XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 172–180-m.

Ekspertiza (1/3)

Uchinchi Bo‘Lim

172-modda. Ekspertiza tayinlash uchun asoslar

Ish uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lganda ekspertiza tayinlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi.

Ekspert oldiga qo‘yilgan savollar va uning bergan xulosasi ekspertning maxsus bilimlari doirasidan tashqari chiqishi mumkin emas.

Ekspertizani ushbu Kodeksda belgilangan tartibga xilof ravishda o‘tkaziladigan tekshiruv bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish hujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza o‘tkazish zaruratini istisno etmaydi.

173-modda. Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi

Basharti, ish bo‘yicha:

173-modda. Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi (davomi)

Ish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashda ham, agar buning uchun maxsus bilimlarni qo‘llash zarur bo‘lsa va bu holatlar isbotlashning boshqa vositalari bilan puxta aniqlanmagan bo‘lsa, ekspertiza o‘tkazish shart.

174-modda. Ekspert etib tayinlanadigan shaxslar

Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.

Sud-tibbiyot, sud-psixiatriya, sud-psixologiya, sud-avtotexnika, sud-iqtisodiy, kriminalistika ekspertizalarini faqat davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, alohida hollarda esa, boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarning mutaxassislari o‘tkazadi. Alohida hol ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda asoslantirilishi lozim.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudning ekspert etib tayinlangan shaxsni chaqirish va uning ekspertiza o‘tkazishi to‘g‘risidagi talabi ushbu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari uchun majburiydir.

175-modda. Tekshirish obyektlari

Ashyoviy dalillar, ekspert tekshiruvi uchun namunalar, boshqa moddiy obyektlar, murdalar va ularning qismlari, hujjatlar, axborot tizimlarida, elektron jismlarda va Internet jahon axborot tarmog‘i manbalarida saqlanayotgan elektron ma’lumotlar, shuningdek ekspertiza o‘tkazilayotgan ish materiallari tekshirish obyektlari bo‘lishi mumkin. Ekspert tekshiruvlari tirik odamga nisbatan ham o‘tkaziladi.

Ekspertizani o‘tkazishda tekshirish obyektlari (tirik odamdan tashqari) ekspert tekshiruvini o‘tkazish uchun qay darajada zarur bo‘lsa, shu darajada shikastlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan ekspertizaning o‘ziga xos xususiyatlari obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno.

Tekshirish obyektlarining ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati bilan yoxud tayinlangan ekspertizaning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq holda shikastlanganligi yoki ishlatilganligi davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa korxona, muassasa, tashkilot yoki ekspert tomonidan mazkur obyektlarning mulkdoriga zararning o‘rni qoplab berilishiga sabab bo‘lmaydi.

Tekshirish obyektlari, agar ularning o‘lchamlari va xossalari imkon bersa, o‘ralgan va muhrlangan holda ekspertga topshirilishi kerak.

175-modda. Tekshirish obyektlari (davomi)

Tekshirish obyektini ekspertning ish joyiga yetkazib berishning iloji bo‘lmaganda, ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) unga mazkur obyektni moneliksiz kirib ko‘rishni va uni tekshirish imkoniyatini ta’minlaydi.

Tekshirish obyektlari davlat sud-ekspertiza muassasalarida, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarida va sudlarda ashyoviy dalillarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda saqlanadi.

Ekspertiza tugallanganidan keyin tekshirish obyektlari, agar ular to‘la ishlatilgan bo‘lmasa, ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi.

176-modda. Qo‘shimcha va qayta ekspertizalar

Qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.

Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.

Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan ekspert tekshiruvi usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.

Qayta ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga qo‘shilmaganligi sabablari ko‘rsatilishi lozim.

Qayta ekspertizani o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvini o‘tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.

176¹-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi

Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan o‘tkazilishi mumkin.

Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning o‘tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.

Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, o‘tkaziladigan ekspert tekshiruvlarining maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.

Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert ekspert tekshiruvlarini mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan o‘zi va komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo‘yilgan savollar yuzasidan o‘z maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.

Ekspert tekshiruvlarining ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan to‘liq yoki qisman o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

177-modda. Komissiyaviy ekspertiza

Komissiyaviy ekspertiza o‘tkazilayotganda ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini to‘liq hajmda o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.

Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.

Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.

178-modda. Kompleks ekspertiza

Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi.

Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi ekspert tekshiruvlarini va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu ekspert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.

Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli bo‘lgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak.

Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.

Agar kompleks ekspertizani o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan bo‘lsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.

179-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ekspertiza tayinlash va o‘tkazishdagi huquqlari

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ekspertiza tayinlash va o‘tkazishda:

Sanab o‘tilgan huquqlardan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanayotgan shaxs ham, agar bunga uning ruhiy holati imkon bersa, foydalanadi.

180-modda. Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim

Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: ekspertiza tayinlash uchun asos bo‘lgan sabablar; ekspertizaga yuborilayotgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar yoki boshqa obyektlar, ularning qachon, qayerda va qaysi holatda topilganligi va olinganligi; ish materiallari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishda esa ekspert xulosasi asoslanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar; ekspert oldiga qo‘yilgan savollar; ekspertiza muassasasining nomi yoki ekspertiza o‘tkazish topshirilgan shaxsning familiyasi ko‘rsatilishi lozim.

Zarur hollarda ekspertiza jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan oldin ham tayinlanishi mumkin.

Ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim unga taalluqli shaxslar uchun majburiydir.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 172-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ekspertiza tayinlash uchun asoslar
  2. Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi
  3. Tekshirish obyektlari
  4. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish

To‘g‘ri javob: Ekspertiza tayinlash uchun asoslar. 172-modda: Ekspertiza tayinlash uchun asoslar.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ekspertiza tayinlash uchun asoslar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 166-modda
  2. 172-modda
  3. 175-modda
  4. 173-modda

To‘g‘ri javob: 172-modda. 172-modda: Ekspertiza tayinlash uchun asoslar.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ekspertiza qanday hollarda tayinlanadi?
  1. Ish uchun ahamiyatli ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lganda
  2. Ish bo‘yicha guvohlar yetarli bo‘lmaganda yoki ularning ko‘rsatuvlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lib, ish uchun ahamiyatli ma’lumotlarni boshqa yo‘l bilan olib bo‘lmaganda
  3. Ayblanuvchi o‘z aybini tan olmaganda va tergovchi ish bo‘yicha dalillarni yetarli deb hisoblamay, ularni tekshirish zarurligini aniqlaganda
  4. Jinoyat ishi sudga yuborilishidan oldin har doim, tergovchi yoki surishtiruvchi ish bo‘yicha qaror chiqarishdan oldin, ish murakkabligidan qat’i nazar

To‘g‘ri javob: Ish uchun ahamiyatli ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lganda. 172-moddaga ko‘ra, ma’lumotlarni maxsus bilimga ega shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lganda ekspertiza tayinlanadi.

Tergovchi Murodov o‘zi texnika sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega va murakkab qurilmaning nosozligini o‘zi aniqlay oladi. Shuning uchun u ekspertiza tayinlamaslikka qaror qildi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Qaror to‘g‘ri, chunki tergovchi maxsus bilimga ega bo‘lgani uchun ekspertiza tayinlash zarurati yo‘qoladi
  2. Qaror to‘g‘ri, chunki xolislar ham zarur bilimga ega bo‘lishi mumkin va ular xulosa berishi mumkin
  3. Qaror noto‘g‘ri, chunki tergovchining bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi
  4. Qaror noto‘g‘ri, chunki ekspertiza faqat sud tomonidan tayinlanadi va tergovchining bunday vakolati yo‘q

To‘g‘ri javob: Qaror noto‘g‘ri, chunki tergovchining bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi. 172-moddaga ko‘ra, tergovchining bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi.

Quyidagi hukmlardan qaysi biri Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq to‘g‘ri?
  1. Idoraviy tekshiruv xulosasi ekspertiza o‘tkazish zaruratini istisno etadi, taftish hujjatlari esa istisno etmaydi
  2. Taftish hujjatlari va mutaxassislar maslahati ekspertiza o‘rnini bosadi, shu sababli ekspertiza tayinlash shart emas
  3. Idoraviy tekshiruv xulosasi va mutaxassislar maslahati ekspertiza o‘rnini bosishi mumkin, taftish hujjatlari esa bosmaydi
  4. Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish hujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza o‘tkazish zaruratini istisno etmaydi

To‘g‘ri javob: Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish hujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza o‘tkazish zaruratini istisno etmaydi. 172-moddaga ko‘ra, idoraviy xulosa, taftish hujjatlari va mutaxassislar maslahati ekspertiza zaruratini istisno etmaydi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 173-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish
  2. Sud ajrimi
  3. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tartibi
  4. Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi

To‘g‘ri javob: Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi. 173-modda: Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 169²-modda
  2. 167-modda
  3. 170-modda
  4. 173-modda

To‘g‘ri javob: 173-modda. 173-modda: Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi.

Quyidagilardan qaysi birini aniqlash zarur bo‘lganda ekspertiza tayinlash va o‘tkazish shart?
  1. Guvohning ish joyini, lavozimini, ish stajini hamda oilaviy ahvolini batafsil
  2. O‘limning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va og‘irlik darajasini
  3. Jinoyat sodir etilgan joyning manzilini, hodisa sodir bo‘lgan vaqtini va ob-havo sharoitini
  4. Gumon qilinuvchining oilaviy ahvolini, ish joyini va ijtimoiy mavqeini hamda daromadini

To‘g‘ri javob: O‘limning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va og‘irlik darajasini. 173-moddaga ko‘ra, o‘lim sababi va tan jarohatlarining xususiyati va og‘irligini aniqlashda ekspertiza shart.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTelefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishKeyingi →Ekspertiza (2/3)