XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 220–225-m.

Ushlab turish (1/2)

To‘Rtinchi Bo‘Lim

220-modda. Ushlab turish maqsadi

Ushlab turish jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yo‘q qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iboratdir.

Ushlab turish jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ham, ish qo‘zg‘atilganidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Keyingi holatda ushlab turishga faqat surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi.

221-modda. Ushlab turish asoslari

Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda ushlab turilishi mumkin:

222-modda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar

Ichki ishlar organining, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshiruvchi boshqa organning xodimi, shuningdek muomalaga layoqatli har qanday shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir.

223-modda. Ushlash chog‘ida immunitet huquqidan foydalanuvchi shaxslar

Deputatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, sudyalar va prokurorlar ushlab turilishi hamda ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinishi mumkin emas. Mazkur taqiq ushbu Kodeks 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan ushlab turish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

224-modda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ushlab turish tartibi

Ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning ushbu Kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslaridan bittasi mavjudligini bevosita aniqlasa yoki boshqa shohidlarning so‘zlaridan aniqlasa:

Ushlanayotgan shaxsda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, ushlayotgan vakolatli shaxs uni shaxsiy tintuv yoki olib qo‘yishni amalga oshirishga haqlidir. Shaxsiy tintuv o‘tkazish yoki olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so‘ng xolislar hozirligida tuzilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart.

224-modda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ushlab turish tartibi (davomi)

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni bajarishni kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, ularni videoyozuv orqali qayd etmasdan amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Mazkur qoida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ binosida amalga oshiriladigan ushlab turishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shaxsni ushlash videoyozuv orqali qayd etilmagan holda, ichki ishlar organi xodimi yoki boshqa vakolatli shaxs ushlab turilgan shaxs yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinganidan so‘ng videoyozuvdan foydalangan holda uning protsessual huquqlarini tushuntirishi shart. Ushlab turilgan shaxsga videoyozuv uni namoyish qilish orqali tanishtiriladi.

Shaxsni yalang‘ochlash bilan bog‘liq shaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etish taqiqlanadi.

Ushlab turish, shaxsiy tintuv qilish yoki olib qo‘yish bayonnomasiga protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida yozib qo‘yilib, videoyozuv materiallari bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.

Agar ushlangan shaxs ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, gumon qilinuvchining huquqlari unga tarjimon ishtirokida birinchi so‘roqqa qadar tushuntirilib, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.

Vakolatli shaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz ushlab turganlik yoxud ushlash vaqtida vakolatlari doirasidan chetga chiqqanlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.

225-modda. Ushlab turish bayonnomasini tuzish va ushlab turishning asosliligini tekshirish

Ushlab turilgan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organning navbatchisi yoki boshqa xodimi ushlab turish bayonnomasini boshliqning ko‘rsatmasiga binoan darhol tuzishi, unda quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:

Ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organning xodimi amalga oshirilgan ushlab turish haqida ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan e’tiboran o‘n ikki soat ichida prokurorga yozma shaklda xabar berishi shart.

225-modda. Ushlab turish bayonnomasini tuzish va ushlab turishning asosliligini tekshirish (davomi)

Ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish, hujjatlarni talab qilish va ko‘zdan kechirish ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay o‘tkazilishi lozim.

Ushlab turishga asos bo‘lmagan taqdirda, ichki ishlar organi bo‘linmasining boshlig‘i yoki boshqa vakolatli shaxs ushlanganni ozod qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Qarorning nusxasi darhol prokurorga yuboriladi.

Shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilguniga qadar uning himoyachi bilan xoli uchrashishi ta’minlanadi. Bu haqda bayonnoma tuziladi.

Ushlab turish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga e’lon qilinadi, ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan huquqlari tushuntiriladi va tanlangan yoki tayinlangan himoyachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi. Qaror bilan tanishtirilgani va huquqlari tushuntirilgani qarorda qayd etilib, vakolatli shaxs va ushlangan shaxs tomonidan imzolanib, tasdiqlanadi. Bunda ushlangan shaxs ushlab keltirilgan paytdan boshlab yigirma to‘rt soatdan kechiktirilmay so‘roq qilinishi lozim.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 220-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Protsessual majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar
  2. Protsessual majburlov chorasi qo‘llanilgani haqida xabar qilish
  3. Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qaramog‘idagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qo‘riqlash choralari
  4. Ushlab turish maqsadi

To‘g‘ri javob: Ushlab turish maqsadi. 220-modda: Ushlab turish maqsadi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ushlab turish maqsadi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 218-modda
  2. 220-modda
  3. 217-modda
  4. 213-modda

To‘g‘ri javob: 220-modda. 220-modda: Ushlab turish maqsadi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ushlab turish nimadan iborat?
  1. Jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilish
  2. Gumon qilinuvchini uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish va uni qamoqxonaga joylashtirish
  3. Shaxsni faqat yashash joyidan chiqib ketishni taqiqlash va tilxat olish bilan cheklash
  4. Sudlanuvchini jazoni o‘tash uchun yuborish va hukmni ijro etuvchi organga topshirish

To‘g‘ri javob: Jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilish. 220-moddaga ko‘ra, ushlab turish gumon qilinayotgan shaxsni qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iborat.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin shaxsni ushlab turishga Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qanday asosda yo‘l qo‘yiladi?
  1. Faqat sud ajrimiga binoan hamda prokurorning roziligi bilan
  2. Navbatchining og‘zaki ko‘rsatmasiga binoan va xolislar roziligi bilan
  3. Fuqarolarning iltimosiga binoan va mahalla raisining tavsiyasi bilan
  4. Faqat surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qaroriga binoan

To‘g‘ri javob: Faqat surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qaroriga binoan. 220-moddaga ko‘ra, ish qo‘zg‘atilganidan keyin ushlab turishga faqat surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 221-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ushlab turish asoslari
  2. Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish
  3. Prokurorning protsessual majburlov choralari qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasining majburiyligi
  4. Ushlab turish bayonnomasini tuzish va ushlab turishning asosliligini tekshirish

To‘g‘ri javob: Ushlab turish asoslari. 221-modda: Ushlab turish asoslari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ushlab turish asoslari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 227-modda
  2. 221-modda
  3. 225-modda
  4. 219-modda

To‘g‘ri javob: 221-modda. 221-modda: Ushlab turish asoslari.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri ushlab turish asosi hisoblanadi?
  1. Shaxsning kayfiyati g‘alati ekanligi va u o‘zini shubhali tutayotgani
  2. Shaxsning ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilgani va jarimani o‘z vaqtida to‘lamagani
  3. Qo‘shnining shaxsiy fikri va shaxs haqida mahallada tarqalgan mish-mishlar
  4. Shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushishi

To‘g‘ri javob: Shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushishi. 221-moddaning 1-bandiga ko‘ra, shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushsa ushlab turilishi mumkin.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 222-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Prokurorning protsessual majburlov choralari qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasining majburiyligi
  2. Ushlab turish asoslari
  3. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
  4. Protsessual majburlov chorasi qo‘llanilgani haqida xabar qilish

To‘g‘ri javob: Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar. 222-modda: Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJinoyat protsessida shaxs huquqlarini cheklash asoslari va chegaralariKeyingi →Ushlab turish (2/2)