Ushlab turish (2/2)
To‘Rtinchi Bo‘Lim
226-modda. Ushlab turish muddati
Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan (erkin harakatlanishga bo‘lgan huquqlarning haqiqiy cheklangan payti) e’tiboran ko‘pi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin.
Ushlab turish muddati tugagunga qadar va asoslar mavjud bo‘lganda shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi, unga ayb e’lon qilinishi, ushbu Kodeksning 109 — 112-moddalaridagi qoidalar bo‘yicha so‘roq qilinishi va ushbu Kodeksning 236 — 240-moddalari qoidalariga amal qilgan holda ehtiyot chorasini tanlash haqidagi masala hal qilinishi zarur.
Alohida hollarda, ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilishi mumkin. Bunda gumon qilinuvchiga u ushlangan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ayblov e’lon qilinishi kerak. Aks holda ehtiyot chorasi bekor qilinadi va shaxs qamoqdan yoki uy qamog‘idan ozod etiladi, garov esa garovga qo‘yuvchiga qaytariladi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin va ushlab turishning butun muddati mobaynida ishni yuritish o‘ziga taalluqli bo‘lgan surishtiruvchi va tergovchi jinoyatni sodir etish holatlarini aniqlash, ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish uchun o‘z vakolatlari doirasida tergov harakatlari o‘tkazishi mumkin.
227-modda. Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish
Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ushlab turish, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarori asosida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi ushlangan shaxsni ushbu Kodeksning 224-moddasi qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga darhol olib borishi shart. Amalga oshirilgan ushlab turish to‘g‘risida ushlab turish haqida qaror chiqargan vakolatli shaxs darhol xabardor qilinishi lozim.
Gumon qilinuvchi haqiqiy ushlangan paytdan boshlab o‘tgan vaqt ayblanuvchini qamoqda saqlash yoki uning uy qamog‘ida bo‘lishi hamda Jinoyat kodeksining 62-moddasida belgilanganiga mutanosib ravishda sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga kiritiladi.
228-modda. Ushlab turilganlarni saqlash joylari
Ushlangan shaxs ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so‘ng u ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida saqlanadi yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasiga, ushlab turilgan harbiy xizmatchi esa gauptvaxtaga joylashtiriladi.
Ushlab turilganlarni ayrim joylarda istisno tarzida maxsus moslashtirilgan binolarda, dengiz va daryo kemalarida esa, maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Jazoni ijro etish muassasalarida ushlab turilganlarni saqlash uchun maxsus kameralar jihozlanadi.
Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi.
230-modda. Ushlab turilganlarga uchrashish uchun ruxsat berish
Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan uchrashuvga ushbu Kodeks 46-moddasining birinchi qismida va 48-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra ruxsat beriladi.
Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan birinchi xoli uchrashuvga birinchi so‘roqqacha ruxsat beriladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanayotgan ushlab turilgan shaxsning himoyachi bilan uchrashuviga ushbu Kodeks 226-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ehtiyot chorasi qo‘llanilishi lozim bo‘lgan, muddatlar inobatga olingan holda ruxsat beriladi hamda uchrashuv surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan ikki soatga qadar cheklanishi mumkin.
Ushlab turilgan shaxsga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga ushlab turilgan shaxslar saqlanadigan joyning ma’muriyati ushlab turish to‘g‘risidagi materiallar qaysi tergovchi yoki surishtiruvchining ish yurituvida bo‘lsa, faqat o‘sha tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsati asosida ijozat beradi, himoyachi bilan uchrashuv bundan mustasno.
234-modda. Ushlab turilganni ozod qilish asoslari va tartibi
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxs, agar:
- 1) jinoyat sodir etganligi haqidagi gumon tasdiqlanmasa;
- 2) ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash zarurati bo‘lmasa yoki uni qo‘llash sud tomonidan rad etilsa;
- 3) ushlab turishning belgilangan muddati tugagan bo‘lsa va ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan yoxud ushbu Kodeks 243-moddasi o‘ninchi qismining 3-bandiga muvofiq ushlab turish muddati uzaytirilmagan bo‘lsa, ozod qilinadi.
Ushlab turilgan shaxsni ozod qilish surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Ozod qilish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushishi bilan darhol ijro etiladi.
Ushlab turilgan shaxsni bundan buyon ushlab turish uchun asoslar yo‘qligi aniqlanishi bilanoq surishtiruvchi va tergovchi uni darhol ozod qilishlari shart.
Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining ushlab turilgan shaxsni ozod qilish haqidagi qarori yoxud sudning uni ushlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimi qonunda belgilangan ushlab turish muddati ichida ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushmasa, ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshlig‘i bu shaxsni ozod qiladi va uning ozod qilinganligi to‘g‘risida prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga bildirish xati yuboradi.
234-modda. Ushlab turilganni ozod qilish asoslari va tartibi (davomi)
Zarur hollarda ushlab turilganlar saqlanadigan joyning ma’muriyati ozod qilingan shaxslarning yashash joyiga tekin jo‘nab ketishini ta’minlaydi; ularning iltimosiga ko‘ra, ushlab turilganlar saqlanadigan joyda bo‘lgan vaqti haqida ma’lumotnoma beradi.
235-modda. Ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyonni undirish
Shaxsga qonunsiz ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan bo‘lsa yoki ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ish tugatilgan bo‘lsa, to‘liq hajmda qoplanadi.
Bilimingizni sinang
Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan qancha vaqtni tashkil etadi?
- yigirma to‘rt soatni
- yetmish ikki soatni
- o‘n ikki soatni
- qirq sakkiz soatni
To‘g‘ri javob: qirq sakkiz soatni. Ushlab turish muddati amalda ushlangan paytdan ko‘pi bilan qirq sakkiz soat.
Zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qo‘shimcha ravishda qancha muddatga uzaytirilishi mumkin?
- yetmish ikki soatga
- yigirma to‘rt soatga
- qirq sakkiz soatga
- o‘n kunga
To‘g‘ri javob: qirq sakkiz soatga. Ushlab turish sud qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 226-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Prokurorning protsessual majburlov choralari qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasining majburiyligi
- Ushlab turish muddati
- Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
- Ushlab turish maqsadi
To‘g‘ri javob: Ushlab turish muddati. 226-modda: Ushlab turish muddati.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ushlab turish muddati» qaysi moddada belgilangan?
- 219-modda
- 220-modda
- 226-modda
- 222-modda
To‘g‘ri javob: 226-modda. 226-modda: Ushlab turish muddati.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan qancha soatni tashkil etadi?
- Qirq sakkiz soat
- Yigirma to‘rt soat
- Yetmish ikki soat
- To‘qson olti soat
To‘g‘ri javob: Qirq sakkiz soat. 226-moddaga ko‘ra, ushlab turish muddati amalda ushlangan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ushlab turish muddati qaysi organ qarori bilan va qancha muddatga uzaytirilishi mumkin?
- Prokuror qarori bilan qo‘shimcha qirq sakkiz soatga
- Tergovchi qarori bilan qo‘shimcha yetmish ikki soatga
- Sudning ajrimi bilan qo‘shimcha yigirma to‘rt soatga
- Sudning qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga
To‘g‘ri javob: Sudning qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga. 226-moddaga ko‘ra, zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin.
Gumon qilinuvchi Toshpo‘latovga ushlab turilganidan keyin sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, unga ayblov qancha muddat ichida e’lon qilinishi kerak?
- Besh kun ichida
- Uch kun ichida
- O‘n kun ichida
- O‘n besh kun ichida
To‘g‘ri javob: O‘n kun ichida. 226-moddaga ko‘ra, gumon qilinuvchiga u ushlangan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ayblov e’lon qilinishi kerak; aks holda ehtiyot chorasi bekor qilinadi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 227-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
- Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish
- Ushlab turilganni ozod qilish asoslari va tartibi
- Ushlab turish maqsadi
To‘g‘ri javob: Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish. 227-modda: Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash