Ehtiyot choralari (3/4)
To‘Rtinchi Bo‘Lim
251-modda. Shaxsiy kafillik
Shaxsiy kafillik ishonchga sazovor bo‘lgan shaxslarning ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanliklari haqida yozma majburiyat olishidan iboratdir.
Kafillar sonini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud belgilaydi. Alohida hollarda yuksak ishonchga sazovor bo‘lgan bitta shaxs ham kafil bo‘lishi mumkin.
Kafillar ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo, oldini olish maqsadida kafillik tariqasidagi ehtiyot chorasi ko‘rilgan harakat ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda kafillarning javobgarligi haqida ogohlantirilishi lozim. Bu ma’lumotlar kafillikka berish bayonnomasida qayd qilinib, uni shu ehtiyot chorasini qo‘llayotgan mansabdor shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi va kafillar imzolashi lozim yoki bu ma’lumotlar sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Bundan tashqari, har bir kafillikka oluvchi kafillik to‘g‘risida tilxat beradi.
Kafillar ularni javobgarlikka tortish uchun sabab bo‘ladigan asoslar kelib chiqqunga qadar o‘z zimmalariga olingan majburiyatlardan voz kechishlari mumkin.
Kafillar ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni bo‘lmaganligini bahona qilishga haqli emaslar, ular bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatning ta’sirini isbotlab beradigan hollar bundan mustasno.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi oldi olinishi uchun shaxsiy kafillik qo‘llanilgan harakatlarni sodir etgan taqdirda, kafil qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.
252-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi
Jamoat birlashmasi yoki jamoa ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsni kafillikka olish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Jamoat birlashmasi yoki jamoa o‘z qarorini ayblanuvchining, sudlanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanligi to‘g‘risidagi yozma majburiyat tarzida bayon qiladi. Bu majburiyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilinadi, ular jamoat birlashmasi yoki jamoaning qaroriga rozi bo‘lsalar, shunday ehtiyot chorasini tanlab, bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradilar. Ayni vaqtda jamoat birlashmasi yoki jamoa vakiliga ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga esa, basharti xulq-atvori nomunosib bo‘lsa, ehtiyot chorasi jiddiyrog‘i bilan almashtirilishi mumkinligi tushuntirilgani to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa ishga o‘tgan yoxud istiqomat joyini o‘zgartirgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa bu haqda ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol xabar berishi shart. Bunday hollarda jamoa kafilligi bekor qilinadi va boshqa ehtiyot chorasi bilan almashtirilishi mumkin.
Ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvori nomunosib bo‘lgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa kafillikdan voz kechishga haqlidir.
253-modda. Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish
Voyaga yetmaganlarni ota-onalari, vasiylari, homiylari, bolalar muassasasining ma’muriyati kuzatuv ostiga olishi uchun topshirish ushbu Kodeksning 556-moddasida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
254-modda. Harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi
Ayblanayotgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi yoki o‘quv yig‘iniga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur shaxs surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bo‘yicha harbiy qism, qo‘shilma, harbiy muassasa, harbiy o‘quv yurti qo‘mondonligining kuzatuviga berilishi mumkin.
Qo‘mondonlik kuzatuvi qonunchilikda nazarda tutilgan va ayblanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishini ta’minlaydigan choralarni ko‘rishdan iborat.
Ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash, bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi qo‘mondonlik uchun majburiydir, unga harbiy xizmatchi ustidan kuzatuv o‘rnatish zaruratini keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim. Oldini olish maqsadida mazkur ehtiyot chorasi qo‘llanilgan harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda, qo‘mondonlik surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni bu haqda darhol xabardor qilishi shart.
28¹-bob. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish
254¹-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish maqsadi va asoslari
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportdan (harakatlanish hujjatidan) foydalanib, xorijda harakatlanishi mumkin, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, mazkur pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin.
Ayblanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi masala esa, ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning huquqiy maqomini bekor qilishga sabab bo‘lmaydi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish deganda pasportning, biometrik pasportning, xorijga chiqish uchun biometrik pasportning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatib turish tushuniladi.
254²-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish zaruriyati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan asoslar bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Surishtiruvchining, tergovchining pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
254³-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanib, u davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatish zaruriyatini asoslab beradi. So‘ngra himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqadi.
