Ekspertiza (3/3)
Uchinchi Bo‘Lim
187⁴-modda. Tadbirkorlik subyektlarini taftishdan o‘tkazish shartlari
Tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) o‘tkaziladi.
Yuridik xizmat vakilining ishtirokidan va (yoki) advokatning yuridik yordamidan voz kechish taftishning keyingi bosqichlarida tadbirkorlik subyekti tomonidan ularni jalb etish uchun to‘siq bo‘lmaydi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxs tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning taftish o‘tkazishda ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan voz kechishga bo‘lgan huquqini taftish o‘tkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiradi va bu haqda bayonnoma tuziladi.
Agar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etish niyati bildirilsa, taftish o‘tkazishning boshlanishi yuridik xizmat vakili va (yoki) advokat yetib kelguniga qadar, biroq ko‘pi bilan yigirma to‘rt soatga to‘xtatib turiladi.
Yuridik xizmat vakilining va (yoki) advokatning yigirma to‘rt soat ichida yetib kelish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi.
Taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi quyidagi hujjatlarning mavjud bo‘lishi tadbirkorlik subyektini taftishdan o‘tkazishning majburiy shartidir:
taftish tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim;
187⁴-modda. Tadbirkorlik subyektlarini taftishdan o‘tkazish shartlari (davomi)
vakolatli organning taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
taftish o‘tkazuvchi shaxsning xizmat guvohnomasi;
taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma.
187⁵-modda. Taftish o‘tkazish tartibi
Taftish o‘tkazish uchun tayinlangan shaxslar tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslarini yoki vakillarini taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan taftish o‘tkazish boshlanguniga qadar tanishtirishi, shuningdek tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobiga yozuv kiritishi shart.
Taftish tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qo‘ydirib topshirilgan, shuningdek ular xizmat guvohnomasi va taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma bilan tanishtirilgan payt taftish o‘tkazish boshlangan payt deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortishi taftishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tegishli hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortgan taqdirda, taftish o‘tkazish uchun tayinlangan shaxs tomonidan uning o‘zi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili imzolaydigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili mazkur bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi. Mazkur holda bayonnoma imzolangan payt taftish o‘tkazish boshlangan payt deb hisoblanadi.
187⁵-modda. Taftish o‘tkazish tartibi (davomi)
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar olinganidan va ular bilan tanishib chiqilganidan keyin taqdim etishi shart.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili hujjatlarni, axborot va materiallarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs bundan buyongi protsessual harakatlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga bu haqda darhol xabar qiladi.
Hujjatlarni olib qo‘yish zarur bo‘lgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror olib qo‘yish to‘g‘risida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Olib qo‘yish ushbu Kodeksning 20-bobida belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxs zarur bo‘lgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hududi va binolarini tekshiruvdan, shuningdek mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazishi mumkin.
Taftish tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan masalalarni o‘rganish soliq, valyutaga oid, buxgalteriya to‘g‘risidagi qonunchilikka va boshqa qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilingan, shuningdek taftishni amalga oshirish uchun uning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish rad qilingan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxsning o‘zi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi. Bayonnoma bundan buyongi protsessual harakatlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etiladi.
187⁵-modda. Taftish o‘tkazish tartibi (davomi)
Taftish o‘tkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilinganligi, shu jumladan ushbu subyektning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish rad etilganligi, shuningdek taftish o‘tkazuvchi shaxsning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilinganligi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilinganligi uchun javobgarlikka tortish taftishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma topshirilgan kun taftish o‘tkazish tugallangan kun deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani olishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan e’tiboran taftish tugallangan deb hisoblanadi. Mazkur holda taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
187⁶-modda. Ayrim hollarda taftish o‘tkazish tartibi
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili turgan joy noma’lum bo‘lgan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va uning mansabdor shaxsining yashash joyi manziliga uch ish kuni ichida buyurtma xat bilan yuboradi. Bunday holda buyurtma xat yuborilgan sana taftish o‘tkazish boshlangan sana deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining yo‘qligi taftishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holda taftish tekshirilayotgan subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi, ishda mavjud bo‘lgan hujjatlar, axborot va materiallar asosida o‘tkaziladi.
