu harakatlar uyida o‘tkazilayotgan shaxsning o‘zi yoki hech bo‘lmaganda uning voyaga yetgan oila a’zolaridan birining ishtirok etishi ta’minlanishi lozim. Basharti ularning ishtirok etishini ta’minlashga imkon bo‘lmasa, tegishli hokimlik yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vakili taklif qilinadi.

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlar joylashgan binolarda olib qo‘yish yoki tintuv ularning vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.

Tintuv qilinayotganlarga, xolislarga, mutaxassislarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlarning vakillariga tintuv yoki olib qo‘yish o‘tkazilishidan avval ularning surishtiruvchi yoki tergovchining barcha harakatlari chog‘ida hozir bo‘lish hamda ana shu harakatlar xususida arz qilish huquqlari tushuntirilishi kerak. Bunday arz bayonnomaga kiritilishi shart.

161-modda. Olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish tartibi

Surishtiruvchi yoki tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga asosan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni qidirib topish maqsadida turar joyga yoki boshqa binoga kirishga haqlidir.

Surishtiruvchi, tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishga kirishishdan oldin olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazilayotgan shaxsni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib imzo qo‘ydirishi shart.

Surishtiruvchi, tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazilayotgan binoda yoki o‘zga joyda turgan shaxslarning olib qo‘yish yoki tintuv tamom bo‘lgunga qadar shu bino yoki joydan chiqib ketishini, shuningdek ularning bir-birlari bilan yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishini taqiqlab qo‘yishga haqlidir.

Surishtiruvchi, tergovchi olib qo‘yish chog‘ida qaror yoki ajrim bilan tanishtirganidan keyin olinishi lozim bo‘lgan narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ixtiyoriy ravishda berishni taklif qiladi, taklif rad etilgan taqdirda majburiy ravishda oladi. Agar bu narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar olib qo‘yishni amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan joydan topilmasa, u holda tintuv o‘tkaziladi.

Surishtiruvchi, tergovchi tintuv o‘tkazishga kirishayotganida qarorni yoki ajrimni taqdim etganidan keyin olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan narsalarni, hujjatlarni yoki elektron ma’lumotlarni berishni taklif etadi. Agar ular ixtiyoriy ravishda berilsa, olib qo‘yish bayonnomasi tuziladi. Agar qidirilayotgan narsalar, hujjatlar yoki elektron ma’lumotlar berilmasa yoxud to‘liq holda berilmasa, tintuv o‘tkaziladi. Tintuv chog‘ida tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron ma’lumotlar qidiriladi va olinadi. Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa narsalar, hujjatlar yoki elektron ma’lumotlar, xuddi shuningdek saqlanishi taqiqlangan ashyolar topilgan taqdirda, ular ham olib qo‘yilishi lozim. Surishtiruvchini, tergovchini bu narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron ma’lumotlarni olib qo‘yishga undagan asoslar tintuv o‘tkazilganligi haqidagi bayonnomada aks ettiriladi.

161-modda. Olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish tartibi (davomi)

Olinayotgan narsalarning, hujjatlarning va elektron ma’lumotlarning hammasi xolislarga, olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishda hozir bo‘lgan boshqa shaxslarga ko‘rsatiladi, bayonnomada to‘liq aks ettiriladi, zarurat bo‘lgan taqdirda o‘ralib, muhrlanadi. O‘rovni ochishga va muhrni olib tashlashga keyingi ish yuritish davomida faqat xolislar ishtirokida yo‘l qo‘yiladi.

Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish vaqtida yopiq binolarni yoki buyumlar saqlanadigan joyni uning egasi o‘z ixtiyori bilan ochib berishdan bosh tortsa, surishtiruvchining, tergovchining o‘zi ularni ochishga haqlidir. Bunda zarurat bo‘lmaganda qulflar, eshiklar va boshqa narsalarning shikastlantirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi hamda uydagi saranjomlik buzilmasligi lozim.

Shaxsiy elektron ma’lumotlarni olib qo‘yish va tintuv qilish qonunga hamda sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

162-modda. Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish

Ushbu Kodeksning 157 va 158-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsalarni, hujjatlarni hamda elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan elektron jismlarni olib qo‘yishi mumkin.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi faqat ushbu Kodeksning 224-moddasiga asosan shaxsni ushlagan taqdirda, unda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, uni shaxsiy tintuv qilishni va olib qo‘yishni amalga oshirishga ham haqlidir. Bunda shaxsiy tintuv va olib qo‘yish bayonnomasi ushbu Kodeksning 163-moddasi talablariga rioya qilgan holda tuziladi.

Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish ushbu Kodeksning 157, 158, 159, 160 va 161-moddalarida ko‘rsatilgan qoidalar asosida o‘tkaziladi. Ammo shaxsiy tintuv va olib qo‘yish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan o‘tkazilishi mumkin:

162-modda. Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish (davomi)

Shaxsiy tintuv hamda narsa va hujjatlarni olib qo‘yish tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mutaxassis hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 157-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Murdani eksgumatsiyadan so‘ng ko‘mish
  2. Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
  3. Olib qo‘yish uchun asoslar
  4. Tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish

To‘g‘ri javob: Olib qo‘yish uchun asoslar. 157-modda: Olib qo‘yish uchun asoslar.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Olib qo‘yish uchun asoslar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 158²-modda
  2. 152-modda
  3. 158¹-modda
  4. 157-modda

To‘g‘ri javob: 157-modda. 157-modda: Olib qo‘yish uchun asoslar.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlarni olib qo‘yish qaysi holatda o‘tkaziladi?
  1. Ular aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum bo‘lib, ularni qidirishning hojati bo‘lmaganda
  2. Ular kimdadir borligi faqat taxmin qilinib, ularni qidirish va izlash zarur bo‘lib qolganda
  3. Gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanmay, uning mol-mulki qayerdaligi ma’lum bo‘lmaganda
  4. Faqat sud ekspertizasi tayinlanib, uning natijasida narsalar kimdaligi aniqlanganda

To‘g‘ri javob: Ular aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum bo‘lib, ularni qidirishning hojati bo‘lmaganda. 157-moddaga ko‘ra, olib qo‘yish narsalar aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum, qidirish hojati bo‘lmaganda o‘tkaziladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 158-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Tintuv o‘tkazish uchun asoslar
  2. Olib qo‘yishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
  3. Eksperiment o‘tkazish uchun asoslar
  4. Eksperiment bayonnomasi

To‘g‘ri javob: Tintuv o‘tkazish uchun asoslar. 158-modda: Tintuv o‘tkazish uchun asoslar.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Tintuv o‘tkazish uchun asoslar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 156-modda
  2. 158-modda
  3. 159-modda
  4. 153-modda

To‘g‘ri javob: 158-modda. 158-modda: Tintuv o‘tkazish uchun asoslar.

Surishtiruvchi va tergovchi qaysi asosda tintuv o‘tkazishga haqli?
  1. Biror shaxs jinoyatda gumon qilinayotgani haqida anonim xabar kelgan va uni tekshirish zarur bo‘lib qolganda
  2. Prokuror og‘zaki ko‘rsatma berib, tintuv o‘tkazish zarurligini bildirgan va sud roziligi talab etilmaganda
  3. Biror joyda yoki shaxsda ish uchun ahamiyatli narsalar yoki hujjatlar bor deb o‘ylash uchun yetarli ma’lumot bo‘lganda
  4. Jabrlanuvchi tintuv o‘tkazishni yozma ravishda talab qilib, uning joyini hamda ob’ektini ko‘rsatganda

To‘g‘ri javob: Biror joyda yoki shaxsda ish uchun ahamiyatli narsalar yoki hujjatlar bor deb o‘ylash uchun yetarli ma’lumot bo‘lganda. 158-moddaga ko‘ra, narsalar yoki hujjatlar bor deb o‘ylash uchun yetarli ma’lumot bo‘lsa, tintuv o‘tkazishga haqli.

Quyidagi hukmlardan qaysi biri Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq to‘g‘ri?
  1. Tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek murdani topish uchun ham o‘tkazilishi mumkin
  2. Tintuv faqat narsalarni topish uchun o‘tkaziladi, shaxs yoki murdani topish uchun o‘tkazilmaydi
  3. Tintuv faqat hujjatlarni topish uchun o‘tkaziladi
  4. Tintuv faqat sud majlisi vaqtida o‘tkaziladi

To‘g‘ri javob: Tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek murdani topish uchun ham o‘tkazilishi mumkin. 158-moddaga ko‘ra, tintuv qidirilayotgan shaxsni va murdani topish uchun ham o‘tkazilishi mumkin.

Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda sud roziligisiz tintuv o‘tkazilsa, sud va prokuror tintuv haqida qancha vaqt ichida xabardor qilinadi?
  1. qirq sakkiz soat
  2. yigirma to‘rt soat
  3. sakkiz soat
  4. uch sutka

To‘g‘ri javob: yigirma to‘rt soat. Sudning roziligisiz o‘tkazilgan tintuv haqida sud va prokuror yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilinadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiEksperimentKeyingi →Olib qo‘yish va tintuv (2/2)