XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 254⁵–254¹¹-m.

Ehtiyot choralari (4/4)

To‘Rtinchi Bo‘Lim

254⁵-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish

Pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimi ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.

254⁶-modda. Amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport (harakatlanish hujjati) o‘rniga yangi pasport(harakatlanish hujjati) berish

Ayblov hukmi chiqarilganda yoki ushbu Kodeksning 84-moddasi asosida aybdorlik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilganda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning qaroriga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda yangi pasport (harakatlanish hujjati) berilishi bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi.

28²-bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN CHIQISH HUQUQINI VAQTINCHA CHEKLASH

254⁷-modda. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan, biroq O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketib, surishtiruvdan, dastlabki tergovdan yoxud suddan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlashi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchining O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.

254⁸-modda. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish

Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda chiqish huquqini vaqtincha cheklash zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan asoslar bayon etiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi surishtiruvchining yoki tergovchining qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.

Prokuror O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.

254⁹-modda. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.

Sud majlisida prokuror, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda, surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanib, u gumon qilinuvchining, ayblanuvchining O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash zaruriyatini asoslab beradi. Keyin himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.

254¹⁰-modda. Sud ajrimi

Sudya O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi sudyaning ajrimida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi haqidagi ma’lumotlar, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash asoslari ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi yoki O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun ichki ishlar organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga yuboriladi, ma’lumot uchun prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga beriladi.

Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, ularning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan apellyatsiya tartibida protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.

254¹⁰-modda. Sud ajrimi (davomi)

Shikoyat yoki protest berish O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi sudyaning ajrimi ijrosini to‘xtatib turmaydi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni ular shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak.

Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:

sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

sudyaning ajrimini bekor qilishga va O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashga yoki O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash rad etilgan taqdirda, mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.

254¹¹-modda. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni bekor qilish

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash jinoyat ishi surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida tugatilganda, sudda esa jinoyat ishini tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoki hukm qonuniy kuchga kirganda bekor qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashga zarurat qolmaganda esa ushbu chora ajrim chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan bekor qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida jinoyat protsessida ishtirok etishi zarurligi yoki sog‘lig‘ining yomonlashuvi va unga O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni yo‘qligi yoki xorijdagi yaqin qarindoshlarining vafoti bilan bog‘liq uzrli sabablar yuzaga kelgan hollarda, tegishincha prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan, shuningdek prokuror yoxud sud tomonidan, ajrim chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi mumkin.

Bilimingizni sinang

Pasportining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs bu haqdagi sudyaning ajrimi ustidan vakolatli organga keltirilgan paytdan e’tiboran qancha muddat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli?
  1. yetmish ikki soat
  2. yigirma to‘rt soat
  3. o‘n sutka
  4. qirq sakkiz soat

To‘g‘ri javob: yetmish ikki soat. Shaxs ajrim ustidan vakolatli organga keltirilgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 254⁵-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish
  2. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish asoslari va muddatlari
  3. Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi
  4. Amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport (harakatlanish hujjati) o‘rniga yangi pasport(harakatlanish hujjati) berish

To‘g‘ri javob: Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish. 254⁵-modda: Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 255-modda
  2. 252-modda
  3. 254⁵-modda
  4. 254⁶-modda

To‘g‘ri javob: 254⁵-modda. 254⁵-modda: Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish.

Pasporti to‘xtatib turilgan shaxs sudyaning ajrimi ustidan Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qancha muddat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli?
  1. Yetmish ikki soat
  2. Qirq sakkiz soat
  3. O‘n kun
  4. Bir oy

To‘g‘ri javob: Yetmish ikki soat. 254⁵-moddaga ko‘ra, shaxs tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, amal qilishi to‘xtatib turilgan pasportning amal qilishi qachon tiklanadi?
  1. Ayblanuvchi pasportni yo‘qotganda yoki uni boshqa organga topshirganda, yangi pasport berilishi bilan
  2. Ayblov hukmi chiqarilganda yoki aybdorlik masalasini hal qilmay ish tugatilganda, yangi pasport berilishi bilan
  3. Ish sudga yuborilganda, ayblanuvchi yangi pasport olishi talab etilmagan holda avtomatik ravishda
  4. Har qanday holatda ham uch kundan keyin, ish holatidan qat’i nazar, yangi pasport berilishi bilan

To‘g‘ri javob: Ayblov hukmi chiqarilganda yoki aybdorlik masalasini hal qilmay ish tugatilganda, yangi pasport berilishi bilan. 254⁶-moddaga ko‘ra, ayblov hukmi chiqarilganda yoki 84-modda asosida ish tugatilganda qonunchilikda belgilangan tartibda yangi pasport berilishi bilan amal qilishi tiklanadi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 254⁷-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sud ajrimi
  2. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish maqsadi va asoslari
  3. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish
  4. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari. 254⁷-modda: O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 254¹-modda
  2. 254⁷-modda
  3. 254¹⁰-modda
  4. 254⁵-modda

To‘g‘ri javob: 254⁷-modda. 254⁷-modda: O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash qachon qo‘llaniladi?
  1. Faqat sudlanuvchilar uchun, ya’ni hukm chiqarilgan va qamoqqa olish qo‘llanilmagan, biroq jazodan bo‘yin tovlashi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan shaxslarga nisbatan
  2. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, biroq shaxs sud majlisiga kelmasdan qochib ketgan va uning turgan joyi noma’lum bo‘lgan hollarda
  3. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan, biroq chiqib ketib, uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlashi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lganda
  4. Har qanday jinoyat ishida, ayblanuvchi ish yuritish davomida uzrli sabablarsiz chiqib ketishi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmasa ham

To‘g‘ri javob: Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan, biroq chiqib ketib, uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlashi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lganda. 254⁷-moddaga ko‘ra, chora qamoqqa olish qo‘llanilmagan, lekin hududdan chiqib bo‘yin tovlashi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asos bo‘lganda qo‘llaniladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiEhtiyot choralari (3/4)Keyingi →Lavozimdan chetlashtirish