254⁴-modda. Sud ajrimi
Sudya pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
- 1) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida;
- 2) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqida.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimida: qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi haqidagi ma’lumotlar; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish asoslari ko‘rsatiladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa, himoyachiga yuboriladi.
Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud apellyatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
254⁴-modda. Sud ajrimi (davomi)
Shikoyat yoki protest berish pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimi ijrosini to‘xtatib turadi.
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak.
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishga yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etishga haqli.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksi — 251-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari
- Shaxsiy kafillik
- Qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘iga joylashtirish tufayli yetkazilgan zararni qoplash
- O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
To‘g‘ri javob: Shaxsiy kafillik. 251-modda: Shaxsiy kafillik.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Shaxsiy kafillik» qaysi moddada belgilangan?
- 248-modda
- 254⁷-modda
- 251-modda
- 254⁹-modda
To‘g‘ri javob: 251-modda. 251-modda: Shaxsiy kafillik.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, shaxsiy kafillik nimadan iborat?
- Ayblanuvchining uyini garovga qo‘yishi va uning mulkini sud ajrimi bilan musodara qilishdan himoyalanishi to‘g‘risida yozma majburiyat olinishi
- Ishonchga sazovor shaxslarning ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanliklari haqida yozma majburiyat olishi
- Ayblanuvchi o‘z pulini davlat hisobiga topshirishi va munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafolat sifatida yozma tilxat berishi
- Ayblanuvchini jamoat joyida kuzatib borish va munosib xulq-atvorda bo‘lishini nazorat qilish bo‘yicha yozma majburiyat olish tartibi
To‘g‘ri javob: Ishonchga sazovor shaxslarning ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanliklari haqida yozma majburiyat olishi. 251-moddaga ko‘ra, shaxsiy kafillik ishonchga sazovor shaxslarning ayblanuvchining munosib xulq-atvoriga kafil ekanliklari haqida yozma majburiyat olishidan iborat.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, shaxsiy kafillikda kafillar sonini kim belgilaydi?
- Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud
- Ayblanuvchining o‘zi hamda uning himoyachisi
- Faqat Bosh prokuratura vakolatli xodimi
- Mahalla fuqarolar yig‘ini hamda ayblanuvchi
To‘g‘ri javob: Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud. 251-moddaga ko‘ra, kafillar sonini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud belgilaydi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, shaxsiy kafillik qo‘llanilganda kafil bitta bo‘lishi mumkinmi?
- Alohida hollarda yuksak ishonchga sazovor bo‘lgan bitta shaxs ham kafil bo‘lishi mumkin
- Faqat ayblanuvchining qarindoshi kafil bo‘la oladi, bunda alohida holat talab etilmaydi
- Faqat ayblanuvchi voyaga yetmagan bo‘lsa, bitta shaxs ham kafil bo‘lishi mumkin
- Hech qachon, kamida ikki kafil bo‘lishi shart, alohida hollarda ham istisno yo‘q
To‘g‘ri javob: Alohida hollarda yuksak ishonchga sazovor bo‘lgan bitta shaxs ham kafil bo‘lishi mumkin. 251-moddaga ko‘ra, alohida hollarda yuksak ishonchga sazovor bo‘lgan bitta shaxs ham kafil bo‘lishi mumkin.
Kafil Yusupov ayblanuvchining xulq-atvorini kuzatish imkoni bo‘lmaganini bahona qilmoqchi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, bunday bahonaga haqlimi?
- Ha, har qanday sharoitda, hatto bartaraf etib bo‘ladigan vaziyatni ham ko‘rsatishi mumkin
- Yo‘q, faqat bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyat ta’sirini isbotlab bersa mumkin
- Ha, agar ayblanuvchi rozi bo‘lsa va buni tergovchiga og‘zaki bildirsa
- Yo‘q, bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatda ham bahona hech qachon qabul qilinmaydi
To‘g‘ri javob: Yo‘q, faqat bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyat ta’sirini isbotlab bersa mumkin. 251-moddaga ko‘ra, kafillar kuzatish imkoni bo‘lmaganini bahona qilishga haqli emas, bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyat ta’sirini isbotlagan hollar bundan mustasno.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 252-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish maqsadi va asoslari
- Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi
- Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
- Shaxsiy kafillik
To‘g‘ri javob: Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi. 252-modda: Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi» qaysi moddada belgilangan?
- 254¹-modda
- 254³-modda
- 251-modda
- 252-modda
To‘g‘ri javob: 252-modda. 252-modda: Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash