XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 169–171-m.

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish

Uchinchi Bo‘Lim

169-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish

Agar ish bo‘yicha to‘plangan dalillar ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar olinishi mumkinligiga yetarli darajada asos bo‘la olsa, surishtiruvchi, tergovchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarib, unda ushbu harakatlarni o‘tkazish asoslarini bayon etadi.

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.

Tergovchining yoki surishtiruvchining telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.

Prokuror telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.

169-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish (davomi)

Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tergovchining yoki surishtiruvchining qarori asosida sudning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Bunda tergovchi yoki surishtiruvchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi qarorni sudning roziligisiz maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga haqli bo‘lib, keyinchalik sud hamda prokuror telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilganligi haqida yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar aniq ko‘rsatilishi kerak. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish haqidagi qarorining, ushbu tergov harakati bayonnomasining va zarur materiallarning ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi.

169-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish (davomi)

Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olgach, sudya amalga oshirilgan telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishning, ular orqali uzatiladigan axborotni olishning qonuniyligini ushbu Kodeksning 169¹ va 169²-moddalari tartibida qirq sakkiz soat ichida tekshiradi hamda uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Agar sudya telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, ularni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 95¹-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi.

169¹-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.

Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi.

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini o‘tkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.

169²-modda. Sud ajrimi

Sudya telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risida yoki ularni o‘tkazishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.

Sudyaning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirishni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.

Sudyaning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sud telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga topshiradi.

Sudyaning ajrimi ustidan ushbu tergov harakatlari o‘ziga nisbatan amalga oshirilgan shaxs ajrim ijro etilgan kundan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida protest bildirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to‘rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak.

169²-modda. Sud ajrimi (davomi)

Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi sud ajrimining ijrosini to‘xtatib turmaydi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:

sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;

sudyaning ajrimini bekor qilishga hamda telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirishga rozilik berishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish rad etilgan taqdirda, mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.

170-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tartibi

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish sudning ajrimiga binoan amalga oshiriladi.

Jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxslarning arizalari bo‘yicha yoxud ularning yozma roziligi hamda sudning roziligi bilan ularning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilishi mumkin.

Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida chiqarilgan qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega bo‘ladi.

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim unda eshitib turiladigan axborotning xususiyati hamda hajmi, shuningdek so‘zlashuvlarni eshitib turishni, uzatiladigan axborotni olishni va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, maxsus vakolatli davlat organiga ijro etish uchun yuboriladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas.

170-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tartibi (davomi)

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish chog‘ida olingan axborot qayd etilishi (yozilishi) kerak. Qayd etilgan axborot (yoki yozuv) tergov harakati bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim.

171-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasi

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni hamda qayd qilishni amalga oshirgan shaxs ishga aloqador axborotning mazmunini bayon etgan holda bayonnoma tuzadi. So‘zlashuvlar, xabarlar va ma’lumotlar yozuvi muhrlanadi hamda bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasida abonentning raqami, eshitib turish va qayd qilish vaqti hamda joyi, foydalanilgan texnik vositalarning turi va modeli, bu ishlarni amalga oshirgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham aks ettiriladi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 169-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sud ajrimi
  2. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish
  3. Diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan va diplomatiya vakillaridan olib qo‘yish yoki ularda tintuv o‘tkazish
  4. Ekspert etib tayinlanadigan shaxslar

To‘g‘ri javob: Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish. 169-modda: Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 169²-modda
  2. 165-modda
  3. 174-modda
  4. 169-modda

To‘g‘ri javob: 169-modda. 169-modda: Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish va axborotni olish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarish uchun qanday asos bo‘lishi lozim?
  1. To‘plangan dalillar ish uchun ahamiyatli ma’lumotlar olinishi mumkinligiga yetarli darajada asos bo‘la olishi
  2. Shaxsning o‘zi eshitib turishga yozma rozilik bergani va bu haqda notarial tasdiqlangan ariza taqdim etilgani
  3. Jinoyat ishi sudga yuborilib, sud muhokamasida eshitib turish zarurligi to‘g‘risida taraflar tomonidan iltimos qilinishi
  4. Gumon qilinuvchi qochib yashirinayotgani va uning turgan joyi hamda aloqa vositalari noma’lum ekanligi

To‘g‘ri javob: To‘plangan dalillar ish uchun ahamiyatli ma’lumotlar olinishi mumkinligiga yetarli darajada asos bo‘la olishi. 169-moddaga ko‘ra, dalillar ahamiyatli ma’lumotlar olinishi mumkinligiga yetarli darajada asos bo‘lishi kerak.

Prokuror telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish haqidagi iltimosnomaning asosliligiga rozi bo‘lsa, tergovchining qarorini va materiallarni kimga yuboradi?
  1. Maxsus vakolatli davlat organiga
  2. Tergovchining boshlig‘iga qaytaradi
  3. Aloqa operatoriga
  4. Sudga

To‘g‘ri javob: Sudga. 169-moddaga ko‘ra, prokuror rozi bo‘lsa, qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.

Telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish sud roziligisiz amalga oshirilsa, sud va prokuror bu haqda qancha vaqt ichida xabardor qilinadi?
  1. yigirma to‘rt soat
  2. sakkiz soat
  3. qirq sakkiz soat
  4. yetmish ikki soat

To‘g‘ri javob: yigirma to‘rt soat. Kechiktirib bo‘lmaydigan holda sudning roziligisiz eshitib turish amalga oshirilsa, sud va prokuror yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilinadi.

Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish bo‘yicha tergovchi qanday huquqqa ega?
  1. Faqat prokuror ruxsati bilan sud roziligini kutib turishga
  2. Aloqa operatorining o‘zi mustaqil ravishda eshitishiga ruxsat berishga
  3. Qarorni hokimlikka yuborishga
  4. Qarorni sudning roziligisiz maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga

To‘g‘ri javob: Qarorni sudning roziligisiz maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga. 169-moddaga ko‘ra, tergovchi qarorni sud roziligisiz maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga haqli.

Tergovchi Salimov kechiktirib bo‘lmaydigan holatda gumon qilinuvchining telefonini sud roziligisiz eshitib turish haqida qaror chiqarib, ijroga yubordi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Sud va prokurorni bu haqda yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilishi shart
  2. Sud va prokurorni uch kun ichida xabardor qilishi shart
  3. Bu haqda faqat tergov boshlig‘iga hisobot beradi
  4. Xabardor qilish talab etilmaydi, chunki harakat kechiktirib bo‘lmaydigan

To‘g‘ri javob: Sud va prokurorni bu haqda yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilishi shart. 169-moddaga ko‘ra, sud va prokuror yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilinadi.

Sud roziligisiz amalga oshirilgan telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish haqidagi xabarnomani olgach, sudya uning qonuniyligini qancha vaqt ichida tekshiradi?
  1. yigirma to‘rt soat
  2. sakkiz soat
  3. yetmish ikki soat
  4. qirq sakkiz soat

To‘g‘ri javob: qirq sakkiz soat. Sudya qonuniylikni qirq sakkiz soat ichida tekshirib, qonuniyligi yoki qonunga xilofligi haqida ajrim chiqaradi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOlib qo‘yish va tintuv (2/2)Keyingi →Ekspertiza (1/3)