Tekshirilayotgan subyektning hujjatlari, axboroti va materiallari yo‘qotilgan, yo‘q qilingan yoki mavjud bo‘lmagan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan masalalarni o‘rganishni soliq, valyutaga oid, buxgalteriya to‘g‘risidagi qonunchilikka va boshqa qonunchilikka muvofiq o‘tkazishi mumkin.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va dalolatnomaning ko‘chirma nusxasi tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yashash joyiga buyurtma xatlar bilan yuborilgan kun taftish o‘tkazish tugallangan kun deb hisoblanadi.
187⁷-modda. Taftish o‘tkazish muddatlari
Taftish o‘tkazish muddati o‘ttiz kalendar kundan iboratdir.
Zarur bo‘lgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va ko‘lamlari hisobga olingan holda, taftish muddati moliya-xo‘jalik faoliyatining taftishini o‘tkazuvchi shaxsning asoslantirilgan iltimosnomasi bo‘yicha surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o‘rinbosarining roziligiga ko‘ra yoxud sudning ajrimi bilan:
tadbirkorlik subyektlariga nisbatan o‘ttiz kalendar kunga;
davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdorda bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning ushbu Kodeksda belgilangan muddatlaridan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin.
187⁸-modda. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma
Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘tkazilgan taftish natijalariga ko‘ra dalolatnoma tuzadi.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
- 1) taftish o‘tkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
- 2) taftish o‘tkazish uchun asoslar;
- 3) taftish o‘tkazilgan muddat;
- 4) taftish o‘tkazgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- 5) yuridik shaxsning to‘liq nomi, tekshirilayotgan davrda uning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi);
- 6) tekshirilayotgan subyektning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
- 7) tekshirilayotgan subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatining ilgarigi tekshiruvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- 8) tekshirilayotgan davr hamda taftish o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar, axborot va materiallar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;
- 9) qonunchilikning aniqlangan buzilishlarining (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) batafsil tavsifi qonunchilikning buzilgan normalariga havola qilingan holda;
- 10) o‘tkazilgan taftish natijalariga doir, shu jumladan qonunchilikning buzilishlari mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosalar.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma kamida uch nusxada tuziladi.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning barcha nusxalari taftish o‘tkazuvchi shaxslar tomonidan imzolanadi. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga topshiriladi, u dalolatnomaning barcha nusxalariga olganligi to‘g‘risida olish sanasini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning qolgan nusxalari taftish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
187⁸-modda. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (davomi)
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomadagi imzosi uning taftish natijalaridan rozi ekanligini bildirmaydi.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalari, taftish doirasida sodir etilgan harakatlar to‘g‘risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, taftish o‘tkazish chog‘ida olingan materiallar, shuningdek taftish doirasida sodir etilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Taftish tugallangan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay taftish materiallari taftish o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lgan organda qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va taftishni tayinlagan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi kerak.
Taftish o‘tkazgan organ taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini qonuniy choralar ko‘rilishi uchun tegishli vakolatli organga ham yuboradi.
187⁹-modda. Qo‘shimcha yoki qayta taftish
Qo‘shimcha taftish taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada mavjud bo‘lgan kamchiliklarni to‘ldirish va ish bo‘yicha yangidan aniqlangan holatlarni aniqlashtirish uchun tayinlanadi.
Qayta taftish quyidagi hollarda tayinlanadi:
taftish xulosalari va natijalariga rozi emaslik to‘g‘risida tekshirilgan subyekt, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan taqdim etilgan e’tirozlar asosli deb topilganda;
taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada taftish materiallari va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lganda, shuningdek taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomadagi xulosalarga asos bo‘lgan hujjatlar, axborot va materiallar noto‘g‘ri deb topilganda;
taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatilgan xulosalar asossiz bo‘lganda yoki ularning to‘g‘riligi shubha tug‘dirganda.
Dastlabki taftishni o‘tkazgan shaxslar qayta taftish o‘tkazish uchun tayinlanishi mumkin emas.
Qo‘shimcha taftish yoki qayta taftish ushbu bobda belgilangan tartibda va muddatlarda o‘tkaziladi.
187¹⁰-modda. Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxslarining yoki vakillarining huquqlari va majburiyatlari
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari quyidagilarga haqli:
tekshiruvchi shaxslardan taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni talab qilish, xizmat guvohnomasi, shuningdek taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma bilan tanishish;
o‘z faoliyati taftishdan o‘tkazilishi to‘g‘risida tegishli axborotga ega bo‘lish, taftish o‘tkazuvchi shaxslar tomonidan tadbirlar o‘tkazilishi chog‘ida tushuntirishlar berish va ularda hozir bo‘lish;
taftish o‘tkazuvchi shaxslarning o‘z vakolatiga kirmaydigan masalalarga doir talablarini bajarmaslik va ushbu shaxslarni taftish mavzuyiga taalluqli bo‘lmagan hujjatlar, axborot va materiallar bilan tanishtirmaslik;
xizmat guvohnomasini, taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnomani, taftishni tayinlash haqidagi qarorning yoki ajrimning, vakolatli organning taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalarini taqdim etmagan shaxslarni taftish o‘tkazish uchun hududga va binolarga kiritmaslik, shuningdek taftish muddatlari boshlanmagan yoki o‘tib ketgan yoxud taftish o‘tkazuvchi shaxs tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobini to‘ldirishni rad etgan taqdirda, hududga va binolarga kiritmaslik;
taftish tugallangan kunda taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasini taftish o‘tkazuvchi shaxslardan olish;
qonunchilikda belgilangan tartibda taftish natijalari ustidan shikoyat qilish, shu jumladan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga qo‘shimcha yoki qayta taftish tayinlash to‘g‘risida iltimosnoma kiritish yo‘li bilan shikoyat qilish.
187¹⁰-modda. Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxslarining yoki vakillarining huquqlari va majburiyatlari (davomi)
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari:
taftish o‘tkazuvchi shaxslarni taftish o‘tkazish uchun hududga va binolarga kiritishi;
taftish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish o‘tkazuvchi shaxslarning qonuniy talabiga ko‘ra taqdim etishi;
taftish o‘tkazuvchi shaxslarning o‘z majburiyatlarini bajarishida ularga ko‘maklashishi shart.
187¹¹-modda. Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari
Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish;
taftish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish;
tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish;
qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
obyektiv asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, taftish o‘tkazish muddatini uzaytirish to‘g‘risida surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish;
ushbu Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga harakatlarni bajarish.
Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart.
Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘z vakolatlari doirasida:
xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi;
taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qo‘ydirib topshirishi;
tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga to‘siqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining to‘xtatib qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
187¹¹-modda. Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari (davomi)
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmasligi;
yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi;
tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda to‘ldirishi;
taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini tekshirilayotgan subyektda taftish tugallangan kuni qoldirishi;
huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan ta’sir choralarini ko‘rishi shart.
Bilimingizni sinang
Tadbirkorlik subyekti yuridik xizmat vakilini yoki advokatni jalb etish niyatini bildirsa, taftish o‘tkazishning boshlanishi ko‘pi bilan qancha muddatga to‘xtatib turiladi?
- uch kunga
- o‘n ikki soatga
- qirq sakkiz soatga
- yigirma to‘rt soatga
To‘g‘ri javob: yigirma to‘rt soatga. Taftishning boshlanishi vakil yoki advokat yetib kelguniga qadar, biroq ko‘pi bilan yigirma to‘rt soatga to‘xtatib turiladi.
Tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish qanday tartibda o‘tkaziladi?
- Yuridik xizmat vakillarisiz, faqat taftish o‘tkazuvchi ishtirokida, subyekt rozilik berganda ham yuridik vakillar ishtirok etmaydi
- Faqat prokuror ishtirokida, hech qanday istisnosiz, yuridik xizmat vakillari va advokatlar ishtirok etishi taqiqlanadi
- Faqat xolislar ishtirokida, yuridik xizmat vakillari va advokatlar esa subyektning iltimosiga ko‘ra ishtirok etadi
- Yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda, subyekt voz kechgan hollar bundan mustasno
To‘g‘ri javob: Yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda, subyekt voz kechgan hollar bundan mustasno. 187⁴-moddaga ko‘ra, taftish yuridik xizmat vakillari va (yoki) advokatlar ishtirokida o‘tkaziladi, subyekt voz kechgan hollar mustasno.
Tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi taftishda advokatni jalb etish niyatini bildirdi. Taftish o‘tkazishning boshlanishi qancha muddatga to‘xtatib turiladi?
- Advokat yetib kelguniga qadar, biroq ko‘pi bilan yigirma to‘rt soatga
- Advokat yetib kelguniga qadar, biroq ko‘pi bilan yetti kunga
- To‘xtatib turilmaydi, taftish darhol boshlanadi
- Uch ish kuniga
To‘g‘ri javob: Advokat yetib kelguniga qadar, biroq ko‘pi bilan yigirma to‘rt soatga. 187⁴-moddaga ko‘ra, taftish boshlanishi ko‘pi bilan yigirma to‘rt soatga to‘xtatib turiladi.
Tadbirkor advokat jalb etish niyatini bildirdi, ammo advokat yigirma to‘rt soat ichida yetib kela olmadi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi
- Taftish advokat kelguniga qadar cheksiz kutiladi
- Taftish bekor qilinadi
- Taftish faqat sud ruxsati bilan boshlanadi
To‘g‘ri javob: Taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi. 187⁴-moddaga ko‘ra, yigirma to‘rt soat ichida kelish imkoniyati bo‘lmasa, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi.
Quyidagilardan qaysi biri tadbirkorlik subyektini taftishdan o‘tkazishning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi?
- Tadbirkorning yozma roziligi va tasdiqlangan arizasi
- Prokurorning shaxsiy guvohnomasi va unga ilova qilingan qaror
- Soliq organi rahbarining og‘zaki ruxsati va uning buyrug‘i
- Taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma
To‘g‘ri javob: Taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma. 187⁴-moddaga ko‘ra, qaror, buyruq, xizmat guvohnomasi va taftishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lishi majburiy.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 187⁵-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Taftish o‘tkazish tartibi
- Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma
- Ayrim hollarda taftish o‘tkazish tartibi
- Tadbirkorlik subyektlarini taftishdan o‘tkazish shartlari
To‘g‘ri javob: Taftish o‘tkazish tartibi. 187⁵-modda: Taftish o‘tkazish tartibi.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Taftish o‘tkazish tartibi» qaysi moddada belgilangan?
- 187⁸-modda
- 187⁴-modda
- 187⁵-modda
- 187⁶-modda
To‘g‘ri javob: 187⁵-modda. 187⁵-modda: Taftish o‘tkazish tartibi.
Taftish o‘tkazish qaysi paytdan boshlangan deb hisoblanadi?
- Taftish o‘tkazuvchi binoga kirib, hujjatlarni so‘ray boshlagan paytdan, qaror nusxalari topshirilmagan bo‘lsa ham
- Tadbirkor advokat bilan uchrashib, taftish o‘tkazilishiga yozma rozilik bergan va uni imzolagan paytdan
- Dalolatnoma tuzilib, uning nusxasi tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsiga imzo qo‘ydirib topshirilgan paytdan
- Qaror va buyruq nusxalari imzo qo‘ydirib topshirilib, xizmat guvohnomasi va maxsus guvohnoma bilan tanishtirilgan paytdan
To‘g‘ri javob: Qaror va buyruq nusxalari imzo qo‘ydirib topshirilib, xizmat guvohnomasi va maxsus guvohnoma bilan tanishtirilgan paytdan. 187⁵-moddaga ko‘ra, nusxalar topshirilib, guvohnomalar bilan tanishtirilgan payt taftish boshlangan payt hisoblanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash